Tish inson organizmdagi eng zarur a’zolardan biridir. Afsuski, ularni hammamiz ham to‘g‘ri parvarishlay olmaymiz. Etarli e’tibor qaratilmasligi natijasida ular emirilib, sinib keta boshlaydi. Bu esa bir qator noqulayliklarni tug‘diradi. Natijada sun’iy tish, protezlarga extiyoj seza boshlaymiz. Agar sizni ushbu muammo qiynayotgan bo‘lsa, bu sahifa aynan siz uchun. Bu boradagi eng ko‘p uchraydigan savollar bilan "Darakchi" gazetasi muxbiri oliy toifali ortodontist, Hasan Nabiyevga murojaat qildi. Quyida o‘sha savol-javob bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Sun’iy tish qo‘yish
– Qanday holatlarda bemorlarga sun’iy tish qo‘yish tavsiya etiladi (asosan necha yoshdan keyin qo‘yiladi), kimlarga sun’iy tish qo‘yish mumkin emas? – Tabiiy tish yo‘qotilganida va uning qayta chiqmaslik xolatlarida bemorga sun’iy tish qo‘yish tavsiya etiladi. Bunda bemor yoshining ahamiyati yo‘q. Tish birlamchi va ikkilamchi sabablarga ko‘ra yo‘qotilishi mumkin. Ma’lum bir sabab bilan, masalan sut tishlarining tushishi, homiladorlik tufayli tishlarning tushishi bu – birlamchi sababdir. Hayot davomida uzoq yillar xizmat qilgan tishlarning yo‘qotilishi esa ikkilamchi sababga kiradi. Har ikki holatda ham yo‘qotilgan tishning o‘rnini sun’iy tish bilan to‘ldirish lozim, sababi agar og‘iz bo‘shlig‘ining kerakli joylarida tish bo‘lmasa, og‘iz bo‘shlig‘ining funksiyasi buziladi va tashqi ko‘rinishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kichik yoshdagi bolalarning sut tishlari ustiga ham sun’iy tish qoplanadi. Bolalardagi sut tishlarining erta tushib ketishi, taom eyishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Organizmida biror bir metallga allergiyasi bo‘lgan kishilarga sun’iy tish qo‘yish mumkin emas.Sun’iy tish qo‘yishdan oldin...
– Og‘iz bo‘shlig‘iga sun’iy tish, byugel yoki protez qo‘yishdan avval nimalarga ahamiyat beriladi? – Eng avvalo, og‘iz bo‘shlig‘i sanksiyalangan, ya’ni infeksiyalardan xoli bo‘lishi lozim. Sun’iy tish qo‘yiladigan joy davolangan va sog‘lom bo‘lishi kerak. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida kasallangan tishlar, protez qo‘yiladigan chegarada yallig‘lanish mavjud bo‘lsa, sun’iy tish qo‘yishdan avval ana shu joylar oxirigacha davolanishi, kovak tishlarni esa tozalash va plombalash lozim.Sun’iy tishlarning turlari
– Sun’iy tishlarning turlari, bir-biridan farqi, narxlari, chidamlilik muddati, inson salomatligiga salbiy yoki ijobiy ta’siri haqida nima deysiz? – Sun’iy tishlar olinadigan va olinmaydigan turga bo‘linadi. Sun’iy tishlar tayyorlanishiga ko‘ra plastmassa, metall, chinni va aralash materiallardan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Sun’iy tishlarning materiali qancha sodda bo‘lsa, narxi ham shuncha arzon bo‘ladi. Bundan tashqari, sun’iy tishni tayyorlashda ishlatiladigan materiallarning tannarxi ham ahamiyatga ega. Shu bilan birga stomatolog vrach, tish yasovchi texnikning ish xaqi ham protezning umumiy narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Chidamliligi haqida gapiradigan bo‘lsak, har bir protez o‘rta xisobda 5 yildan 15 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Agar protez to‘g‘ri va sifatli tayyorlangan bo‘lsa, organizmga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, protez tish qo‘yadigan kishi ham, o‘z navbatida sun’iy tishlariga e’tibor berishi, yuvib turishi, har 6 oyda shifokor huzuriga borishi lozim. Ijobiy tomoni shundaki, og‘iz bo‘shlig‘ida tish bo‘lganda uning funksiyasi to‘laligicha bajariladi, tashqi ko‘rinish, talaffuzning yaxshilanishi ijobiy tomonga o‘zgaradi.Byugel nima?
— Byugel nima degani? Uning qanday turlari bor? Bir-biridan farqi nimada? – Byugel bu nemis tilidan olingan so‘z bo‘lib, yoy degan ma’noni anglatadi. Byugelning turlari ko‘p. U qisman olib qo‘yiladigan protez turi bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i tish qatorlarida ko‘plab tishlarning yo‘qligi, ko‘prik protezlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Byugelning ko‘plab turlari mavjud: ilmoqli, relsli, qulfli va hokazo. Ilmoqli byugellar soddaroq va nisbatan arzonroq hisoblanadi. Bu byugel og‘iz bo‘shlig‘ining orqa sohalariga joylashtiriladi. U jag‘ tishlar bo‘lmagan holatlarda qo‘yiladi. Qulfli byugellar esa orqa tishlari bo‘lgan bemorlarga qolgan tishlarni qoplash uchun qo‘yiladi. Byugel protezlarining ichki qismidagi maxsus temir bo‘lib, u har bir kishiga alohida mo‘ljallab qo‘yiladi. Shu sababli ham ularning narxi biroz qimmat.Byugel tishlar chidamliligi
– Byugel tishlar asosan kimlarga qo‘llaniladi, kimlarga mumkin emas? Ularning narxi, chidamliligi qanday? - Byugel tishlar asosan ikkilamchi, qisman va odentiya—ya’ni tish qatorlaridagi tishlarning katta miqdorda bo‘lmagan holatda qo‘yiladi. Ularni qo‘yishdan maqsad, og‘iz bo‘shlig‘iga tushayotgan chaynov bosimini to‘g‘ri taqsimlashdir. Bunday protezni qo‘yish uchun og‘iz bo‘shlig‘ida kamida 5 6 ta tish bo‘lishi lozim. Shu bilan birga mavjud tishlar ildizining uzun yoki kaltaligi, qimirlash darajasi, sog‘lomligini nazarda tutgan holda, har bir bemorga individual ravishda mutaxassis tavsiyasi beriladi. Byugel protezlarining chidamlilik darajasi yuqori. Chunki ularning ichida metall karkas bo‘ladi. Ushbu karkas protezning mustahkamligini belgilaydi. Bu karkas turli metallardan, asosan kobaltli xrom hamda nikelli xromdan tayyorlanadi. Kobaltli xromdan tayyorlangan byugel protez nisbatan baquvvat sanaladi. Nikelli xromdan tayyorlangani esa arzonroq va nisbatan egiluvchan bo‘lib, unda deformasiyalanish ehtimoli mavjud.Asablarga ta'siri bormi?
– Eshitishimizcha, agar tish bo‘lmasa, tish o‘sib chiqadigan suyakkacha uzun simsimon nayza bilan teshilib implantat qo‘yilar, undan keyin byugel tishlar o‘rnatilar, bunda bemorning yuz, burun, ko‘z qismlari shishib, ovqat eyish ham qiyin kechar ekan, buni organizmga, insonning asab tizimiga ta’siri yo‘qmi? Agar bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yilib, uning umumiy ahvoli, og‘iz bo‘lig‘idagi tishlarining axvoli hisobga olingan holda to‘g‘ri davolash rejasi tuzilsa, bemorda byugel qo‘yilganidan so‘ng hech qanday salbiy o‘zgarishlar kuzatilmasligi lozim. Bunda organizmga ham asab sistemasiga ham salbiy ta’sir kuzatilmaydi. Biroq implantat qo‘yilayotgan vaqtda ma’lum bir parasteziyalar (implantanning suyak to‘qimalarini, asab tolalarini zararlanishi) paydo bo‘lishi mumkin. Bunda bemor labining qiyshayishi, jag‘ining yarmini sezmaslik holatlari kuzatilishi mumkin. shu sababli ham implantat qo‘yayotgan mutaxassis nixoyatda e’tiborli bo‘lishi lozim.Plombalar haqida
– Plombalar haqida ham ma'lumot bersangiz... Plombalar sement, kompozit va metall plombalar (amalgama ham deyiladi)ga bo‘linadi. Semant plomba arzonroq turadi. U tishning rangiga mos kelmaydi, mustaxkamlik darajasi ham pastroq. Metall plomba tishning rangiga mos kelmasligi mumkin. biroq chidamliligim baland, ular 20 yilgacha chidashi mumkin.Sun’iy tish, byugel va plombalarning sifat ko‘rsatkichi
– Sun’iy tish, byugel xatto plombaning ham falon davlatniki yaxshi deb izohlashadi, aslidachi, aslida qaysi davlatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nisbatan sifatli bo‘ladi, nima uchun? Bugungi kunda yurtimizda hozircha stomotologik materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan. Stomatologiyada ishlatiladigan barcha xom ashyolar chet davlatlaridan keltiriladi. Evropa mamlkatlarida, Yaponiya, AQSHda ishlab chiqariladigan materiallar MDH davlatlarinikidan ancha sifatli sanaladi. O‘zbekiston xalqi orasida implantat qo‘ydirayotganlar soni juda ham ko‘p. Yoshi kattalar xaqida gapiradigan bo‘lsak, ularning 98 foizi implantatga muhtoj kishilar deyish mumkin. Yo‘qotilgan tishning o‘rniga qo‘yiladigan sun’iy ildiz dental implantant deyiladi. Dental implantantlarning afzal tomoni shundaki, ular tishning ildizi sifatida qo‘yiladi, tish ildizi qanday vazifani bajarsa, u ham xuddi shu vazifani bajaradi. U bemorning chaynash funksiyasini 100 foiz tiklash imkoniyatini beradi. Ko‘pchilik doimiy ravishda olinishi, buralishi, chiqarilishi mumkin bo‘lgan protezlarni taqishni xush ko‘rmaydi, ko‘nikolmaydi. Dental implantat aynan shunday bemorlar uchun mo‘ljallangan. Uni olishga, echishga ham ehtiyoj tug‘ilmaydi.Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
Ushbu maqolani ham o'qing:
Oʻsmirlik davri. Boladagi jismoniy va ruhiy oʻzgarishlar