Illyuziya – bu sezgilarni aldanishi, ya’ni real mavjud bo‘lgan obyekt yoki hodisani yanglish his qilish va noto‘g‘ri talqin qilish hisoblanadi. Lotincha illusio – aldanish, adashish, xato so‘zidan olingan.
Illyuziyani ikki xil holatda hosil bo‘ladi:
- Sezgi a’zolarini faoliyati buzilmaydi – masalan optik illyuziyalar.
- Patologik, affektiv, va narkotik holatlar – masalan og‘riq, qo‘rquv yoki mast holatlarda.
Shunga ko‘ra illyuziyaning uchta turi farqlanadi:
- Affektiv illyuziyalar – insonning emotsional holatlari, ko‘pincha qo‘rquv natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, qorong‘u ko‘chadan yolg‘iz shoshilib ketayotib, burchakda turgan axlat idishini manyakka o‘xshatib yuborish.
- Diqqat-e’tibor illyuziyalari – u diqqat e’tiborni ortishi yoki kamayishi bilan kechishi mumkin. Masalan, birovni kelishini kutayotganingizda diqqatingiz kuchayib har qanday shovqin qadam iziga o‘xshatilaveradi. Yoki diqqatni pasayib ketishiga misol: imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan charchagan student kitobning bir qatorini bir necha marotaba qaytarib o‘qiyverishi.
- Pareydolik illyuziyalar – u tasavvuri (fantaziyasi) kuchli odamlarda kuzatiladi. Masalan, gilamdagi har xil naqshlar turli xil hayvonlarga yoki mahluqlarning yuzlariga o‘xshab ketishi.
Illyuziya va optik gallyutsinatsiyaning farqi nimada?
- Gallyutsinatsiyada odam aslida mavjud bo‘lmagan obektlarni bor qilib ko‘radi.
- Illyuziyada odam bor narsalarni adashtirib ko‘radi.
Gepamed.uz / Illuzi.ru
Ushbu maqolani ham o'qing:
Quruq ko‘z sindromi nima? Uning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?