Turgan joyida qalqib ketish, atrofdagi buyumlar o‘zi bilan birga harakatlanganday, chirpirak bo‘lib aylanganday bo‘lishi har bir insonga tanish holat bo‘lsa kerak. Chunki bosh aylanishi — tez-tez uchrashi bo‘yicha bosh va beldagi og‘riqdan keyingi o‘rinda turadigan shikoyatlardan biri. Bu yoqimsiz holatga olib keluvchi sabablar ko‘p — karuselda uchishdan tortib vestibulyar apparat ishining jiddiy buzilishi, nevrologik muammolar, kamqonlik, yurak-qon tomir kasalliklarigacha. Bosh nima sababdan aylanganini tushunish uchun bu hol sabablarini o‘rganish lozim. Quyida oliy toifali shifokor-nevropatolog Sabohat SHORASULOVAning "Sug‘diyona" gazetasida chop etilgan maqolasini o‘qishingiz mumkin.
Shifokorlar ogohlantiradi!
Bosh aylanishi kasallik emas, 80 dan ortiq xastaliklar alomati. Va aynan shuning uchun to‘g‘ri tashxisni aniqlash uzoq vaqt talab qiladi. Shu bois bunga bee’tibor bo‘lish yaramaydi.Bilib qo‘ygan yaxshi!
Bosh aylanishi ko‘rinishlari kelib chiqishi va sabablariga ko‘ra farqlanadi. Mutaxassislar bosh aylanishini 2 asosiy turga ajratadi: sistemali (yoki vestibulyar) hamda haqiqiy, vestibulyar tizim shikastlanishiga bog‘liq bo‘lmagan bosh aylanishi. Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, terlash, muvozanatni yo‘qotish — bu belgilarning barchasi vestibulyar bosh aylanishiga xos. Bunday vaziyat sabablarini otonevrolog bilan aniqlash lozim. Nevrolog va terapevt aralashuvi ham talab qilinishi mumkin. [su_box title="Mavzuga aloqador maqola:" box_color="#21a6cd" radius="1"]Bosh nega aylanadi? Muallif: Zarifboy Ibodullayev, professor, nevropatolog. [/su_box] Sistemali bosh aylanishi shaqiqa (migren) xuruji vaqtida, qon bosimi bilan bog‘liq muammolar, umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi osteoxondrozi va boshdan kechirilgan bosh suyagi va miya jarohatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Menyer kasalligi bilan bog‘liq bosh og‘rig‘i ham sistemali bosh aylanishi sirasiga kiradi. Bu xastalikda ichki quloq zararlanadi. Odatda bunday bosh aylanishi xurujlari quloqlarda shovqin va keyinchalik karlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin. O‘zingizda bunday belgilarni sezganda LOR-shifokor tekshiruvidan o‘tishi lozim.To‘g‘ri tashxis qo‘yish o‘zingizga ham bog‘liq!
Agar haqiqiy bosh aylanishi buyumlarning ikkita ko‘rinishi, talaffuz yoki oyoq-qo‘llar harakati buzilishi bilan kechsa, bu o‘rinda gap bosh miya naychasi funksiyasi buzilishi haqida borishi mumkin. Bu holda nevrolog maslahati zarur bo‘ladi. Ayni shu o‘rinda bemor uchun muhim vazifa: shifokorga ahvolini maksimal darajada aniq tasvirlab berishi kerak. Bu to‘g‘ri tashxis qo‘yish va samarali davolash imkonini beradi.Ko‘z oldi qorong‘ilashsa…
Ba’zida bosh aylanishini ko‘z oldi qorong‘ilashishi, hushdan ketadigandek his etish bilan bog‘lashadi. Agar bemor aylanishdan boshqa har qanday holatni tasvirlasa, bu na sistemali, na vestibulyar bosh aylanishi. Bosh aylanishining bu ko‘rinishini turfa sabablar yuzaga keltiradi: homiladorlikdan tortib hissiy zo‘riqish keltirib chiqargan stressgacha. Shuningdek, bu tomirlarga oida, endokrin, qon kasalliklari, turli nevrologik buzilishlar — Parkinson kasalligi, skleroz, insult. Shu bois tashxisni belgilash uchun turli mutaxassislikdagi shifokorlarni jalb qilish kerak bo‘ladi.Asablarni tekshirtiring!
Sistemali bo‘lmagan bosh aylanishlari orasida psixogen yoki nevrotik bosh aylanishi birinchi o‘rinda turadi. Bunda asabiylashgach, birdan bosh aylana boshlaydi. Shunday ekan, yuqorida tilga olingan belgilar kuzatilsa, bo‘lar-bo‘lmasga xavotirlanaversangiz, asabiylashsangiz, kutilmagandagi og‘riq, tomoqda nimadir tiqilib qolganlik hissini sezsangiz, nevrologdan tashqari psixoterapevt maslahatini ham olish va asablarni tekshirtirish lozim.Eng muhim qoida
Eng muhimi — bosh aylanishi sababini topish. Bu esa kasallikni davolash imkonini beradi. Kimda bosh aylanishi takrorlansa, davriy yoki doimiy xarakterga ega bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilib, to‘liq tekshiruvlardan o‘tish lozim. Shundagina muolajalar samara beradi. Ushbu maqolani ham o'qing:
Bo‘g‘im muammolari va ularni davolash