Antibiotiklar ( biomitsin, tetratsiklin va hoqazo) eng “janjalkash” preparatlardan hisoblanadi. Ularni qabul qilish davrida, iste’mol menyusidan sut mahsulotlarini chiqarish kerak, chunki ular antibiotiklar ta’sirini yo‘qqa chiqaradi. Shuningdek, bu davrda butunlay alkogoldan ham voz kechish kerak. Ko‘proq meva, sabzavot va ko‘katlar iste’mol qiling. Vaqtincha, nordon ozuqadan voz keching.
Antidepressantlar iste’moli
Antidepressantlar (ular tarkibida monoaminoksidaz ingibitorlari mavjud) shuning uchun ular qabul qilish davrida uzoq ushlab turilgan pishloqlar, po‘panakli pishloq, achitilgan karam, soya sousi, qoramol va tovuq jigari, dudlangan baliq va go‘sht, yogurt, anjir, mayiz va smetana iste’mol qilmagan ma’qul. Qayd etilganlar tarkibida tiramin moddasi mavjud bo‘lib, dori tarkibidagi monoaminoksidaz ingibitori bilan to‘qnashib qon bosimini ko‘tarib yuboradi. Yana antidepressantlar qabul qilish davrida alkogoldan mutlaqo, jumladan qizil vino ichishdan voz kechish kerak.Qonni suyultiruvchi preparatlar iste’moli
Antikoagulyantlar (qonni suyultiruvchi) qabul davrida klyukva, uni sharbati va morsidan voz kechish kerak. Aks holda, dori bilan aralashib ichki qon ketish sodir bo‘ladi. Aspirin. Uni qabul qila turib, uglevodlar, yog‘lar va oqsillari ko‘p bo‘lmagan yeguliklar iste’mol qiling. Aks holda, dori samarasi ikki barobar kamayishi mumkin. Shuningdek, sitrus mevalar sharbatlaridan ham voz kechish kerak, chunki ular aspirin bilan qo‘shilib oshqozon shillik pardasiga ta’sir qiladi. Esingizdan chiqmasin, aspirinni hech qachon sut bilan qo‘shib ichmang, chunki sut dori samarasini yo‘qqa chiqaradi.Og‘riq qoldiruvchi vositalar iste’moli
Og‘riq qoldiruvchi vositalar (piramidon, amidopirin va boshqalar) qabul qilishda, dudlangan yeguliklardan voz keching. Ular dori ta’sirini kesadi.Gormonal preparatlar iste’moli
Gormonal preparatlar. Ular, organizmdagi moddalar almashuvi jarayoniga ta’sir o‘tkazadi. Shu bois, asoratlarni oldini olish uchun tvorog va boshqa sut mahsulotlarini, kuraga baliq, mayiz, mevalar va oshqovoqni iste’mol qilish kerak. Bular tarkibida ko‘p oqsillar, kaliy va kalsiy tuzlari, vitaminlar mavjud.Temir preparatlari iste’moli
Tarkibida temir moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar. Ularni qabul qilish davrida kofe, choy, unli va shakarli, sutli mahsulotlardan, yong‘oqlardan voz keching. Ularning hammasi organizmga temir moddasini so‘rilishini qiyinlashtiradi.Klofelin iste’moli
Klofelin (arterial qon bosimini pasaytiradi). Uni alkogol bilan aralashtirmaslik kerak, chunki alkogollik ichimliklar dori ta’sirini neytralizatsiya qiladi va tez qon bosimini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Klofelin bilan alkogol aralashishi oqibatida hushdan ketish mumkin. Yodingizda bo‘lsa, klofelin va kriminal hronikalarda ko‘rsatilganday bu effektdan ayrim tovlamachilar qing‘ir ishlarini amalga oshirish uchun foydalanadilar.Siydik haydovchi preparatlar iste’moli
Siydik haydovchi preparatlar organizmdan kaliyni chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun, uni o‘rnini to‘ldirish uchun yashil no‘hat, shovul, shpinat, kuraga, qizilcha, piyoz, kartoshka, olma va sabzi iste’mol qilish kerak. Eslatib o‘tamiz, siydik haydovchi preparatlarni, qizilmiya tomiri qo‘shilgan dori vositalari bilan qabul qilib bo‘lmaydi. Chunki qizilmiya tomiri organizmdan suyuqlik chiqib ketishini tezlashtiradi, organizm suvsizlashadi. Shuningdek, kaliy chiqib ketishi oqibatida mushaklar buziladi.Revmatizmga qarshi preparatlar iste’moli
Revmatizmga qarshi preparatlar oshqozon- ichak trakti shillik pardasiga agressiv ta’sir etadi. Shuning uchun, bu preparatlar qabul qilish paytida qovurilgan yeguliklardan, qo‘ziqorindan, go‘sht va baliq sho‘rvalaridan o‘zingizni tiying.Statinlar iste’moli
Statinlarni (qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi) qabul qilish davrida greypfrukt, pomelo va boshqa gibrid sitruslilardan voz kechish kerak. Ular tarkibidagi moddalar, statinlar buzib tashlaydigan jigar fermentini blokirovka qiladi va oqibatda organizmda statinlar konsentratsiyasi oshib ketishi natijasida jigar faoliyati buziladi va mushaklarni buzilishiga olib keladi.Sulfanilamidlar iste’moli
Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, biseptol, sulfadimezin) – bular mikroblarga va bakteriyalarga qarshi preparatlar bo‘lib, qabul davrida- jigar, buyrak, klyukva, ko‘katlar, yog‘li ovqatlar, shakar va boshqa shirinliklar iste’mol qilmaslik kerak. Bu davrda ko‘proq suyuqlik, ayniksa ishqorli mineral suvlar ichishga harakat qiling. Bunday preparatlar qabul qilish davrida organizmdan siydik chiqish jarayoni qisqaradi, oqibatda siydik yo‘llari va buyrak kanalchalari suyulmaydigan kristallar bilan to‘silishi mumkin. Shuning uchun, bu davrda odatdagidan ortiqcha suv iching. Yog‘lar va shakar ovqat hazmini sekinlashtirishi tufayli preparat ta’sirini kamaytiradi.© Med-info.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitamin va belgilar. Ogranizmda vitamin yetishmasa...