Immuniteti past odamlar tez-tez kasallikka chalinadilar. Organizm­ning kasalliklariga qarshi chidamliligini oshirish maqsadida bemorlarga yertut, maymunjon, qulupnay, toza tabiiy tog‘ asali, sarimsoqpiyoz, piyoz, qalampir, murch, malina, oq tut mevasidan tayyorlangan shinni, qizil va qora qarag‘at(smorodina), chakanda klyukva, ryabina (Rossiyada o‘sadi, murabbosi do‘konlarda sotiladi) mevasi, sitrusli mevalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Immunitetni ko‘tarish uchun qanday choralar qo‘llash zarur? Sabzavotlardan sholg‘om, sabzi ham immunitetni ko‘tarishda katta ahamiyatga ega. Sitrusli mevalar tarkibidagi C darmondorisi kapillyar (qiltomirlar) devorini mustahkamlaydi. Shuningdek, toza havoda tez-tez sayr etish, yozning jazirama kunlarida bilqillagan issiq tuproqda, shag‘alli joylarda, tog‘u toshlarda oyoq yalang yurish (oftob urishidan saqlanish uchun boshga tabiiy tolali bosh kiyimi kiyish zarur) suv havzalarida cho‘milish, oyoq va qo‘llardagi biologik faol nuqtalarni uqalash, suv haroratini asta-sekin tushirib borib, nam sochiqda a’zoi-badanni artib chiniqtirish kerak. Quyosh, havo vannalari, suv muolajalari (dush, kontrast dush)ni qo‘llab organizmni chiniqtirish darkor.
Diqqat! Me’da-ichak tizimida xastaliklari bor va allergik kasalliklari mavjud bemorlarga sitrusli mevalar, asal, qalampir, murch, xom piyoz, sarimsoq piyoz tavsiya etilmaydi.

© Soglom.uz

Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot