Jismoniy harakat inson tanasidagi turli a’zo va tizimlarning hayotiy faolligini me’yorlashtirib, bir yo‘lga soladi. Miokard qisqaruvchanligini oshiradi, koronar qon aylanishining yaxshilanishi kapillyar qon tomirlarining kengayishi bilan kechadi, o‘pka ventilyatsiyasi oshadi, kichik qon doirasida qon aylanishini yaxshilaydi, ko‘krak qafasi harakatlarini me’yorlashtiradi, me’da-ichak harakatini yaxshilaydi, mushak tizimini bog‘lovchi apparat, bo‘g‘imlardagi harakatlarni me’yorlashtirib, ish qobiliyatini uzoq muddatga saqlaydi. Gormonal fonning jismoniy harakatlarga ta’siri juda katta. Ular ta’sirida ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib, inson tanasi yosharadi.
Yapon olimlarining aniqlashlaricha, organizmning me’yoriy faol holati va sog‘ligini saqlash uchun odam kuniga 10.000 qadam yurishi lozim ekan. Bu o‘rta hisobda 6-7 kilometrni tashkil etadi. Uzoq yillar davomida jismoniy mehnat odamlarning qo‘l kuchi yordamida bajarilgan. XX asrdan boshlab, kishilarda harakat faolligi kamaya bordi. Ma’lum me’yordagi harakatsizlik esa inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
Uzoq umr ko‘rish siri
Sog‘lom bo‘lish, uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan insonning o‘ziga bog‘liq. Tibbiyot ilmining dahosi Abu Ali ibn Sino uzoq yashash xususida fikr yuritib, fe’l-atvorning yumshoq, vazmin bo‘lishi, o‘z vaqtida ovqatlanish, ozoda yurish va tanani ortiqcha narsalardan tozalab turish, har oyda sauna, haftada hammomga tushish qoidasiga amal qilish, qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish, burun orqali nafas olish, kiyimning tanaga mosligi, jismoniy va ruhiy harakatlarning bir-biriga uyg‘unligi, to‘yib uxlash, o‘zini tetik tutishga alohida e’tibor berishni uqtirgan edi. Buyuk tabibning bundan ming yillar oldin aytgan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Inson sog‘lig‘i uning kafti va oyoq osti bilan bog‘liq. Ibn Sinoning yozishicha, inson ichki a’zolarining oynasi, bu – kaft va oyoq ostidir.Barmoqlarni chiniqtiring!
Yapon olimlari barmoqlar ichki a’zolar va bosh miya bilan bog‘liqligini isbotlab berishgan. Mutaxassislar tavsiyasi bo‘yicha, har kuni barmoqlaringizni chiniqtirib tursangiz, ko‘pgina a’zolarning sog‘ayishi va mustahkamlanishi kuzatiladi:- bosh barmoq miya faoliyatini yaxshilab, irodani mustahkamlaydi;
- ko‘rsatkich barmoq oshqozon ishini yaxshilab, ovqat hazm qilishni tezlashtiradi;
- o‘rta barmoq yuqori qon bosimini tushirib, ichak faoliyatini yaxshilaydi;
- nomsiz barmoq jigar faoliyatini oshiradi;
- jimjiloq esa yurak faoliyatini yaxshilash bilan birga ruhiy zo‘riqishning oldini oladi.
Yalang oyoq yurishning foydalari
Odam yalang oyoq yurganda (tuproqli yo‘lda) oyoq ostidagi nuqtalarga yerdagi toshlar qadalib, intensiv uqalanadi. Yer va odam organizmi o‘rtasida zaryadlar almashinuvi yuzaga kelib, organizmga ma’lum darajada shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi va himoya funksiyasini oshiradi. Buning uchun:- yalangoyoq (tuproqli yo‘lda) 45 daqiqa yurish;
- oyoqni sovuq suvda yuvish;
- oyoq qurigandan keyin paypoq kiyib, oyoq isiguncha yurish lozim.
Foydali maqola: Yassioyoqlik yoxud yassitovonlik hammada kuzatiladimi?
© Rahima USMONOVA, mutaxassis.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot