Duduqlanish bu nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur’at ohangining buzilishidir.
Duduqlanish sabablari hozirgi vaqtda 2 guruhga bo‘linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir.
Moyillik sababiga quyidagilar kiradi
- Ota-onalarning nevropatik kasallanishi.
- duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar.
- nasliy buzilish.
- bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi.
- Anatomik-fiziologik sabablar: ensefamitik oqibatlari bo‘lgan jismoniy kasalliklar, jarohatlar, miyaning organik buzilishi, zaharlanishi va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv sistemasining tamoman izdan chiqishi yoki o‘ta charchashi, qizamiq, terlama, gijjalar, burun, halqum, hiqqildoq kasalliklari, dislaliya, dizartriyaning va nutq to‘liq rivojlanmaganligi hollaridagi tovush talaffuzi apparatining mukammal rivojlanmaganligi.
- Ruhiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli bir lahzalik ruhiy shikast, uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy shikast, surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruhiy zo‘riqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi uzoq muddatli salbiy hissiyotlar, ruhan juda og‘ir ezilish, o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo‘ladigan iztiroblar, vahimalik va o‘ta shodlanish holati, nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani haddan ortiq nutq materiallari bilan tanishtirish, zo‘riqtirish, poliglossiya, erta yoshda birdaniga qandaydir turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi duduqlanishni keltirib chiqaradi. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruhiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust-bola duduqlanadigan kishining nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o‘naqaylikka o‘rgatish.
- biologik (fiziologik)
- sotsial (psixologik)
Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo‘ladi
- klonik
- tonik
- aralash.
- Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar go‘yo o‘z nuqsonini sezmagandek, u haqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun hech qanday urinishlar bo‘lmaydi.
- Kasallikka diqqatni jalb qilishning mo‘tadil darajasi: yuqori sinf o‘quvchilari va o‘smirlar o‘z nuqsonidan tashvishlanadilar, undan uyaladilar, duduqlanishni yashiradilar, turlicha hiyla ishlatishgacha boradilar, atrofdagilar bilan kamroq munosabatda bo‘lishga urinadilar. Ular o‘zlarinig duduqlanishlarini biladilar, uning ketidan qator noqulayliklarni boshdan kechiradilar, o‘z kamchiligini niqoblashga urinadilar.
- Kasallikka diqqatni jalb qilishning yaqqol ifodalangan darajasi: duduqlanuvchilarda nuqson borasidagi tashvishlanish o‘zining noto‘kisligini doimiy chuqur his etishga aylanadi, bunda har bir harakat nutqiy noto‘kislik tushunchasi orqali tahlil etiladi. Ular o‘z diqqatlarini nutqiy kamchiliklariga yo‘naltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubhalanish, gapirishdan oldin vahimaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.
Duduqlanish uchta darajaga ajraladi
- Yengil duduqlanish - kishi asabiylashgan holatida yoki tez gapirayotganida duduqlanad.
- O‘rtacha duduqlanish- kishi tinch, odatdagi vaziyatda oson gapiradi, kam duduqlanadi, his-hayajonli damlarda kuchli duduqlanish yuz beradi.
- Og‘ir duduqlanish - kishi butun nutqi davomida, doimiy chalg‘ituvchi harakatlar qilishi bilan duduqlanadi.
Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi
- Doimiy - duduqlanish paydo bo‘lgach turli nutq shakllari va vaziyatlarida bevosita namoyon bo‘ladi.
- To‘lqinsimon duduqlanish- duduqlanish goh kamayadi, goh kuchayadi, lekin butunlay yo‘qolmaydi.
- Qaytalanuvchi - duduqlanish yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga keladi, uzoq muddatli erkin tutulishsiz nutqdan so‘ng qayta paydo bo‘ladi.
Psixoterapevtik ta’sirlar
Duduqlanishga nevrotik zaiflashuvi sifatidagi qarashlarni paydo bo‘lishi bilan ayrim mualliflar uni psixoterapevtik ta’sir orqali bartaraf qilishga birinchi darajali ahamiyat bera boshladilar.Didaktik usullar
Duduqlanuvchilarda to‘g‘ri nutqni didaktik usulda tarbiyalash tarafdorlari ham nutqning ayrim elementlarini, ham umuman nutqni qamrab oluvchi turli xil va sekin-asta murakkablashadigan nutqiy mashg‘ulotlar sistemasini tavsiya etishdi. Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy atroflicha yondashuv deganda duduqlanuvchi ruhiy jismoniy holatining turlicha tomonlariga turli mutaxassislarning har xil vosita va usullari bilan pedagogik davolash orqali davolash, ta’sir etish tushuniladi. Barcha pedagogik davolash majmuini duduqlanuvchilarga ta’sir etish xususiyatiga qarab shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin: davolash- sog‘lomlashtirish va pedagogik tuzatish. Tibbiyotchi olib boradigan davolash- sog‘lomlashtirish ishlari quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi: duduqlanuvchining asab sistemasi va jismoniy holatini mustahkamlash hamda sog‘lomlashtirish, ularning ruhiy-jismoniy holatidagi og‘ish va patologik ko‘rinishlarni bartaraf etish va davolash. Logoped olib boradigan pedagogik tuzatish ishlar quyidagi asosiy vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi, duduqlanuvchi nutqidagi nuqsonlar va ruhiy noto‘kis jihatlarini bartaraf etish. Logoped o‘z uslubi va vositalarini duduqlanuvchiga ta’sir etishda qo‘llay biladigan zarur mutaxassislarning hamkorlikdagi tibbiy-pedagogik ishini tashkil etadi.Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin: