Soch oqarishi

MAQOLALAR

ico
Sochlar nega oqaradi?

Yosh o‘tishi bilan soch oqarishi

Sochlarning oqarishi asosan organizmning qarishining belgisi va bevosita oqibatidan dalolat beradi. Yosh ulg‘aygan sayin pigment hosil qiluvchi hujayralarning funksiyasi sustlashadi va melanin moddasini ishlab chiqarish to‘xtaydi. Ushbu tabiiy jarayon boshlanadigan vaqt har kishida genetik tarzda belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, yevropeoid irqiga mansub kishilarda soch oqarishi taxminan 34 yoshda (plyus-minus 10 yil), osiyoliklarda - 30-34 yoshda, qora tanli aholi o‘rtasida esa o‘rtacha 43 yoshda (plyus-minus 10 yil) paydo bo‘lar ekan.

Sochlarning erta oqarishi

Yuqorida aytib o‘tganimizday, sochlarning rangi melanin moddasiga bog‘liq bo‘lib, u soch ildizidagi hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Ana shu pigment yo‘qolishi bilan sochlarning rangi o‘zgara boshlaydi va soch tolalari kumushrangga bo‘yaladi. Ko‘p hollarda soch oqarishi 35 yoshdan keyin boshlanadi, ammo undan ham ertaroq boshlanishi mumkin. Hozirgi paytda bunday holatlar tez-tez uchramoqda.

Sochlarning erta oqarish sabablari

Ba’zi kishilarda soch oqarishi juda erta boshlanganini ko‘rib qolamiz. Bu genetik moyillik oqibati bo‘lishi ham, biror bir tashqi noqulay omillarning ta’siri yoki organizmdagi kasalliklarning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Masalan,
anemiyada (kamqonlikda), qalqonsimon bez funksiyasining buzilishida (giperfunksiya), qandli diabet bilan xastalanganda, yurak qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaganida, jinsiy funksiyalar buzilganida, haddan tashqari ko‘p tuz iste’mol qilinganida, organizmdagi kislotalilik darajasi baland bo‘lganida sochlar erta oqarishi mumkin. Buning sababini aniqroq qilib aniqlashda sizga shifokor yordam beradi. Ammo bu masalani o‘zingiz ham hal qilishingiz mumkin, buning uchun oxirgi oylardagi voqealarni tahlil qilsangiz bo‘ldi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, organizmda ba’zi bir moddalarning yetishmovchiligi tufayli melanin ishlab chiqilishi to‘xtaydi yoki soch o‘zagining oqsilida ushlanib qoladi. Tarixda juda qisqa vaqt ichida odamlarning sochlari kuchli asabiy holat yoki stress tufayli oqarib ketgan holatlar ham uchrab turadi. Masalan, frantsuz qirolichasi Mariya Antuanettaning sochlari qatl jazosidan oldin bir kechada oqarib ketgan. Bu hodisani stress vaziyatlarda organizm melanin va oqsil moddasini birlashtiruvchi kimyoviy reaksiyani buzadigan moddalarni ishlab chiqara boshlashi bilan tushuntirish mumkin. Buning natijasida pigment juda tez tushib qoladi, yuvilib ketadi yoki neytrallashadi. Oq sochlar turli omillar ta’siri ostida soch tuzilmasida havoli bo‘shliqlar yuzaga kelishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunda sochlarning rangi nurning sinish burchagi o‘zgargani tufayli kulrang tusga kiradi.

Sochlar erta oqarganida

  • Boshni qichitqi o‘t barglari va ildizlaridan tayyorlangan qaynatma bilan chayish lozim. Qaynatmani tayyorlash uchun 50 gramm quritilgan qichitqi o‘tga yarim litr suv solinadi va 500 ml uksus qo‘shiladi, keyin 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatma dokada suzib olinadi va har kuni kechqurun bir necha kun davomida bosh terisiga ishqalab suriladi.
  • Fidji orollarida tub aholi yangi kavlangan zanjabil (imbir) ildizini olib, uni bo‘laklarga kesgan holda, asalning ichiga solib qo‘yishar ekan. Ularning ta’kidlashicha, tayyor bo‘lgan massani qabul qilish oq sochlar sonini kamaytiradi. Uni tayyorlash uchun yangi kavlangan zanjabil ildizi yuqilib, tozalanadi va ko‘ndalangiga dumaloq shaklda kesib chiqiladi. Zanjabil bo‘laklari ustidan durda bog‘lashga ulgurmagan yangi asal quyiladi, u zanjabilni biroz yopib turishi kerak. Ushbu massa kamida ikki hafta saqlanadi.
Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 
ico
Soch oqarishi sabablari va oldini olish choralari
Inson organizmida millionlab soch follikulalari bor. Follikulalar sochlarni hosil qiladigan hujayralar va pigment tutadigan hujayralardan iborat. Pigment melanin deb ataladi. Vaqt o‘tishi bilan soch follikulalari pigment hujayralari yo‘qolishi hisobiga soch oqarishi ro‘y beradi. Ushbu maqolada soch oqarishining erta boshlanishi sabablari, uni sekinlashtirish yo‘llari va oldini olish chora tadbirlari haqida ma’lumot beramiz. [caption id="attachment_10866" align="aligncenter" width="709"]soch oqarishini to‘xtatish
Foto: Medicalnewstoday.com[/caption]

Soch oqarishining sabablari

Erta soch oqarishining sabablari quyidagilar:

Vitamin yetishmovchiligi

Har qanday B guruh vitaminlari B-6, B-12, B-9, D vitamin va E vitamin yetishmovchiligi sochlarning erta oqarishiga olib keladi. 2015 yildagi Development jurnali qayd etishicha D-3 vitamini, B-12 vitamini va Cu (mis) mikroelementi yetishmasligi soch oqarishiga sabab bo‘ladi. Ularning yozishicha ovqat tarkibida ushbu moddalar yetishmasa pigmentatsiya jarayoni buziladi, agar o‘rni qoplansa sochlarga rang yana qaytadi. 2016 yilda International Journal of Trichology (Xalqaro Trixologlar Jurnali) 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar orasida tekshiruv o‘tkazdi. Fe moddasi, B-12 vitamini va zichligi yuqori bo‘lgan xolesterin (yaxshi xolesterin) yetishmovchiligi ham erta soch oqarishiga olib kelar ekan.
Vitamin turlari va ularning ahamiyati haqida batafsil o‘qing →

Genetik omil

2013 yilda Indian Journal of Dermatology, Venereology and Leprology jurnalining izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, erta soch oqarish sababining eng asosiy omili bu genetik tomondan ekan. Irq va etnik kelib chiqish ham soch oqarishida muhim rol o‘ynaydi. Teri rangi och bo‘lgan xalqlarda sochlar erta oqaradi ya’ni 20 yoshlardan boshlanadi, Osiyoliklarda 25 yoshlardan, Afro-Ameriklarda 30 yoshlardan boshlanadi.

Stress

Erta soch oqarishiga genetik moyillik bo‘lsada, kuchli stress ham sochlarning “kumushlanishiga” sabab bo‘ladi. Stress organizmdagi antioksidantlarni (vitaminsimon moddalar) yetishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida erkin radikallar ko‘payadi. Erkin radikallar noturg‘un (beqaror) moddalar bo‘lib, hujayralarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Stress olish davom etaversa kasallik rivojlanishiga olib keladi. Masalan teri pigmentlarining mahalliy yo‘qolishi-vitiligo (pes) stress natijasida kelib chiqadi. Vitiligo melanin pigmenti hujayralarining o‘limi yoki ular funksiyasining yo‘qolishidir. Buning natijasida sochlar ham oqarishi mumkin.

Soch erta oqarishining tibbiy sabablari

Ko‘pchilik tibbiy kasalliklar, masalan autoimmun kasalliklar sochning erta oqarishiga omil bo‘la oladi. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham soch oqarishining bir sababi. Oq sochlar allopetsiyada ham kuzatiladi, ya’ni soch to‘kilishidan so‘ng davo choralari ko‘rilganda qayta o‘sib chiqqan sochlar ham pigmentatsiya yetishmasligi natijasida oq bo‘lib chiqishi mumkin. Bu faqatgina boshda emas, balki tananing boshqa qismlaridagi sochlarda ham kuzatiladi.

Chekish

2013 yilda Italian Dermatology Online Journal ko‘rsatishicha, chekuvchilarning har 2 tasidan 1 da 30 yoshgacha bo‘lgan insonlarda sochlari erta oqarib ketganligi o‘rganilgan.

Kimyoviy soch yuvuvchi vositalar

Kimyoviy sochlarni yuvuvchi vositalar, shampunlar sochning erta oqarishiga olib kelishi mumkin. Bu vositalar ko‘pchiligi soch oqarishiga sabab bo‘luvchi zararli ingrediyentlar saqlaydi. Ayrim shampunlar o‘zida vodorod peroksidi (H2O2) tutadi, bu modda zararli xususiyatlarga ham ega. Ulardan ko‘p foydalanish soch “kumushlashishiga” olib keladi.

Soch oqarishining oldini olish

Agar soch oqarishiga genetik omil va yosh o‘tishi sabab bo‘lsa, hech qanday davo choralari yordam bermaydi. Soch ranglarini tiklash asosida ularning pigmentatsiyasini tiklash yotadi. Agar ovqat tarkibi va vitamin defitsiti sabab bo‘lsa, quyidagi chora tadbirlar erta oqarishning oldini olishi mumkin: Antioksidant (vitaminsimon moddalar) saqlaydigan ozuqa moddalar:
  • Meva va sabzavotlar;
  • Toza ko‘k choy;
  • Zaytun moyi;
  • Baliq go‘shti.
Vitaminlar - vitamin yetishmovchiligi sababli soch oqarishida vitaminlar ko‘p saqlaydigan ovqatlanish tartibiga o‘tish kerak, masalan dengiz mahsulotlari, tuxum va go‘sht B-12 vitaminiga, sut, pishloq va sut mahsulotlari D vitaminiga boy. Chekishdan qutulish - chekishni tashlash sochlarning pigmentatsiyasi buzilishi va organizmning zaharlanishidan saqlaydi.

Soch oqarishiga qarshi tabiiy vositalar

Sotuvda “oq sochlar bilan qoplangan” soch yuvuvchi vositalar juda ko‘p, ularning ko‘pchiligi terida allergiya ham chaqirishi mumkin. Tabiiy usullar bilan soch oqarishini sekinlashtirish mumkin.

Qora choy

Qora choy sochlarni qoraytirish, yaltiratish xususiyatiga ega. Uni tayyorlash uchun 3 yoki 5 qoshiq toza qora choyni 2 stakan qaynatilgan suvga solish va sovigandan so‘ng u bilan sochlarni yuvish kifoya.

Moychechak bargi

Moychechak bargi sochlarni qora va ularni sog‘lom qiladi. Uning bargini ezib kokos moyida yoki kunjut moyida qaynatish va sovigan aralashma bilan boshlarni massaj qilish tavsiya qilinadi.

Mis mikroelementi

Bu mikroelementga boy mahsulotlar iste’mol qilish, jigar, bodom, qora shokolad va sarsabil o‘simligi.

Qovoq moyi

Qovoq moyi soch pigmentatsiyasiga va ularning ildizi mustahkam qilish xususiyatiga ega. Moy bilan boshlarni regulyar massaj qilib turish soch oqarishining oldini olishga yordam beradi.

Xulosa o‘rnida

To‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz va to‘g‘ri tanlangan davo sochlarning erta oqarishini to‘xtatishi va oldini olishga yordam beradi. Sochlarning oqarish vaqti insoning individual xususiyati bo‘lib, har kim o‘zi qaror chiqaradi, oq sochlar bilan yurish yoqadi yoki ularga rang qaytarishga harakat qilib ko‘radi. Mavzuga aloqador foydali maqolalar: