Askaridoz – parazit chuvalchanglar ya’ni, askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik. Bu chuvalchanglar odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Askaridaning urg‘ochisi ichakda tuxum qiladi va bemor axlati bilan tashqariga chiqariladi. Tuxum tashqi muhitda yetilib, odam organzimiga ovqat, suv, iflos qo‘llar, yaxshi yuvilmagan sabzavot, mevalar, ko‘katlar orqali o‘tadi.
[caption id="attachment_1926" align="aligncenter" width="437"] Askarida[/caption]
Askaridoz kasalligi asoratlari
Kasallik turli xil me’da-ichak buzilishlari (ishtaha pasayishi, qusish, kindik sohasida turli og‘riqlar, so‘lak oqishi, ich qotishi ba’zan ich ketishi) va asab tizimidagi o‘zgarishlar (asabiylashish, uyqu buzilishi, bosh og‘rig‘i va aylanishi) bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan organizmda askaridalarga qarshi allergik reaksiya kuzatilishi ham mumkin. Davolashda shifikor gelmentolog har bir bemorga individual yondashgan holatda muolaja tavsiya etadi. Ushbu maqolani o‘qishingizni tavsiya qilamiz: Gijjalarni yo‘q qilish uchun xalq tabobatidan na’munalar Ushbu maqolani ham o'qing:
To‘shak qandalasi (klapa) - tuzilishi, chaqishi oqibatlari va yo‘qotish usullari