Baqlajonning shifobaxsh mevasi tarkibida qand moddasi , vitaminlar B1 , B2 , C hamda mineral tuzlar ko‘p. Uning doimo po‘sti yupqa ,yaltiroq qora yoki binafsha rangdagisi iste’mol uchun tanlanadi . Unutmaslik kerakki , uning tarkibidagi zarur moddalarning ko‘pchiligi po‘stlog‘idadir . Ishlatishda dum tomoni kesib tashlanadi,po‘sti bilan birga to‘g‘raladi . Ko‘pincha baqlajondan ikra tayyorlayman deb uning servitamin po‘stini archib tashlashadi, bu to‘g‘ri emas . Parra mevasini hamma ovqatga qo‘shib ishlatish mumkin . Ko‘pincha baqlajonning ichki qismi olinadida , boshqa sabzavotlar bilan qovuriladi . Sarimsoq piyoz qo‘shib tayyorlangan sabzavotli qiyma baqlajon ichiga joylanadi , so‘ng qizdirilgan yog‘da tovaga bostiriladi va duxovkada pishiriladi . Bunday taom juda servitamin hisoblanadi va tanga rohat bag‘ishlaydi .
[divider] Avitsenna.uz saytida quyidagi o‘simliklarning ham shifobaxshlik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin:  
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlarning ahamiyati