Kosmetologiya

MAQOLALAR

ico
Quloq teshtirish. Uni qachon amalga oshirish kerak?

— Egizak qizlarim bor. Ular endigina uch oylik bo‘lishdi. Qaynonam ularning quloqlarini teshtirib, zirak taqmoqchi. Qizlarimning qulog‘ini ayni paytda teshtirsak bo‘ladimi?

quloq teshtirish

— Qiz bola olti oylik bo‘lgunga qadar qulog‘ini teshish tavsiya etilmaydi.  Chunki bu davrda bola tanasi hali mustahkam bo‘lmaydi, teshilgan joyga turli infeksiyalar tushishi ehtimoli katta. Bir yoshli bolaga ham zirak taqmagan ma’qul. Chunki bola bexos tushib qolgan mayda buyumni og‘ziga solib yutib yuborishi yoki quloq ichiga kiritib yuborishi mumkin. Bu esa, jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq. Bola qulog‘ini 1,5 yoshdan keyin teshgan ma’qul. Bu yoshda bola hali qo‘rquvni his etmaydi va og‘riqni tez esdan chiqaradi. Katta yoshli buvilarimiz «Qaldirg‘och kelguniga qadar quloqni teshtirish kerak», deydi. Bu gapda ham jon bor. Negaki, qishda sovuq harorat tufayli quloq yiringlab ketishi mumkin. Yozda esa chang va issiq harorat tufayli teshilgan joyning bitishi cho‘zilib ketadi. Aynan shuning uchun ham erta bahor va kech kuz pallasi quloq teshtirish uchun eng qulay fursat hisoblanadi.

Aytish joizki, quloqning yumshoq qismida biologik faol nuqtalar joylashgan bo‘lib, ular tanamizning ma’lum a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Quloqning xavfsiz, ya’ni biologik nuqtalardan holi joyini mutaxassis shifokor aniqlab berishi mumkin.

«To‘pponcha» uslubi

Hozirgi vaqtda «To‘pponcha» usuli bilan quloqni teshish urf bo‘lgan. «To‘pponcha» bilan teshishning foydali tomoni shundaki, teshish jarayoni tez, yengil va og‘riqsiz bo‘ladi. Bolada qo‘rquv hissi paydo bo‘lishga ulgurmaydi. «To‘pponcha» ichidagi zirakcha maxsus tibbiy gipoallergen metalldan yasalgan bo‘lib, u kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha allergik ta’sirlarni kamaytiradi.

Parvarish qiling

Quloq teshilganidan so‘ng, eng asosiy vazifa yara va yiring paydo bo‘lishi oldini olishdir. Quloq teshilgandan so‘ng to‘rt hafta davomida (teshik butunlay bitguncha) maxsus ziraklarni qizaloq quloqlaridan yechmaslik kerak. Ikki-uch kun davomida boshni yuvish mumkin emas.

Har kuni 3-4 mahal teshik atrofini antiseptik vosita (furatsilin eritmasi yoki vodorod peroksidini suv bilan aralashtirib (shifokordan tavsiyasi asosida olib borish kerak!) ) bilan artish, zirakni biroz bo‘shatib, qimirlatib qo‘yish kerak.

Maxsus sirg‘alarni birinchi marta yechish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ularni ehtiyotkorlik bilan, shoshmasdan yechish lozim.

© Madina ­MAHMUDOVA, kosmetolog-shifokor.
Ozoda VALIYEVA, jurnalist.
"Oila davrasida" gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Asrning buyuk yo‘lg‘oni: Sellyulit

Bundan 100 yil oldin ayollar, terilaridagi notekisliklar – bu chiroyli emas va ularni qanday qilib bo‘lsayam yo‘qotish kerak degan tushunishni hatto hayollariga ham keltirmaganlar. Klassiklarni rasmlarida ko‘ylaksiz go‘zal ayollar o‘zlarini tanalarini ko‘z – ko‘z qilib turishgan, usta – rassom esa ularni bellaridagi notekisliklarni yaqqol chizib ko‘rsatib bergan edi. Endi esa tananing bunday holati zamonamiz ayollari uchun yomon tush kabi bo‘lib qolgan va unga qarshi ayyovsiz kurashish kerak (aslida esa hojati yo‘q!) degan tushuncha paydo bo‘lgan.

Sellyulit nima o‘zi?

Sellyulit – bu teridagi odatda qorin, bel va dumbadagi notekislik va do‘ngiliklar hisoblanadi. XX – asr boshigacha bu nafaqat kasal hisoblanmagan hatto kosmetik nuqson sifatida tan olinmagan: o‘sha zamon yulduzlari rasmlarida biz bu holatni butun go‘zaligida ko‘ramiz va hatto reto‘sh rivojlangan davrlarda ham buni maskirovka qilish, berkitish hech kimni hayoliga kelmagan. Sellyulit mavjudligi o‘zingizni his qilishingizga ta’sir qilmaydi, modda almashuvi yomonlashmaydi va teri elastikligiga zarar yetkazmaydi. Uni mavjudligi hech narsaga umuman ta’sir etmaydi, agar kuzatuvchilarni estetik hissiyotlarini inobatga olmasak.

sellyulit

Birinchi marta sellyulit haqida 19 asrda Fransiyada so‘z yuritilgan. O‘sha paytda terini bu holatini “apelsin po‘stlog‘i” deb nomlangan va bu kosmetik nuqson hisoblanmay shunchaki terini holati bo‘lgan. Sellyulitni hozirgi tushunchasi 1973 yilda tug‘ilgan: ayni o‘shanda Gollivud yulduzlarini uchun kosmetik salon egasi Nikol Ronsar o‘zini “Sellyulit”: bu siz oldin qutula olmagan g‘ijimlar, shishchalar va do‘ngchalar degan kitobni chop etdi. Uni tan olishicha sellyulit muammosi bilan u 1967 yildan buyon shug‘ullanib, undan xalos etish usullarini izlagan va niyatiga yetgan. Asosiy jiloli jurnal Vogue kitobga retsenziya chop etdi va u bir zumda bestellerga aylandi va millionlab ayollar tanasidagi do‘ngichalarga qarshi kurashib g‘alaba nashidasiga surishni orzu qila boshladilar. Ronsarni kitobi bir necha marta qayta chop etildi va unga qo‘shimcha sifatida parhez retseptlar to‘plamini ham chop etdi. 2008 yilda kitob butunlay qayta ishlandi va “Sellyulitni bartaraf qilish” nomi bilan chop etildi.

Nega terini notekisliklari bilan kurashish g‘oyasi shunchalik mashhur bo‘lib ketdi

Aytish kerakki, aynan XX – asrda ayollar go‘zalligi tushunchasi butunlay o‘zgardi: to‘lishgan, do‘mboq, go‘zallar o‘rniga endi yosh o‘smir qizlarnikiga o‘xshash qaddi – qomatlar mashhur bo‘la boshladi: ingichka bel, kichkina ko‘krak, ingichka qo‘l va oyoqlar va albatta bolalarnikiday tekkis ideal teri. Go‘zallikni “bolalarcha” standarti modaga kirib keldi.

Xo‘sh, sellyulitchi? U bu yangi standartlarga to‘g‘ri kelmadi, o‘smir qizlarda sellyulit bo‘lmaydi, chunki u yetilgan teri va teriosti kletchatkasi alomatidir. Bu katta odamni, farqi yo‘q, erkakmi yoki ayolmi terisini absolyut normal holati hisoblanadi. Nikol Ronsar esa o‘z kitobida sellyulit – bu organizmni zaharlar bilan zaharlanish oqibati deb taqidlashni davom ettirdi va zaharlardan xalos bo‘lishni taklif etdi.

1978 yilda Amerika tibbiyot assotsiyasi sellyulitni kasallik emas va uni davolashni hojati yo‘q deb e’lon qilishiga qaramasdan, undan qutulush usularini taklif etayotgan kosmetik kompaniyalar uchun sellyulit – oltin xazina bo‘lib qoldi. Mana 50 yildan ortiq vaqtdan buyon sellyulitdan qutulish uchun yuzlab massaj turlari, o‘ranishlar, kremlar, yog‘lar va skrablar taklif etilmoqda, protseduralar – eng talab qilinayotgan xizmat turlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Gap shundaki, sellyulit qaryib hammada bor

Apelsin po‘stlog‘i effektini yaratadigan do‘ngchalar, teri osti yog‘ kletchatkasini to‘planishi teri va mushaklarini birlashtiradigan to‘qimani tortilib ketishi oqibatida paydo bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, kamida 90% ayollarda sellyulit kuzatiladi, chunonchi uni mavjudligi tana vazni va semizlik darajasiga bog‘liq emas.

Hatto ozgandan so‘ng u oldingidan ham ko‘proq kuzatiladi. O‘zgacha tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lgan yog‘ qatlalarini paydo bo‘lish sabablari bor. Teri osti qatlamda yog‘ hujayralari – adipotsitlar joylashgan.

selyullit erkaklarda

Teri va chuqur to‘qimalarni birlashtiradigan tolalar, yog‘lar to‘planadigan yacheykalarni shakllantiradi. Yog‘ hujayralari o‘lchami kattalashmasa, bu yacheykalar teri ustida do‘ngichalar paydo qiladi. Ayollar adipotsiti erkaklarnikiga qaraganda yirikroq va ko‘proq yog‘ to‘plash qobiliyatiga ega. Ayollarda, odatda tabiatdan sezgir, yupqa va elastik teri bo‘lib, uni ostidagi yog‘ ayniqsa sezilib turadi. Chunonchi, terini qarilik distrofiyasi yoki kam harakatli turmush tarzi tufayli sellyulit yanada sezirarli va ko‘rinarli bo‘lib qolishi mumkin.

Ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan o‘rta statistik ayolni organizmida yog‘ foizi, prinsipda erkak organizmidagidan ko‘p hisoblanadi. Bu farqlar jinsiy balog‘atga yetish davridan boshlanadi va umr davomida saqlanib qoladi va biokimyoviy, jinsiy farqlar oqibati hisoblanadi.

O‘smirlik davrida tanada yog‘likni normal kechishini taminlaydi. Bunday farqlikni sababi – ayollarni jinsiy gormonlari estrogenlarda: aynan ular tufayli organizmda yog‘lar taqsimlanishi “ayollar turi bo‘yicha” kechadi (u ko‘proq tos va dumbada bo‘ladi), uni to‘planishi esa teng barobar samarali bo‘ladi. Undan tashqari, yog‘ to‘qimasi gormonlar ishlab chiqarishga ko‘p hollarda javobgar hisoblanadi. Ayniqsa, estrogenlarni ishlab chiqarishda. Shuning uchun ham, har xil mashq yoki ochlik tufayli ko‘p miqdorda yog‘ to‘qimalarini yo‘qotganlarda hayz kelmay qolishi mumkin.

Do‘ngilikli sonlar — bu semirishni emas, ayol jinsining belgisidir. Har xil statistik ma’lumotlarga qaraganda, 85% dan 98% gacha bo‘lgan ayollarda dumba-bel sohalarida ko‘rinarli yog‘ to‘plamlari aniqlangan. Bu ularning bo‘yi yoki vazni bilan emas, balki gormonlari sabablidir. Bu degani, sellyulit har bir qirqinchi ayolda uchramaydi.

Sellyulit bilan kurashish mumkinmi?

Kosmetologlar kurashish mumkin deb ta’kidlashmoqda va quyidagi usullarni taklif etishmoqda:

Liposaksiya

Liposaksiya — bu yog‘lik to‘qimalarni jarrolik yo‘li bilan olib tashlashdir. Bu sellyulitni davolashga qaratilgan, lekin kosmetik defekt rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Chunki bu operatsiyadan keyin organizmda qolgan yog‘ to‘qimasi teri osti qavatiga notekis tarqalishi va do‘ngilik va chuqurchalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Mezoterapiya

mezoterapiya

Mezoterapiya — bu yog‘ to‘qimalariga qilinadigan inyeksiyalar, ancha og‘riqli va yoqimsiz tadbir bo‘la turib, odam sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin. Lipolitik preparatlarni asosiy ta’sir qiluvchi moddasi – fosfatidilxolin bir qancha Yevropa mamlakatlarida man etilgan, chunki uni asosida o‘tkazilgan amaliyotlar ko‘p hollarda jiddiy asoratlarga olib kelgan.

Antitsellyulit diyetasi

Antitsellyulit diyetasi ma’lum bo‘ldiki bu diyeta nafaqat ko‘zga ko‘rinadigan sellyulitni yo‘qotmaydi, balki ochlikdan so‘ng tarangligini yo‘qotgan teri tufayli kuchaytiradi.

Massajlar

Massajlar go‘yoki g‘ijimlangan yog‘ to‘qimalarini tarqatib, teri osti kletchatkasini ancha tekis qilib qo‘yadi. Ammo bu jiddiy shikastlanishlarda, jumladan g‘urra va shishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari massaj yog‘ qatlamiga emas teriga yo‘naltirilgan. U teri ostiga qon kelishini yahshilaydi, tonusni ko‘taradi va oqibatda sellyulitni sezilmaydigan qilib qo‘yadi, lekin hech qanaqasiga yog‘ to‘qimalari holatiga ta’sir qila olmaydi.

O‘ranish

Sellyulit

O‘ranish (rus - обёртывание) – bu protsedura organizmni suyuqlik yo‘qotishiga olib keladi. O‘ranish bilan ortiqcha shug‘ullanib bo‘lmaydi, chunki bu sog‘liq uchun xavfli – organizm suvsizlanishi oqibatida qon hajmi kamayadi, natijada organizmda toksinlar oshadi, elektrolit balansi buziladi, toliqish, mushaklar zaifligi, teri qichishishi vujudga keladi.

Suvsizlanish – juda havfli!

Inson organizmdagi umumiy suv hajmini 2%ni yo‘qotganda toliqish alomatlari paydo bo‘ladi. Agar sizning vazningiz 60 kg bo‘lsa va 1.2l suyuqlik yo‘qotsangiz, o‘zingizni darmonsizlanayotganingizni sezasiz. Agar 7% suyuqlik yo‘qotsangiz gallyutsinatsiya, 10% da esa hushdan ketasiz. Bundan tashqari o‘ranish kosmetik vositalarini ayrimlarini tarkibida xavfli modda – 1.4-dioksan bor. The California Department of Public Health (CDPH) hisobotlariga ko‘ra bu modda tezda teri o‘pka va ovqat hazm trakti orqali so‘riladi. O‘ranishlardagi issiqlik rejimini yaratish absorbsiyani tezlatadi. Shu holatda teri g‘ovaklari ochiq va 1.4 dioksan qonga yana tezroq tushadi va oqibatda og‘ir kasalliklar, jumladan saratonga olib kelishi mumkin. Amerika zaharli moddalar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 43% tanani moddalashtiruvchi kosmetik vositalar tarkibida 1.4-dioksan uchraydi.

Zarba-to‘lqinli antitsellyulit terapiya

antisellyullit

Zarba-to‘lqinli antitsellyulit terapiya (rus – ударно-волновая антицеллюлитная терапия) ham sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Buni prinsipi infrazvuk diapazonda bo‘lgan to‘lqinlarni to‘qimalarga akustik ta’siriga asoslangan. Bu protsedurani endokrin tizim kasalliklarida, gormonal disbalansda, yurak faoliyati, buyrak, jigar va tomirlar faoliyati buzilishlarida har qanday tabiatga ega yangi tuzilishlar mavjudligida, venalarni varikoz kengayishida, tromboflebitda, dermatitlar va boshqa teri kasalliklarida, homiladorlikda, ko‘krak bilan oziqlantirish davrlarida qo‘llash qat’iyan man etiladi. Bundan tashqari hozirgacha, zarba to‘lqinli antitsellyulit terapiyani sellyulitga uzoq vaqt ta’siri to‘g‘risida hech qanday klinik tadqiqotlar nashr etilmagan.

Pressoterapiya

Pressoterapiya – organizmni hujayralar suyuqlikni ortiqchasidan xalos etadigan protsedura bo‘lib, mohiyati bo‘yicha bu oddiy apparatli limfodrenaj bo‘lib, bu protsedurani muntazam takrorlab turilmasa, organizm dastlabki holatiga qaytadi. Bundan tashqari apparatli limfodrenaj juda ko‘p qarshi ko‘rsatmalarga ega

Sellyulit bilan kurashish kerakmi?

Agar siz yuqorida bayon etilganlarni bilib olganingizdan so‘ng ham sellyulitga qarshi kurashmoqchi bo‘lsangiz – bu sizni ongli ravishda qabul qilgan qaroringiz. Faqat uni kosmetolog emas faqat terapevt bilan maslahatlashib qilishingiz zarur.

Unutmaslik kerakki, kosmetologlar taklif etayotgan protseduralar vaqtinchalik samaraga ega, qaddi qomatingizni ushlab turish uchun esa ularni muntazam va butun qolgan umringiz davomida bajarish kerak.

Shuning uchun, ekspertlar fikriga ko‘ra, sellyulitni tashqi ko‘rinishlarini kamaytirish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kifoya bo‘ladi. Bu degani – to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu va hordiqni rejimiga amal qilish, qon bosimi va tana vaznini nazorat qilish, ko‘p sayr qilish, sport bilan yugurish, yurish, suzish bilan shug‘ullanish.

Shunday turmush tarzida, albatta, teriga tonus beruvchi massajlar, avaylaydigan kosmetik vositalarni qo‘llash sog‘lig‘ingizga hech qanday zarar keltirmaydi.

© Med-info.uz nashri.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Terining turiga qarab yuzni parvarishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Kishining ko‘rinishi go‘zal, ko‘rkam bo‘lishida yuz terisining umumiy ahvoli, uning tozaligi, silliqligi, mayinligi va rang-ro‘yning yaxshiligi katta rol o‘ynaydi. Terining shunday silliq, tarang, sog‘lom bo‘lishi uchun yuz terisini parvarish qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Yuz terisini parvarish qilishga kirishishdan oldin, teri­ning qandayligini bilib olish zarur.
Teringiz turini aniqlab oling: Yuz terisi turini aniqlash uchun qo‘llanma
Terini undagi chiqib turadigan yog‘ va nam miqdoriga qarab shartli ravishda normal teri, yog‘li teri, quruq teri va murakkab (aralash) teri kabi xillarga bo‘linadi. Ularni qanday parvarish qilish va nimalarga e’tibor berish kerak?

Yuz terisini parvarish qilish

Yuz terisini parvarish qilish deganda, terini toza tutish, oziqlantirish va tashqi zararli ta’sirlardan himoya qilish tushuniladi. Buning uchun tavsiya etiladigan kosmetik vositalar va usullarni terining anatomik tuzilishini, jumladan teri yo‘llarini hisobga olib, ularni to‘g‘ri qo‘llangandagina ijobiy natija beradi. Terining eng kam cho‘ziladigan yo‘nalishi teri chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlarning harakat yo‘nalishlari quyidagi tartibda bo‘ladi:
  • iyakda — teri chiziqlari iyakning o‘rtasidan boshlab pastki jag‘ bo‘ylab quloqning tugmachasiga tomon yo‘naladi;
  • lunjda — og‘iz burchagidan quloq teshigiga tomon, ustki labning o‘rtasidan va burunning yon yuzasidan quloq suprasining tepa qismiga tomon;
  • ko‘z atrofida — ko‘zning ichki burchagidan ustki qovoq bo‘ylab ko‘zning tashqi burchagiga tomon, so‘ngra (teskari yo‘nalishda) ko‘zning tashqi burchagidan pastki qovoq bo‘ylab ko‘zning ichki burchagiga tomon;
  • peshonada esa peshona o‘rtasidan chakkalarga tomon, ya’ni qosh yo‘nalishida ketgan bo‘ladi.
Burunda teri chiziqlari burun qansharidan boshlab burun ustidan burun uchigacha keladi, burun ustidan uning yon yuzalariga tushadi.

Yuzga krem surish uchun

Yuzga krem surish usulini bilish muhim ahamiyatga ega. Terini cho‘zib yubormaslik uchun kremni yuzga bosib-bosib va teri chiziq­lari yo‘nalishida sekin-sekin urib chapimoq kerak. Yuzga surish oldidan kremni ikki kaft orasida ishqalab barmoqlarning ichki yuziga surish, so‘ngra peshonaga, lunj terisiga, burunga, ustki labga hamda iyakka bosib-bosib va sekin-sekin urib chapish lozim. Shu harakatlar vaqtida yuz terisiga butun kaftning va barmoq­larning tegib o‘tishi to‘g‘ri hisoblanadi, o‘zingizga ham yoqimli bo‘ladi. Bu vaqtda panjalar juda bush tushishi kerak. yuzga krem surtish Ko‘z atrofidagi teriga kremni bosib-bosibgina surish lozim. Iyak terisiga va uning atrofiga sekin-sekin urib o‘rta chiziqsan quloqlarga tomon chapib borish tavsiya etiladi.

Normal terini parvarish qilish

Normal teri yetarlicha nam va yog‘ ajratib turadi, toza, silliq, tiniq bo‘ladi, moylangandek yaltirab turmaydi. Bunday terida yog‘ bezlarining yo‘llari (mayda teshiklar) bilinmaydi, qora nuq-talar va ajinlar deyarli bo‘lmaydi. Normal teri quruq va yog‘li terilarga o‘xshab alohida parvarish talab qilmaydi. Bunday terini suv va atirsovun bilan yuvish, uxlashdan oldin, albatta, yuzni pardoz-andoz bo‘yoqlaridan tozalash, quyosh nuri-ning o‘tkir va uzoq vaqt ta’sir qilishidan saqlanish, shuningdek tarkibida yuqori darajadagi spirtli bo‘lgan suvlardan foyda-langanda ehtiyot bo‘lish kerak. Haftada bir marta tuxum sarig‘i bilan o‘simlik moyidan yoki asal bilan tuxum sarig‘i aralashma-sidan tayyorlangan niqobni yuzga surtish normal terini parva­rish qilish uchun yetarlidir. Ertalab yuzni sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi, sovuq suv terining tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. Normal terini tozalash maqsadida yuzni haftasiga 1—2 marta sovunlab yuvish mumkin. «Qattiq» suvni ichimlik soda yoki tanakor (bura) qo‘shib yumshatish kerak. Yuzni qaynagan suvga yuvgan ma’qul. Suvni «yumshatish»ning ilojy bo‘lmasa, yuzni yuvib bo‘lgach unga namligidayoq yupqa qilib yumshatuvchi krem surish, keyin mayin sochiq bosib namini quritish tavsiya etiladi, so‘ngra salgina upa qo‘yiladi. Krem bilan upa birgalikda himoya qatlami hosil qilib terini tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Uyquga yotish oldidan ham yuzni parvarish qilishning gigiyenik ahamiyati bor. Kechqurun uyquga yotishdan oldin yuzni yuvmasdan losonlar yoki suyuq kremlar va o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan eritmalarning biridan foydalanib artish lozim. Bunday eritmalarni bir necha xilini tayyorlash mumkin:
  1. Ukrop suvi — 30 g, glitserin — 5g, borat kislotaning suvdagi 2%li eritmasi — 35 g.
  2. Odekolon yoki spirt — 30 g, gletserin — 5g, osh sirkasi — 10 g, suv — 35 g.
  3. Tanakor (bura) — 1,5 g, glitserin — 5,5 g, odekolon yoki spirt — 30 g, suv — 63 g.
  4. Achchiqtosh — 2 g, glitserin — 5 g, suv — 100 g.
Yuzni yuvish o‘rniga bodring damlamasi yoki limon suviga paxta ho‘llab artish ham mumkin. Bodring damlamasini tayyor­lash uchun barra bodring olinib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi. So‘ng qirilgan bodring ustiga baravar miqdorda spirt yoki odekolon quyilib, ikki hafta sakdanadi. Shundan so‘ng uni ezib suzgichdan o‘tkaziladi. Damlama ishlatish oldidan baravar miqdorda suv qo‘shib suyultiriladi, so‘ngra 100 g damlamaga 5 g glitserin qo‘shiladi. Limon suvini tayyorlash ham oson: yarimta limon-ning suvi siqib olinib suziladida, bir choyqoshiq glitserin va 50 g suv qo‘shiladi. Yog‘li teri moylangandek yaltirab turadi (yog‘ ko‘p ajralib chiqa-di), dag‘al bo‘ladi, ba’zan kir ko‘rinadi. Yog‘ bezlari yo‘llarining kengashidan yog‘ chiqadigan teshiklar juda bilinib turadi, ularni ko‘pincha qora nuqtalar berkitib qo‘yadi. Yog‘li teriga ba’zan yallig‘-langan yirik husnbuzarlar toshadi.

Yog‘li terini parvarish qilish

Yog‘li teri ham alohida parvarishni talab qiladi. Terining yog‘ bosi-shi yog‘ bezlarining zo‘r berib ishlashi natijasidir. Uning yog‘li bo‘lishiga nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati-ning buzilishi, meda-ichaklarning surunkali kasalligi, modda almashinuvining buzilishi ham sababchidir. Shuning uchun bun­day kishilar me’da-ichak trakti (hazm qilish a’zolari)ning faoliyatiga befarq qaramasliklari, sog‘lom va oqilona tarzda turmush kechirishlari, ochiq havoda imkoni boricha ko‘proq bo‘lishlari kerak. Yog‘li terini yaxshilab tozalash, lekin yuzni issiq suvga kamroq yuvish lozim, chunki issiq suv yog‘ bezlari­ning faoliyatini kuchaytiradi. yog'li yuz Yuzni issiq suvga haftada bir marta yuvish, so‘ng ketidan 2—3 marta sovuq suv bilan chayish lozim. Qolgan kunlari yuzni erta­lab sovuq suvga yuvish tavsiya etiladi; sovuq suv teri to‘qimalari-ning yashash qobiliyatini oshiradi, terini chiniqtiradi, yog‘ chi­qadigan teshiklarni toraytirib, yog‘ chiqishini kamaytiradi. Kech­qurun yog‘li terini maxsus losonlar bilan paxtada artib tozalash tavsiya etiladi. Yuz terisi yog‘li bo‘lishi bilan birga pust ham tashlasa, sovuq suvga yuvishdan oldin bunday terini o‘simlik moyi, qatiq (kefir) yoki maxsus suyuq krem bilan artish kerak.
Foydali maqola: Shampunni tog‘ri tanlay olasizmi?
Yuz terisini juda mayda qilib tuyilgan osh tuzi bilan tozalasa ham bo‘ladi; buning uchun ho‘l paxtani sovunlash va ustiga tuz sepish, keyin yuz terisining yog‘li joylarini shu paxta bilan (ortiqcha bosmay, doiraviy harakat qildirib, teri chiziqlari yo‘nalishida) so­vunlash kerak, sovunli sho‘r ko‘pikni o‘zi quriguncha yuzda qoldirish, so‘ngra sovuqsuv bilan yuvib tashlash lozim. Sovunlab yuvgach yuz terisi qurishadigan kishilar yuziga namligidayoq yupqa qilib maxsus krem surishlari zarur. Terining quruq joylariga esa quruq teri uchun chiqarilgan kremdan surish kerak. Yog‘ bezlarining yog‘ chiqadigan teshiklari juda bilinib tura-digan, yog‘li kishilarga oqsildan, mevalardan, sabzavotlardan va xususan badyagadan niqob tortish foydali. Yuz terisi yog‘li bo‘lgan kishilarga ichini yurishtirib turish, ko‘proq ho‘l meva, sabzavot-lar yeyish, sut-qatiq ichish, o‘tkir ziravorli taomlardan voz kechish, ovqatga qo‘y va mol yog‘i o‘rniga ko‘proq o‘simlik yog‘i ishla-tish, shirinliklar (xususan shokolad, asal va shirin nonlar)ni kamroq iste’mol qilish, shu bilan bir vaqtda dorixonalarda sotiladigan polivitaminlardan (B1, B2, C, PP) yeb turish, badan tarbiya va gimnastika bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Quruq terili yuzni parvarishi

Quruq teri yoshlarda ham, o‘rtacha yoshdagi va yoshi ulg‘aygan kishilarda ham uchraydi. Yoshlarda va o‘rtacha yoshdagi kishilarda yuz terisining quruq bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday teri nozik, yupqa, tiniq bo‘ladi, yog‘ chiqib turadigan teshiklar bilinmaydi, lekin picha sezilarli ajinlar (yoshlarda ham) bo‘lishi mumkin. Maxsus parvarish qilinmasa bunday teri ba’zan pust tashlaydi, unga issiq va sovuq, sovun, turli moy (maz)lar hamda ba’zi bir yumshatuvchi kremlar darhol ta’sir qiladi. Yosh ulg‘aygach, teridagi yog‘ va nam miqdori kamayishi natijasida normal, hatto yog‘li teri ham quruq bo‘lib qoladi. quruq terini parvarishlash Yog‘ bezlaridan yog‘ doimo bir xilda chiqib turmaydi; bu kishining yoshiga, turmushi va mehnat sharoitiga, yeydigan ovqatiga, vitaminlar kamligiga, nerv sistemasining, ichki sekretsiya bezlarining, me’da-ichak sistemasining faoliyatiga bog‘liq. Yog‘ yetarlicha chiqmasa teri qurishib qoladi. Shamol ta’siridan, haroratning keskin o‘zgarishidan ham teri quruqlashadi. Yuzning quruq terisini parvarish qilishda uning quruqligi nimadanligini hisobga olish lozim. Yuzining terisi bolaligidanoq quruq bo‘lgan kishilar krem surib yuzining terisini yog‘ bilan qo‘shimcha ta’minlamoqlari lo­zim. Organizm qariyotganligi sababli qurishayotgan terini qo‘shimcha ravishda yog‘ bilangina emas, balki nam bilan ham ta’minlab turish kerak. Shu sababli quruq terini tozalashning muhim ahamiyati bor. Quruq terili kishilar ertalab yuzini sovuq suvga (sovunsiz) yuvishdan 3—5 minut oldin qatiq, o‘simlik moyi yoki suyuq krem surib yuz terisini yumshatishlari, yuvinganlaridan keyin esa nam teriga yog‘li kremlardan birontasini surishlari lozim. Kremdan keyin yuz ga quruq teri uchun chiqarilgan upa salgina qo‘yilgani ma’qul. Kechqurun quruq terini pardoz-andoz suvi bilan yoki suyuq kremlar yoxud o‘simlik moyi bilan artib tozalash tavsiya etiladi. Yezda yuzni bodring losoni bilan artish kerak. Ba’zi birovlar kechasi yuzga krem surish zararli, uni barvaqt burishtirib qo‘yadi deyishadi. Krem mo‘l qilib surilsa va ertalabgacha terida qolib ketsagina shunday zarar yetkazishi mumkin. Yoshi ulg‘ayganligi sababli terisi qurishayotgan kishilarga yumshatuvchi yog‘li kremni «nam usul»da surishni tavsiya etamiz. Buning uchun paxtani bir ozgina tuz solingan suvda ho‘llash, suvini salgina siqish va shu paxtaga yog‘li krem qo‘yib bosib-bosib va sekin-asta urib-urib singdirish kerak. Shunda teri ham yog‘lanadi, ham namlanadi. Quruq teriga moy qo‘shilgan tuxum sari-g‘idan, moysut, xamirturushdan va meva-sabzavotdan niqob tor­tish foydali.

Aralash yoxud murakkab teri parvarishi

aralash teri parvarishi Bunday terili kishilar ko‘p uchraydi. Yuzning turli qismlarida terining qanday xilda ekanligini aniqlash va qaysi joyda quruq va yog‘liligiga qarab, unga moye vositalardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Masalan, kishilarning burni, peshonasi va iyagi yog‘ning ko‘p ajralib chiqishi sababli ko‘pincha yaltirab turadi, aksincha ularning tevarak-atrofi, jag‘ va lunj terilari quruq bo‘ladi, ba’zan pust tashlaydi, burishadi. Shuning uchun bunday terini parvarish qilishda quruq qismini quruq terini kabi, yog‘li qismini yog‘li terini kabi parvarish qilinadi.

Bo‘shashgan (salqigan) teri

Bunday teri rangsiz, yog‘siz bo‘lib, bo‘shashib, burishib va osilib turadi. Bunday bo‘shashgan teriga quyidagicha davo qilinadi: tirnoq gulni qaynatilgan suv bilan barobar miqdorda qo‘shiladi. Ertalab yuzni yuvish o‘rniga shu damlamaga shimdirilgan paxta bilan artiladi. boshashgan teri Agar tirnoqgul topilmasa, bir stakan suvga bir choyqoshiq mayda tuz solib eritish va tayyorlangan namakobni paxta yoki sochiq uchiga shimdirib yuz va bo‘yinga surish kerak. Keyin yuzni bir oz shapatilash lozim. Agar teri yupqa, ya’ni nozik bo‘lsa tuz o‘rnida yarim choyqoshiq taninni bir stakan suvga qo‘shib yuzga surtiladi, yuz bir oz shapatilanadi, kuni bilan yuvilmaydi, kechqurun sovuq suv bilan yuviladi. Shuningdek, ertalab yuzni quyidagi suyuqliklar bilan artish ham mumkin:
  • Tanakor eritmasi — 10 g, suv — 70 g, odekolon — 30 g.
  • Tirnoqgul (kalendula) — bir oshqoshiq, suv — 80 g, odeko­lon — 20 g.
  • Shu suyuqliklar bilan artib tozalagach, yuzga yumshatuvchi krem yoki quyidagi moy (maz)lardan biri singdiriladi:
  • Salitsil kislotasi — 3,3 g, cho‘chqa yog‘i — 45 g, vazelin — 30 g, kamfora yog‘i — 3 g.
  • Cho‘chqa yog‘i — 30 g, mum — 10 g, o‘simlik moyi — 20 g, natriy salitsilat — 3 g.
Yuz terisi bo‘shashgan taqdirda qishda limondan, yezda esa bodringdan, pomidordan, ho‘l mevalardan niqob tortish yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, gimnastika, badan tarbiya bilan shug‘ullanish, ochiq havoda sayr qilish ham foydali. Bunday kishilar B vitamini yeb turishlari kerak. Bu choralar sezilarli natija bermasa yuz terisini massaj qildirish lozim. Davolash davrida jami 15— 20 marta massaj qilinadi, davolash yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
O‘qishingizni tavsiya etamiz: Yuzni yoshartiruvchi niqoblar

© Xotin-qizlar ensiklopediyasi.