Yarim kg mayda to‘g‘ralgan piyoz, 400 gr shakar va 50 gr asal yaxshilab aralashtiriladi, 1 litr suv quyiladi. 3 soat davomida past olovda qaynatiladi. Sovutib dokadan suziladi. Kuniga 4-6 marta 1 osh qoshiqdan ichiladi.
***
Xantal (gorchitsa)kukuni, asal va un teng miqdorda aralashtirib kulcha yasaladi. Bemorning ko‘krak qismiga asalli kulcha iliq holatda qo‘yilib, paxtali mato bilan o‘raladi, ustiga kichikroq “yostiqcha” yopiladi. Asalli kulcha sovugach 1,5-2 soatdan so‘ng olinadi va quruq latta bilan badan artiladi.
***
4 dona kartoshkani po‘stlog‘i bilan suvda qaynatib, eziladi, 3 choy qoshiqda ichimlik sodasi qo‘shiladi va iliq holatda 2 ta kulcha yasaladi. Birini bemorning ko‘kragiga, ikkinchisini orqa qismiga qo‘yib, issiq o‘rab yotqiziladi. Kulchalar sovugach, olinadi, tanani quruq latta bilan artiladi.
***
Tovani gazga qo‘yib 50 darajada qizdiriladi. (Qo‘l tekkizganda kuymaslik holatida.) So‘ng olovni o‘chirib, tovaga yog‘ quyiladi, qizigach xantal kukuni bilan aralashtiriladi, yelim qog‘ozga olib, bemor ko‘krak sohasi va orqa qismiga qo‘yiladi. Issiq o‘rab yotqiziladi. Kechasiga qoldiriladi.
***
Navro‘zgul (pervotsvet lekarstvenniy) ildizi, oddiy bodrezak (kore kalini) o‘tlaridan teng miqdorda olinib, 1 litrlik termosda (2 osh qoshiq) damlanadi. 12 soat davomida qo‘yilib, dokadan suziladi. Damlama kuniga 4-5 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin 1 osh qoshiqdan ichiladi.
***
Toran (sporish), oqqaldirmoq (mat-i-machexi) va qora marjon daraxti gullari (svetov chernoy buzini) o‘tlari olib teng miqdorda aralashtiriladi. 2 osh qoshiq yig‘ma termosga (1 litr suv) damlanadi). 12 soat davomida tindiriladi. Kuniga ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan 3-4 marta ichiladi. Davolash muddati 6-8 hafta.
***
Mavrak (shalfey), jo‘ka, qoraterak, oddiy maymunjon o‘tlaridan aralashtirib, 2 osh qoshig‘i 1 litrlik termosda damlanadi. 12 soatdan so‘ng iliq holda kuniga 3-4 marta 1 osh qoshiqda ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.
Damlamani asal bilan ichish muolaja ta’sirini oshiradi.
***
Kasallik xuruj qilgan vaqtda o‘tkir narsalardan tiyilish lozim, sitrus mevalar sharbati mumkin emas. Kasallik yengil turga o‘tganda, balg‘am ko‘chirish uchun (quruq yo‘tal bo‘lsa) iliq holatda sut zardobini yoki arpabodiyon damlamasi asal bilan ichiladi. (1 stakan qaynagan suv, 1 choy qoshiq arpabodiyon urug‘i. ½ qoshiq asal, 1 chimdim ichimlik soda.)
***
Oqqaldirmoq, bargizub, terak, qora andiz va arpabodiyon o‘tlari teng miqdorda aralashtiriladi. Undan 2 osh qoshiq olinib termosda (1 litr) damlab, 12 soat tindiriladi. Tayyor damlama suzgichdan o‘tkazilib, kuniga 3-4 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin 1 osh qoshiqdan ichiladi. Davolash muddati 6-8 hafta. Damlamani asal bilan ichish foydali.
***
Rayxon, kiyik o‘ti, yalpiz, oddiy dalachoy, tog‘ rayxon, qizil miya moychechak, oqqaldirmoq o‘tlari olinib, aralashtiriladi. Yig‘madan 2 qoshig‘i 1 litrlik termosda damlanadi va 12 soat davomida tindiriladi. Tayyor damlama dokadan suzib, kuniga 3-4 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi (1 osh qoshiqda). Davolash muddati 6-8 hafta. Asal bilan ichilsa yaxshi.
***
100 g aloe bargi mayda to‘g‘ralgan holatda 100 g asal bilan aralashtiriladi. 50 g o‘simlik yog‘i va 2 osh qoshiq aroq qo‘shiladi. Aralashmani 10 kun davomida qorong‘u joyda saqlanadi. So‘ng ertalab va kechqurun 1 choy qoshiqda ovqatdan oldin ichiladi. Muddati 10 kun.
***
Sabzi sharbati olinadi, teng miqdorda asal va zaytun yog‘i qo‘shiladi va har kuni ertalab 1 osh qoshiqda ichiladi. Bu nafas yo‘llarini balg‘amdan tozalaydi va bemorga quvvat beradi. Davolash muddati bir hafta.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )