Respublikamizda o‘sadigan gilos navlarining mevalari tarkibida 19,2 % qand , 1,3 % organik kislotalar bor . Shuningdek, gilos mevalari tarkibida Pektin moddalar , vitaminlardan B1 , B2 , PP, C , karotinlar bilan bir qatorda kaliy ,kalsiy , magniy , fosfor , temir tuzlari mavjud . Gilos mevasida 0,2 % oshlovchi modda ham bor . Gilos mevasining urug‘ida 30 % ga qadar moy mavjud . U texnik maqsadlar uchun juda kerakli mahsulot hisoblanadi . Bundan tashqari meva urug‘ida 1 % gacha efir moyi mavjud bo‘lib , undan parfyumera sanoatida va likyor ishlab chiqarishda foydalaniladi . Gilos daraxti ko‘p miqdorda yelim ajratadi . Bu yelimdan to‘qimachilik sanoatida gazlamalarga jilo berishda foydalaniladi . Gilosning tana va ildiz po‘stloqlarida 7-10 % gacha tanid moddalar bo‘lib , ular teri oshlashda kerak bo‘ladigan zarur omillardan hisoblanadi .
Xalq tabobatchiligida gilos quvvat bag‘ishlovchi ne’mat sifatida tavsiya etiladi , gulidan bod kasalligini davolashda foydalaniladi . Haqiqatdan ham gilos gullari o‘z tarkibida salitsil kislotasini saqlaydi . Ma’lumki bu modda revmotizmni davolashda ilmiy medesinada keng ko‘lamda ishlatiladi . Imiy medesinada gilosni kamqonlik kasalligida iste’mol qilish tavsiya qilinadi . Chunki, gilos tarkibida salmoqli miqdorda temir moddasi bor . Gilos mevalaridan pishirilgan murabbo va sharbatlar juda mazali bo‘lib , ularni uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi .
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )