Qadimdan erkaklar o‘zidan keyin nasl qoldirish maqsadida o‘g‘il farzandli bo‘lishni ko‘proq xohlashgan.  Tabiat ham o‘g‘il bola tug‘ilishiga ko‘roq imkoniyat yaratar ekan:  ko‘p yillik kuzatishlar va statistik ma’lumotlarga qaraganda,  100ta qiz bola chaqaloqqa 106ta o‘g‘il bola to‘g‘ri kelar ekan.  Bu ko‘rsatkich sababi hamon ilmiy jihatdan izohlanmagan.  Shunga qaramay tabiat yer yuzidagi erkak va ayol soni o‘rtasidagi muvozanatni buzmagan holda boshqarib turadi.

farzand jinsi

Ayollarda tug‘ilish imkoni kamroq bo‘lsa-da,  yashovchanlik qobiliyati ko‘proq berilgan.

Farzand jinsi nimaga yoki kimga bog‘liq?

Agar ayolning X xromosomasi bilan erkakning Y xromosomasi juftlashsa,  o‘g‘il bola,  ayolning X xromosomasi bilan erkakning X xromosomasi juftlashsa,  qiz bola dunyoga keladi.  O‘g‘il bola tug‘ilishi uchun kerak bo‘ladigan Y xromosoma faqat otada mavjudligi bois,  o‘g‘il tug‘ilishi faqat otaga bog‘liq.

O‘g‘il bola tug‘ilishi imkonini oshiruvchi omillar

Qon yangilanishiga qarab.  Jinsiy hujayralarning urug‘lanishidan oldin kimning qoni yangi bo‘lsa,  o‘sha jinsdagi farzand paydo bo‘ladi.  Buni oldindan bilish uchun quyidagi oddiy hisoblashni bilish kifoya:  erkak kishining qoni har 4 yilda,  ayolning qoni esa har 3 yilda yangiladi.  Shuning uchun otaning yoshini 4ga,  ayolning yoshini esa 3ga bo‘lish kerak.  Qon yangilanishini balog‘at yoshidan boshlab oladigan bo‘lsak,  ayol qoni 12,  15,  18,  21,  24,  27,  30… yoshida,  erkak qoni esa,  12,  16,  20,  24,  28,  32… yoshlarida yangilanadi.
Quyida keltirmoqchi bo‘lgan misolimizda ayol 26 yoshda (qoni ikki yil oldin yangilangan),  erkak esa 29 yoshda (qoni bir yil oldin yangilangan).  29: 4 = 7(1)?  26: 3=8(2).  Hisoblashdagi qoldiqdan ham ko‘rinib turibdiki,  erkakning qoni bir yil oldin yangilangan (1).  Bu holatda o‘g‘il bola dunyoga kelishi ehtimoli yuqori.  Albatta, tahminiy holat.

O‘g‘il bola tug‘ilishi uchun homiladorlikdan ikki oy oldin maxsus parhez tutilishi kerak. Yeyilishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar: sut va sut mahsulotlar, mineral suv, kalsiy, baliq ikrasi, tuxumli pishiriqlar, ko‘k salatlar, xom karam, yong‘oq, bodom, yer yong‘oq, kakao, sutli shokolad. Qolgan oziq-ovqatlarni me’yorida iste’mol qilish mumkin. Parhez tufayli gomeostaz (organizmning normal holati), gormonlar balansi nisbatan o‘zgaradi va jinsiy hujayralarga ijobiy ta’sir qiladi. Bu parhezning organizmga salbiy ta’siri yo‘q.

Ovulyatsiya (hayz)ga bir kun qolganda aloqa qilish yoki turli kalendarlarga tayangan holda homilador bo‘lish ham o‘g‘il farzand tug‘ilishi ehtimolini oshirishi mumkin.

Predimplantatsion genetik tashxis (PGT) foydalangan holda jinsiy hujayralar probirkada urug‘lantiriladi va embrionning o‘g‘il ekanligi aniqlangach, bachadonga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu usul, odatda, ayol yoki erkakda genetik kasalliklar mavjud bo‘lganda avlodlar salomatligi muhofazasini ta’minlash maqsadida qo‘llanilsa-da, ba’zi davlatlarda undan foydalanish taqiqlangan.

Keyingi usulda erkakning X va Y xromosomalari alohida ajratib olinadi va u xromosomali jinsiy hujayra bachadonga yuborib urug‘lantiriladi.

Farzand Alloh tomonidan in’om etilgan ne’matlarning eng ulug‘i. O‘g‘ilmi, qizmi hech bir bandani tirnoqqa zor qilmasin. Bolajon xalqimiz har bir yangi mehmonni shukrona bilan qabul qiladi. Baxtimizga bolalarimiz sog‘-salomat bo‘lishsin.

Foydali rukn: Homilarolikka oid foydali maqolalarni Homiladorlik  rukni orqali o‘qishingiz mumkin.

R. Otaqo‘zieva, biokimyogar.
Niso.uz arxivi.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Ushbu maqolani ham o'qing:
Daun sindromi