5
(1)

Kuchli ishtahaning har doim ortiqcha vaznga olib keladi va bu semirish, diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo’lishi mumkin. Ishtaha qanday paydo bo’ladi va uni boshqarish mumkinmi?

Ishtaxa markazi gipotalamusda joylashgan. Ishtahani keltirib chiqaradigan eng keng tarqalgan sabab bu qondagi qand miqdorini keskin o’zgarishi. Qonda glyukoza miqdori pasayganda, gipotalamus signal yuboradi, natijada ochlik hissi paydo bo’ladi. Glyukoza darajasi normallashganda to’yish hissi paydo bo’ladi.

Ishtahaning oshishi va doimiy ochlik hissi bir qator kasalliklardan darak berishi mumkin:

  • oshqozon-ichak kasalliklari;
  • qalqonsimon bezning buzilishi, gormonal kasalliklar;
  • ruhiy kasalliklar;
  • qandli diabet;
  • onkologiya;
  • metabolik kasalliklar;
  • parazitlar;
  • vitamin yetishmasligi.

Ishtahani kamaytirish va bostirishga yordam beradigan 10ta eng yaxshi usul

Ishtahani kamaytirish va bostirishning bir qancha usullari mavjud. Quyidagi harakatlar va tadbirlar ishtahani yengishga va vazn yo’qotishga yordam beradi.

  1. 10 daqiqalik sinov o’tkazish

Haqiqiy ochlikni yolg’onidan ajratishga 10 daqiqalik sinov yordam beradi. Xayoliy ochlik ko’pincha asab tizimining ma’lum bir stimulga javobidir.

Ovqat yeyishdan oldin 10 daqiqa kuting. Ushbu 10 daqiqada siz 1-2 stakan iliq suv yoki mineral suvni mayda qultumlarda ichishingiz mumkin. Suyuqlik oshqozonni  to’ldirib to’qlik hissini uyg’otadi.

  1. Ishtahani kamaytiradigan ovqatlar iste’mol qilish

Ishtahani tolaga boy ovqatlar bostiradi. Shuningdek, qomat va sog’liq uchun zararsiz bo’lgan olma, sitrus mevalar, bodring, ananas ishtahani kamaytirishga yordam beradi.

Agar ovqatlanish oralig’ida ochlik sizni qiynasa, asta-sekin olxo’ri yoki o’rik iste’mol qiling, so’ngra danagini og’zingizda bir muddat ushlab turing, deb maslahat beradi mutaxassislar.

Shuningdek, gazli ichimlik va qahvani ochlikni yengillashtiradigan va metabolizmni yaxshilaydigan choy bilan almashtirish kerak. Uni kun davomida ichish kerak.

Olma bilan choy ishtahani bostirishga yordam beradi. Olma tarkibida nafaqat gipoglikemiyani bostiradigan fruktoza, balki suv bilan birlashganda shishib ketadigan va to’yinganlik hissini beradigan pektin (tola) ham mavjud.

  1. «Yoqimsiz» ovqatni tanlash

Stolda o’tirganingizda, birinchi navbatda, ko’rinishi ishtahani ochmaydigan ovqatni tanlashingiz kerak, ya’ni sizga yoqimsiz bo’lib tuyulgan ovqatni. Gap shundaki, «zararli» (kaloriya, yog’li va shirin) ovqatlar odatda mazali bo’ladi va shuning uchun siz ularni ko’proq iste’mol qilasiz.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  O‘z shaxsingizni bilasizmi? (Leongard bo‘yicha shaxs toifalari)

Bundan tashqari, tushlik tolaga boy ovqatlar (salat, sho’rva) bilan boshlanishi kerak. Keyin to’yish hissi tezroq paydo bo’ladi.

  1. Uyda «taqiqlangan» mahsulotlarni saqlamaslik

Agar vazningizni kamaytirmoqchi bo’lsangiz, uyda «taqiqlangan» mahsulotlarni (masalan, shirinliklar, non mahsulotlari, chipslar) saqlamang. 

Agar ularni yegingiz kelib qolsa, darhol stolga o’tirmang. O’zingizga ayting: » 15-20 daqiqadan keyin yeyman» va kuting. Bu e’tiboringizni taomdan chalg’itadi yoki ehtimol siz bu haqda butunlay unutasiz.

  1. Sekin ovqatlanish

Ovqatlanish uchun yetarli vaqt ajrating. Asta-sekin ovqatlanishingiz, ovqatni ongli ravishda tatib ko’rishingiz, jarayondan zavqlanishingiz kerak.

Bundan tashqari, suyuqlikni yetarli darajada iste’mol qilishni unutmang. Ba’zi mutaxassislar ovqatlanish oralig’ida bir stakan suv ichishni maslahat berishadi.

  1. Issiq ovqatlarni iste’mol qilishni kamaytirish

Qizig’i shundaki, tana issiq ovqatlarni juda tez o’zlashtiradi. Sovuq, o’z navbatida, asta-sekin hazm qilinadi, shuning uchun ochlik hissi keyinroq paydo bo’ladi.

  1. Irodani kuchaytirish

Bu hashamatli stol tuzab bo’sh likop ustida ikki soat o’tirish degani emas. Stolda siz hamma narsani eyishingiz mumkin, lekin asta – sekin-juda oz miqdorda. Jarayonni nazorat qiling va toyish hissi paydo bo’ldimi yo’qmi diqqat bilan kuzatib boring.

  1. Ishtahani kamaytirish uchun vitaminlar va dorilar qabul qilish

Yuqorida aytib o’tilganidek, ishtahaning oshishi va doimiy ochlik hissi vitamin yetishmasligidan bo’lishi mumkin – bu tanada bir yoki bir nechta vitamin va minerallar yetishmasligi bilan yuzaga keladigan holat. Ko’pincha doimiy ochlik tuyg’usining sababi magniy yoki C vitamini yetishmasligidir.

Shuningdek, dorixonalarda ishtahani kamaytirish uchun biologik faol qo’shimchalarni sotib olishingiz mumkin, ammo ular doim samarali bo’lishi isbotlanmagan. Ishtahani bostiruvchi dorilar mavjud, ammo ular ko’pincha faqat retsept bo’yicha beriladi va ko’plab nojo’yi ta’sirlarga ega.

  1. Kichik likoplarda taom tanovul qilish

Bu tanani tezda to’ydirishning juda mashhur usuli: katta likoplar o’rniga kichik likoplardan foydalanish kerak. Shunday qilib, odam o’z miyasini «aldashi» mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Oftob urishi hayot uchun xavfli

Biror kishi yeyishi mumkin bo’lgan oziq-ovqat miqdori ko’z bilan baholanadi. Agar siz kichkina idishdan foydalansangiz va unga kamroq ovqat solsangiz, oz ovqat bilan to’yishingiz mumkin.

  1. Spirtli ichimliklardan voz kechish

Spirtli ichimliklar, shirinliklar singari, qondagi glyukoza kontsentratsiyasini tezda oshiradi, tez ko’tarilgandan so’ng uning tez pasayishi kuzatiladi. Natijada, miya glyukoza yetishmasligi haqida signal oladi va ochlik hissi paydo bo’ladi.

Ko’p miqdordagi alkogoldan ehtiyot bo’lishingiz kerak, chunki u hushyorlikni susaytiradi. «Tormozlar» ishlamay qoladi va siz hamma ovqatlarni katta miqdorda yeb boshlaysiz.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ortiqcha ishtahani kamaytirishning eng samarali usuli bu parhezni tartibga solish va mikroelementlar yetishmasligini bartaraf etishdir.

Ishtahaning oshishida qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?

Bu muammo bilan diyetologga murojaat qilinadi. U sizning sog’lig’ingizga, jismoniy faoliyatingizga va tanangizning individual xususiyatlariga qarab to’g’ri ratsion tankab beradi. Bu ortiqcha ishtaxani yengishning eng yaxshi usulidir.