Laringit xastaligida ayniqsa, ota-onalar bemor bolaning taomnomasida allergiya qo‘zg‘atmaydigan, ya’ni gipoallergik oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishiga katta e’tibor qaratishlari zarur. Quyida ushbu mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishing:

Allergiya qo‘zg‘atmaydigan oziq-ovqatlar

Bemor iste’mol qilishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:

  • Sitrusli mevalar (apelsin, mandarin, limon, avokado, kivi, greypfrut va shu kabi mevalar), yong‘oq (o‘rmon yong‘og‘i – funduk), bodom, yeryong‘oq, pista, yong‘oq).
  • Baliq va uning mahsulotlari (yangi tutilgan baliq va uning sho‘rvasi, konservalari, tuzlangan, dudlangan baliqlar, uvildirig‘i (ikrasi).
  • Parrandalar (g‘oz, o‘rdak, kurka, tovuq va shunga o‘xshash xonaki parrandalarning yovvoyi turlari).
  • Kofe, kakao, shokolad va uning mahsulotlari.
  • Dudlangan mahsulotlar.
  • Sirka, xantal, mayonez va shu kabi o‘tkir ta’mli mahsulotlar.
  • Xren (yerqalampir), rediska, turp, qora turp, tomat (pomidor), baqlajon, qo‘ziqorinlar, tuxum, sut, qulupnay, yertut, qovun, ananas, (qizil qarag‘at (smorodina), maymunjon, malina (xo‘jag‘at).
  • Asal, shirin xamirli (xamirturushli) mahsulotlar.
  • Barcha turdagi spirtli ichimlik­lar.

Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:

  • Yog‘siz mol go‘shti (qaynatilgani).
  • Yorma donli (tariq, suli, arpa) sho‘rvalar. Bir qaynatib, to‘kib tashlangan yog‘siz mol go‘shti solingan sabzavotli sho‘rvalar.
  • Sariyog‘, o‘simlik yog‘i, zaytun moyi.
  • Qaynatilgan kartoshka, bo‘tqalar (grechixa, guruch, «Gerkules» – suli yormasi).
  • Sut mahsulotlari (bir kunlik tvorog, yangi ivitilgan shirin qatiq).
  • Sarxil bod­ring va ko‘katlar, dimlab pishirilgan sariq yoki yashil olma, sariq tog‘olcha, olxo‘ri, sariq qarag‘at (smorodina)dan kompot.
  • Oq va suvi qochgan non.

Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.

Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1x10) tabletkalar (blister ko’rinishida).

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:

Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo'hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teriks

Allergiyada keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

© "Sog‘lom avlod" gazetasi.

Ushbu maqolani ham o'qing:
Kattalarda yongʻoqlarga allergiya 1