Shifokor Appalon, Asklepiy, Gigiyeya, Panakeya va butun ma’budlaru ma’budalar nomi bilan ularning guvohligida o‘z kuchim va aqlimga mos tarzda quyidagicha qasamyodim qilaman hamda yozma ravishda tasdiqlayman: menga shifokorlik san’atini o‘rgatgan ustozlarimni o‘z ota-onamdek ko‘raman, butun borlig‘imni ular bilan ham baham ko‘raman va zarur bo‘lganida yordamimni ayamayman; ularning farzandlari mening qon-qarindoshlarimdir va bu kasbni, san’atni, agar ular xohlashsa, hech qanday moddiy manfaatlarsiz o‘rgataman; ustozlik qilaman, og‘zaki darslar va barcha-barchasini o‘z farzandlarimga, ustozlarimning farzandlariga, shogirdlarimga majburiyatim va tibbiyot qonunlariga asosan o‘rgataman. Bemorlarga o‘z aql-zakovatimga tayangan holda faqatgina ularga foydali bo‘ladigan tavsiyalar beraman, turli vijdonsizliklar va ularga zarar keltirishdan o‘zimni tiyaman. Hech kimga, hatto so‘rasa ham, o‘lim keltiruvchi vositani tavsiya qilmayman va shu fikrga yetaklovchi yo‘lni ko‘rsatmayman; xuddi shuningdek, ayollarning sog‘lom homiladorligini to‘xtatish uchun “yordam” bermayman. Hayotim va kasbimni toza hamda sof o‘tkazaman. Hech qachon tosh kasalligi bilan og‘riyotgan bemorlarni operatsiya qilmayman, shu ish bilan shug‘ullanayotgan odamlarni bu yo‘ldan qaytaraman. Men har qanday xonadonga faqatgina bemorlarning foydasi uchungina kiraman, bemor xoh ayol yoki erkak, xoh qul yoki ozod kishi bo‘lsin, undan hech nimani tama qilmayman. Bemorni davolar ekanman (muolajadan keyin ham), uning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni sir sanab, hech qachon oshkor qilmayman. Hayotda va kasbimda baxt-saodatga erishish uchun qasamyodimni aslo buzmayman, ontiga vafo qilmaganlarga esa buning aksi bo‘lsin!

O‘zbek tiliga tarjimani Murodov Zarifjon Jumaboyevich qildi.