Ma’lumki, ona bilan bola o‘rtasidagi o‘zaro aloqa homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlanadi. Buni tibbiyotda ona-yo‘ldosh -homila muloqot sistemasi shaklida tushuntiriladi. Farzand dunyoga kelgach esa, bu muloqot davom etadi.
Bunda bola onadan ko‘krak suti orqali ozuqa va zarur biologik faol moddalarni oladi. Ona sutida 100 dan ortiq kerakli oziq moddalari bo‘lib, faqat miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sog‘ligiga mos keladi.
O‘g‘iz suti va yetilgan ona suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U bolada immunitet sistemasiniig shakllanishida qatnashadi. Ona sutidagi himoya vafasini bajaruvchi oqsillar bolani turli allergiyalardan ham saqlaydi.
Ona sutini emib katta bo‘lgan bolalar o‘z tengdoshlari orasida jismonan va aqlan ajralib turadilar. Ayniqsa, bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan kamqonlik, raxit, gipotrafiya, allergik kasalliklar aksariyat ona sutiga to‘ymagan bolalarda ko‘proq uchraydi.
Ona sutining ajoyib xususiyatlaridan yana biri bola asab sistemasining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘krak emish orqali ona-bola o‘rtasida aloqa tiklanadi. Onaning bolaga, bolaning onaga bog‘liqligi davom etadi. Bu esa o‘z navbatida, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-muhabbat uyg‘otadi.
Sog‘lom va baquvvat avlodni o‘stirish uchun har bir ona o‘z farzandini ko‘krak suti bilan boqishi afzalligi keng omma orasida targ‘ib etish zarur. Chaqaloq bolalarni parvarishlash va ovqatlantirish to‘g‘risida onalarga maslahatlar; Tug‘ruqxonada ona va bolaning birga bo‘lishini onadan sanitar-epidemiologik rejimga qat’iy rioya qilishni va tibbiyot xodimlarining talablarini bajarishni talab etadi.
Har kuni ertalab ona krovatlari, kushetka, tumbochka, klyonkalar 1 foizli xloramin eritmasi bilan artib chiqiladi va bolaning yuzi berkitilib, xona 20 daqiqa davomida kvartslanadi. Bolani yuvintirish uchun va parvarishlash uchun birinchi kuni hamshira ko‘rsatib tozalangan materiallar bilan ishlashni onaga o‘rgatadi. Qolgan kunlari onalar ertalabdan qo‘llarini sovunlab yuvib, chaqaloqlarni yuvintirishni boshlaydi. Bundan oldin bolaning ko‘zi tozalangan tamponlarda furatsillin bilan ho‘llanib ko‘zining tomirlari burchagidan ichkari tomonga qarab artiladi. Uchinchi tampon bilan yuzi tozalanadi.
Bolaning chov sohalari rakovinada iliq oqar suv bilan yuviladi, lekin oyoqlari rakovinaga tegmasligi kerak. Bolani o‘raydigan stol usti 1 foizli xloramin bilan artiladi va o‘raladi. Umuman olganda, ona suti - bu tabiiy resurs hisoblanadi. U hech qanday kuch va mehnat talab qilmaydi. Quydagi tavsiyalar ham mutaxassislar ham onalar uchun muhimdir.
- Ona suti bilan boqish qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- Barcha homilador ayollarga ona sutining mohiyatini va ko‘krak bilan boqish yo‘llarini o‘rgatish;
- Onalarga tuqqandan keyingi birinchi yarim soat ichida ko‘krak suti berishga yordam berish;
- Onalarga ko‘krakdan qanday emizish va bolasining onadan ajratgan holatda ham qanday qilib ko‘krakdan sut ajralishi saqlab qolish mumkinligini o‘rgatish;
- Chaqaloqlarga ona sutidan tashqari hech qanlay qo‘shimcha ovqat va suv bermaslik, faqatgina tibbiy ko‘rsatma bo‘lganda suv berish;
- Ona va bolani doimiy kecha - kunduz birga bo‘lishini ta’minlash;
- Bolani jadvalga qarab emas, talabiga qarab sut bilan boqishni targ‘ibot qilish;
- Chaqaloqlarga ona ko‘kragidan tashqari hech qanday tenglashadigan narsalar, so‘rg‘ichlar bermaslik;
- Bolaning talabiga qarab tez-tez emizish kerak, sutkada kamida 8-12 marotaba;
- Bir ko‘krak bo‘shamasdan boshqa ko‘krakdan emizmang, bolaning emish vaqtini cheklab qo‘ymaslik kerak;
- Ko‘krak uchi yorilmasligi va ko‘krak shishib ketmasligi uchun ko‘krakni go‘dakka to‘g‘ri berish kerak;
- Sun’iy bo‘tqa, surg‘ich berish ma’n etiladi;
- Bolaga tibbiy ko‘rsatma bo‘lmasa qaynagan suv, RINGER suvi, 5 foizli glyukoza eritmasi berish ham ma’n etiladi.;
- Bolani ovqatlantirishdan oldin onasi boshiga ro‘mol o‘rashi, qo‘lini tozalab sovunlab yuvishi va bolaning tagiga toza taglik solib, so‘ng emizishi kerak;
- Emizish vaqtini hech qachon cheklamaslik kerak, chunki qancha ko‘p emizsa shuncha ko‘p sut ajraladi. Sut miqdorini va oqimini boshqaradigan gormonlar hosil bo‘ladi. Har safar emizdirilgandan so‘ng sutning qolganini sog‘ib tashlash, toza stakanga sog‘ib, hamshiraga topshirish kerak;
Ona suti - 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun asosiy ozuqa: bolaning to‘g‘ri o‘sishi, rivojlanishi va aqlan tetik bo‘lishini ta’minlaydi. Bolaning immun sistemasini, organizmning himoya kuchini oshiradi va yuqumli allergik kasalliklarning oldini oladi.
© Surayyo Teshaboyeva, oliy toifali neontolog shifokor.
"Salomatlik sandig‘i" gazetasi.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.