4.3
(277)

Qisqa vaqt ichida sog‘liqqa ziyon yetkizmagan holda 10 kg.ga ozishning imkoni yo‘q. Negaki odam asta-sekin ozganda vazn tashlashi ortiqcha yog‘larning erishi hisobiga kuzatilsa, birdaniga ozganda tanadan suv, oqsil va hayot uchun zarur bo‘lgan «qurilish materiallarini» organizmdan chiqib ketishi kuzatiladi. Tananing muskul massasi yo‘qolib, kasallik rivojlanishi mumkin. Bir haftada faqat yog‘lar hisobigagina ozaman deb o‘ylasangiz aql bovar qilmaydigan darajada jismoniy mashqlar qilishga to‘g‘ri keldi.

ozish

Qanday qilib tezda ozish mumkin?

1-qoida: Soat 18-00 dan keyin ovqat tanovul qilmang. Aynan shu davrda organizm faolligi kamayadi va yeyilgan har qanday taom yaxshi hazm bo‘lmay, organizmda o‘tirib qoladi. Qabul qilinadigan ovqatning asosiy qismi tushlik vaqtiga to‘g‘ri kelishini ta’minlang. Kechki ovqat uglevodlar tutmasligi kerak. Iloji bo‘lsa dimlangan sabzavotlardan tayyorlangan taomlarni yegan ma’qul.

2-qoida: Nonushtaga sut mahsulotlari, mevalar, asal va shu kabi shirinliklarni oz miqdorda yegan ma’qul. Bunda xam shirinlikka bo‘lgan nafs qondiriladi, xam miya uchun zarur bo‘lgan uglevodlar tushadi.

3-qoida: Toza gazlanmagan, qaynatilmagan suv xaqida xam unutmang. Uy sharoitida ozishga xarakat qilgan odam xar bir ovqat tanovul kilishdan oldin ikki stakan suv ichishi kerak.

Bir haftada ozish sxemasi

Agar haqiqatda ham qisqa muddatda ozishga qaror qilgan bo‘lsangiz o‘zingizni tez kunlarda oziq-ovqatlardan chegaralash uchun ham ruhiy tomonidan, ham jismoniy tomondan tayyorlashingiz kerak bo‘ladi. Birorta tanishingiz shu usulda qisqa vaqtda ozgan bo‘lsa ulardan buning qanday asoratlari va nojo‘ya ta’sirlari borligini avvaldan so‘rab olishingiz ma’qul.

Quyida beriladigan parhez jadvali, tez ozishni maqsad qilganlar uchun qulay va qimmat mahsulotlarni talab qilmaydi:

Dushanba: Aslida og‘ir kun hisoblanib, gazlanmagan 1 litrli mineral suvni 6 mahalga bo‘lib ichiladi. Boshqa hech nima qabul qilinmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolangiz oyoqlari sog‘lom bo‘lishini istaysizmi?

Seshanba: Ertalab bitta butun olma yeyilib, keyin kun davomida 1 litr yog‘siz sut bo‘lib-bo‘lib ichiladi.

Chorshanba: birinchi kundagidek gazlanmagan 1 litrli mineral suvni 6 mahalga bo‘lib ichiladi.

Payshanba: Bu kunni bayramga taqqoslasa bo‘ladi, ya’ni dasturxonimizga endi bir litrli idishda yangi sabzi va karamdan tayyorlangan salatni o‘simlik moyi va turli xil ko‘katlar bilan bezalgan holda, ikki stakan suv yoki shakarsiz choy o‘rin oladi.

Juma: Yog‘siz sutni kun davomida bo‘lib-bo‘lib ichish tavsiya etiladi. Boshqa narsa yeyish mumkin emas.

Shanba: Ertalab choy bilan qaynatib pishirilgan bitta tuxumni, soat 11 larda kartoshka, karam, sabzi yoki boshqa xushta’m va mazali sabzavotlardan qaynatib tayyorlangan bulonni yeyish mumkin. Shoxona tushlikka 100 gramm go‘sht va 100 gram konservalangan no‘xatni suvda qaynatib yeyiladi. Qolgan ratsion peshinda, kechki ovqatga va soat to‘qqizda yeyiladigan olmadan iborat bo‘ladi.

Yakshanba: 100 gramm tvorog, bir-ikki stakan sut yoki kefir nonushtaga, kechki paytga bir piyola xushbo‘y choydan mazza qilib ichiladi.

Agar Siz ushbu parhezdan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz qo‘rqmasdan 10 kg.ga ozishingiz mumkin. Bu parhezni bir oyda bir martadan ortiq qo‘llab bo‘lmaydi. Shuni esda tutingki birinchi marta 10 kg. tashlagan bo‘lsangiz keyingi safarlarga 3-4 kg.dan ozish mumkin xolos.

Qisqa vaqtda ozmoqchi bo‘lganlar diqqatiga aytib o‘tish lozimki, bu parhezlar surunkali kasalliklarni kuchayishiga, yoki yangisini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli avval tegishli mutaxassislarga uchrab, kundalik rejim, bu davrda shug‘ullanish mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati va jismoniy mashqlarni belgilab olishingiz so‘raladi.

© Gepamed.uz