Yaqin kunlargacha ham ilm-fan "Homo Sapiens" , ya’ni odamzodni yer sharidagi evolyutsion rivojlanishining yuqori darajasi deb baholar edi. Hozirga kelib esa insoniyatning yanada takomillashuvi belgilari kuzatilmoqda, ya’ni gap "Indigo bolalari" haqida ketmoqda. indigo bolalar «Indigo bolalari» atamasi ilk marta amerikalik ektstrasens Nensi Enn Tepp tomonidan 1982 yili «Hayotni rang orqali qanday o‘rganish mumkin» nomli kitobida qo‘llanilgan. Bir qator iqtidorli bolalarda tekshirish o‘tkazayotgan olim ayrim bolalarning aurasi indigo rangida, ya’ni to‘q ko‘k rangida ekanligiga e’tibor qaratgan. Aura (lotincha aura) inson tanasini o‘rab turadigan ko‘rinmas energetik pardali qobiq ma’nosini anglatadi. Indigo bolalari haqida ko‘plab kitoblar yozilgan va ularning ko‘pchiligida bu bolalar haqida yoritilgan xususiyatlar bir-biridan farq qiladi. Shunday bo‘lsa ham shu rang-barangliklar ichida bir qator indigo bolalari uchun xos bo‘lgan kriteriyalarni keltirib o‘tamiz:
  • Urishqoq, gapga tushunmaydigan, odamovi bo‘ladi;
  • O‘zini hurmat qilish, o‘ziga xoslik, boshqalarga bo‘ysunishni yomon ko‘rish va bo‘ysunmaslik;
  • Yuqori ijodiy potensial va yuqori tafakkur darajasiga ega bo‘lish;
  • Tajriba yo‘li orqali bilimlarni olishga harakat qilish, bir-biriga zid bo‘lgan fanlarga bo‘lgan qiziqish;
  • Diqqat e’tiborini kamligi, quntsizligi, serg‘ayratligi;
  • Ta’sirchanlik, kayfiyatini va xulqini o‘zgaruvchanligi;
  • Noqulay sharoit va muhitda depressiyaga moyillik;
  • Ijtimoiy nohaqlik hissi;
  • Ma’suliyatni kuchli his etish;
  • An’anaviy tarbiya usullarini ko‘tara olmaslik;
  • Ichki sezgisini kuchliligi, xavf-xatarni oldindan sezish;
  • Raqamli texnologiyalarni oson va tezda o‘zlashtira olish xususiyati.
Xullas indigo bolalariga o‘ziga xos tabiat mo‘jizasi deb qaralmoqda!

© Gepamed.uz