Ko‘pchilik ota-onalarni qanday haroratdan boshlab albatta isitmani tushiruvchi vosita berilishi kerak degan savol qiziqtiradi. Lekin bu masalada har bir shifokor o‘z shaxsiy fikriga ega: kimdir 38, kimdir 38,5, ba’zilari esa 39 darajaga yetgandagina haroratni tushirish zarur deb hisoblaydi.
Harorat ko‘rsatkichi isitma tushirishga asos bo‘ladimi?
Lekin faqat harorat ko‘rsatkichiga asoslangan holda isitmani tushiruvchi vositalarni qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladimi?
Yo‘q, bu noto‘g‘ri.
Gap shundaki, yuqori haroratni tushirmaslik tez tuzalishga olib kelishi yoki juda yuqori harorat organizmga katta zarar keltirishi to‘g‘risida hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘q.
Tana haroratining 41,5–42 darajadan yuqori bo‘lishi haqiqatan ham tuzatib bo‘lmaydigan tarzda zarar keltirishi mumkin, lekin u yuqumli kasalliklar holatida hech qachon bunday darajagacha ko‘tarilmaydi.
Bunday harorat issiq urishi yoki bosh miyaning ba’zi o‘sma kasalliklarida paydo bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun isitma tushiruvchi vositalarni qabul qilishni harorat balandligi emas balki insonning ahvoli belgilaydi.
Tananing yuqori harorati natijasida bolaning umumiy ahvoli yomonlashgan hollarda paratsetamol yoki ibuprofen qo‘llash tavsiya qilinadi. Bolalarning umumiy ahvoli yomonlashmasdan faqat harorati ko‘tarilgan holatlarda issiqlik tushiruvchi vositalardan foydalanmang!
Tananing yuqori harorati emas, balki kasallikning o‘zi xavfli.
Agar shifokor bolaga yengil, xavfsiz infeksiya deb tashxis qo‘ygan bo‘lsa va siz uyda davolanayotgan bo‘lsangiz, u holda siz isitma tushiruvchi vositani harorati 37 darajaga yetganda va bolaning ahvoli yomon bo‘lsagina berishingiz mumkin.
Yevgeniy Shcherbina, infeksionist.
Layfxaker / Daryo
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.