Allergiya odatda immun tizimi zararsiz moddani xavfli deb hisoblaganda sodir boʻladi. Shu sababli organizm antitanalar ishlab chiqaradi. Allergen tanaga qayta kirgandan soʻng, ular hujayralarga gistamin kabi mediatorlarni ishlab chiqarish uchun signal beradi. Mediatorlar esa oqibatda odamga “zahar” bilan kurashishga yordam berib allergiya oqibatlarini keltirib chiqaradi.
Koʻpincha immunitet tizimi quyidagilarga reaksiya bildiradi:
- havo orqali taʼsir etish xususiyatiga ega moddalarga: chang, hayvonlarning junlari, burgalar va mogʻor;
- asalarilar yoki ari kabi hasharotlarning chaqishi;
- dori-darmonlar, ayniqsa penitsillin yoki unga asoslangan antibiotiklar;
- lateks;
- baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari.
Nima uchun ovqatlar allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin?
Agar odam mavsumiy allergiyaga ega boʻlsa, u oziq-ovqatga allergiya boʻlmaydi degani emas. Bu bir necha sabablarga koʻra sodir boʻladi:- Chunki mahsulotlarning oʻzi allergendir.
- Chunki mahsulot allergenga oʻxshaydi.
- Chunki ular gistamin darajasini oshiradi.
Nima uchun allergiyada parhez qilish kerak
Allergologlar parhezni ikki holatda tavsiya qiladilar.- Alergiyani yengillashtirish uchun
- Allergiya nimadan ekanligini aniqlash uchun
Qaysi mahsulotlardan ehtiyot boʻlish kerak
Sensibilizatsiya reaksiyasini qoʻzgʻatmaslik yoki vaziyatni yomonlashtirmaslik uchun isteʼmol qilayotgan taomlaringizga eʼtiborli boʻling. Oziq-ovqat allergiyasiga 90% sabab boʻluvchi mahsulotlar- tuxum;
- baliq;
- sut;
- yeryongʻoq;
- dengiz mahsulotlari;
- soʻya;
- yongʻoqlar;
- bugʻdoy.
- dudlangan, tuzlangan va muzlatilgan baliq: skumbriya, seld baligʻi
- pishloq: parmezan, , emmental, gauda;
- kolbasa;
- konservalar;
- tuzlangan karam;
- shampan va boshqa vinolar.
- sitruslar;
- yongʻoqlar;
- ismaloq;
- pomidor;
- qulupnay.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Kattalarda yongʻoqlarga allergiya 1