Ko‘p asabiylashish salomatlik uchun zarar. Ketgan va nobud bo‘lgan asab tolalaringiz qayta tiklanmaydi. Shuning uchun hayotning har xil holatiga asabiylashish shart emas. O‘zimizni nazorat qilib, to‘g‘ri yo‘lga solsak hammasi yaxshi bo‘ladi. Asab tolalaringizni va sog‘lig‘ingizni asrash uchun quyidagi tavsiyalarga rioya eting.
Tavsiyalar:
- Har kuni o‘zingiz va atrofingizdagilarga “Bugun qanday yaxshi voqealar bo‘ldi-a?” deya savol bering. Ijobiy narsalarni eslash sira ortiqchalik qilmaydi.
- Sizning qo‘lingizda bo‘lmagan yoxud o‘tib ketgan ishlar uchun asabiylashmang.
- O‘zingizni hayotingiz bilan yashang, o‘zganiki bilan emas. Birovlarning muammolaridan uzoq yuring.
- Mayda, ammo eng zarur muammolarni tezroq hal eting. Katta ishlarni qismlarga bo‘lib oling.
- Eslashga arzigulik voqea-hodisalarni suratlarga, kundaligingizga muhrlang.
- Noxush holatlarni hazil-mutoyiba bilan yengib o‘ting.
- Dilingizga og‘ir botadigan gap aytishganida “Manzilda adashishdi”, dengda, u haqda unuting.
- “Nimaiki bo‘lmasin, bari yaxshilikka” maqoli doim yodingizda tursin.
- Kuchli psixologik jarayonga duch kelganda, tezda tinchlanish uchun qaynoq, achchiq qahva iching, raqsga tushing, uy yoki ishdan chiqib, toza havoda sayr qiling.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Miasteniya qanday kasallik?