Kulol loyni xohlagan shaklga keltirib undan chiroyli ko‘za yasay oladi, u ko‘zaga xohlasa naqsh berib chiroyidan kimdnidir bahramand qiladi yoki uni shunchaki foydalish uchungina, buyum sifatida qoldiradi.
Chaqaloq miyasini bir bitmagan imorat deb hisoblasak uning eng mohir quruvchilari – ota-onadir.
Chaqloq dunyoga kelgandan so‘ng uning miyasi ma’lum yoshgacha «birlamchi» miya deb hisoblanadi. Ya’ni miya chaqaloq tirik qolish uchun vaqtincha «birlamchi» miya sifatida faoliyat ko‘rstib turadi misol uchun: Barcha hayotiy zarur organlar foliyatini boshqarish bular – nafas olish, ko‘rish, eshitish, siydik chiqarish, immunitet va yana go‘dkada tug‘ma shartsiz reflekslar bo‘ladi: tashqi muhit ta’sirlariga tegishli ravishda javob qaytarishga harakat qilishi, so‘rg‘ich refleksi – sut emish uchun, ko‘zini ochib-yumish, qidiruv reflekslari – onasi ko‘kragini qidirib topish uchun, va jahli chiqib yoki hafa bo‘lib yig‘lash – onasini e’tibirini o‘ziga qaratish uchun, havf tug‘ilganda qaltirab himoyalanish.
Chaqaloq miyasi ongli faoliyat ko‘rsatib «ijtimoiy» miyaga aylanish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Aynan «birlamchi» miyadan «ijtimoiy» miyaga o‘tish oralig‘idagi vaqt ota ona uchun eng muhim vaqt hisoblanadi,chunki bu vaqtda bolaning ongi rivojlanayotgan bo‘ladi.
Bolaling ijtimoiy ko‘nikmalari – tarbiya, gapirish, odob-axloq, o‘qish, xotira va barcha insoniylik hilsalatlari miyada hali nofaol holatda uni faollashtirish ota ona va ommaning zimmasida. Bosh miya po‘stlogining ko‘z-peshona (fronto-orbital) sohasi chaqaloq tug‘ilgandan keyin rivojlana boshlaydi, bola yura boshlgach bu soha rivojlanib bo‘ladi odatda bir yoshdan keyin.
Amerikalik psixoterapevt va psixoanalitik –Syu Gerxardt o‘zing «Onaning sevgisi bola miyasini qanday shakllantiradi» (Why Love Matters: How Affection Shapes a Baby’s Brain) kitobida: «miyaning ko‘z-peshona (fronto-orbital)sohasi insonni inson deb nomlanishiga sababchi bo‘ladi. Miyaning shu sohasi rivojlanguncha ota-ona bolaga barcha hayotiy ko‘nikmalrni berishda juda faol bo‘lish kerak, chunki inson miyasi ijtimoiy malakalar orqaligina rivojlanadi, tadqiqotchi olimlar buni «malaka qaramligi» deb nomlaydilar» deya ta’rif beradi.
© Neyro.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )