Bu kasallikni ham xalq tabobati usuli bo‘yicha 4 bosqichda davolash mumkin:
1-bosqich. 3 bo‘lak sarimsoqpiyozli 1 piyola qaynatilgan iliq suv nahorga ichiladi. Davolash muddati 3 kun.
2-bosqich. Dastarbosh giyohi, bo‘yimodaron, erman, qalampirmunchoq. Teng miqdorda olingan aralashmadan 1 oshqoshiq olib, 1 litr qaynoq suvga solib damlaymiz. Har kuni 3 mahal, ovqatdan oldin 1 piyoladan ichish tavsiya etiladi.
3-bosqich. Dastarbosh va bo‘yimodarondan 1 oshqoshiq olib, aralashtirib, 1 litr qaynoq suvga solib, 5 daqiqa qaynatamiz. 3 kun kechqurun huqna qilish kerak.
4-bosqich. 1. Oshqovoq urug‘ini maydalab, 1 oshqoshiqdan kuniga 3 mahal iste’mol qilinadi. Davolash muddati 3 kun.
Yarim litr sutni qaynatib, unga 2-3 bo‘lak sarimsoqpiyozni maydalab soling, 10 daqiqa olovda tursin. Keyin iliq holatda kechqurun huqna qiling. Davolash muddati 1 hafta.
Oshqovoq urug‘ini po‘stidan ajratib, har kuni ertalab 30 donadan iste’mol qiling. Tushlik va kechqurungi taomga tayyorlanadigan achchiq-chuchukka ko‘p miqdorda sarimsoqpiyoz qo‘shing.
O‘spirin yigit-qizlarga buterbrod ustiga maydalangan sarimsoqpiyoz va tuz sepib, erishish lozim. Tushlikkacha hech narsa iste’mol qilmaslik kerak.
Bir dona o‘rtacha kattalikdagi piyozni maydalab, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 12 soat tindirib qo‘yiladi. Suzib olib, 4 kun davomida 2 mahal yarim stakandan ichiladi. Bu gijjalarning ostritsa va askaridalar turini yaxshi haydaydi.
Oqqayin kurtaklaridan bir oshqoshiq olib, kechqurun termosga soling, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal 50 g.dan ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, gijjalarning ostritsa va askarida turlarini haydab tushiradi.
6.Yoz, kuz oylarida O‘zbekiston hududida sarimsoqpiyoz g‘arq pishgan payt ovqatlanishdan oldin, albatta, 2-3 bo‘laksarmisoqpiyoz iste’mol qiling.
7.Yaxshi samaralardan yana biri suli damlamasidir. U ham gijjalarga qarshi yaxshi vosita. Buning uchun sulini 3 oshqoshiq olib, 1 litr sovuq suvga solib, ertalabgacha qo‘yib qo‘yiladi.
[divider]
[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
- Exinokokkoz qanday kasallik
- Gijjani davolash usullari
- Yozda bizni qaysi kasalliklar bezovta qiladi
- Jigar kasalliklari ( Video )
- Oshqozon kasalliklariga sabab qidiramiz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )