Asablarni tinchlantirish uchun 10 ta samarali usul

3
(2)

Asablarni tinchlantirish usullarini ayniqsa hozirgi stressga to’la va faol hayotimizda bilish zarurdir. Stress — bu organizmga bezovtalik xususiyatini beruvchi omillarga normal munosabatidir. Xavfli vaziyat — doimiy stress hissi, uning alomatlari ko’pincha oddiy charchoq bilan bog’liq. Haddan tashqari zo’riqish sog’liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun stress holatini tanani bo’shashtirib, dam olishga imkon berish orqali olib tashlash kerak.

Asablarni tinchlantirish
Foto: b17.ru

Doimiy stressni boshdan kechirmaslik uchun stressni tezda yengillashtirishni istasangiz quyidagi maslahatlarga rioya qiling:

1. Vaziyatni qo’yib yuborishni o’rganing

Biror narsa qo’lingizdan kelmayaptimi? Nafas olib, tabassum qiling. Agar ishni keyinroqqa qoldirish mumkin bo’lsa, unga biroz keyinroq yangi kuch bilan ishni qayta bajarishga urinib ko’ring.

O’zingizga bunday savol bering: «Bunday vaziyatda yuz berishi mumkin bo’lgan eng yomon narsa nima?» Eng salbiy ssenariy bo’lsa, o’zingizning harakatlaringizni o’ylab ko’ring. Masalan, loyihani o’z vaqtida topshira olmaysiz. Mijoz norozi bo’ladi. Ehtimol, u pulni qaytarishni so’raydi, salbiy sharh qoldiradi. Sizning hayotingizda bundan nima o’zgaradi? Biroz vaqtgacha yangi buyurtma olish siz uchun qiyin bo’lishi mumkin. Siz salbiy sharhga javob qaytarishingiz va mijozga vaziyatni tushuntirishingiz mumkin. Ammo bularning barchasi hal etilishi mumkin bo’lgan muammolar, bu sizning hayotingizni global darajada o’zgartirmaydi.

Ko’rib turganingizdek, stressli vaziyat agar uni kor’ib chiqsangiz stressli ko’rinmaydi. Ushbu texnikadan foydalanib, vaziyatni qo’yib yuborib, xotirjam harakat qilishni o’rganasiz.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Nevralgiya kasalligi sababi va davolash

2. Muammoga e’tibor qaratish o’rniga, yangi imkoniyatlarni izlang

O’zingizni ayblash o’rniga, stressli vaziyatlar sizga ochadigan imkoniyatlarga e’tibor bering. Do’stingiz bilan janjallashganmisiz? Albatta, bu yoqimsiz holat, ammo sizda boshqa do’stingizga qo’ng’iroq qilish va kinoteatrga, ko’rgazmaga borish, sport bilan shug’ullanish uchun yaxshi imkoniyat bor. Siz asosiy xaridoringizni yo’qotdingizmi? Sizga ko’proq foyda keltirishi mumkin bo’lgan yangi mijozlarni topishga e’tiboringizni qarating. Yangi imkoniyatlarni topish orqali stressdan uzoqlashing.

Ish joyida asabiylashish
Foto: financasfemininas.com.br

Ko’p odamlar bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so’ng muvaffaqiyat qozonishdi. Buni esda tuting. «Men mag’lub bo’lmadim. Men shunchaki ishlamaydigan 10 000 usulni topdim” — Tomas Edison.

3. Chuqur nafas oling

Chuqur nafas olish tinchlantiradi. Shuning uchun, stress holatida, asablarni tinchlantirish uchun butun ko’kragingiz bilan chuqur nafas olishni boshlang. Sizning tanangiz qanday qilib bo’shashishni boshlaganini sezasiz va taranglik yo’qoladi.

4. Espanderdan foydalaning

Jismoniy mashqlar stressni yengillashtiradi. Masalan, espanderni 50-60 marta siqib ko’ring. Siz stress tanangizni tark etayotganini sezasiz va yana xotirjamlik bilan o’ylab, stressli vaziyatdan chiqish yo’lini qidirib, qaror qabul qilishingiz mumkin.

Espanderdan foydalanish
Foto: zen.yandex.ru

5. Hozirda yomonroq vaziyatni boshidan kechirayotganlar haqida o’ylab ko’ring

Bazida butun dunyo sizga qarshi turgandek bo’lib tuyuladi. Ammo siz issiq uyingizda o’tirib, issiq choy ichasiz va bugun sizni qiynayotgan muammo ertaga hal bo’lishi mumkin. Ahvoli yomonroq bo’lganlar haqida o’ylab ko’ring. Uyi, ovqati yo’q, boshida tomi yo’q odamlar.

Dunyoda qashshoqlik chegarasida yashaydigan, toza suvga ega bo’lmagan va hokazolarning soni juda ko’p. Siz omadli odamsiz, buni sezsangiz muammolar avvalgidek jiddiy emasga o’xshaydi.

6. To’yib uxlang

Mushuklar stressdan keyin nima qilishadi? Ular uxlaydilar. Darhaqiqat, uxlash kuchni tiklashga yordam beradi, uxlash vaqtida sizni miyangiz o’zi muammoga yechim izlab topishi mumkin.

Agar siz qattiq stressni boshdan kechirayotgan bo’lsangiz, ertaroq uxlashga yoting. Dam olish uchun yoqimli va sokin musiqani tinglang. Bu vaqt stress tanangizdan qanday ketayotganini sezasiz va yana hayotdan zavqlanishingiz mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ipoxondriya – qanday kasallik?

7. O’zingizni shirin ovqat bilan xursand qiling, lekin tanani zo’riqtirmang

Lazzatli taom o’zingizni yaxshi his qilishga yordam berib stressni yengillashtiradi. Haddan tashqari vazn muammosiga duch kelmaslik uchun bu usuldan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Ovqatlanayotganda yaxshilab va sekin chaynang. Shu tarzda siz ko’proq zavq olasiz va stressni yengillashtirasiz.

8. YouTubeda kulgili videolarni tomosha qiling

Kulgi stressni yengadi va asablarni tinchlantirishga yordam beradi. YouTubega yoki boshqa zavqli internet kanalga kirib hazillar to’plamini tomosha qiling. Bu stressni yengillashtiradigan eng tezkor usul bo’lib, 5 daqiqadan kam vaqt olishi mumkin.

9. Yaqinlaringizga qo’ng’iroq qiling va muammo haqida aytib bering

Muammoni yaqinlaringiz bilan baham ko’ring va yechim topishda yordam so’rang. Birinchidan, siz taranglikni muammolaringizni aytish orqali yengillashtirasiz. Ikkinchidan, muammoning eng yaxshi yechimini topishga yordam beradigan juda ko’p foydali maslahatlar olasiz. Uchinchidan, tashqi nuqtai nazarga ega bo’lasiz.

Ehtimol, sizning muammoingiz ko’rinadigan darajada o’tkir emasdir! Agar siz bilan baham ko’radigan yaqin odamingiz bo’lmasa, internetda maslahat va yordam uchun ko’plab savol-javob xizmatlari mavjud.

10. Rasm chizing

Stressni yengish
Foto: novostipmr.com

Agar siz chizishni bilmasangiz ham, asablarni tinchlantirish uchun qog’ozni qo’lingizga olib, hayolingizga kelgan har qanday naqshlarni chizishingiz mumkin. Rasm chizish paytida sizni muammolaringizdan chalg’iysiz. Ong osti xayolingizga keladigan yechimni ishlab chiqish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bu har qanday joyda va deyarli har qanday vaziyatda stressni tezda yengillashtiradigan yaxshi usul.

manba: murman-zan.ru

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho 3 / 5. Baholar soni: 2

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button