Go‘dakning salomatligini to‘g‘ri tuzilgan menyu yordamida ham mustahkamlashingiz mumkin. Kuz-qish mavsumi uchun «Foyda va xilma-xillik!» shiorini taklif etamiz. Tabiiy sabzavotlar va mevalardagi vitaminlar hamda mineral moddalar dorixonada sotib olingan tayyor preparatlarga qaraganda organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Albatta, sovuq mavsumda tanlov ancha cheklangan: bozordan malina yoki tarvuz sotib ololmaysiz. Keyin bu shart ham emas! Odatdagi olma – vitaminlarning ajoyib manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, undan ko‘plab shirin taomlarni tayyorlasa bo‘ladi.
Shu mavsumda topiladigan mahsulotlardan har xil taomlarni o‘ylab toping. Bunda biz ham sizga yordam beramiz. Quyidagi ana shunday mahsulotlarning bir nechtasini keltiramiz.
1. Sut
Ushbu mahsulotda oqsil moddasi, yog‘lar, uglevodlar va mineral moddalar mo‘l.
- Go‘dakka haddan tashqari yog‘li sut bermang (1,5 yoki 2,5%li sutni xarid qiling).
- Kefir xarid qilayotganda bolaning yoshini ham hisobga oling. Qatiq mahsulotlarini achitqi yordamida o‘zingiz mustaqil ravishda tayyorlaganingiz ma’qul.
- Kefir – 8 oylikdan boshlab.
- Yogurt – 1,5 yoshdan keyin.
- Farzandingiz uchun jo‘ka (lipa) va grechka asalini tanlang. Choyga bir qoshiqdan solib haftada ko‘pi bilan 2 marta bering.
- Bir yoshdan keyin tavsiya etiladi.
- Bolaga qirg‘ichdan chiqarilgan yoki yangi siqilgan sharbatini (unga selderey va biroz o‘simlik moyidan qo‘shing) taklif qiling. Qaynatib pishirilgan sabzi ich ketishda yordam beradi.
- 7 oylikdan boshlab berish mumkin.
- Yumshoq go‘shtni tvorog, saryog‘ va qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan aralashtirib bering.
- Kurka go‘shtini kamida bir soat pishiring va albatta birinchi bulonni to‘kib tashlang.
- 8 oylikdan boshlab tavsiya etiladi.
- Mayda to‘g‘ralgan ko‘katni bolaning taomiga soling (sho‘rvalar, ragu, teftel, sabzavotli pyure).
- Sho‘rvaga – 7 oylikdan boshlab.
- Buterbrodlarga – bir yoshdan keyin.
- Uni go‘dakka kasal paytida bering (ayniqsa tomog‘i og‘riganida). Bu taom juda yengil hazm bo‘ladi va yutganida tomog‘ini og‘ritmaydi.
- 9 oylikdan boshlab.
- Immunitetni kuchaytirish uchun pediatrlar baliq moyini tavsiya etishadi. Shuningdek unda kaltsiyni yaxshi o‘zlashtirishda zarur bo‘ladigan D vitamini ko‘p. Kapsulalarda sotiladigan baliq moyini berish qulayroq.
- 10 oylikdan boshlab (agar farzandingizda allergiya bo‘lmasa).
- Baland haroratli xastaliklarda suyuq bo‘tqani suvda tayyorlang..
- 7 oylikdan boshlab.
- Anemiya, charchoq, baland harorat, shamollash va grippda hamda kasallikdan keyin qirg‘ichdan o‘tkazib yoki bo‘lakchalar ko‘rinishida bering.
- 7 oylikdan boshlab.
- Piyoz va sarimsoqni ozroq miqdorda sho‘rvaga qo‘shing. Yoshi kattaroq farzandingizga esa o‘sayotgan bargchalarini taklif qiling. • Qaynatib pishirilgan holatda – 7 oylikdan boshlab.
- Pishmagan holatda - 1,5 yoshdan boshlab.
- Ushbu sabzavot pishmaydigan mavsumda tomat sharbati yaxshi foyda beradi.
- 10 oylikdan boshlab beriladi.
Ziyouz.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mavsumiy allergik rinit - alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )