0
()

Yo’tal va bosh og’rig’i har doim ham shamollashni anglatmaydi. Ba’zida ular allergiyaning belgilari bo’ladi. Bu maqolada yil davomida sizni bezovta qilishi mumkin bo’lgan allergiya alomatlari bilan tanishasiz. Ko’p hollarda ularni sababi allergiya ekanligini taxmin ham qilmaysiz.

1. Quruq yo’tal

Agar u uch haftadan ko’p davom etsa, bu allergiya bo’lishi mumkin. Ayniqsa, shamollashning boshqa belgilari bo’lmagan hollarda, masalan: isitma yoki o’tkir tomoq og’rig’i yo’q bo’lsa. Odatda, allergik alomatlar biron bir allergen bilan aloqa qilganda kuchayadi. Masalan, uyda chang to’planib qolishi yoki tozalash vositalaridan nafas olish natijasida.

Ko’pincha yo’tal pollinoz bilan birga keladi (mavsumiy changga allergiya). Kasallik turli xil daraxtlar va o’tlardan kelib chiqadi. Aytaylik, ba’zilar faqat bahorda, qayin gullaganda yo’taladi. Ba’zilarda esa allergiya yozning ikkinchi yarmida paydo bo’ladi.

Uy hayvonlarining juni va mog’ordan ham bronxlar bezovta bo’lishi mumkin. Bu yoqimsiz alomat uyda suvaraklar paydo bo’lganda ham namoyon bo’ladi. Ularning so’laklari va mayda tana zarralari chang bilan aralashib, allergiya keltirib chiqaradi.

 

2. Teri qurishi

Teri allergiyasi har doim ham qizil qichiydigan toshma bilan namoyon bo’lmaydi. Ba’zida allergen bilan aloqa qilgandan so’ng, odam faqat terisida quruqlikni his qiladi. Masalan, zargarlik metallari, kosmetika, tozalash vositalari va dorilar bunday reaksiyaga olib kelishi mumkin. Teri qurishi allergiyadan ekanligini anglash ko’pincha qiyin bo’ladi. Ayniqsa, qishda xonalarni isitish va tashqaridagi sovuq havo tufayli deb o’ylaymiz.

Allergen faqat quyosh nuri ta’sirida o’zini namoyon qilishi mumkin – bu holat fotoallergik dermatit deb ataladi. Uning sababi mutlaqo zararsiz narsalar: soqol olish uchun losyon, parfyumeriya va hatto quyosh ta’siriga qarshi krem va boshqalar bo’ladi.

 

3. Bosh og’rig’i

Allergiya bo’lganingizda ba’zida burun bo’shliqlarida yallig’lanish sababidan og’riq paydo bo’ladi. Sog’lom odamda ularning ichi bo’sh bo’ladi, ammo allergen bilan aloqa qilganda shish paydo bo’ladi, bu teshiklarni to’sib qo’yadi va bo’shliqlar ichidagi bosimni keltirib chiqaradi. Ba’zida og’riq yonoqlarga, jag’ga, boshning orqa qismiga ta’sir qiladi. Bu og’riq yengil yoki kuchli bo’lib o’zgarib turishi mumkin. Masalan, uyg’onganidan keyin odam o’zini yomon his qiladi va o’rnidan turganda alomatlar kamayadi. Chang, mog’or va uy hayvonlarining junlari bu reaksiyaga sabab bo’ladi. Kasallikning bundan boshqa belgilari bo’lmasligi ham mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qora sedana - foydasi, xususiyatlari va iste'mol qilish usullari

Ba’zi allergiya bilan og’riganlar migrenni boshdan kechirishadi, bu pulsatsiyalanuvchi og’riq odatda boshning yarmini qoplaydi. Yorqin nurda ahvol yomonlashadi va ba’zida ko’ngil aynishi ham kuzatiladi. Hatto yong’oq, tuxum yoki sut kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham bunga sabab bo’lishi mumkin.

 

4. Ko’ngil aynishi va qayt qilish

Immunitet tizimi xavfli deb hisoblagan moddaga duch kelganda gistaminni ishlab chiqaradi. Ushbu neyromediator allergenlarni tanadan chiqarib yuboradigan jarayonlarni ishga tushiradi. Oddiy vaziyat: odam burun orqali allergendan nafas oladi, burun oqishi va aksirish paydo bo’ladi. Oziq-ovqatga allergiyada ko’ngil aynishi va qayt qilish kabi belgilar bo’ladi, ularni esa ko’pincha ovqatdan zaharlanish deb o’ylaymiz. Bundan tashqari, og’iz bo’shlig’ida qichishish, bosh aylanishi, qorin og’rig’ini his qilish mumkin. Ko’pincha kasallik diareya bilan birga ham keladi.

Deyarli har qanday ovqatga allergiya bo’lish mumkin, ammo reaksiyani tez-tez keltirib chiqaradigan ovqatlar mavjud. Bularga sut, tuxum, yong’oq, baliq, mollyusklar kiradi.

 

4. Charchoq va uyqusizlik

Turli xil allergenlar orasida juda keng tarqalganlari — yostiq va choyshablarda uchraydigan uy hayvonlari junlari yoki burgalar. Ular kasallikni qo’zg’atganda odam kechasi bezovtalanib uxlaydi. Inson buni sababi allergiya ekanligi bilmay qoladi, ayniqsa boshqa alomatlar yengil bo’lsa. U shunchaki charchoq va asabiylikni boshdan kechiradi, xuddi uyqusizlikka duchor bo’lgani kabi. Ushbu holat yallig’lanishni keltirib chiqaradi – u tana allergiya alomatlariga qarshi kurashganda paydo bo’ladi.

 

5. Nafas qisilishi

Changga toqat qilolmaydigan odamlar ko’pincha bunday alomatga duch kelishadi. Tomoq va nafas yo’llarining shishishi o’pkaning yetarli miqdordagi havoni ushlab turishini qiyinlashtiradi. Boshqa hollarda, yallig’lanish jarayonlari halqumda paydo bo’ladi. Allergen bilan uzoq muddatli aloqa surunkali laringitga olib kelishi mumkin (odamning tomog’i tez-tez og’riydi va ovozi xirillaydi). Mog’or allergiyasi ba’zi hollarda pnevmoniyaga ham olib keladi, chunki zamburug’ sporalari o’pkaga kirib oladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Noto'g'ri tishlov sabablari, turlari va davolash

 

6. Tashvishlanish

Ko’pincha tashvish hissi allergiya bilan ham bog’liq. Biror kishi allergenga duch kelganda tashvish hissi kuchayishi mumkin. Masalan, u gullarni hidlaydi yoki ma’lum bir taomni tatib ko’radi, biroz o’tib unda bu his paydo bo’ladi. Buning sababi sitokinlardir. Ular yallig’lanishga qarshi molekulalar bo’lib,  allergiya paytida ajralib chiqadi va umumiy ruhiy holatga ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, tashvish kasallikning boshqa belgilari bilan qo’zg’atiladi, masalan, uyqusizlik. Bunday alomatlarni e’tiborsiz qoldirish va asosiy kasallik bilan bog’liqlikni sezmay qolish oson, chunki kattalar ko’pincha tashvishlanishni allergiya emas, balki stress bilan izohlashadi.

Allergiya har doim ham erta bolalikdan boshlanmaydi. Ilgari u bilan bog’liq hech qanday muammolarni sezmagan kattalar ham unga duch kelishi mumkin. Nafaqat bahorda, balki boshqa mavsumlarda ham sog’lig’ingiz yomonlashishini his qilishingiz mumkin, chunki ba’zi allergenlar yil davomida siz bilan bo’ladi. Agar g’ayrioddiy alomatlar paydo bo’lsa, darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilishingiz kerak.