Isiriqni tanimaydiganlar oramizda bo‘lmasa kerak, albatta. Lekin uning tibbiy xususiyatlarini to‘la biladaginalar kam topiladi. Aynan shuni hisobga olgan holatda saytimizning bugungi mavzusini isiriqning tibbiy xususiyalarini yoritishga qaratdik. Avval o‘simlikning biologik tuzilishi bilan tanishib olsak, isiriq 30-70 sm bo‘lib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlikdir. Poyasi bir nechta, ko‘p tukli, poyasi atrofga yoyilib o‘sadi. Oq sarg‘ish gullari poyada yakka-yakka o‘rnashgan. Mevasi sharsimon, ko‘p urug‘li. U erta bahordan o‘sa boshlaydi.
Issiriqning tabobatdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, sir emaski bu o‘simlik “tabiat gavharlaridan” biri hisoblanadi. U tabobatda keng miqyosda ishlatiladi. O‘simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo‘lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig‘lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan.
Endi esa qanday holatlarda isiriqdan foydalangan holatda darddan forig‘ bo‘lish mumkinligini birma-bir sanab o‘tsak (Qancha sanasak ham sanog‘iga yetish qiyin)
Foydali jihatlari...
- Isiriq o‘tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og‘rig‘i yo‘qoladi;
- Isiriq urug‘I qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zig‘ir urug‘i bilan bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo‘ladi;
- Isiriqning shonalash davrida olinadigan o‘ti va urug‘lari davolashda ancha samarali hisoblanadi;
- Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo‘llash mumkin. Bu xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi;
- O‘simlikning shirasi – katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan yuz yuviladi);
- Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qo‘yish mumkin;
- Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi;
- Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urug‘I, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, za’faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qo‘shilib kuniga bir mahal ichiladi;
- Ich dam bo‘lganda isiriqga, petrushka urug‘ini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo‘ladi;
-
Isiriq mavzusiga oid yana bir maqola:
Ushbu maqolani ham o'qing:
Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar