Allergiya bu organizmga tashqaridan kirgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo bo‘ladigan gipersezuvchan reaksiya hisoblanadi. Bunday yot moddalar-allergenlar bo‘lib, aksariyat holatlarda zararli hisoblanmaydi (yani ko‘p odamlarga uni yomon ta’siri yo‘q). Ba’zi odamlarning immunitet tizimi ushbu allergenlarni zararli begona moddalar deb bilib, ular bilan kurashib yo‘q qilishga harakat qiladi.
- Ko‘zlar qichishadi va yoshlanadi;
- Burunlar qichishadi, oqadi yoki bitib qoladi;
- Ko‘p aksirish bo‘ladi;
- Tomoqlar ham qichishib, biroz yo‘talish bo‘lishi mumkin;
- Quvvat ketib, holsizlanish yuzaga kelishi mumkin.
Diyetaning eng asosiy yo‘l yo‘riqlari
- Go‘sht: sigir, qo‘y, echki, tovuq kabilarni go‘sht va organlari.
- Baliq: turli toza suvda tutilgan baliqlardan seld, salmon, sardina kabi.
- Tuhum: Omega-3 ga boy sifatli tuhumlar.
- Sabzavotlar: to‘q yashil bargli ko‘katlar, sholg‘om, turp, sabzi, karam, brokkoli, kartoshka, balgarskiy, gulkaram, qovoq kabilar.
- Mevalar: olma, nok, kiwi, sitrus mevalar, qulupnay, malina, maymunjon kabilar.
- Yong‘oq va urug‘lar: turli yong‘oqlar, bodom, handon pista, kunjut, zig‘ir, kungaboqar, chia urug‘lari kabi.
- Sog‘lom yog‘lar: zaytun yog‘i, kakos yog‘i, avakado yog‘i, qo‘y yog‘i va saryog‘.
- Sut mahsulotlaridan: kefir yoki qatiq (ulardan tayyorlangan tvorog) va ba’zi pishloq turlari.
- Ziravorlar: tuz va turli sifatli ziravorlar.
Chegaralangan holatda iste’mol qilinishi bo‘lgan oziq-ovqatlar
- Donlar (marjumak/grechka, guruch, quinoa va hamirturushlik non);
- Dukkakliklar (yasmiq/lentil, no‘hat, mosh kabi)
- Tabiiy shirinlik (maple siropi yoki asal)
- Kakao kukuni yoki shakari kam shokolad
- Sut mahtulotlaridan: sifatli pishloq, qaymoq yoki hom sut.
Allergiya mavsumida chegaralangan oziq-ovqatlarni umuman iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Ayniqsa shakar va shirinliklarning ozginasi ham allergiyani qo‘zg‘atib yuboradi.
Yemaslikka harakat qilish kerak bo‘lgan oziq ovqatlar guruhi
- Oq unlik ovqatlar (non, somsa, hamirli ovqatlar kabi)
- Shakar yoki har xil shirinliklar, ichimliklar (onda-sondda asaldan tashqari)
- Har xil tayyor, yarim tayyor ovqatlar. Xususan turli unlardan (bug‘doy, makka, grechka, guruch, suli) tayyorlangan non va non mahsulotlari, hatto qayta ishlanmagan qora (whole) bo‘lsa ham. Chunki to‘g‘ri usulda tayyorlanmagan.
- Qayta ishlangan o‘simlik yog‘lari.
- Har xil sintetik vitaminlar.
- Oshiqcha pasterizatsiyalangan sut va sut mahsulotlari.
Immunitetni kuchaytiradigan oziq-ovqatlarni ko‘paytirish ham tavsiya qilinadi
Allergiya mavsumi paytida nima qilish kerak?
Gulchangi allergiya mavsumi boshlanishidan oldin imkon bo‘lsa mahalliy sifatli, hom asal va ari poleni istemoli qilish turishlik ham yordam beradi. Allergiya belgilari ko‘ringan paytida ozgina asal, zanjabil va kakos yog‘i bilan iliq suv bilan ichimlik qilib ichib yurish ham mumkin.
2. Allergiya belgilarini kamaytirishda turli dorivor giyohlardan foydalanish mumkin.
3. Allergiyani davolashda yana burunni yuvish/chayish usuli ham yordam beradi. Tuzli suv bilan maxsus idishda burunlar chayilib turiladi.
Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.
Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1x10) tabletkalar (blister ko’rinishida).
1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:
Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo'hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/teriks
Allergiyada keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
© uymaktabi.blogspot.com
Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin: