Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma’lum . O‘simlik mevalari tarkibida 12 % ga qadar qand , 5 % ga yaqin organik kislotalar (olma, uzum ,limon kislotalari ) , efir moylari , pektin va oshlovchi moddalar , vitamin C , temir , mis , kalsiy tuzlari mavjud . Behi urug‘larida 20 % ga qadar shilliq , glikozid amigdalin , 8 % dan oshiq moy , bo‘yoq moddalar bor .
Foydali jihatlari
Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan , astma , yurak , sariq , xiqichoq , qorin og‘rig‘i dizenteriya kasalliklarini davolashgan . Bundan tashqari behidan bedarmonlik , kamqonlik , yo‘tal , me’da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan . Abu Ali Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani dizenteriya , yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishini davolashda , behi shirasi bilan astma , qon tupurish va qayt qilishni to‘xtatishda , chanqoq hamda miya og‘rig‘ini qoldirishda ishlatgan . Behi urug‘i asosida dori-darmonlar tayyorlab o’pka va nafas yo‘li kasalliklarini davolagan . Xalq tabobatida behi urug‘i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda , ichburug‘da , bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta’sir qiladi . Ilmiy medetsinada behi urug‘idan tayyorlangan qaynatma ko‘z og‘riganda , qabziyatda , yuqori nafas , yo‘llari shamollaganda davo sifatida ishlatiladi . Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og‘rigan bemorlarga juda foydalidir.- Behi asabni tinchlantiruvchi eng zo‘r vosita. Ayniqsa, bolalarda tushkunlik holati kuzatilsa, ushbu mevadan va sharbatidan ko‘proq iste’mol qilishsin. Behi kishini stressdan qutqarib, kuch bag‘ishlaydi.
- Gripp, shamollash va yo‘talda foydali. Bitta behining ichini o‘yib, 1-2 osh qoshiq asal soling. Qasqonda, bug‘da pishirib, tanovul qiling.
- Kuniga 100 gr. behi mevasidan iste’mol qilish kamqonlikda foydali, yurak xastaliklarining oldini oladi.
- Behi urug‘i qaynatilgan suv bilan angina bezovta qilganda tomoqni g‘arg‘ara qilish, ko‘zlarni chayish mumkin.
- Bronxial astmada behi daraxti barglarini qaynatib ichish naf beradi. Buning uchun 200 ml. qaynatilgan suvga 6 ta bargni solib, yarim soatcha qaynating. Damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 2 osh qoshiqdan iching.
- 1 dona tuxum oqini ko‘pirtirib, unga 1 tomchi spirt va 2 osh qoshiq behi suvini qo‘shing. Ushbu aralashma bilan yog‘li yuzlarni tozalash mumkin.
- Yarimta behini qirg‘ichdan o‘tkazib, 2 osh qoshiq qaymoq qo‘shingda, yuz va bo‘yin sohangizga surting. Yarim soatdan so‘ng iliq suv bilan niqobni yuvib tashlang. Bu terini vitaminlarga to‘yintirib, sovuq kunlarda sizga asqotadi.
- Yuzdagi ajinlarni behi bo‘lagi bilan massaj qilish mumkin.
- Behi bargi yoki urug‘i qaynatilgan suvda sochlarni chayish qazg‘oqlardan xalos etadi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar