Kardiologiya

MAQOLALAR

ico
Qora oqsoqdan saqlaning ( Brutsellyoz )

Qora oqsoq (brutsellyoz) — turli xil yuqish yo‘llariga ega bo‘lgan, keng tarqalgan polietiologik, zooantroponoz, o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. U organizmning bir qancha, asosan tayanch-harakat a’zolarining hamda asab tizimining shikastlanishi, vujudning zaharlanishi va allergiyaning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, infeksion jarayonning rivojlanishi, aksariyat hollarda surunkali kechishi, ko‘p hollarda, keyinchalik bemorlarda nogironlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Xastalikni brutsellalar guruhiga mansub bak­teriya­lar paydo qiladi. Mayda shoxli mollardagi qora oqsoq qo‘zg‘atuvchisi odam uchun yuqori patogen hisoblanadi. Qo­­ramollardagi esa nisbatan yengil klinik ko‘rinish­da­gi dardni yuzaga chiqarishi mumkin. Cho‘chqalardagi qo‘z­­­­­g‘atuvchi kamdan-kam hollarda kasallikka sababchi bo‘ladi. It, cho‘l va butazorlarda yashovchi kalamushlarda ham brutsellyozni chaqiradigan turlari bor.
Odam uchun kasallik manbai yirik va mayda shoxli hay­­vonlardir. Qora oqsoq qo‘zg‘atuvchisi organizmga og‘iz, burun, ko‘z shilliq pardalari, jinsiy a’zolar va hi­­­moyalanmagan teri orqali kira oladi. Kasal hay­von­­larni tug‘dirishda qatnashgan odamlarning zarar­la­nish xavfi juda yuqori. Ko‘pincha himoyalanmagan (qo‘l­qopsiz) qo‘l bilan hay­von terisini ajratib olish va unga qayta ishlov berish paytida kasallik yuqadi.
Davolanishni kech boshlash tufayli kasallik su­run­kali holatga o‘tib, yillab davom etishi kuzatilgan. Na­­tijada odam uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini yo‘qotib, umrining oxirigacha nogiron bo‘lib qoladi.
Kasallikning oldini olish uchun chorva mollari saq­lanadigan molxonalarni ozoda saqlash kerak. Hay­vonlar boqilgan joy, ularga ishlatilgan asbob-us­ku­nalarni za­rarsizlantiruvchi vositalar bilan himoya­lash lozim. Hayvonlarga yordam berishga ki­rishgan kishi o‘ziga dard yuqtirmaslik uchun shaxsiy gi­giyena va maxsus kiyim­lar­dan foydalanishi zarur. Chor­vachilik ishlari bilan shu­g‘ullanadigan in­sonlar, albatta, o‘zlarini qora oqsoq ka­salligiga tekshirib tu­­rishlari shart. Go‘sht va sut mah­su­lot­larini yaxshilab qaynatib, so‘ngra is­te’mol qi­ling. Belgilanmagan joy­lar yoki qo‘lda sotilayotgan sut, qaymoq va boshqa tur­dagi sut mahsu­lot­larini xarid qil­maganingiz ma’qul.

[divider]

[highlight]Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]

ico
Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi?

Arterial gipertoniya - 18 va undan katta yoshdagi aholining qariyb 20 foizida uchrashi aniqlangan. Katta yoshlilarda arterial gipertoniya bilan kasallanish ko‘payib borib, 60 yoshdan keyin 40 foizdan ortiq hollarda uchraydi.

Arterial gipertoniya bosh miya insulti, yurakning ishemik kasalligi, shu jumladan, o‘tkir miokard infarktini keltirib chiqaruvchi eng jiddiy omillardan hisoblanadi. Yurak qon-tomir kasalliklaridan bo‘ladigan kasallanish va o‘limning 30 foizidan ortig‘i arterial gipertoniya bilan bog‘liq.

Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi «ishchi qon bosimi» deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosin deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori darmon bilan o‘z xoliga keltirish lozim, Ilgari bundan 1015 yil muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/60 mm ga) tushnrar edilar.

Hozirgi vaqtda odamning qon bosin o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval «kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni» surishtirishadi.

Arterial gipertoniya quyidagi hollarda kelib chiqadi:

  • buyrak kasalliklari (nefrit, piyelonefrit va h.k.);
  • endokrin kasalliklar (feoxromatsitoma, Kushing sindromi, gipertireoz, aldosteronizm va boshqa);
  • tomir kasalliklari (aorta koarktatsiyasi, buyrak yoki uyqu arteriyalari siqilishi (stenoz);
  • uzoq vaqt gormonlar (glyukokortikoidlar) qabul qilish;
  • homilaga qarshi dorilar qo‘llash

Hozirda arterial gipertoniya kasalligining darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosan aniqlanadi. Bu mezonlar quyidagi jadvalda keltirib o‘tilgan:

Toifasi SAB (mm.sim.ust) DAB (mm.sim.ust)
Optimal arterial bosim < 120 < 80
Me’yoriy 120 - 129 80 - 84
Yuqori me’yoriy 130 - 139 85 -89
Birinchi darajali arterial gipertoniya (Yengil) 140 -159 90 -99
Ikkinchi darajali arterial gipertoniya 160 - 179 100 - 109
Uchinchi darajali arterial gipertoniya (Og‘ir) ≥ 180 ≥ 110
Alohida sistalogik arterial gipertoniya ≥ 140 ≤ 90

Bu kasallikni boshidan o‘tqazayotgan bemorlar agar cheksa chekishni to‘xtatish, ozishi, parhez saqlashi, alkogol, tuz miqdorini cheklashi hamda muntazam jismoniy mashqlar qilishi lozim!

O‘qing: Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko‘rsatish

ico
Gipotoniya kasalligini davolash choralari

Har birimiz qon bosimi ko‘tarilishi (xafaqon) xastaligining qanday oqibatlarga olib kelishini bilamiz. Ammo shunday insonlar borki, ularda bu holatning butunlay aksi, ya’ni qon bosimini pasayishi kuzatiladi. Bunday bemorlar holsizlanib, tez toliqadilar atrofdagilarga loqayd parishonxotir bo‘ladilar.

Ularning ertalab uyg‘onishlari qiyin, ish qobiliyati 2-3 soatdan keyingina ortadi, kunduzi yana xolsizlanish, charchash seziladi. Umuman faollikning cho‘qqisi kechga tamon ortadi. Gipatoniklarning yana bir o‘ziga xos belgisi esnashdir. Bu ularning uyqusi kelganidan emas, balki havo yetishmganidan ro‘y beradi. Shunga ko‘ra, ular odamlar gavjum joylardan, tiqilinch avtobuslarda o‘zlarini noxush sezishlari mumkin. Aksincha piyoda yurganlarida ahvollari yaxshilanadilar. Negaki kasallikning asl sababi tadanada qon aylanishining buzilishi hisoblanadi. Kasallikni davolash choralari haqida maqolamizning bugungi sonida ma’lumot beramiz.

Gipotoniya so‘zi yunoncha “hypo”-pasayish, lotincha “tensio”-bosim so‘zlaridan olingan.
Q

on bosimi tonometr yordamida o‘lchanganida yuqori (sistolik) raqam 100 mm. Simob ustuni, pastki (ya’ni diastolik) raqam esa 60 mm. (simob ustuni) dan past bo‘lgan taqdirda insonga gipotoniya tashxisi qo‘yiladi.

Kichik va o‘smir yoshdagi bolalarda bu ko‘rsatkich 85-60 simob ustuni, 30 yoshdan katta kishilarda esa 105-65 sumob ustuni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar muxlislarimiz uchun yanada tushunarli bo‘lishi uchun avvalo, qon bosimi o‘zi nima?, degan savolga javob izlashga qaror qildik inson organizmini ulka bir zavodga qiyoslasak, yurak uning nasozi, qon tomirlar esa quvurlar ro‘lini bajaradi.

Har daqiqada yurak 5 litrgacha bo‘lgan qonni tomirlar orqali azolarga haydaydi. Yurak ichida 4 bo‘shliq (kamera) mavjud. Sodda til bilan aytganda, yurakning ishi qisqarish va bo‘shashishdan iborat. Anashu qisqarish holati ilmiy tilda sistola, keyingisi esa diastola deb nomlanadi. Yurak qisqargan paytda undagi bo‘shliqlar xajmi kamayib, qon tomirlar tomon harakatlanadi. Bo‘shashgan paytda esa yurak kameralari kengayib, qonga to‘ladi va yurakni qon tomirlardan ajratib turuvchi aorta klapani yoyilib, qonning yurakka qaytmasdan tomirlar bo‘ylab harakatlanishiga yordam beradi. Qon tomirlarning ham ahamiyati katta.

Tanamizda 1) arteriya, 2) vena, 3) kapiliyar deb nomlanuvchi tomirlar mavjud. Arteriyalar eng yirik qon tomirlar hisoblanib, ulardan oqayotgan qon kislarodga boy bo‘ladi. Bu tomirlar orqali qon 1 soniyada 10 lab metr masoqani bosib o‘tishi mumkin! Venalar ham yirik tomirlar bo‘lib, qonni azolardan yurakka eltadi. Kapiliyarlar eng kichik tomirlar sanaladi. Ular devori orqali qon tanadagi to‘qimalarni oziqlantiradi. Qon yurakdan otilib aorta (eng yirik arteriya)ga urilganda boshqa arteriyalar devoriga ham bosimini o‘tkazadi. Buni sezish uchun barmog‘imizni kaftning pastki qismiga tekkizsak bo‘lgani. Bu borada sizda qon bomining pasayishi nimaga bog‘liq, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishi 3 omilga bog‘liq bo‘ladi.

1. Katta yoshli odam organizmida 5 litrgacha qon aylanadi. Qon hajmining u yoki bu sabablarga ko‘ra kamayishi qon bosimini pasaytiradi.
2. Tomirlarning katta-kichikligi, tomir diametri qanchalik tor bo‘lsa, qonning bemalol o‘tishi uchun to‘siq yuzaga keladi. Bu masalani tezroq “yechish” uchun organizm bosimni kuchaytiradi. Natijada qon bosimi ko‘tariladi.
3. Qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishi yurakning qay tarzida ishlashiga ham bog‘liq. Agar yurak tez ishlasa (odatda bu holat jismoniy mehnat paytida sodir bo‘ladi), qon bosimi ham yuqori bo‘ladi. Gipotoniyaning eng ko‘p tarqalgan sababi esa (irsiy moyillik va yuqumli kasalliklar asoratidan tashqari) kam harakatlilik yoki kun davomida o‘tirib ishlash oqibatida yuz beradi.

Qon bosimi qanday nazorat qilinadi?

Qon bosimini darajasi butun organizmning ozuqa moddalari va kislarod bilan to‘yinishiga, uning biroz pasayishi yoki ko‘tarilishi har bir a’zo (ayniqsa, yurak, ko‘zlar, buyrak) ishiga ta’sir qiladi. Aynan shuning uchun organizmda qon bosimini nazorat etuvchi asab va gumoral tizimlar mavjud. Asab tizimi bosh miya po‘stlog‘i, orva miya markazlari orqali nazorat qilinadi. Ular tinimsiz ravishda arteriyalarga impuls jo‘natib, tomirlar mushaklarining qisqarishi bo‘shashini ta’minlaydi. Gumoral tizim esa gormonlar orqali yurak ishi, qon xajmi, tomirlarning bosimiga ta’sir qiladi.

Organizmda ro‘y beradigan xar qanday o‘zgarish (yuqumli kasalliklar, imunitetni pasayishi, gormonal xastaliklar, stress, obi-xavo radiatsiya ta’siri va x.k) mazkur tizimlar ishiga to‘sqinlik qilib, qon tomirlarning kengayib, bosimning pasayishiga olib keladi. Natijada qon kislarodni barcha a’zolar (eng avvalo bosh miya)ga sekinlik bilan olib boradi. Bu esa insonda behollik, uyquchanllik, tez toliqish, behuzurlik, ba’zan xushdan ketish kabi holatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday paytda, albatta shifokor-kardiolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Tabobat usulida davolash usullari

O‘lmaso‘t (bo‘znoch)dan 10 gr olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va 30-40 daqiqa o‘rab damlab qo‘yiladi. Suzib olgach, kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan sovuq holda ichiladi.
Jenshennning spirtli damlamasidan kuniga 2 mahal-ertalab va tushlikda 5 tadan 20 tomchigacha ovqatdan oldin 2-3 hafta ichiladi (dori xonalarda sotiladi)

Rodiolaning maydalangan ildizidan 1 choy qoshig‘i ustiga 1 litr suv quyib, 10 daqiqa qaynatiladi, va yana 10 daqiqa damlab qo‘yiladi. Kuniga 2-3 stakandan ichiladi. Agar gipotoniya toliqish oqibatida paydo bo‘lsa, qaynatma yaxshi foyda qiladi.

Levziya damlamasidan kuniga 2 mahal ertalab va tushlikda 30-40 tomchidan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.
Ajriq o‘tining quritilganini tolqon qilib kuninga 3 mahal 1 choy qoshiqdan 5 kun davomida kapotsa va orqasidan issiqroq suv ichilsa qon bosimini oshiradi.

Shirin bodomdan 2 kg olib, teng miqdorda shakar qo‘shiladi va tuyib qorong‘u joydan saqlanadi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan 15 kun davomida yegan bemor bugumon tuzaladi.

Yomg‘ir suvidan 3 litr olib, unga 1 kg novvot qo‘shib qaynatiladi kechasi ochiq joyda kunduzi qorong‘uda saqlanadi. Kuniga 3 mahal 15 kun davomida 100 gr dan ichiladi.

O‘lmaso‘t (bo‘znoch) dan 10 gr olib, ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi va damlab qo‘yiladi. Ovqatlanishdan yarim soat oldin ertalab va tushlikda 2 mahal 20-30 tomchidan och xolda ichiladi.

Semizo‘tning ho‘l o‘tidan 25 gr olib, ustiga 200 ml suv quyiladi va 10 daqiqa qaynatib, 2 soat damlab qo‘yiladi. Suzib olgach kuniga 3-4 mahal ichilsa arterial qon bosiminin ko‘taradi.

Shizandra (xitoy limonnigi)ning urug‘i va mevasidan spirtli damlama tayyorlab iste’mol qilinadi. Uning uchun 100 gr urug‘ va meva ustiga yarim letr aroq quyiladi 10 kun qorong‘u va iliq joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach kuniga 3 mahal 10 tomchidan ichiladi.

Foydali maqola: Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko‘rsatish

 © Bilal Arroziy.

ico
Yurak kasalliklari xavfi

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari dunyo bo‘yicha hozirgi kunga qadar nogironlik va o‘limning asosiy sababi ekanligicha qolmoq­da. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘­ra, bu muammo yana bir necha o‘n yillar davomida shu tendensiyada davom etishi kutilmoqda.

Statistika

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, barcha o‘lim holatlarining 56 foizi yurak qon-tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Buning deyarli yarmi (umumiy o‘limning 26 foizi) yurakning koronar kasalliklari ulushiga to‘g‘ri keladi. Yurak qon-tomir kasalliklari Yevropada yiliga 4,3 mln (48%), 27 ta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 2 mln (42%) aholisining o‘limiga sababchi bo‘ladi.

Yurak ishemik kasalliklari Yevropada o‘limning eng ko‘p sababi hisoblanadi. Erkaklarda 16%, ayollarda 15% o‘lim yurak i­shemik kasalliklari sababli yuzaga keladi. Insult o‘lim sababchisi sifatida YuIKdan keyingi 2-o‘rinda (ayollarda 17%, erkaklarda 11%) turadi. Yurak qon-tomir kasalliklari, uning asoratlari mehnat qobiliyatini yo‘qotish hamda nogironlikning asosiy sababi hisoblanadi. Mamlakat miqyosida sog‘liqni saqlash tizimiga sarflanayotgan mablag‘ning bir ne­cha marta o‘sishiga olib keladi.

Ma'lumot uchun

XX asrda yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining o‘sishi bir tomondan keksa yoshli aholi sonining ortishi bilan tushuntirilsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning o‘sishi va sanoatlashtirish natijasida mehnat va turmush tarzining yaxshilanishi, ovqatlanish taomillarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. 1970-yilda butun dunyo aholisining 37 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil qiladi, 2020-yilga borib 61 foizga yetishi kutilmoqda. Turmushning o‘z­garishi, eng avvalo, ovqatlanish xarakterining o‘zgarishiga olib keladi. Yuqori kaloriyali ovqatlanish, ratsionda yog‘ miqdorining oshirishi va klechatka, go‘sht hamda rafinadlangan uglevodlarning kamayishi arterial gipertoniya, dislipidemiya va boshqa qator yurak qon-tomir kasalliklarining rivojlanishida asosiy xavf omili hisoblanadi. Gipodinamiya odat­da semizlik (ayniqsa, uning abdominal turi), qandli diabet va insulinorezistentlik bilan birga keladi. Mehnat va turmush sharoitining mexanizatsiyalashuvi, o‘tirgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi “xobbi”larning (televizor ko‘­rish, kompyuterda ishlash) paydo bo‘lishi va transport tizimining takomillashuvi energiya sarfining kamayishiga, insonning kam harakat bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Chekish

Chekish yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib keluvchi yana bir muhim xavf omili hisoblanadi. Bugungi kunda juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda aholi orasida chekish kamayib bormoqda. Rivojlanayotgan va aholisining iqtisodiy ahvoli birmuncha past­roq bo‘lgan mamlakatlarda yirik tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z marketing xizmatlarini rivojlantirmoqda. Chekish­ni kamaytirishga davlat tomonidan bo‘layotgan harakatlar (reklamalarni cheklash, jamoat joylari va restoranlarda chekishni ta’qiqlash, aholiga chekishning zarari to‘g‘risida ma’lumotlar berish) tamaki chekishning kamayi­shiga olib keladi. Shotlandiyada chekishni ta’qiqlashdan so‘ng o‘tkir koronar sindrom sababli gospitalizatsiya sezilarli kamaygan. INTERHEART tadqiqotlarida birlamchi miokard infarktining 70 foizi chekish va dislipidemiya bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan.

Irsiy omil sababchimi?

Yurak qon-tomir kasalliklarining rivoj­lanishida irsiy omil muhim o‘rin egallaydi. Afsuski, irsiy omilni turmush tarzini o‘zgartirish yoki dori-darmonlar bilan o‘zgartirib bo‘l­maydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yaqqol irsiy anamnez bo‘lgan kishilarda ham boshqa faktorlar qo‘shilmasa, yurak qon-tomir kasalliklari kamdan kam rivojlanadi. Ko‘pchilik davlatlarning tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, kasallanish, nogironlik va o‘limni kamaytirishda xavf omillarga qarshi kurash davolashdan ko‘ra samaraliroqdir. Turmush tarzini o‘zgartirish va xavf omillarini korreksiya qilish kasallik progressiyalangunga qadar va manifest ko‘rinishlarida ham bir xilda samarali va foydali ekanligi yirik tadqiqotlarda inkor etib bo‘lmas ilmiy dalillar asosida isbotlab berilgan. Masalan, o‘rtacha giperxolesterinemiya mavjud che­kuvchi bemorlarda samarali usul statinlarni qabul qilish emas, balki chekishni to‘xtatish hisoblanadi.

Tadqiqot natijasi

Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi (AHA) tavsiyalari shimoliy Amerikada o‘tkazilgan Fremengem tadqiqotlari natijalariga asoslansa, Yevropa kardiologlar assotsiatsiyasi (ESC) tavsiyalari SCORE (Systematic Coronary Risk Evalution – Koronar xavfni umumiy baholash) tadqiqotlari tavsiyalariga asoslanadi. O‘rta Osiyo mamlakatlarida bunday yirik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu sababli bugungi kunda sog‘liqni saqlash xodimlarining oldida zamonaviy tashxis va davo usullarini takomillashtirish va reabilitatsiyaning muqobil usullarini ishlab chiqishdek muhim vazifa turadi.

Asosiy vazifa

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari insonning turmush tarzi va mavjud xavf omillari bilan uzviy bog‘liq. Mazkur kasalliklar profilaktikasining asosiy maqsadi kishilarning yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rishini va ular oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish, ularning umrini uzaytirish va umrining oxirigacha hayot sifatini saqlab qolish hisoblanadi. Ko‘pgina xavf omillari turmush tarzini o‘zgartirish orqali nazorat qilinsa, ayrimlari (arterial gipertoniya, dislipidemiya va qand miqdori) medikamentoz yo‘l bilan korreksiya qilinadi. Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining asoratlari va u bilan bog‘liq no­xush holatlarning oldini olishda kasalliklarning birlamchi profilaktikasi qulay, samarali va iqtisodiy jihatdan arzon ekanligi Yevropa kardiologlar jamiyati (ESC), Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi (AHA), Amerika kardiologlar hay’ati (ACC), Butunrossiya kardiologlar Ilmiy jamiyati (VNOK) va Yurak yetish­movchiligi bo‘yicha mutaxassislar jamiyati (OSSN) tomonidan e’tirof etilgan va tavsiya qilingan.

Quyida biz yurakning koronar kasalliklari, ularning kelib chiqishidagi ahamiyati va xavf omillarini korreksiya qilish chora-tadbirlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Yurak koronar kasalliklari xavf omillari ikki guruhga bo‘linadi.

I. O‘zgartirish mumkin bo‘lgan xavf omillari:

  • dislipidemiya;
  • tamaki chekish;
  • yuqori qon bosimi;
  • uglevodlarga tolerantlikning buzilishi yoki qandli diabet;
  • ortiqcha tana vazni yoki semizlik;
  • psixosotsial omillar;
  • gipodinamiya;
  • meva va sabzavotlarni kam iste’mol qilish;
  • ortiqcha (yuqori kaloriyali) ovqatlanish;

II. O‘zgartirib bo‘lmaydigan xavf omillari:

  • yosh (erkaklar 55 yoshdan, ayollar 65 yoshdan yuqori bo‘lishi);
  • jins;
  • irsiy (oilaviy) moyillikning borligi.

Tadqiqotlar natijalari yurak ishemik kasalliklari xavf omillari ahamiyatini baholash, har bir xavf omiliga alohida yondashishni taqozo qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining YuIK profilaktikasi bo‘yicha ekspertlarining 1982-yilgi ko‘rsatmalarida YuIK profilaktikasi quyidagi 3 ta komponentdan iborat deb hisoblanadi.

Populyatsion strategiya

Populyatsion strategiya – turmush tarzini o‘zgartirish, tashqi muhit omillari va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga qarshi kurash barcha aholini qamrab olishi kerak. Profilaktika Davlat dasturlari asosida amalga oshiriladi. Populyatsion strategiya aholining turmush tarzini o‘zgartirish: chekuvchilar sonini kamaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni shakllantirishni ta’minlovchi yirik masshtabli dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Yuqori xavf strategiyasi aholi orasidan YuIK xavfi yuqori bo‘lgan kontengent ajratib olinib, tegishli chora-tadbirlar olib boriladi.
Ikkilamchi profilaktika YuIK aniqlangan bemorlarda uning asoratlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi va amal­ga oshiriladi. Bu bosqichda shuni e’tiborga olish lozimki, ko‘pchilikda xavf omillarini korreksiya qilish boshlangan vaqtda ateroskleroz rivojlangan bo‘ladi. Olib borilayotgan chora-tadbirlar kasallikning salbiy oqibatlarining oldini olgani bilan uni tamomila yo‘qotmaydi. Profilaktik choralarni erta qo‘l­lash orqali xavf omillarini korreksiya qilish yoshlikdan boshlanganda 90 foiz yurak xurujlarining oldi olinishi tadqiqotlarda isbotlangan.

Profilaktika

Yevropa kardiologlar jamiyati (ESC) yurak qon-tomir kasalliklari profilaktikasini quyidagi guruhlarda olib borishni ta’kidlaydi.

  • YuIK, pereferik arteriyalar va bosh miya aterosklerozi tashxisi qo‘yilgan bemorlar guruhi;
  • aterosklerotik genezli yurak qon-tomir kasalliklari kelib chiqish xavfi yuqori bo‘lgan guruh;
  • oila a’zolarida yurak qon-tomir tizimi kasalliklari erta rivojlangan (erkaklarda 55 yoshdan, ayollarda 65 yoshdan avval) aholi guruhi;
  • ota-onalarida yurak qon-tomir tizimi ka­salliklari bor aholi guruhi.

Yevropa kardiologlar jamiyatining (ESC) quyidagi tavsiyalari yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan, yurak ishemik kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi:

  • chekmaslik;
  • ratsional (sog‘lom) ovqatlanish;
  • jismoniy faollik (o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlarni kuniga 30 minut bajarish);
  • tana vazni indeksining 25 kg/m2 dan, qorin aylanasining erkaklarda 94 sm dan, ayollarda 80 sm dan kam bo‘lishi;
  • arterial qon bosimining 140/90 mm.sim.ust. dan past bo‘lishi;
  • xolesterinning qondagi miqdori 5 mmol’/l (190 mg/dl)dan past bo‘lishi;
  • past zichlikdagi lipoproteidlar qondagi miqdorining 3 mmol’/l (115 mg/dl) dan past bo‘lishi;
  • qondagi glyukoza miqdorining 5,6 mmol’/l (100 mg/dl)dan past bo‘lishi.

Oybek RO‘ZIYEV, Buxoro davlat tibbiyot instituti
“Ichki kasalliklar” kafedrasi assistenti,
Dilorom OCHILOVA, Buxoro davlat tibbiyot instituti
“Farmakologiya, normal va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti.

“Sog‘lom avlod uchun”  jurnali.

ico
Miokard infarkti kasalligi

Miokard infarkti - butun dunyoda yurak qon-tomir kasalliklaridan, o‘limga olib keluvchi eng asosiy kasalliklardan biri sanaladi. Bu dardlardan har yili minglab insonlar olamdan ko‘z yumayapti.

Yurak odam vujudining nihoyatda murakkab a’zosi sanaladi. Yurak-qon kasalliklari keyingi 20-25 yil ichida ancha ko‘paydi va shifokorlarni tashvishga solmoqda. Kasallik inson o‘z salomatligiga e’tiborsiz bo‘lsa, dard avj olib bezovtalik kuchayib ketsa-da, shifokor huzuriga bormasa, o‘z salomatligiga xavf solib qo‘yishi aniq. Yurak-qon kasalliklari orasida miokard infarkti to‘satdan ro‘y beradigan eng og‘ir va xavfli kasallik hisoblanadi. Qon aylanishi buzilishi natijasida yurak mushagining bir yoki bir qancha qismi nobud bo‘lib, yurak faoliyati izdan chiqadi.

Miokard infarktning asosiy belgilari

Miokard infarktining asosiy belgilari - ko‘krak qafasining markazi (to‘sh orqasi) g‘ijimlab, achishib og‘riydi. Yurak bezovta bo‘lganida, ikkala qo‘lga, yuqoriga, orqaga, oyoqlarga, pastki jag‘ sohasiga tarqalib havo yetishmay qoladi. Og‘riq bir necha soat, ba’zan bir necha sutka davom etadi va bemor bo‘shashadi, muzdek ter bosadi, hatto o‘lim vahimasi boshlanadi, ozgina yursa, zinadan ko‘tarilsa hansirab qoladi. Miokard infarkti ko‘pincha yurak ishemik kasalligining zo‘rayishi davrida yuz beradi, bunda stenokardiya xurujlari kuchayib, tez-tez takrorlanib turishi kuzatiladi.

Miokard infarkti nihoyatda ehtiyotkorlik va qunt bilan davolanishi zarur bo‘lgan og‘ir kasallik turi hisoblanadi. Bemorni, albatta, kasalxonaga yotqizish kerak. Agar bemor uyda davolanayotgan bo‘lsa, doimiy shifokor nazorati ostida davolash tavsiya etiladi. Bemorning yaqinlari bu paytda bemorni toliqtirib qo‘ymasliklari zarur bo‘ladi. Bemor kasalxonadan chiqqandan keyin shifokor nazorati ostida davolanishni davom ettirib, kundalik tartibi qat’iy belgilanadi. Uyqu 7 soatdan kam bo‘lmasligi zarur. Yarim soatdan boshlangan toza havoda sayr qilish muddati asta-sekin ikki soatgacha uzaytirilib, keskin harakat qilish, sovuq havoda tez yurish xurujning qaytalanishiga olib kelishi mumkin.

Stenokardiya nima?

Stenokardiya ishemik kasalliklarning yengil xili bo‘lib, «ko‘krak qisilishi» ma’nosini bildiradi. Chap tomon ko‘krak ustida og‘riq, achishish alomatlari paydo bo‘ladi. Siz aytgandek, agarda xuruj inson asabiylashmagan, tinch holda ham uchrab tursa, bu stenokardiyaning og‘ir turi hisoblanadi. Agarda bemor qunt bilan davolansa, kasallik asoratsiz o‘tib ketadi.

Miokard infarktining kelib chiqish sabablari

Miokard infarktining rivojlanishiga 

Ushbu omillar qatoriga yana bir muhim bandni — kishi atrofida yuz berayotgan voqealarni yuragiga yaqin olaverishi holatini qo‘shish mumkin. Afsuski, turmushning har turli qiyinchiliklarini jiddiy va fojiaviy qabul qilish; hammasini ichga yutib yuraverish; yolg‘iz qolishga intilib, hech kimning maslahatiga quloq solmaslik; yaqinlar, do‘stlar yordamini olmaslik; tajribali ruhshunos yoki shifokorlarga murojaat etmasdan, ilojsiz (tuyilgan) vaziyatlardan chiqishga urinish ko‘proq erkaklar tabiatiga xos. Shu «chora»lardan birini tanlaganlar  vaqtinchalik stress, tushkunlik holatida kishini kuchdan qoldirib, xastaliklarga sabab bo‘luvchi uzoq muddatli ruhiy zarbalarga aylantirib yuborishadi.

Yurak ishemik kasalligining kelib chiqishini  tezlashtiruvchi faktorlar

Yurak ishemik kasalliklari (stenokardiya, miokard infarkti, kardioskleroz) hozirgi vaqtda keng tarqalgan dardga aylangan. Buning asosiy kelib chiquvchi sabablari quyidagilar:

  • Tarkibida ko‘p miqdorda yog‘, xolesterin, uglevodlar, tuz bo‘lgan yuqori kaloriyali ovqat iste’mol qilishdadir.
  • Chekishda. Yurak ishemik kasalligidan to‘satdan o‘lish hodisasi chekmovchilarga nisbatan kashandalar orasida besh marta ko‘p sodir bo‘lishi kuzatilgan.
  • Kam harakatlilik. Kam harakatli hayot tarzi, ma’lumki, kishi organizmidagi kaloriya balansi buzilishi natijasida semirishga sabab bo‘ladi.
  • Alkogol. Spirtli ichimliklar ko‘pincha miokard infarktining ro‘y berishiga sabab bo‘lib, to‘satdan yuz beruvchi o‘lim hodisalarining qariyb 39 foizi ichkilik ichish bilan bog‘liqdir.

Bundan tashqari, inson hayotida ro‘y berib turadigan hayajonlanish, oilalardagi yoki ishxonalardagi har xil ikir-chikirlar, janjallar singari turli omillar ham yurak xastaliklarining rivojlanishiga turtki berib, yana ham zo‘raytiradi.

Miokard infarkti takrorlanishi mumkinmi?

Afsuski, takrorlanishi mumkin. Insultni boshidan kechirgan bemorlarning taxminan 14 foizi yana shu dardga chalingan. Shuni aytishim lozimki, kasallik qaytalanmasligi uchun hadeb bilib-bilmasdan qimmatbaho dorilarni sotib olmang, birinchi navbatda yuqorida nomi tilga olingan omillarni bartaraf eting. Ayrim bemorlarimiz yurak qon-tomirlari kasalliklarining og‘ir turlarini boshlaridan kechirgan bo‘lsalar-da, spirtli ichimlik iste’mol qilaveradilar, chekishni tashlamaydilar, yog‘li, qovurilgan, dudlangan taomlarni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiymaydilar.

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinganlar o‘zlarini qanday nazorat qilishlari kerak? Bu paytda qanday dorilar yonlarida bo‘lgani ma’qul?

Infarkt va insult tomirlarga tromb tiqilib qolishidan kelib chiqadi. Miokard infarktida tromblar toj (koronar) arteriyada, ishemik insultda esa miya tomiriga tiqilgan bo‘ladi. Tromb qon laxtasi bo‘lib, tomir devoriga yopishib oladi. U miya yoki yurak tomirlarini tiqiltirib, ma’lum bir qismini qondan mahrum qiladi. Shuning uchun yoningizda tromblarga qarshi eng ko‘p qo‘llaniladigan dorilardan biri-bu aspirin bo‘lishi lozim. Mutaxassislarning aytishicha, aspirin qabul qilish ayollarda infarkt qaytalashi xavfini 25 foizga, insul’t xavfini 22 foizga kamaytiradi. Erkaklarda esa 19 va 17 foizga kamaytiradi. Statinlar guruhidagi dorilar ham yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi keng ishlatiladi. Ular organizmda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu kasallikka chalingan bemorlar jismoniy mashqlar bajarishimiz mumkinmi, deb so‘rashadi. Jismoniy mashg‘ulotlarni boshlashdan oldin o‘zingizning tayyorligingizni, imkoniyatlaringizni hisobga oling. Mutaxassis shifokorning tavsiyasisiz o‘z bilganingizcha ish qilmang, degan bo‘lardim.

 

© Mehriniso Qurbonova, kardiolog.
"Bekajon" gazetasi.

ico
Tug‘ma yurak nuqsonlari

Tug‘ma yurak nuqsonlari –bu guruhli kasallik bo‘lib, yurakning anatomik yetishmovchiligi (klapan, tomir), onaning qornida kechadigan, yurak ichi va gemodinamikaning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Asosiy belgilari terining oqarishi, ko‘karish belgilari, yurak shovqinlari, rivojlanishdan ortda qolish, nafas va yurak yetishmovchiligi belgilaridir. Agar tug‘ma yurak nuqsoniga shubha bo‘lsa, EKG, FKG, rentgen, ExoKG, yurak kateterizatsiyasi, aortagrafiya, kardiografiya, yurak MRT si o‘tkaziladi. Ko‘p xollarda kardioxirurgik davolash usuli qo‘llaniladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bu – yurak va yirik qon tomirlar kasalligi bo‘lib, qon oqimi o‘zgarishlari, yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarining uchrash ehtimoli tug‘iladigan barcha chaqaloqlarning 0,8 dan 1,2 % ini tashkil qiladi. Tug‘ma yurak nuqsonlari barcha tug‘ma nuqsonlarning 10-30 % ini tashkil etadi. Kardiologiyada ko‘plab uchrovchi yurak nuqsonlariga qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi, (20%), bo‘lmachalararo to‘siq yetishmovchiligi, aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi, Batalov yo‘li yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar tranpozitsiyasi, o‘pka arteriyasining stenozi (10-15 %) kabilar kiradi.

[caption id="attachment_10938" align="aligncenter" width="660"]yurak porogi Foto: lecheniedetej.ru[/caption]

Tug‘ma yurak nuqsonlari sabablari

Yurak nuqsonlaririning kelib chiqish sabablari xromosoma buzilishlari (5 %), gen mutatsiyasi (2-3%), tashqi muhit ta’siri (1-2 %), poligen faktorlarga moyillik (90%) bo‘lishi mumkin.

Tug‘ma yurak nuqsonalari bir dona genning o‘zgarishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarda tug‘ma yurak nuqsonlari autosoma dominant holatda yuzaga keladi (Marfan sindromi, Xolta-Orama, Kruzona, Nunana va boshqa sindromlar). Autosoma retsessiv holatda esa Karatagenera, Karpenter, Robert, Gurler va sindromlar bilan xarakterlanadi.

Bundan tashqari, tashqi muhit ta’sirlariga homiladorlik paytdagi virus kasalliklari, radiatsiya, dori vositalari, zararli odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Homila rivojlanishining birinchi uch oyligida yurak tug‘ma nuqsonlarining hosil bo‘lishi ehtimoli yuqoridir.

Ona qornida qizilcha virusi bilan zararlanish, uchta kasallik glaukoma yoki katarakta, karlik, tug‘ma yurak nuqsonlari (Fallo tetradasi, magistral tomirlar transpozitsiyasi, klapan yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi stenozi va b.) olib kelishi mumkin. Yana bosh mikrotsefaliyasini, o‘sish va rivojlanishdan ortda qolish belgilari ham rivojlanishi mumkin. Qizilchadan tashqari tug‘ma yurak nuqsonlarini oddiy gerpes, adenovirus, gepatit, sitomegaliya, mikoplazmoz, toksoplazmoz, listerioz, sifilis, tuberkulyoz kabi infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.

Homila alkogol sindromida qorinchalar va bo‘lmachalar yetishmovchiligi, Battalov yo‘li yetishmovchiligi kelib chiqishi mumkin.

Diabetga chalingan homilador ayollarda yurak tug‘ma nuqsonli farzandlar tug‘ilish xavfi ko‘proq bo‘ladi. Bunda homilada qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi va yirik tomirlar transpozitsiyasi kuzatiladi. Revmatizm bilan kasallangan ayollarda yurak nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi 25 % ni tashkil etadi. Homilador ayolning yoshi 15-17 yoshdan kichik, 40 yoshdan katta, birinchi uch oylikdagi toksikozlar, endokrin buzilishlar ham yurak tug‘ma nuqsonlariga olib kelishi mumkin.

Yurak tug‘ma nuqsonlari (Yurak poroklari) klassifikatsiyasi

Yurak tug‘ma nuqsonlarining bir necha xil klassifikatsiyalari mavjud. O‘pka qon aylanish doirasiga ta’siri ko‘ra:

  • Kichik qon aylanish doirasidagi o‘zgarish: aorta klapani yetishmovchilishi, aorta stenozi, o‘pka arteriyasi klapan yetishmovchiligi, mitral yetishmovchilik, aorta koarktatsiyasi;
  • Yurak tug‘ma nuqsoni o‘pkadagi qon aylanishining kuchayishi: Ochiq Batalov yo‘li, QATЕ, BATЕ, aorta koarktatsiyasi;
  • Tug‘ma yurak nuqsoni o‘pka qon aylanish tizimi bilan aralashish: Fallo kasalliklari, o‘ng qorincha gipoplaziyasi, Ebshteyn anomaliyasi;
  • Guruhli tug‘ma yurak nuqsonlari: yirik qon tomirlar transpozitsiyasi, Taussig-Binga anomaliyasi.

Yurak poroklarida qon aylanish

Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida kichik qon aylanish doirasida gipervolemiya hisobiga gipertenziya, ko‘k yetishmovchilikda esa kasallarda gipoksemiya kuzatiladi. 50 % bemorlar kardioxirurgik davolash amliyoti o‘tkazilmasa, hayotining birinchi yilidayoq nobud bo‘ladi.

Sianozlik yurak tug‘ma nuqsonida arterial qonning venoz qon bilan aralashishi tufayli katta qon aylanish doirasida zo‘riqish va kichik qon aylanish doirasida gipovolemiya kuzatiladi. Bunda teri va shilliq qavatlar ko‘karishi mumkin. Bunday paytda organizmning kollateral qon tomirlar kompensator tarzda ishga tushadi va bemor hayotini uzoqroq davom etishini ta’minlaydi. Uzoq vaqt zo‘riqish bilan ishlash yurak miokardining o‘zgarib bo‘lmas o‘zgarishlarga olib keladi.

Yurak tug‘ma nuqsonlari belgilari

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda o‘ziga xos belgilar kuzatiladi. Ya’ni ularning yuragida shovqinlar paydo bo‘lishi mumkin, terida ko‘karishlar, rangparlik, kamqonlik, harakatdagi sustkashliklar bezovta qiladi. Bemor bolalar tengdoshlariga nisbatan jisman rivojlanishdan orqada qolishi, shuningdek organizm himoya kuchlari susayib, yuqumli va boshqa kasalliklarga ko‘proq chalinishlari mumkin.

Sianozli yurak tug‘ma nuqsonlarida teri va shilliq qavatlarning ko‘karishi kuzatiladi. Ko‘karish kichik zo‘riqishdan so‘ng: sut emganda, yig‘laganda kuchayadi. Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida terida oqarishlar, qo‘l va oyoqlarda haroratning pasayishi kuzatiladi. Yurak tug‘ma nuqsonli bolalar ko‘krakni inkor qilishadi, sut emish davomida charchab qoladi. Ularda terlash, taxikardiya, aritmiya, nafas qisishi, bo‘yin qon tomirlari pulsatsiyasi kuzatiladi. Surunkali qon aylanish buzilishida bola vazn qo‘shish, bo‘y o‘sishi va rivojlanish belgilaridan ortda qoladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarida tug‘ilgandan keyin yurak shovqinlari eshitiladi. Keyinchalik esa yurak yetishmovchiligi kuzatiladi. Yurak tug‘ma nuqsonlari bakterial endokardit, politsitemiya, periferik tomirlar trombozi, bosh miya tomirlari tromboemboliyasi, pnevmoniya, stenokardiya sindromi, miokard infarkti kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.

Yurak tug‘ma nuqsonlarini tashxislash

[caption id="attachment_10939" align="aligncenter" width="700"]yurak nuqsonlari Foto: arabamericannews.com[/caption]

Bolada vizual ko‘rikda teri qoplamilarida sianoz o‘choqlari taxlil qilinadi. Auskultatsiyada yurak tonlarining o‘zgarishlari o‘rganiladi. Odatda yurak tonlari bilan yurak shovqinlari ham eshitiladi. Instrumental tekshiruv usullaridan – elektrokardiografiya, FKG, ExoKG lar o‘tkaziladi.

EKG da yurakning turli qismlari gipertrofiyasi, yurak joylashuvi, aritmiya kabilarga tashxis qo‘yish mumkin. FKG yordamida yurak tonlari va shovqinlarining xarakterli belgilar o‘rganiladi. Rentgeografiyada kichik qon aylanish doirasi, yurak joylashuvi, o‘lchami, shakli, o‘pka, plevra, umurtqalar o‘zgarishlari tashxislanadi. ExoKG tekshiruv usulida yurak devorlari va klapanlar yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar joylashuvchi, yurak miokardining qisqaruvchanlik xususiyatlari baholanadi.

Yurak tug‘ma nuqsonlarini davolash

Hozirgi kunda bolalar kardiologiyasining asosiy muammolaridan bir bu tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotining birinchi yilida operativ davolash usuli hisoblanadi. Ko‘plab operatsiyalar sianozli yurak tug‘ma nuqsonlari uchun olib boriladi. Har bir yurak tug‘ma nuqsoni holatiga ko‘ra davolanadi. QATЕ, BATЕ kabilar plastika yo‘li bilan operativ muolaja o‘tkaziladi. Aortal yetishmovchiliklarda esa, masalan, aorta kaorktatsiyasida ballonli kengaytirish, aorta stenozida plastika muolajalari o‘tkaziladi. Ochiq Batalov yo‘lida bu yo‘lni bog‘lash operatsiyasi o‘tkaziladi. Agar radikal operatsiya o‘tkazish imkoni bo‘lmasa Fonten, Senning, Mastarad operatsiyalari qo‘llaniladi.

© Krasotaimedicina.ruAvitsenna.uz


Foydali maslahatlar

Bugungi kunda tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash, oldini olishga qaratilgan tadbirlar mavjud bo‘lib, bu sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va kasallikni belgilariga qarab davolashdan iborat. Jarrohlik yo‘li bilan davolash zaruriyati tug‘ilganda, ko‘pincha tug‘ma yurak nuqsonlari bilan kasallangan bolalar 3-10 yoshligida operatsiya qilinadilar.

To‘laqonli parvarish qilish orqali kasallik asoratsiz kechishiga erishish mumkin. Ularni tez-tez shamollaydigan kishilardan uzoqda tutish, har qanday nafas yo‘llari infeksiyalariga chalinsa, zudlik bilan davolash kerak.

Bola ovqatlanishiga alohida e’tibor berish va jismoniy faoliyatini boshqarish muhim o‘rin tutadi. Bemor bolaning tana harorati ko‘tarilganda to‘shakka yotqizish bilan birga vrach tavsiyasiga binoan antibiotikli muolaja qilish, shuningdek issiq oylarda va tana harorati ko‘tarilganda bola organizmi suvsizlanmasligi uchun ko‘krak yoshidagilar 800-1000 ml, undan kattalar 1500-2000 ml suyuqlik ichishlarini nazorat qilish lozim.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarga jismoniy faollikni birmuncha kamaytirgan ma’qul. Shuningdek, har bir bemorni qon aylanishini buzilishiga olib keladigan jismoniy va aqliy toliqishdan asrash, qon tomirlarini chiniqtirishga ko‘maklashadigan yengil jismoniy ishlar bajarishga imkon yaratish kerak.

[caption id="attachment_10940" align="aligncenter" width="730"] Foto: Depositphotos.com[/caption]

Yurak nuqsonlari bilan kasallangan ayollarga farzand ko‘rish hamma vaqt ham tavsiya etilavermaydi, chunki homiladorlik davrida qorinda rivojlanayotgan bolaning kislorodga bo‘lgan talabchanligi oshadi, bu esa yurak faoliyatini yanada qiyinlashtiradi. Har qanday yurak qopqoqlari nuqsonlarida homiladorlikni sakkizinchi haftagacha albatta to‘xtatish talab etiladi.

Sog‘lom farzand ko‘rish uchun avvalo ayollarning o‘zlari sog‘lom bo‘lishlari, spirtli ichimlik ichish va tamaki chekishdan voz kechib, qandli diabet kabi og‘ir xastaliklardan saqlanishlari, yaqin qarindoshlik nikohlariga yo‘l qo‘ymaslik, xomiladorlikning dastlabki uch oyida esa virusli infeksiyalarga chalinmasliklari lozim.

Yurak nuqsonlari rivojlanishining oldini olishda revmatizm, ateroskleroz, zahm kabi kasalliklarga qarshi kurashish, shuningdek burun-og‘iz bo‘shliqlarini sog‘lomlashtirish, surunkali tonzillit va kasallangan tishlarni davolash ham muhim ahamiyatga ega.

Yurak qopqoqlari (klapanlari) va ularning yo‘llaridagi to‘qimalarda salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lganda, yurakda qon aylanishi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Bemorni infeksiyalardan, ayniqsa revmatizm qaytalanishidan asrash, burun-tomoq yo‘llaridagi, og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiya o‘choqlarini aniqlab, o‘z vaqtida davolash tadbirlarini o‘tkazish muhim hisoblanadi.

 Sag‘dulla IBODOV, tibbiyot fanlari nomzodi.
 "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Infeksion endokardit: sabablari, belgilari, kechishi va davolash

Infeksion endokardit – asosan yurak klapanlarining zararlanishi va yurak endokard qavatining og‘ir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Endokard – yurak devorining tashqi tomondagi uchinchi – ichki qavati bo‘lib, yurak bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Infeksion endokardit og‘ir kechuvchi va aniqlanishi ancha qiyin bo‘lgan kasalliklardan biridir. Agar u o‘z vaqtida to‘g‘ri davolanmasa jiddiy asoratlar qoldirib, bemorni ancha qiynab qo‘yadi, hatto nogironlikka olib kelishi ham mumkin.

Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, infeksion endokarditning birlamchi turi yurak qopqoqlari zararlanmagan bemorlarda uchrasa, ikkilamchi turi esa ko‘pincha orttirilgan va tug‘ma yurak nuqsonlari bor kishilarda rivojlanadi. Ilgari yurak kasalliklari tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, sepsis, urologik, invaziv diagnostik muolajalarni qabul qilgan yoki qon tomirlariga tez-tez dori yuborish muolajasini olib turadigan kishilarda va giyohvandlarda va infeksion endokardit xastaligi ro‘y berishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘tkir respirator kasalliklar, og‘iz bo‘shlig‘ida yiringli o‘choqlarning bo‘lishi va shu sohada qilingan operatsiyalar, tanosil a’zolari jarrohligi yoki bu a’zolarda asboblar yordamida uzoq vaqt tekshirilishi tekshiruv davomida zond (kateter)larning uzoq turib qolishi singari holatlarda organizmda infeksiya o‘chog‘i paydo bo‘ladi va kasallik kelib chiqishi mumkin.

Klinik kechishi bo‘yicha kasallikning o‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali (qaytalanib turuvchi) turlari mavjudligi aniqlanilgan.

Kasallikning rivojlanishi

Infeksiya-bakteriyalar qon orqali yurak qopqoqchalari (klapanlari)ga o‘tib boradi va shu yerda to‘xtab, ikkilamchi infeksiya o‘chog‘ini hosil qiladi. Qopqoqchalarda va uning yaqinida-arterial tomirlarga o‘rnashib olgan mikroblar yig‘ilib to‘plamlar hosil qiladi, kasallik rivojlanishi jarayonida shu o‘choqli to‘plamlar uzilib bo‘lakcha (embol)lar ajralib chiqadi va qon tomir orqali tarqalishi natijasida septik holat yuzaga keladi. Embollar qon oqimi bilan tanadagi turli a’zolarga tushib to‘xtashi oqibatida tromboemboliya yoki absess – yiringli o‘choq asoratlari sodir bo‘ladi. Yurak qopqoqlarida joylashib olgan infeksiyalar a’zo va to‘qimalarda haddan tashqari kuchli reaksiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Umuman bu kasallikning rivojlanishi va zo‘rayishi kasallangan a’zolarda distrofik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida infeksion endokardit oxirgi bosqichga o‘tib tana a’zolari faoliyatining buzilishi (masalan yurak-tomir, jigar, taloq hamda buyrak yetishmovchiligi) kuzatilishi mumkin.

Infeksion endokarditning rivojlanish bosqichlari tanadagi a’zolar tizimining qay darajada shikastlanishi bilan bog‘liq. Agar xastalik sababi virulent – patogen infeksiya bo‘lsa, endokarditning o‘tkir kechishi kuzatiladi. Bunda bemorlar qaltiraydi, kuchli terlash holati ro‘y beradi, tana harorati juda ham baland bo‘ladi. Bunda yurak va ichki a’zolar shikastlanib, 1-2 oy davomida zo‘rayib boruvchi yurak-tomir hamda nafas yetishmovchiligi, jigar, taloq va buyrak faoliyati izdan chiqishi yoki bosh miya tomirlarida trombo emboliya holati ro‘y beradi. Bunday holatlarda bemorning hayoti xavf ostida qoladi.

Kasallikning o‘rtacha o‘tkir kechishida esa umumiy holsizlik, charchoq, ishtaha pasayishi, ozish, bosh og‘rig‘i, terlash va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Bemorlarning taxminan uchdan bir qismida infeksion endokardit ko‘pincha angina, zotiljam, yiringli otit, siydik yo‘llari infeksiyasi, bola oldirish (abort qildirish) yoki tug‘ruqdan keyin rivojlanishi mumkin. Ayrimlarda bu xastalik gemorragik belgilar (masalan oshqozon-ichak yoki burundan qon ketishi) bilan boshlansa, boshqa bir xil kishilarda esa septik gepatit, o‘pka abssessi, tromboembolik bo‘yin venalarining shishishi bilan kuzatiladi. Kasallikning boshlang‘ich davrlarida bemor terisi rangpar, kulrang, kechki davrlarda esa “sutli qahva” rangida bo‘lishi mumkin.

Infeksion endokarditda mayda tomirlar devori shikastlanishi sababli ko‘z qovoqlarida, qattiq va yumshoq tanglayda, bo‘yinda, ko‘krak, bilak va qo‘l-oyoq kaftlarida ko‘kimtir dog‘lar paydo bo‘ladi va ularda qontalashlar kuzatiladi. Ba’zi bemorlarning bo‘g‘imlarida og‘riq turadi, ya’ni mayda yoki yirik bo‘g‘imlarida artrit rivojlanadi. Umuman olganda infeksion endokarditning asosiy belgisi yurak shikastlanishi bo‘lib, bu xol ko‘krak sohasida stenokardiya yoki miokard infarktiga o‘xshash og‘riq bilan ifodalanadi.

[box type="info" align="aligncenter" ]Kasallikning erta davrida o‘choqli nefrit, kechki davrlarida glomerulonefrit belgilari rivojlanadi. Shuningdek jigar, taloq kattalashishi mumkin. Hatto bemorda asab tizimi shikastlanib, meningoensefalit va ruhiy o‘zgarishlar bilan ifodalanadi.[/box]

Infeksion endokarditning dastlabki bosqichlari turli bemorlarda turlicha boshlanadi. Masalan:

  1. Kasallikning asta-sekin boshlanishida bo‘shashish, o‘zini yomon his etish, bosh va bo‘g‘imlarda og‘riq turishi holatlari ro‘y beradi. Bu vaqtda infeksion endokarditni ayrim kasalliklar (ya’ni revmatizm, aorta qopqoqlari yetishmovchiligi, perikardit, poliserozit, bo‘g‘im kasalligi singarilar) dan farqlash lozim.
  2. Endokardit o‘tkir yuqumli kasallikka o‘xshash holatda boshlanganda bemor kuchli terlaydi, titraydi va tana harorati baland ko‘tariladi. Shunday paytda infeksion endokarditni gripp, terlama, bezgak kabi yuqumli xastaliklardan ajrata bilish muhim.
  3. Xastalik tromboembolik asorat bilan (ko‘pincha miya, taloq, buyrakda) boshlanganda uni buyrak tosh kasalligi bilan adashtirmaslik kerak.
  4. Infeksion endokardit o‘tkir glomerulonefrit, tizimli qizil yugurik, bezgak, brutsellyoz, zahmli aortit belgilari bilan yuzaga kelishi yoki kamqonlik va taloq kattalashishi bilan kechadigan “gematologik niqobli” bo‘lishi ham mumkin. Shunday holatlarda bu kasallikni qon tizimining boshqa ko‘plab xastaliklaridan farqlab olish zarur.

Tashxislash

Infeksion endokarditni tashxislash uchun bemorda EKG, ExoKG (iloji bo‘lganda transtorakal ExoKG), ko‘krak qafasining rentgenografiyasi, periferik qon tomirlar dopplerografiyasi, 3 soatlik termometriya, umumiy qon tahlili, umumiy peshob tahlili, qonning bakterial ekmasi va boshqa biokimyoviy tekshirishlar o‘tkaziladi.

Davolash

Davolash kasallikni yuzaga keltirgan sabablarga qarab amalga oshiriladi. Infeksion endokarditning boshlang‘ich davrida uzoq vaqt katta miqdorda kasallikka sezgir bo‘lgan antibiotiklar qo‘llanilsa xastalik tezroq tuzaladi. Bemorning immun tizimi ishini yaxshilovchi gormonal, nosteroid, peshob haydovchi, umumquvvatni oshiruvchi dori-darmonlar ham berish mumkin. Bordiyu antibiotiklar bilan davolash yaxshi natija bermasa, yurak qopqoqlarini jarrohlik yo‘li bilan sun’iy qopqoqlarga almashtirish mumkin.

Har bir kishi bilishi zarurki, kasallikning oldini olish uchun yurak xastaligi bilan og‘rigan bemor doimiy dispanser nazoratida turishi, og‘iz, burun va boshqa sohalardagi yiringli infeksiyalar o‘chog‘ini o‘z vaqtida aniqlab, muolajalarni barvaqt boshlashi dard tuzalishida muhim ahamiyatga ega.

© Gulchehra JABBOROVA, oliy toifali kardiolog.

 «Sihat-salomatlik» jurnali

ico
Hilpiroq aritmiya: sabab, belgilar, tashxislash va davolash

Hilpiroq aritmiya – bu yurak aritmiyalaridan biri hisoblanadi. Aritmiya so‘zi yunoncha aritmos (a – yo‘q, ritmos – marom) so‘zidan olingan bo‘lib, barcha yurak maromi buzilishlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Aritmiya bilan tibbiyotning kardiologiya sohasi keng shug‘ullanadi. Ushbu maqolada biz hilpiroq aritmiyaga kengroq to‘xtalishni niyat qildik. Hilpiroq aritmiya – yurakning tez va tartibsiz urishi bo‘lib, qon aylanishining buzilishi va boshqa turli asoratlarga sabab bo‘ladi.

Nega endi “hilpiroq aritmiya”?

Ushbu turdagi aritmiyaga bunday badiiy nom berilishi bejiz emas. Hilpiroq aritmiyada yurakning bo‘lmachalari bir butun bo‘lib harakat qilmay, balki tartibsiz, mayda bo‘laklarga bo‘lingan holda, xuddi bayroqning hilpirashi kabi harakat qiladi. Bunday hilpirashlar soni daqiqasiga 400-700 marta bo‘ladi. Hozirgi kunga kelib olimlar bu atamani qayta ko‘rib chiqqan holda, unga “bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi” deya nom berganlar, ammo eski atama qo‘llansa ham xato bo‘lmaydi.

Qanday turlari mavjud?

Xurujlarining davomiyligi, uning boshlanishi va tugashiga ko‘ra, hilpiroq aritmiya quyidagi turlari mavjud:

  • paroksizmal, ya’ni xurujsimon – bir maromda urib turgan yurakda qo‘qqisdan, xilpiroq aritmiya xuruji boshlanadi, oradan ma’lum bir vaqt o‘tgach, xuruj o‘z-o‘zidan yoki shifokor yordamida yurak yana bir maromda ura boshlaydi. Bunday xurujlarning davomiyligi bir necha daqiqadan 72 soatgacha davom etishi mumkin;
  • persistent, ya’ni saqlanib turuvchi – xuruj bir necha sutkagacha, va xatto hafta, oygacha davom etishi mumkin. Bunday xurujni faqat shifokor bartaraf qilishi mumkin;
  • doimiy hilpiroq aritmiya – bu turda hilpiroq aritmiya qachondir boshlangan, ammo bemor qachon boshlanganini bilmagan bo‘lishi mumkin, bunday hilpiroq aritmiya bartaraf bo‘lishi ehtimolligi juda kam va ko‘p hollarda tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, uni bartaraf qilish xavflidir;
  • alohida turdagi hilpiroq aritmiya – bu turdagi hilpiroq aritmiya asosan yoshlarda uchraydi, yuqori xavfga ega emas, ko‘p hollarda yurak xastaligi bo‘lmagan insonlarda uchraydi.

Hilpiroq aritmiyaning sabablari

Sabablarni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin.

Agar xilpiroq aritmiya – yurakda yuzaga kelgan qandaydir salbiy o‘zgarish yoki avvalroq rivojlanib ulgurgan kasallik ta’sirida yuzaga kelsa, bu yurak bilan bog‘liq sabablardir.

Demak, yurakka bog‘liq sabablar:

  • yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari;
  • xafaqon xastaligi;
  • yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti;
  • yurak mushagining nimjonligi bilan kechuvchi kasalliklar – kardiomiopatiyalar;
  • yurak mushagining yallig‘lanishi – miokarditlar;
  • yurak xaltasining yallig‘lanishi – perikarditlar;
  • yurakda bajariladigan turli jarrohlik amaliyotlari.

Yurakka bog‘liq bo‘lmagan sabablar:

Ba’zi odamlarda ma’lum bir omillardan so‘ng, albatta, hilpiroq aritmiya xuruji yuzaga keladi, bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • spirtli ichimliklar (ayniqsa, qizil sharob) ni “to‘yib” iste’mol qilgandan so‘ng;
  • qahva va shokoladni iste’molidan so‘ng;
  • sigareta chekishdan so‘ng;
  • haddan tashqari ko‘p taom iste’mol qilish.

Bunday omillardan so‘ng yuzaga kelgan hilpiroq aritmiya xurujlarini olimlari hazilomuz ohangda “bayramona yurak” deb atashadi.

Hilpiroq aritmiyaning belgilari:

  • yurak urib ketishi;
  • tomir urishining turlicha va betartib bo‘lishi;
  • havo yetishmaganday bo‘lishi;
  • bosh aylanishi;
  • umumiy holsizlik va tez charchash;
  • yurak sohasida og‘riq yoki noxushlikni sezish;
  • hushdan ketish, yo‘tal, uyqusizlik.

Qanday tashxislanadi?

Agar siz yoki yaqiningiz yuqoridagi belgilarni o‘zida sezsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Eng avvalo tez yordamga murojaat qilish lozim. Tez yordam kelguncha, odam o‘zo‘ziga quyidagicha yordam ko‘rsatishi mumkin:

  • ko‘zlar yumiladi va 10 soniya davomida ko‘z olmalari ikkala ko‘rsatkich barmoq bilan qattiqroq, lekin og‘ritmaydigan darajada bosiladi. Ushbu amal 1 daqiqada 3 marta bajariladi;
  • chuqur nafas olinadi va ushlab turiladi; amal 5 marta takrorlanadi va 2-3 daqiqa kutib turiladi, so‘ngra yana bajarish mumkin;
  • oyoqni tizza bo‘g‘imida bukib, o‘tirib olinadi, qorinlar songa tekkan; shu vaziyatda chuqur nafas olib so‘ng, kuchaniq bajariladi;
  • bosh sovuq suvga botiriladi.

Muolajalar yordam bermagan hollarda tez tibbiy yordam kelishini kutish lozim. Xuruj tezda o‘tib ketgan bo‘lsa-da, shifokor qabuliga borish lozim.

Hilpiroq aritmiya qanday davolanadi?

Hilpiroq aritmiya – bu surunkali kasallik bo‘lib, davolash va doimiy kuzatuvni talab etadi. Hilpiroq aritmiyani qanday davolashni faqat kardiolog shifokor hal qiladi. Qulaylik uchun davolashning ikki turini ko‘rsatib o‘tamiz:

  • dori vositalari bilan davolash;
  • jarrohlik usuli bilan davolash.

Dori vositalari bilan davolash – xurujni bartaraf qilish, hilpiroq aritmiyaning asoratlarini oldini olish yoki ularni davolashga qaratilgan.

Jarrohlik usuli bilan davolash, odam tanasida hech qanday katta kesimlar qilinmaydi, narkoz berilmaydi, bemor og‘riqni sezmaydi. Hozirgi kunda olimlar tomonidan bir necha amaliyot turlari taklif etilgan bo‘lib, ularga kateter ablyatsiyasi, labirint amaliyotini kiritish mumkin. O‘zbekiston sharoitida hozircha faqat kateter ablyatsiyasi bajarilmoqda.

Asoratlari qanday?

Yurakning betartib va tez qisqarish natijasida bo‘lmachalar devorida asta-sekinlik bilan qon quyqalari shakllanib boradi. Qon quyqalari – ya’ni, tromblar juda xavfli bo‘lib, ularning ko‘chishi natijasida ular qon oqimi bo‘ylab, biron tomirga borib tiqilishi mumkin. Buning natijasida, o‘sha tomir qaysi a’zoni qon bilan ta’minlaydigan bo‘lsa, o‘sha a’zo faoliyatining keskin buzilishi va hatto o‘lim yuza kelishi mumkin.

Xususan, tromblar miya tomirlariga tiqilganda, bosh miyada o‘tkir qon aylanish buzilishi – insult yuzaga kelishi mumkin. Shu asoratni oldini olish maqsadida shifokor qonni suyultiruvchi dori vositalarini buyurishi mumkin. Yurakning betartib qisqarishi – odamda borgan sari yurak yetishmovchiligi shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi – bu yurak mushagining yetarli qisqarmasligi, holsizligi natijasida o‘z ishini to‘la-to‘kis bajarolmasligidir. Yurak yetishmovchiligi surunkali kasallik bo‘lib, qonning tanada yaxshi haydalmasligi bilan ifodalanadi.

So‘ngso‘z o‘rnida: biz uch kishimiz – shifokor, bemor va kasallik. Bemor qaysi tarafda bo‘lsa, o‘sha taraf yutadi.

© Umid Abdusattorov, kardiolog.

Tib.uz nashri.