– Yaqinda 5 yashar bolam ko‘richak bo‘lib qoldi. Uning ko‘richak bilan og‘riganini aniqlagunimizcha ancha urindik. Yaxshiyamki, shifokorga olib borganimiz, aks holda farzandimizdan ajralib qolishimiz mumkin ekan. Savolim quyidagicha: bolaning ko‘richak bilan og‘riganini aniqlashning imkoniyati bormi? Buni aniqlash faqatgina shifokorning qo‘lidan keladimi
[divider]
– Farzandingiz o‘tkir appenditsit bilan og‘riganini aniqlashning imkoniyatlari bor, albatta. Appenditsit bilan og‘rigan bolada shu kasallikka alomat beruvchi ishoralar namoyon bo‘ladi. Biroq, shunday belgilar paydo bo‘lishini kutib o‘tirmay, bolaning umumiy ahvoli yomonlashganini sezgan zahotingiz shifokorga murojaat qilishni maslahat bergan bo‘lardik. Chunki o‘tkir appeditsitning boshlanishiyoq sizdan zudlik bilan harakat qilishni taqozo etadi.
Xo‘sh, bir qarashdayoq bolada o‘tkir apperditsit xuruj qilganini qanday bilish mumkin? Buning uchun bolada paydo bo‘ladigan alomatlarga diqqatingizni qaratishingiz kerak. Bular quyidagilar, ya’ni 3 va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda:
- tana haroratining keskin ko‘tarilib ketishi;
- ich ketishi;
- qayt qilish;
- ko‘zlari kirtayadi;
- lablari quruqshaydi va yoriladi;
- tashna bo‘ladi, lekin ichgan narsasini shu zahoti qaytarib tashlaydi;
- befarqlik;
- ichi yurishmasligi;
- qorni dam bo‘ladi, ahvoli og‘irlashadi.
© Ne’matulla AZIMOV, oliy toifali shifokor.
"Salomatlik sandig‘i" gazetasi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )