0
(0)

Hatto yoz mavsumida ham bola osongina sovuq qotishi mumkin. Qish haqida esa gapirmasayam bo‘ladi! Ammo bundan qo‘rqish, uyda berkinib o‘tirish yoki qavat-qavat kiyinishga hojat yo‘q. O‘z harakatlaringizni o‘ylab qiling va shunda kasallik sizni chetlab o‘tadi!
Sovuq paytda kichkintoy uchun yaxshi kiyinish juda muhim. Bu qimmat po‘stin, shuba, bosh kiyimi va qo‘lqop bo‘lishi shart emas. Avvalo bolani uning temperamentiga va sayr chog‘ida nimalar bilan shug‘ullanishiga qarab kiyintirish lozim. Masalan, aravachada uxlayotgan go‘dakka issiq kombinezon va oyoqlarini issiq tutadigan mo‘ynali konvert kiydirsa bo‘ladi. Giperfaol ikki-uch yashar bolani esa issiq kiyintirishga xojat yo‘q. Termokombinezon (yaxlit yoki ajratilgan) va uning ostidan minimum kiyim (kolgotka va reglan) o‘yinqaroq kichkintoyning sovuq qotishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar bunday kiyimda u skameykada o‘tirib, zerikadigan bo‘lsa, unda sovuq qotishi turgan gap. Oyoqlarni isitamiz!

Bola sovuq qotganini anglab yetishingiz bilan uni tezroq uyga olib kiring. Uyda uni isituvchi protseduralarni bajarish kerak bo‘ladi. Ular tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va qon aylanishini tezlashtiradi, organizmning himoya kuchlari esa oshadi. Demak, iloji boricha tezroq oyoqlarni isitamiz! Buning uchun tog‘orani soda bilan yuving va unga 1 2 osh qoshiq quruq xantal (gorchitsa) solib, ustiga suv quying (harorati 37 °C dan past bo‘lmasligi kerak). Xantal erib ketganidan keyin farzandingizdan oyoqlarini tog‘oraga solishini iltimos qiling. 2-3 daqiqadan so‘ng bola oyoqlarini tog‘oradan chiqarib olishi kerak, siz esa unga yana issiqroq suv quying. Bunday protseduraning umumiy davomiyligi 10 15 daqiqa. Shundan so‘ng go‘dakning oyoqlariga issiq paypoq kiydiring.Bola shunchaki o‘tirishdan zerikdimi? Suvda suzadigan o‘yinchoqlar uning kayfiyatini ko‘tarishi mumkin. O‘rdakchalar, baliqchalar, delfinchalar va katta kitlar ham unga qo‘shilib dumlari, panjalari va suzgichlarini isitishsin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qizil lavlagi foydalari

Ingalyatsiya qilamiz

Evkalipt, mavrak (shalfey) barglari yoki qarag‘ay murtaklari (1 osh qoshig‘i 1 stakan qaynab turgan suvga damlanadi), oqqarag‘ay (pixta), choy daraxtining efir moylari (2 3 tomchi) – bug‘li ingalyatsiya uchun ajoyib vositalar hisoblanadi. Damlamaning zarur miqdorini ingalyatorga quying. Stulga o‘tiring va farzandingizni tizzangizga o‘tqazing. Birgalikda shifobaxsh bug‘dan nafas oling. Aytganday, bu protsedurani uyda maxsus moslama bo‘lmagan taqdirda ham o‘tkazish mumkin. Farzandingiz uxlayotgan paytda karavotning yoniga giyohlar damlamasi solingan tog‘orachani qo‘yib qo‘ying. Kattaroq yoshdagi bola uchun esa kengroq idishni tayyorlang. Ingalyatsiyani qanday usulda bajarishingizdan qat’i nazar, bola kuyib qolmasligini (u bug‘ga yaqinroq kelmasin) va qaynoq damlamani to‘kib yubormasligini nazorat qiling. Ingalyatsiya paytida go‘dak bilan birgalikda protseduraning davomiyligini boshqaring. Qanday deysizmi? Bunda matematika yordam beradi! Ovoz chiqarib yuzgacha sanang, go‘dak esa raqamlarni takrorlasin (agar adashsa, uni to‘g‘irlab qo‘ying) va yana o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘laversin.

Ishqalaymiz

Qo‘l bilan oldinga qarab harakatlar mushaklarni bo‘shashtiradi, qon aylanishini va to‘qimalarning oziqlanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ular ajoyib tarzda isitadi va nafas olish yo‘llari kasalliklarining oldini oladi. Oldiniga bolaning orqasini va ko‘krak qismini paxmoq qo‘lqop bilan ishqalang. Keyin isituvchi surmadorini suring. Bularning hammasini kechqurun uxlashdan oldin qilgan ma’qul. Ammo pijamani kiydirishdan oldin teridagi ortiqcha yog‘ni qog‘oz sochiq bilan artib tashlang. Shunda kiyimda yog‘li dog‘lar qolmaydi.Kichkintoyga sevimli qo‘g‘irchog‘ini davolashga qo‘yib bering. Unga bolalar kremi va massaj qo‘lqopini bering – o‘zini shifokor rolida his etib ko‘rsin.

Choy ichamiz

Malina, kalina, klyukva, brusnika C vitaminiga boy mevalar bo‘lib, ular organizmning himoya kuchlarini oshiradi. Shunday ekan, qishga g‘amlab qo‘yilgan murabbo, jem va shunchaki shakar bilan maydalangan mevalarni oling.

Qaynatilgan iliq suvli chashkaga shakar bilan maydalangan mevalarni soling va hammasini yaxshilab aralashtiring. Ikki daqiqa tursin. Keyin uni dokadan o‘tkazing va limonning bir bo‘lagini solishni (yoki suvini siqishni) ham unutmang.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qutirish kasalligi

Yoz ne’matlari qishgacha saqlanmaganmi? Tashvish chekmang! Sotuvda shu mevalardan tayyorlangan tayyor ichimliklar bor, shulardan foydalaning.

O‘ramiga yozilganlarni albatta o‘qing! Sizni nafaqat mahsulotning yaroqlilik muddati va tarkibi, balki u kimga mo‘ljallangani ham qiziqtirishi kerak. Chaqaloqlarga bolalar oziq-ovqatlari turkumiga kiruvchi maxsus choylarni xarid qilgan ma’qul. Albatta, u taniqli firmaniki bo‘lishi kerak. Uning o‘ramida ushbu mahsulot iste’moli mo‘ljallangan bolaning yoshi ko‘rsatilishi shart.Kattaroq yoshdagi bolalarga esa kattalarga mo‘ljallangan giyohli, mevali paketchalarni damlab bersa bo‘ladi (odatda 1 ta paketchani taxminan 500 ml qaynoq suvga damlash maslahat beriladi).

Agar tayyorlangan ichimlik solingan chashkaga chiroyli trubkacha qo‘yib, chetlarini qor bilan bezasangiz (buning uchun idishning chekkasini ozroq namlang va manna yormasidan ozroq seping), kichkintoy hammasini mazza qilib oxirigacha ichib qo‘yadi. Ertalab esa soppa-sog‘ uyg‘onadi!

Preparatlarni beramiz

Ba’zida bola sovuq qotganida birinchi yordam vositasi sifatida interferon asosidagi preparatlardan birini tayinlashadi (Laferon, Viferon, Laferobion). Uni organizmning turli kasalliklarga qarshiligini kuchaytirish maqsadida ham davolash, ham profilaktika vositasi sifatida tavsiya etishadi. Ammo bunday dorilar faqat kasallikning boshlang‘ich bosqichida samarali.Bolaning immunitetini kuchaytirishga o‘simliklar asosidagi immunomodulyatorlar (masalan, Svіtanok, Djerelo) ham yordam beradi. Shoshilinch holatlarda mutaxassislar bunday fito vositalarning dozasini (taxminan 2 3 tomchiga) oshirishni tavsiya etishadi. Bola tomog‘ining og‘riyotganidan shikoyat qildimi? Bu alomatni bartaraf etishga Xlorofillipt yordam beradi. U kasallikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo quyidagilarni e’tiborga oling: ushbu preparat tabletka, moyli, spirtli eritma, sprey ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ularning qay biridan foydalanish yaxshiroq ekanini shifokoringiz aytadi.

Gen.uz nashri.