"Y" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Yuz terisi tiniq boʻlishi va pardoz uzoqroq  saqlanishi uchun yuzni qanday parvarish qilish kerak?

Terini toʻgʻri parvarish qilish boʻyicha qisqa qoʻllanmani taqdim etamiz. Bu bir qarashda oddiy koʻringan maslahatlarga amal qilsangiz, teringiz ipak kabi mayin va pardozingiz mukammal boʻladi.

Siz krem yoki pudra sotib olib yuzingiz terisi reklamadagi kabi yorqin va tiniq boʻlishini tasavvur qilasiz. Ammo buning oʻrniga ularni surtganingizda yuzingiz yaltiragan, notekis va qizgʻish rangda boʻlib qoladi.

Terining mayin emasligi, quruqligi, yogʻliligi, tonal kremning sezilib turishi, pardoz tez oʻchib ketishi — bularning barchasi terini tizimsiz parvarish qilishning oqibatlari. Parvarishlangan teri deganda dogʻlari va hatto yengil toshmalari ham yoʻq boʻlgan teri tushunilmaydi. Chinnidek teriga ega qizlar juda ham kam uchraydi. Gap terining sifatida.

Tonal krem ipakka oʻxshash terida juda yaxshi turadi. Ammo xafa boʻlishga shoshilmang — har qanday terini ipak holatiga olib kelish mumkin. Bunday teriga ega boʻlganlar esa uni shunday holatda saqlab qolish uchun astoydil harakat qilishlari kerak.

Terini parvarish qilish press mashqlari toʻplami kabi oddiy, ammo kundalik tartib-intizomni talab qiladi. Ertalab va kechqurun uchta mashqni bajarish kerak: tozalash, tonerlash, namlantirish.

Agar siz ertalab va kechqurun tishlaringizni yuvmasangiz, ular qanday holatga kelib qoladi? Ular sariq rang bilan qoplanadi, ogʻizdan hid paydo boʻladi, emal parchalanadi va natijada kariyes paydo boʻladi. Teri holatida kariyes bu akne yoki oddiy husnbuzarlar.

1. Tozalash

Afsuski, u koʻpincha eʼtibordan chetda qoladi. Eng yomon holatda, yuz suv, sovun yoki dushg geli bilan yuviladi. Baʼzida maxsus tozalash vositalari sotib olinadi, ammo ularning sifatiga har doim ham ahamiyat berilmaydi. Yuvib tashlansa boʻldi ku, deb fikrlaysiz. Albatta, yuvib tashlanadi, ammo tozalash teriga zarar yetkazishi yoki yaxshilashi mumkin. Tanlov oʻzingizdan.

Nima uchun maxsus terini tozalash vositasi sotib olish kerak?

U nafaqat kosmetik vositalarni, balki kun davomida ishlab chiqariladigan sebum zarralarini ham yuvib tashlaydi. Ertalab buni qilish juda muhimdir. Agar siz maxsus tozalash vositasidan foydalanmasangiz, teringiz tez orada idish-tovoq gelisiz yuvilgan tarelkaga oʻxshab qoladi. Axir idishlarni dush geli yoki qoʻlingizga tushgan narsa bilan yuvmaysizku. Yuz teringizni idishdan nima kam joyi bor?

Terini muntazam tozalash pardozning chidamliligiga taʼsir qiladi. Agar siz pardozni tozalanmagan teriga qilsangiz, teridagi sebum bir necha soat ichida kosmetikani eritib yuboradi.

Tozalash vositasini qanday tanlash kerak?

Asosiy qoida — teringiz undan keyin dagʻal boʻlib qolmasligi va tortilmasligi kerak. Toniksiz va namlantiruvchi kremsiz tozalash terining suvsizlanishiga va erta qarishiga olib keladi. Shuning uchun, tozalashdan keyin teriga albatta tonik va namlantiruvchi krem surish kerak.

2. Tonik

Tonik yuzdagi suv va tozalash vositalarining qoldiqlarini olib tashlaydi, terining pH qiymatini normallashtiradi. Bu foydasiz boʻlib koʻrinadigan vosita, ammo undan foydalanishni boshlashingiz bilan taʼsirini his qilasiz. Tonikdan foydalanish tozalash va namlash natijasini bir necha barobar oshiradi.

Toniklar qoʻshimcha namlantiradi, tekislaydi, yuzdagi teshiklar devorlarini mustahkamlaydi. Asosiysi, mahsulot tarkibida alkogol boʻlmasin. Bu holatda istisno, agar dermatolog sizga spirtli toniklarni buyurgan boʻlsa.

3. Namlantirish

Hatto yogʻli terini ham namlantirish kerak. Namlantiruvchi krem ham sizga mos boʻlishi kerak: quruq terini tezda namlik bilan toʻldiradigan, yogʻli terini esa yanada yogʻli qilib qoʻymaydigan bo'lsin.

Namlantiruvchi kremni yoki gelni tarkibiga qarab tanlang. Yogʻli teri egalari uchun yogʻsizlantiruvchi taʼsirga ega yengil namlantiruvchilar mos keladi.

Ushbu oddiy qoidalar sizni ideal yuz terisiga yetishtiradi. Kundalik terini parvarish qilish uchun oʻzingizga mos mahsulotlarni sotib oling va hammom javoniga qoʻyib qoʻying.

Maslahat: bir xil markadagi tozalovchi, tonik va namlantiruvchi vositalardan foydalaning. Koʻp brendlar toʻplamdagi mahsulotlarni bir biriga mos qilib yaratadi, shunda bitta vosita boshqasining taʼsirini kuchaytiradi.

Tanlashda reklamada aytilgan sizni barcha muammolardan xalos qiladigan “moʻjizaviy “ ingrediyentlarga eʼtibor bermang. Shuni tushunish kerakki, goʻzallik uchun bir martalik moʻjiza emas, balki tizimli yondashuv, terining turiga qarab mahsulotlarni tanlash va ulardan foydalanishning muntazamligi muhimdir.

Zamonaviy qizlar goʻzallikni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bunga ozgina bilim va intizom qoʻshish  kerak xolos.

ico
Yuz terisi go'zalligining 8ta dushmani
Makiyaj bilan uxlash, chekish teriga juda zararli — ko'pchilik buni biladi. Ammo uning holatiga juda salbiy ta'sir ko'rsatadigan boshqa tashqi va ichki omillar mavjud. Birgalikda ularni tahlil qilamiz.

1. Kam harakat turmush tarzi

Odamlar ko'p vaqtini ishda o'tkazadi, ko'pincha kompyuter qarshisida o'tiradi, bu sog'liqqa juda yomon ta'sir qiladi. Buni teri go'zalligiga ham ta'siri bor: u kislorodga to'yinmaydi va kerakli miqdorda ozuqa moddalarini olmaydi. Agar quruq teri va nosog'lom rang sizning doimiy hamrohingizga aylangan bo'lsa, kam harakat hayot tarzini olib borayotgandirsiz, o'ylab ko'ring.

Nima qilish kerak

Darhol sport zaliga yozilishingiz shart emas - shunchaki kunlik hayotingizga ko'proq harakat qo'shing. Uyda raqslar uyushtiring, parkda sayr qiling, liftdan voz keching yoki ishga bir bekat piyoda boring. Asosiysi, bularni muntazam ravishda qilishingiz kerak.

2. Suv tarkibi

Go'zallik va sog'liq uchun nafaqat siz ichadigan suvning tozaligi, balki tarkibi ham muhimdir. Yuzingizni qanday suv bilan yuvishingizga e'tibor bering. Qattiq, tuz miqdori yuqori bo'lgan suv na to'g'ri tozalikni, na namlikni ta'minlaydi va terining himoya funksiyasiga sezilarli darajada zarar yetkazishi mumkin. Agar teringiz ta'sirchan bo'lsa, bunday suv hatto qizarish va qichishishni keltirib chiqaradi.

Nima qilish kerak

Iloji bo'lsa, yuzingizni filtrlangan yoki buloq suv bilan yuving va namlovchi moddalar (gialuron kislotasi, provitamin B5, E vitamini, allantoin, o'simlik moylari) qo'shilgan kosmetikadan foydalaning. Suv qattiq ekanligini qanday tushunish mumkin? Unda tozalash vositasi yomonroq ko'piklanadi va tozalashdan so'ng siz terining qurishi va qattiqligini his qilasiz. Yana bir yechim — muz bo'laklari (ayniqsa, o'tlarning muzlatilgan damlamasi). Ammo ehtiyot bo'lish kerak: muzdan ortiqcha foydalanish terini quritishi va suvsizlantirishi mumkin, ayniqsa, agar u ilgari quruqlikdan aziyat chekkan bo'lsa.

3. Ifloslangan havo

Agar siz Alp tog'larida yashamasangiz, albatta, zamonaviy ekologik vaziyatning barcha oqibatlarini his qilayotgandirsiz. Ifloslangan havoning turli elementlari, shu jumladan azot dioksidi, SP hujayralarga zarar yetkazishi natijasida terining erta qarishiga olib keladi. Bundan tashqari, katta shahar havosidagi iflos moddalar bizning terimizga joylashadi. Natijada, teshiklar kengayadi, sebum ishlab chiqarilishi ko'payadi va akne paydo bo'ladi.

Nima qilish kerak

Har safar uyga qaytganingizda, darhol qo'lingizni yuving. Bu qoida yuzga ham taalluqli. Bir kun ichida zararli moddalarning millionlab zarralari yuzdagi kosmetika qatlamiga kirib, teshiklarni yopib qo'yadi va terining himoya qatlamini yo'q qiladi. Tarkibida antioksidantlar yetarli miqdorda bo'lgan oziq-ovqat iste'mol qiling (yangi sabzavotlar, rezavorlar va mevalar, shuningdek baliq, choy va achchiq shokolad) va tarkibida E va C vitaminlari bo'lgan kosmetikadan foydalaning. Uyni tez-tez shamollatib turing, iloji bo'lsa, derazani ochiq qoldirgan holda uxlang.

4. Uyqusizlik

Kam uxlash terining holatiga yomon ta'sir qiladi. Umuman tanamiz uchun uyquning asosiy vazifasi dam olish va tiklanishdir. Siz yetarlicha uxlamasangiz, teringiz ham tiklanmaydi: uning himoya funksiyasi yomonlashadi, namlik darajasi pasayadi va ko'proq sebum ishlab chiqariladi. Ko'z ostidagi ko'karishlar, terining xiralashishi, quruqligi - kam uxlashning oqibatlari. Uyqusizlik umumiy sog'lig'ingizga salbiy ta'sir qiladi, bu juda yaqin kelajakda tashqi ko'rinishingizda aks etadi.

Nima qilish kerak

Kechasi kamida 7-8 soat uxlang. Har kuni bir vaqtda yotishga harakat qiling. Uyquga ketishdan oldin televizor ko'rmang, telefonga qaramang.

5. Muntazam niqob taqish

COVID-19 pandemiyasi davrida juda mashhur bo'lgan himoya niqoblari uzoq muddat foydalanilganda terida qizarish, achishish, toshma paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, niqoblar ko'pincha terining ta'sirchanligini oshiradigan propilen tolalarini o'z ichiga oladi. Agar niqobni uzoq vaqt taqsangiz, uning ostidagi yuz terlaydi, ba'zi hollarda bu kontakt dermatitga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak

Agar yuzingizda niqob taqishning salbiy oqibatlarini ko'rgan bo'lsangiz, xushbo'y hidsiz va bo'yoqsiz yumshoq tozalash mahsulotlari va intensiv namlantiruvchi kremlarga o'ting. Bundan tashqari, tarkibida lipidlar bo'lgan go'zallik mahsulotlari muammoni hal qilishga yordam beradi: keramidlar, xolesterin va yog' kislotalari (Omega 6‑va 9 -). Terini yanada bezovta qiladigan va quritadigan tonal kremlardan bir muddat voz keching.

6. SPFdan kam foydalanish

Quyoshdan himoyalovchi kremni sovuq mavsumda ham ishlatish kerak. Osmon bulutlar bilan qoplangan yoki yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa ham, nurlar bulutlarga kirib boradi. Bundan tashqari, issiqlik nurlanishi (infraqizil nurlar) va changning ta'siri terini quritadigan salbiy omillardir.

Nima qilish kerak

Hatto shahar sharoitida va yozdan boshqa fasllarda ham quyoshdan himoyalovchi vositalar haqida unutmang. Spfni o'z ichiga olgan yengilroq teksturali mahsulotlar: fluidlar, kunduzgi kremlar va emulsiyalardan foydalaning.

7. Harorat o'zgarishi

Haroratning o'zgarishi terining holatiga yomon ta'sir qiladi. Sovuq ko'chadan isitiladigan xonaga kirish va chiqish teriga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Xonani tark etganingizda, terining qon tomirlari avval issiqlikni ushlab turish uchun torayadi va keyin kengayadi — bu haroratning pasayishiga tabiiy reaksiya. Bir muncha vaqt o'tgach, tomirlar asl holatiga qaytadi, lekin siz qanchalik tez-tez tashqariga chiqsangiz, teringizga shunchalik tez-tez zarba bo'ladi. U tez va samarali tiklanish qobiliyatini yo'qotadi, kosmetikadan ozuqa moddalarini yomon o'zlashtiradi va elastikligini yo'qotadi.

Nima qilish kerak

Shamolli va sovuq havoda terining tabiiy himoyasini tiklashga yordam beradigan kosmetikasidan foydalangan yaxshi. Uyga havoni namlantiruvchi uskunani qo'yish va namlik darajasini kuzatish kerak (norma 30dan 50% gacha).

8. Noto'g'ri parvarish

Kosmetik parvarishning vazifasi terining barcha ehtiyojlarini qondirishdir. Agar noto'g'ri tanlangan vositalar (masalan, agressiv skrab) shunchaki foydasiz bo'lsa, omadingiz hisoblanadi. Aks holda, siz dermatologning doimiy mijozi bo'lish xavfi ostidasiz. Allergiya, qizarish, yosh dog'lari yoki yallig'lanishning paydo bo'lishi noto'g'ri parvarishning oqibatlaridir.

Nima qilish kerak

Kundalik terini parvarish qilishning asosiy bosqichlarini e'tiborsiz qoldirmang. Bu tozalash, tonik surish , namlantirish va oziqlantirish. Agar siz muntazam ravishda dekorativ kosmetikadan foydalansangiz, unda  pardozni o'chirish ro'yxatda birinchi o'rinda turadi.  Agar qaysi kosmetika sizga mos kelishini tushunolmasangiz, mutaxassislar bilan maslahatlashganingiz yaxshiroqdir. Ular sizning teringiz turini aniqlaydi va kosmetik vositalarni tanlashda yordam beradi, shuningdek ularni qanday qilib to'g'ri ishlatishni aytib beradi. Unutmang, tashqi zararli omillarning ta'siri ko'pligi sababli, teringiz maxsus himoya va alohida parvarishga muhtoj.
ico
Yurak kasalliklari xavfi

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari dunyo bo‘yicha hozirgi kunga qadar nogironlik va o‘limning asosiy sababi ekanligicha qolmoq­da. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘­ra, bu muammo yana bir necha o‘n yillar davomida shu tendensiyada davom etishi kutilmoqda.

Statistika

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, barcha o‘lim holatlarining 56 foizi yurak qon-tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Buning deyarli yarmi (umumiy o‘limning 26 foizi) yurakning koronar kasalliklari ulushiga to‘g‘ri keladi. Yurak qon-tomir kasalliklari Yevropada yiliga 4,3 mln (48%), 27 ta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 2 mln (42%) aholisining o‘limiga sababchi bo‘ladi.

Yurak ishemik kasalliklari Yevropada o‘limning eng ko‘p sababi hisoblanadi. Erkaklarda 16%, ayollarda 15% o‘lim yurak i­shemik kasalliklari sababli yuzaga keladi. Insult o‘lim sababchisi sifatida YuIKdan keyingi 2-o‘rinda (ayollarda 17%, erkaklarda 11%) turadi. Yurak qon-tomir kasalliklari, uning asoratlari mehnat qobiliyatini yo‘qotish hamda nogironlikning asosiy sababi hisoblanadi. Mamlakat miqyosida sog‘liqni saqlash tizimiga sarflanayotgan mablag‘ning bir ne­cha marta o‘sishiga olib keladi.

Ma'lumot uchun

XX asrda yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining o‘sishi bir tomondan keksa yoshli aholi sonining ortishi bilan tushuntirilsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning o‘sishi va sanoatlashtirish natijasida mehnat va turmush tarzining yaxshilanishi, ovqatlanish taomillarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. 1970-yilda butun dunyo aholisining 37 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil qiladi, 2020-yilga borib 61 foizga yetishi kutilmoqda. Turmushning o‘z­garishi, eng avvalo, ovqatlanish xarakterining o‘zgarishiga olib keladi. Yuqori kaloriyali ovqatlanish, ratsionda yog‘ miqdorining oshirishi va klechatka, go‘sht hamda rafinadlangan uglevodlarning kamayishi arterial gipertoniya, dislipidemiya va boshqa qator yurak qon-tomir kasalliklarining rivojlanishida asosiy xavf omili hisoblanadi. Gipodinamiya odat­da semizlik (ayniqsa, uning abdominal turi), qandli diabet va insulinorezistentlik bilan birga keladi. Mehnat va turmush sharoitining mexanizatsiyalashuvi, o‘tirgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi “xobbi”larning (televizor ko‘­rish, kompyuterda ishlash) paydo bo‘lishi va transport tizimining takomillashuvi energiya sarfining kamayishiga, insonning kam harakat bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Chekish

Chekish yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib keluvchi yana bir muhim xavf omili hisoblanadi. Bugungi kunda juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda aholi orasida chekish kamayib bormoqda. Rivojlanayotgan va aholisining iqtisodiy ahvoli birmuncha past­roq bo‘lgan mamlakatlarda yirik tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z marketing xizmatlarini rivojlantirmoqda. Chekish­ni kamaytirishga davlat tomonidan bo‘layotgan harakatlar (reklamalarni cheklash, jamoat joylari va restoranlarda chekishni ta’qiqlash, aholiga chekishning zarari to‘g‘risida ma’lumotlar berish) tamaki chekishning kamayi­shiga olib keladi. Shotlandiyada chekishni ta’qiqlashdan so‘ng o‘tkir koronar sindrom sababli gospitalizatsiya sezilarli kamaygan. INTERHEART tadqiqotlarida birlamchi miokard infarktining 70 foizi chekish va dislipidemiya bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan.

Irsiy omil sababchimi?

Yurak qon-tomir kasalliklarining rivoj­lanishida irsiy omil muhim o‘rin egallaydi. Afsuski, irsiy omilni turmush tarzini o‘zgartirish yoki dori-darmonlar bilan o‘zgartirib bo‘l­maydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yaqqol irsiy anamnez bo‘lgan kishilarda ham boshqa faktorlar qo‘shilmasa, yurak qon-tomir kasalliklari kamdan kam rivojlanadi. Ko‘pchilik davlatlarning tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, kasallanish, nogironlik va o‘limni kamaytirishda xavf omillarga qarshi kurash davolashdan ko‘ra samaraliroqdir. Turmush tarzini o‘zgartirish va xavf omillarini korreksiya qilish kasallik progressiyalangunga qadar va manifest ko‘rinishlarida ham bir xilda samarali va foydali ekanligi yirik tadqiqotlarda inkor etib bo‘lmas ilmiy dalillar asosida isbotlab berilgan. Masalan, o‘rtacha giperxolesterinemiya mavjud che­kuvchi bemorlarda samarali usul statinlarni qabul qilish emas, balki chekishni to‘xtatish hisoblanadi.

Tadqiqot natijasi

Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi (AHA) tavsiyalari shimoliy Amerikada o‘tkazilgan Fremengem tadqiqotlari natijalariga asoslansa, Yevropa kardiologlar assotsiatsiyasi (ESC) tavsiyalari SCORE (Systematic Coronary Risk Evalution – Koronar xavfni umumiy baholash) tadqiqotlari tavsiyalariga asoslanadi. O‘rta Osiyo mamlakatlarida bunday yirik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu sababli bugungi kunda sog‘liqni saqlash xodimlarining oldida zamonaviy tashxis va davo usullarini takomillashtirish va reabilitatsiyaning muqobil usullarini ishlab chiqishdek muhim vazifa turadi.

Asosiy vazifa

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari insonning turmush tarzi va mavjud xavf omillari bilan uzviy bog‘liq. Mazkur kasalliklar profilaktikasining asosiy maqsadi kishilarning yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rishini va ular oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish, ularning umrini uzaytirish va umrining oxirigacha hayot sifatini saqlab qolish hisoblanadi. Ko‘pgina xavf omillari turmush tarzini o‘zgartirish orqali nazorat qilinsa, ayrimlari (arterial gipertoniya, dislipidemiya va qand miqdori) medikamentoz yo‘l bilan korreksiya qilinadi. Yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining asoratlari va u bilan bog‘liq no­xush holatlarning oldini olishda kasalliklarning birlamchi profilaktikasi qulay, samarali va iqtisodiy jihatdan arzon ekanligi Yevropa kardiologlar jamiyati (ESC), Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi (AHA), Amerika kardiologlar hay’ati (ACC), Butunrossiya kardiologlar Ilmiy jamiyati (VNOK) va Yurak yetish­movchiligi bo‘yicha mutaxassislar jamiyati (OSSN) tomonidan e’tirof etilgan va tavsiya qilingan.

Quyida biz yurakning koronar kasalliklari, ularning kelib chiqishidagi ahamiyati va xavf omillarini korreksiya qilish chora-tadbirlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Yurak koronar kasalliklari xavf omillari ikki guruhga bo‘linadi.

I. O‘zgartirish mumkin bo‘lgan xavf omillari:

  • dislipidemiya;
  • tamaki chekish;
  • yuqori qon bosimi;
  • uglevodlarga tolerantlikning buzilishi yoki qandli diabet;
  • ortiqcha tana vazni yoki semizlik;
  • psixosotsial omillar;
  • gipodinamiya;
  • meva va sabzavotlarni kam iste’mol qilish;
  • ortiqcha (yuqori kaloriyali) ovqatlanish;

II. O‘zgartirib bo‘lmaydigan xavf omillari:

  • yosh (erkaklar 55 yoshdan, ayollar 65 yoshdan yuqori bo‘lishi);
  • jins;
  • irsiy (oilaviy) moyillikning borligi.

Tadqiqotlar natijalari yurak ishemik kasalliklari xavf omillari ahamiyatini baholash, har bir xavf omiliga alohida yondashishni taqozo qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining YuIK profilaktikasi bo‘yicha ekspertlarining 1982-yilgi ko‘rsatmalarida YuIK profilaktikasi quyidagi 3 ta komponentdan iborat deb hisoblanadi.

Populyatsion strategiya

Populyatsion strategiya – turmush tarzini o‘zgartirish, tashqi muhit omillari va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga qarshi kurash barcha aholini qamrab olishi kerak. Profilaktika Davlat dasturlari asosida amalga oshiriladi. Populyatsion strategiya aholining turmush tarzini o‘zgartirish: chekuvchilar sonini kamaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni shakllantirishni ta’minlovchi yirik masshtabli dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Yuqori xavf strategiyasi aholi orasidan YuIK xavfi yuqori bo‘lgan kontengent ajratib olinib, tegishli chora-tadbirlar olib boriladi.
Ikkilamchi profilaktika YuIK aniqlangan bemorlarda uning asoratlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi va amal­ga oshiriladi. Bu bosqichda shuni e’tiborga olish lozimki, ko‘pchilikda xavf omillarini korreksiya qilish boshlangan vaqtda ateroskleroz rivojlangan bo‘ladi. Olib borilayotgan chora-tadbirlar kasallikning salbiy oqibatlarining oldini olgani bilan uni tamomila yo‘qotmaydi. Profilaktik choralarni erta qo‘l­lash orqali xavf omillarini korreksiya qilish yoshlikdan boshlanganda 90 foiz yurak xurujlarining oldi olinishi tadqiqotlarda isbotlangan.

Profilaktika

Yevropa kardiologlar jamiyati (ESC) yurak qon-tomir kasalliklari profilaktikasini quyidagi guruhlarda olib borishni ta’kidlaydi.

  • YuIK, pereferik arteriyalar va bosh miya aterosklerozi tashxisi qo‘yilgan bemorlar guruhi;
  • aterosklerotik genezli yurak qon-tomir kasalliklari kelib chiqish xavfi yuqori bo‘lgan guruh;
  • oila a’zolarida yurak qon-tomir tizimi kasalliklari erta rivojlangan (erkaklarda 55 yoshdan, ayollarda 65 yoshdan avval) aholi guruhi;
  • ota-onalarida yurak qon-tomir tizimi ka­salliklari bor aholi guruhi.

Yevropa kardiologlar jamiyatining (ESC) quyidagi tavsiyalari yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan, yurak ishemik kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi:

  • chekmaslik;
  • ratsional (sog‘lom) ovqatlanish;
  • jismoniy faollik (o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlarni kuniga 30 minut bajarish);
  • tana vazni indeksining 25 kg/m2 dan, qorin aylanasining erkaklarda 94 sm dan, ayollarda 80 sm dan kam bo‘lishi;
  • arterial qon bosimining 140/90 mm.sim.ust. dan past bo‘lishi;
  • xolesterinning qondagi miqdori 5 mmol’/l (190 mg/dl)dan past bo‘lishi;
  • past zichlikdagi lipoproteidlar qondagi miqdorining 3 mmol’/l (115 mg/dl) dan past bo‘lishi;
  • qondagi glyukoza miqdorining 5,6 mmol’/l (100 mg/dl)dan past bo‘lishi.

Oybek RO‘ZIYEV, Buxoro davlat tibbiyot instituti
“Ichki kasalliklar” kafedrasi assistenti,
Dilorom OCHILOVA, Buxoro davlat tibbiyot instituti
“Farmakologiya, normal va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti.

“Sog‘lom avlod uchun”  jurnali.

ico
Yurak sog‘lomligi uchun

O‘z shifokoringizni toping!

Shifokoringiz bilan doimo maslahatlashib turing. U sizning organizmingizni yaxshi biladi va undagi o‘zgarishlarni tez ilg‘aydi. Muammoni ham tez bartaraf etadi.

To‘g‘ri ovqatlaning va uxlang!

Uyqu va oshqozon — organizm uchun juda muhim. 40 yoshdan so‘ng har bir inson kuniga 7-8 soat tinch uxlashi va yengil hazm bo‘luvchi mahsulotlar (meva va sabzavotlar)ni tanovul qilishi zarur.

Sport bilan shug‘ullaning!

Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, o‘zingizga mos sport turini tanlab, albatta, u bilan shug‘ullaning. Doim harakatda bo‘lsangiz, dard yurangizga soya solmaydi.

Tashvishlarni unuting!

Yurak notinch bo‘lsa, qanaqasiga organizm sog‘ bo‘lishi mumkin? Shuning uchun hamma narsani yurakka yaqin olmang.

Shirin xayollar

Faqat yaxshi narsalar haqida o‘ylashga harakat qiling. Umringizning qora chiziqlariga kamroq nazar tashlang.

Asabiylashmang!

Quvonch ham, asabiylik ham yurakka ta’sir qilmasdan qolmaydi. Asablaringizni asrang, shunda yurak salomatligini ham asraysiz!

ico
Yurak sog‘lomligi uchun muhim tavsiyalar

Dunyo olimlarining fikricha, yurak-qon tomir tizimi yaxshi ishlashi uchun profilaktik chora-tadbirlar qo‘llash bilan birga kundalik taomnomaga ham jiddiy e’tibor qaratish zarur ekan. Masalan, ho‘l mevalar, ayniqsa o‘rik, qulupnay, sitruslar vitamin C ga boyligi tufayli qon tomirlar devorini mustahkamlash xususiyatiga ega. Tarkibida vitamin E serob bo‘lgan pista va yong‘oq qonning yopishqoqligini kamaytirishga yordam beradi. Qonni suyultirishga ko‘maklashuvchi na’matak va turli shifobaxsh giyohlar damlamalari esa yanada foydali. Shuni ham aytish joizki, yurak ishi to‘satdan yomonlashganda, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishni har bir kishi bilishi zarur.

Юрак

Aritmiyada tez yordam

Aritmiya (yurak urishi maromining buzilishi) ro‘y berganda avvalo bemorni yotqizib, toza havo kelishini ta’minlang. Odam hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, chuqur nafas olishi zarurligini ayting, bu aritmiya xurujini to‘xtatadi. Odam aritmiya tufayli hushidan ketsa, uyqu arteriyasi sohasini uqalang, buning uchun pastki jag‘ning o‘ng burchagidan 5 sm orqaroqdan bo‘yinni 1-2 soniya bosing. Bu usul yordam bermay, odam hushidan ketsa va qon aylanishi buzilishi alomatlari (lab ko‘karishi va badanning oqarishi) kuzatilsa, ko‘krak qafasi o‘rtasiga kuchli zarb bilan urib, taxikardiyani to‘xtatishga urinib ko‘ring. Bu usulni qo‘llashga faqat inson hayoti xavf ostida qolgandagina ruxsat etiladi.

Stenokardiya ro‘y berganda

Stenokardiya (ko‘krak qisishi, yurak sohasida og‘riq turishi) kishini bezovta qilsa, uni yotqizib, toza havodan nafas olishini ta’minlang. Til ostiga nitroglitserin hab dorisini qo‘ying. Bu yordam beravermasa, har 3-5 daqiqada bittadan hab dorini til ostiga qo‘yishi kerak. Bordiyu 4-5 ta nitroglitserin hab dorisini bergandan keyin ham og‘riq to‘xtamasa, og‘riqsizlantiruvchi dori berib, zudlik bilan «Tez yordam» chaqiring. Miokard infarkti boshlanayotgan bo‘lishi mumkin!

Tibbiy tekshiruvdan o‘ting

Yuragi bezovta qilib turadigan bemor har 3-4 oy ichida turli tahlillarni topshirib, jiddiy tekshiruvdan o‘tishi lozim. Shifokor maslahatiga ko‘ra, qunt bilan davolanishi shart. Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi yanada muhim. Ayniqsa tunda miriqib uxlang. Chunki sog‘lom uyqu salomatlik garovi bo‘lib, yurak va qon tomirlari faoliyati uchun juda muhim. To‘shak qattiq, yostiq past bo‘lgani ma’qul. Har kuni o‘z vaqtida ovqatlanish va dam olishga ham harakat qiling. Shuningdek, turli kasalliklarda buyuriladigan dori-darmonlarni qabul qilishdan avval albatta kardiolog shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Kamharakat bo‘lmang

Jismoniy mashqlar bajarishga vaqt ajrating. Negaki, qo‘lda televizor pulti bilan divanda cho‘zilib yotib, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlab bo‘lmaydi. Demak, o‘zingizga e’tibor qaratib, mushaklar ishini yaxshilang. Tizimli ravishda shug‘ullanishga vaqt topolmasangiz, shunchaki har kuni yarim soat ochiq havoda sayr qiling.

To‘g‘ri ovqatlaning

Taomnomaga mevalardan tashqari, baliq, go‘sht, o‘simlik yog‘i, sabzavotlarni kiriting. Yog‘li, shirin va dudlangan yeguliklarni cheklang. Tuz va qand iste’molini kamaytiring, ularning ortiqcha miqdori organizm uchun zarar keltiradi. Tamaki chekmang. Kashandalik ham xuddi ichkilik kabi yurakka ziyon yetkazadi. Tana vazningizni nazorat qiling. Ortiqcha vazn tufayli yurak-qon tomir tizimi zo‘riqib ishlashini unutmang.

G‘am-qayg‘udan uzoqlashing

Stress gormoni hisoblangan adrenalin ko‘p ajralsa, avvalo yurak ishi qiyinlashadi. Shunday ekan, g‘am-qayg‘ularni sabr bilan yengib o‘ting, arzimas dilxiraliklarni deb yuragingizga ozor yetkazmang. Tez-tez tabassum qilib turing. Toza havo tanga davo ekanini yodda tuting, ko‘proq piyoda yuring. Dam olish, mehnat qilish va uyqu tartibiga rioya eting. Ana shunda nafaqat yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilagan bo‘lasiz, balki butun tanangizga kuch-quvvat quyilib kelayotganini his qilasiz, turmushingiz sifati ham yaxshilanadi.

Nigora TO‘LAGANOVA, shifokor.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Yurak xurujining ilk belgilari qanday?

Miokrad infarkti ko‘p odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi, yurakdagi tuzatib bo‘lmas o‘zgarishlar esa yurak xurujidan 20 daqiqa o‘tiboq paydo bo‘ladi. Shu bois juda tezkorlik bilan harakat qilish kerak.

yurak xuruji

Infarkt qayerdan paydo bo‘ladi?

Miokard infarkti — bu yurak to‘qimalari nekrozi (halokati). U oziqlantiruvchi arteriyalarning torayishi natijasida mushaklarga kislorod yetishmaganda paydo bo‘ladi.

Ishemik kasallik infarktga aylanishi uchun ba’zan hech qanday qo‘zg‘atuvchi omillar kerak bo‘lmaydi: shunchaki uyqudan uyg‘onib, karavotdan turishning o‘zi yetarli. Stress yoki noodatiy jismoniy harakatda yurak xuruji xavfi oshadi.

Bu infarkt ekanini qanday tushunish mumkin?

Asosiy belgi — ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riq, bu ba’zan chap qo‘l, chap yelkada ham kuzatiladi. Og‘riq har xil bo‘ladi: ko‘krak qafasi siqiladi, qiziydi. Og‘riq bilan birga qo‘rquv ham qamrab oladi, inson tinchini yo‘qotadi.

Infarkt turiga qarab farqlanuvchi boshqa belgilar ham mavjud:

  1. Xuddi astma kasalligida kuzatilgani kabi insonga havo yetishmaydi, biroq nafasni yengillashtiruvchi preparatlardan bemorning ahvoli yaxshilanmaydi;
  2. Odam zaiflashadi, rangparlashadi, qo‘l va oyoqlari muzlaydi;
  3. Aritmiya rivojlanadi;
  4. Qorin og‘riydi, ko‘ngil aynishi kuzatiladi;
  5. Inson muvozanatini yo‘qotadi, holsizlanadi, insult belgilari paydo bo‘ladi.

Yurak xuruji ro‘y berdimi yoki yo‘q - shifokorlar EKG yordamida aniqlashlari mumkin.

Yurak xuruji bo‘lsa, nima qilish kerak?

Yoningizdagi odam o‘zini yomon his qilsa va siz kasallik belgilarini yurak xurujiga o‘xshatsangiz:

  1. Bemorning boshini baland ko‘tarib yotqizing;
  2. Tez yordam chaqiring. Bemorni imkon qadar tezroq shifoxonaga yetkazish kerak;
  3. Noqulay kiyim tugmalarini yeching;
  4. Derazani oching yoki boshqa bir usul yordamida bemor yotgan xonaga toza havo kirishini ta’minlang;
  5. Bemorning qon bosimini o‘lchang. Agar qon bosimi baland bo‘lsa, bemorning tili ostiga nitroglitserin qo‘ying. Agar ahvoli yaxshilana boshlasa, 5 daqiqadan keyin ikkinchi tabletkani berishingiz kerak. Yodingizda bo‘lsin - nitroglitserinni uch martadan ko‘p berish mumkin emas;
  6. Aspirin tabletkasini chaynashga bering;
  7. Agar sistolik (yuqori) qon bosimi 110 mm'dan past bo‘lsa, hech nima bermang;
  8. Bemorni tinchlantirishga harakat qiling;
  9. Yordamga yetib kelgan shifokorlarga xuruj qachon boshlangani, bemorning nimadan shikoyat qilgani, dori berdingizmi, bergan bo‘lsangiz, qancha - barchasi haqida ma’lumot bering.

Yurak xurujidan qanday himoyalanish mumkin?

Yurak xuruji ko‘proq 50 yoshdan oshgan kishilarda qayd etiladi. Shuningdek oila a’zolarida yurak xuruji kuzatilgan yosh erkaklar ham xavf guruhidadir.

Bundan tashqari, chekish, spirtli ichimlilar iste’moli, yuqori qon bosimi, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakat hayot tarzi ham yurak bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Inson kam harakat qilsa, oxir-oqibat har qanday jismoniy harakat unga ortiqchalik qilishi mumkin.

Genetika, yosh va jins bilan bahslashib bo‘lmaydi, hayot tarzimizni esa o‘zimiz tanlaymiz. Bu profilaktikaning juda zerikarli retsepti bo‘lishi mumkin, lekin boshqalari ish bermaydi!

Ushbu maqolani o‘qing: Yurak sog‘lomligi uchun muhim tavsiyalar

ico
Yurak og‘rishi sabablari va o‘ziga xos belgilari

Yurakdagi og‘riqlar ichki a’zolarning zararlanishi oqibatida kelib chiqadi. Ko‘krak qafasining suyak-tog‘ay sistemasi, mushak-fassiya sindromlari, umurtqa pog‘onasi kasalliklari va periferik nerv tizimi yoki psixogen holatlarida kuzatiladi. Yurak og‘riqlari quyidagi kasalliklarda kelib chiqishi mumkin: stenokardiya, miokard infarkti, mitral klapan prolaps, hilpillovchi aorta anevrizmasi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi, plevrit, pnevmoniya, o‘pkaning yomon sifatli o‘smalari, hazm qilish tizimidagi kasalliklar (oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari, pankreatit, xolesistit), diafragma absesslarida.

[caption id="attachment_11016" align="aligncenter" width="638"]Yurak og‘rishi, Yurak og‘risa, Yurak siqilishi Foto: Intex-press.by[/caption]

Qaysi kasalliklarda yurak sohasida og‘riq bo‘ladi?

Yurakning koronar zararlanishlari

Miokard ishemiyasi (angina pectoris) - to‘sh ortida bosim his qilish, jismoniy mashq qilganda chap qo‘l sohasiga og‘riq tarqalishi, ayniqsa ovqatlanganda yoki emotsianal holatlarda. Diagnostikani aniqlashtirish uchun nitroglitserin yoki dam olish bilan oydinlashtirsa bo‘ladi.

Miokard infarkti - belgilar miokard ishemiyasi kabi yuzaga keladi, lekin davom etish vaqti uzoqroq (30 daqiqaga yaqin). Dam olish yoki nitroglitserin bunda yordam bermaydi. Bunday holatda III va IV yurak tonlari eshitiladi.

Yurakning nokoronar zararlanishlari

Miokardit - miokardit bilan kasallanganlarning 75-90 % ida og‘riq kuzatiladi. Yurak sohasida bosimli, simirlovchi og‘riqlar kuzatiladi. Jismoniy mashq bilan bog‘liq bo‘lmaydi, kunning ikkinchi yarmida og‘riq kuchayishi mumkin. Nitratlar og‘riqni qoldirmaydi. Yurak EKGsi o‘zgarishlari va og‘riq orasida aniq bir bog‘liqlik bo‘lmaydi.

Perikardit - perikarditda yurak sohasidagi og‘riqlar odatiy hol hisoblanib, og‘riqning o‘ziga xos jihatlari borligi bilan ajralib turadi. Ko‘pincha og‘riq kasallik boshlanish davrlarida kuzatiladi. Perikard bo‘shlig‘ida ma’lum miqdordagi suyuqlik yig‘ilganda og‘riq simptomi kuzatilmaydi, shuning uchun perikarditda og‘riq davomli emas.

O‘tkir quruq perikarditda og‘riq ko‘proq yurak cho‘qqisi turtkisi sohasida kuzatilasada, og‘riq vaqt o‘tishi bilan butun perikardga ya’ni yurakning butun qismiga tarqalishi mumkin. Kam holatlarda og‘riq epigastra va qovurg‘a osti sohalarida kuzatiladi. Og‘riqning chap qo‘l, yelka va kurak osti sohasiga ko‘chishi bu kasallik uchun xarakterli emas. Bunda og‘riq kuchsiz, siqib ushlab turganga o‘xshash yoki o‘tkir, kesuvchi xarakterga ega bo‘ladi. Perikarditda og‘riqning o‘ziga xos xarakteridan biri uning nafas olish va tananing holatiga bog‘liqligidir. Nafas olish ko‘pincha yuzaki, chuqur nafas olganda og‘riq bo‘lganligi sababli. Ba’zida bemorlar majburiy holatda bo‘lishadi (o‘tirgan, oldinga biroz egilgan).

Kardiomiopatiya - og‘riq sindromi kardiomiopatiya bilan kasallanganlarning barchasida kuzatiladi, ayniqsa gipertrofik kardiomiopatiyalarda ko‘proq uchraydi. Og‘riq xarakteri kasallikning kechishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha og‘riq atipik bo‘lib, jismoniy harakat, nitroglitserindan keyin o‘tib ketmaydigan, davomli bo‘ladi. Og‘riqning lokalizatsiyasi keng variantlarda yuzaga keladi. Ko‘p hollarda og‘riq „epizodli“ keladi, ya’ni spontan ravishda istalgan paytda paydo bo‘ladi.

Yurakning orttirilgan poroklari. Miokard gipertrofiyasi koronar qon tomirlar yetishmovchiligiga olib keladi va miokarddagi moddalar almashinuvini buzadi. Ko‘pincha miokard gipertrofiyasiga sabab aortal klapan poroklarida kuzatiladi. Bunda og‘riq perikardial sohalarda kuzatiladi.

Miokardiodistrofiya - miokardiodistrofiyaning klinik yuzaga chiqishi kam xarakterli va har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Og‘riq perikardial sohada kuzatiladi va turli xil variantlarda keladi.

Arterial gipertoniya - gipertonik kasallik va arterial gipertoniya simptomlari perikardial sohadagi tur xildagi og‘riqlar bilan yuzaga chiqadi. Og‘riqning turli xil variantlari farqlanadi. Arterial qon bosimning ortishida aorta devorlarining zo‘riqishi va chap qorincha miokard qavatining mexanoretseptorlari natijasida og‘riq kelib chiqadi. Odatda og‘riq davomli, simillovchi va yurak sohasida og‘irlik hissini chaqiruvchi bo‘ladi.

Neyrosirkulyar distoniya (NSD) - NSD da yurakdagi og‘riq xarakterli belgidir. 4 xil tipdagi og‘riq hissi farqlanadi:

  • Oddiy kardialgiya – simillovchi, kuchsiz, davomli, bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etuvchi , yurak cho‘qqisida yoki perikardial sohada kuzatiluvchi og‘riqlar bo‘ladi, bunday og‘riqlar 95 % kasallarda yuzaga chiqadi. Angionevrotik kardialgiya (25 % bemorlarda uchraydi) – xurujsimon, qisqa muddatli lekin sutka davomida ko‘p marotaba takrorlanuvchi, bosimli va siquvchi, o‘z-o‘zidan o‘tib ketuvchi, odatda validol, nitroglitserin qabul qilinganda o‘tib ketuvchi og‘riqlar kuzatiladi. Bemor xavotirlanadi, nafas yetishmasligi, pulsning ko‘payishini sezadi. EKG da ishemik o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bu kasallik asosida koronar arteriyalar tonusi pasayishi va giperventilyatsiya yotadi.
  • Xurujli davomli kardialgiya (vegetativ kriz kardialgiyasi) – davomli bosimli, simillovchi, nitroglitserin va validol qabul qilganda yo‘qolmaydigan, qo‘rquv, qaltirash, yurak urishi kuchayishi, hansirash, AB oshishi bilan keladigan og‘riqlar kuzatiladi. Ko‘pincha sedativ vositalar (β-blokatorlar) qabul qilganda o‘tib ketadi. 32 % bemorlarda kasallik og‘ri kechadi. Ularda giperkatexolaminemiya kuzatiladi, psixogen kriz yoki gipotalamus disfunksiyasi tufayli.
  • Simpatik kardialgiya – siquvchi yoki „kuydiruvchi“ og‘riqlar perikardial, to‘sh yoni bo‘ylab kuzatiladi. Og‘riq qo‘l bilan shu sohalar palpatsiya qilinganda kuchayadi (giperalgeziya). Validol va nitroglitserin qabul qilganda o‘tib ketmaydi. Og‘riq paytida xantal qog‘oz (gorchichnik) qo‘yilganda o‘tib ketadi. Og‘riq sababi yurakning simpatik tugunlarning zararlanishidan kelib chiqadi.
  • Psevdostenokardiya (soxta stenokardiya) – bosimli, simillovchi, siquvchi yurak og‘riqlari to‘sh ortida kelib chiqadi. Jismoniy harakat va yurganda kuchayadi. 20 % bemorlarda kuzatiladi. Bunga sabab asosan stress natijasida kelib chiqqan giperventilyatsiya, miokard metobolizmi buzilishidir.

Asab tizimi kasalliklari bilan bog‘liq og‘riqlar

Og‘riq sindromi turli xildagi nevrologik kasalliklar natijasida ham kelib chiqadi. Birinchi navbatda umurtqa pog‘onasi kasalliklari, ko‘krak qafasi old devori va yelka mushaklari zararlanishlari (osteoxondroz, mushak-fassiya sindromlari)da og‘riq bo‘ladi. Bundan tashqari psixovegetativ sindromlarda ham og‘riq paydo bo‘ladi.

Umurtqa pog‘onasi va turli xil mushaklarda kuzatiladigan kasalliklar natijasida kelib chiqadigan og‘riq xarakteristikasi:

Mushak-fassiya yoki umurtqa-qovurg‘a sindromlaridagi og‘riqlar (no visseral):

  • Doimiy lokalizatsiyalangan og‘riqlar;
  • Tana holatiga va shu mushaklarni harakatlantirganda kuzatiladigan kuchli og‘riqlar;
  • Palpatsiyada aniq diagnoz qo‘yish imkoni bo‘ladi: mahalliy zararlanishlarda palpatsiya qilinganda o‘sha joyning o‘zida og‘riq bo‘lishi;
  • Og‘riqlarning mahalliy muolajalar qilinganda kamayishi (xantal qog‘oz, massaj, elektrofizoterapiya, novakain bilan blokada qilinganda).

Radikulyar og‘riq sindromi (qovurg‘alararo nevralgiya):

  • Kasallikning o‘tkir tez boshlanishi;
  • Og‘riqning aniq joyda ekanligi, chunki shu joydagi nerv oxirlari zararlangan bo‘ladi;
  • Bo‘yin va to‘sh sohasi radikulitlarida og‘riqning aynan shu sohadaligi;
  • Umurtqa pog‘onasi harakatga kelganda og‘riq kuchayishi;

Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi

Bu umurtqa pog‘onasi oralig‘idagi disklarning distrofik-degenerativ zararlanishidir. Ko‘pincha pulpoz yadrodan boshlanib, butun disklar bo‘ylab tarqaladi. Diskning degenerativ o‘zgarishlari nerv oxirlarining ikkilamchi zararlanishi ko‘krak qafasida og‘riqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Og‘riq mexanizmi disklarning nerv tolalarini bosishi natijasida, bo‘yin radikulitlarida, nerv tolalarining yallig‘lanishlarida, vegetativ o‘zgarishlarida yuzaga keladi.

Og‘riq xarakteri bo‘yin umurtqalari osteoxondrozida turli xilda va turli xil joylarda paydo bo‘ladi. Bunda og‘riq sanchuvchi, o‘tkir, kesuvchi bo‘ladi. Og‘riq yo‘talganda, bo‘yinni harakatlantirganda kuchayadi. C6 segmentidagi nerv tolalari zararlanganda og‘riq qo‘l sohasida, yelka bo‘gimida, I-II barmoqlarda kuzatiladi, bunda og‘riq bilan birga ularning sezuvchanligi ham ortadi va mushak reflekslari ham susayadi. Ko‘krak sohasi radikulitlarida og‘riq ko‘krak sohasida paydo bo‘ladi, harakatlanganda, chuqur nafas olganda kuchayadi.

Ko‘krak qafasi old devori sindromi ko‘pincha miokard infarkti o‘tkazgandan keyin yuzaga keladi. Bundan tashqari nokoronogen yurak zararlanishlarida ham. Uning asosida yurakning patologik impulslari vegetativ nerv zanjiriga ta’sir qilishi yotadi. Shu bilan birga bu sindrom ko‘krak qafasi miozitlarida ham kuzatiladi. Palpatsiyada ko‘krak qafasi old devorida og‘riq aniqlasa bo‘ladi, ayniqsa trigger nuqtasida (2-5- ko‘krak qovurg‘alari orasi). Yelka-kurak bo‘gimidagi periartritda og‘riq ushbu bo‘gimni harakatlantirganda yuzaga chiqadi. Kuraklararo og‘riq sindromida og‘riq statik va dinamik zo‘riqishda kelib chiqadi. Ko‘krakning kichik mushagi sindromlarida og‘riq III-V qovurg‘alar orasida to‘sh suyagi yonida hosil bo‘lib, yelka sohasiga tarqaladi.

Tits sindromida to‘shga birikkan II-IV qovurg‘alar tog‘ayida og‘riq bo‘ladi. Og‘riq asosida ushbu qovurg‘alar tog‘ayining aseptik yallig‘lanishi yotadi.

Ksifoidiya – to‘satdan to‘sh suyagi asosida, xanjarsimon o‘siq sohasida paydo bo‘ladigan og‘riq bilan kechadigan sindrom.

Psixogen kardialgiya

Bu yurakdagi qandaydir patologiya natijasida kelib chiqqan og‘riqning, kasallik xuruj qilmagan paytda ham o‘z o‘zidan yurak sohasida og‘riq sezish deganidir. Og‘riq ko‘pincha yurak uchki turtkisida, perikardial sohada va chap ko‘krak so‘rg‘ichi sohasida yuzaga keladi. Og‘riq ham turli xil xarakterga ega bo‘ladi, simillovchi, sanchuvchi, kesuvci, o‘tkir, „kuydiruvchi“, siquvchi, to‘lqinsimon, nitroglitserin bilan o‘tib ketmaydigan, ammo validol yoki sedativ moddalar qabul qilganda o‘tib ketadigan bo‘ladi. Og‘riq odatda davomli bo‘ladi, ba’zida qisqa muddatda o‘tib ketadi. Bunda stenokardiyani inkor etish kerak bo‘ladi.

Yurak og‘risa, kimga murojaat qilish kerak?

  • Kardiolog;
  • Pulmonolog;
  • Travmatolog;
  • Ortoped;
  • Reanimatolog;
  • Tez tibbiy yordam shifokori;
  • Onkolog.

O‘zingni angla - stenokardiya

[embed]https://www.youtube.com/watch?v=yFkS71PyvLA[/embed]

© Avitsenna.uz


Savol: Ba’zida nafasni olayotganimda yuragim sanchib qoladi. Bunday paytda qisqa-qisqa nafas olaman, to sanchish o‘tib ketmagunicha. Bu holat nimadan?

Javob: Sanchuvchi og‘riq paydo bo‘lishing sababi juda ko‘p: yurak kasallanganda, stenokardiya, infarkt miokardda, yurak shamollaganida, revmatologik xastaliklarNevrozda, ko‘krak qafasi va qovurg‘alar shamollaganida, oshqozon va ichak kasalliklarida esa og‘riq yurak atrofida va kurak atrofida seziladi.
Yurakdagi og‘riq 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
Anginoz (ishemik, stenokardiya) og‘riqlar hayajonlanganda, jismoniy zo‘riqishda qon oqimining kuchayishida yuzaga keladi. Shuning uchun bu og‘riq yurganda, hayajonlanganda, asabiylashganda paydo bo‘ladi va bu holatda shifokor bilan maslahatlashib, tezda nitroglitserin qabul qilinishi kerak. Ishemik og‘riqlar yondiruvchan, siqiluvchan, qisuvchan bo‘lib, odatda ko‘krak orqasida, o‘ng yelkada, qo‘lda, kurak tagida va jag‘ning pastki qismida kuzatiladi. Og‘riq kuchli nafas qisishi bilan kuzatiladi. Kuchli, ezuvchi, siquvchi, va yondiruvchi ko‘krak orqasida yoki chap tarafida paydo bo‘lgan og‘riq — o‘tkir miokard infarkti darakchisi bo‘lishi mumkin.

Kardialgiya yurak revmotologik xastalanganda, miokarditda, yurakning tashqi pardasi shamollashi — perikardda yuzaga kelib, og‘riq uzoq, sanchiqli, zirqirab og‘ruvchi bo‘ladi va ko‘krakdan chaproqda paydo bo‘lib yo‘talganda va nafas olganda zo‘rayadi.

Agar yurak atrofidagi og‘riq tana egilganda yoki burilganda, chuqur nafas olganda, nafas chiqarganda, qo‘llar harakatlantirilganda paydo bo‘lsa, bu radikulit yoki qovurg‘alarning kasallanganligi bo‘lishi mumkin.
Qovurg‘a orasidagi sanchiqli, noaniq og‘riq asab tizimi kasalligi (nevroz)da ham uchraydi.
Ruhiy zo‘riqish, ruhiy tushkunlikda og‘riq bo‘yin va yelkada bo‘ladi. Bunda “yuragim og‘riyati shekilli” deb kardiologga murojaat etgan bemorni tinchlantirib, boshqa mutaxassislarga uchrash tavsiya etiladi.
Xuddi shunday och qolganda yoki ovqat yeganda og‘riq bo‘lsa, bu oshqozon yoki oshqozon osti bezi kasallanganligining belgisi bo‘lishim mumkin. Og‘riqning sababi umurtqa pog‘onasining ko‘krak qafasi kasalligi yoki osteoxondroz ham bo‘lishi mumkin.
Maslahatimiz holatning aniq sababini aniqlash uchun kardiologga murojaat qiling!

© ATF.UZ - Onlayn tibbiy konsultatsiya

ico
Yurak urish tezlashishi yoki taxikardiya qanday kasallik?

Yurak urish tezlashishi yoki ortishi yurakka tushayotgan zo‘riqishdan dalolat beradi, lekin YQS (yurak qisqarishlar soni) ni normallashtirish uchun avvalo, bu holatga sabab bo‘layotgan muammoni bartaraf etish kerak. Puls turli xil omillar va qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida ortadi. Ko‘p hollarda yurak ritmining ortishi psixoemotsional holat va organizmga tushayotgan jismoniy zo‘riqish natijasida kelib chiqadi.

Sog‘lom odamda YQS o‘rtacha 1 daqiqada 60 dan 80 tagacha qisqaradi. Hatto yurak qisqarish soni 5-10 tagacha o‘zgarsa ham jiddiy patologik holatdan dalolat beradi. Yurak urishining tezlashishi doimiy xarakterga aylansa, umumiy charchash, bosh aylanishi, hansirash, umumiy ahvolning yomonlashuviga olib keladi.

Pulsning ortishi nima?

[caption id="attachment_11400" align="aligncenter" width="705"]yurak tez urishi Foto: Shutterstock.com[/caption]

Puls – yurak mushaklarining qisqarishini ko‘rsatib beradi. Pulsdagi o‘zgarishlar organizmdagi eng muhim bo‘lgan a’zoda kamchiliklar ketayotganidan darak beradi. Puls soni ortishi taxikardiyaning bir ko‘rinishidir.

Pulsning ko‘payishi yurak qisqarishlari soni ortganligidan dalolat beradi. Puls miokardning ishlashini ko‘rsatib beradi. Yurakning har qisqarishida tomirlarda pulsatsiya kuzatiladi. Uni ko‘pincha qo‘lning bilakuzuk sohasida aniqlasa bo‘ladi. Yurak urishi kuchayganda yoki soni ortganda – puls soni ham ortadi. Bu bir biriga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Shuning uchun miokardda bo‘ladigan har qanday o‘zgarish, tomirlar devorida bilinadigan pulsda ham o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Puls ritmi yurakda bo‘layotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlab olishga imkon beradi. Fiziologik pulsning ortishidan tashqari, boshqa holatlarda shifokorga murojaat etishga “signal” bo‘ladi.

Puls sonining ortishi sabablari

Puls sonining ortishi yurak mushaklarining yaxshi rivojlanmaganidan dalolat beradi. Ayniqsa, bu holat passiv hayot tarziga ega bo‘lgan insonlarda ko‘p kuzatiladi. Tinch holatda qisqarishga moslashgan yurak, jismoniy zo‘riqishga sezuvchan bo‘ladi. Agar holat jiddiy bo‘lsa, puls kritik darajada ko‘payadi.

Pulslar sonining ortishiga sabab bo‘luvchi omillarni 2 guruhga bo‘lish mumkin:

  • Fiziologik;
  • Patologik.

Fiziologik pulslar soni ortishi – xavfsiz bo‘lib, tashqi muhit omillari sababli kelib chiqadi, masalan issiq harorat, tana holati, yosh, tana vazni, gormonal o‘zgarishlar va jismoniy zo‘riqishlar vaqtida.

Patologik puls soni ortishi – organizmdagi jiddiy kasallik haqida xabar beradi. Fiziologik ravishda (normal holatda) yurak urish soni ortishi, 5 daqiqada , uzog‘i bilan 7 daqiqada normal holatga qaytishi kerak. Agar bunday holat kuzatilmasa, organizmda biror bir jiddiy o‘zgarish kechayotganidan dalolatdir.

Fiziologik

Puls soni ortishi va arterial qon bosimining ortishi – jismoniy va psixik zo‘riqish vaqtida birgalikda kelishi organizmning tashqi qo‘zg‘atuvchisiga bo‘lgan reaksiya hisoblanadi. Inson tinchlangandan so‘ng, 5-10 daqiqa ichida puls soni ham arterial bosim ham normaga qaytishi kerak.

Fiziologik taxikardiya quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin:

  • Salbiy va ijobiy emotsional holatda;
  • Jismoniy zo‘riqish;
  • Stress natijasida yoki homiladorlik vaqtida gormonal o‘zgarish natijasida;
  • Og‘riq sindromida;
  • Jinsiy qo‘zg‘algan vaqtda;
  • Noqulay ob havoda (issiq havoda);
  • Achchiq choy, kofe, spirtli ichimlik va energetik ichimliklar ichganda;
  • Tamaki mahsulotlarini chekkanda;
  • Ayrim dori preparatlarini qabul qilganda.

Fiziologik ravishda puls soni ortishi normal holat bo‘lib, inson organizmidagi kasallikdan dalolat bermaydi va hayot uchun xavf tug‘dirmaydi.

Patologik

Patologik puls soni ortishi yurakning jiddiy kasalliklarida, yurak poroklari, infarkt va boshqa qon tomir kasalliklarida kelib chiqadi.

Organizmdagi kasalliklar natijasida yurak miokardi qisqarishi soni ortadi. Bu holat miyada gipoksiya kelib chiqmasligi uchun organizm tomonidan avtomatik ravishda yuz beradi. Patologik taxikardiya quyidagi sabablar ta’sirida kelib chiqadi:

  • Qalqonsimon bez kasalliklari;
  • Zaharlanish;
  • Ko‘p qon yo‘qotish bilan kechuvchi travmalar;
  • Panika qilish;
  • Yurak poroklari va boshqa patologiyalari;
  • Nerv tolalarining zararlanishi;
  • Shok holatlari;
  • Qon tomirlar tonusi o‘zgarishi;
  • Infeksion kasalliklar.

Puls sonining ortishi organizmning himoya mexanizmi bo‘lib, kislorod yetishmovchiligini oldini olishga qaratiladi. Yurak aylanayotgan qon hajmining kamayganligini sezishi bilan tez ura boshlaydi.

Puls sonining ortishi turlari va belgilari

Yurak urish soni ortishi taxikardiya deb ataladi. Puls sonining ortishi murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum bir klassifikatsiyaga bo‘linadi. Taxikardiyaning 3 ta asosiy turi bor. Uni quyidagi jadval orqali bilib olishingiz mumkin.

Taxikardiya turi O‘ziga xos jihatlari
Sinusli (tugunli) Ko‘pincha fiziologik puls soni ortishida kelib chiqadi. Stress yoki emotsional holatlarda kuzatiladi. Yurak qisqarish soni 1 daqiqada 100 tagacha yetadi. Patologik holatdan dalolat bermaydi, inson tinchlanganda normaga qayadi.
Qorinchalar usti (supraventrikulyar) Yurak urish soni birdan oshadi, 1 daqiqada 200 ta va undan ham ko‘p. buni aniqlash uchun qon tomirlar orqali puls o‘lchanadi. Bu holat og‘riq hissini chaqiradi va ko‘krak qafasida siqilish sezadi. “O‘lib qolish xavfi” simptomi bilan kechadi.
Qorinchalar Bunday turdagi taxikardiya bilan faqatgina shoshilinch holatlarda uchrashish mumkin. Miokarddagi patologik holat sababli, yurak 1 daqiqada 250 va undan ortiq qisqaradi. Bunday ritmda yurak ishlashi ancha qiyinlashadi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa o‘lim holati kuzatilishi mumkin.

[box type="info" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Hech qanday tashqi ta’sirlarsiz yurak urish soni 1 daqiqada 100 ta va undan ortiq ursa, darhol shifokorga murojaat etish kerak.[/box]

Yurak urishining doimiy ortishi sabablari

Normal fiziologik yurak urish soni turli insonlarda har xil bo‘ladi. Bu insonning hayot tarzi, individual xususiyatlari yoki zararli odatlarga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida yurak qisqarish soni ortgan, lekin inson o‘zini yaxshi his qiladi. Bu yurak mushaklarining yaxshi rivojlanganidan dalolat beradi, masalan sportchilarda.

Ammo, puls soni ortishi organizmdagi jiddiy kasallik ketayotganidan dalolat beradi, ayniqsa bosh aylanishi, qon bosimi oshishi, hansirash bilan birgalikda kelsa shifokorga murojaat etish talab etiladi.

Asoratlar qanday bo‘lishi mumkin?

Puls sonining ortishi to‘qimalarda kislorod yetishmayotganidan dalolat beradi. Yurak qonni tezroq haydashga harakat qiladi. Bu holat davom etaversa miokard qisqarish sifati buziladi va impulslar o‘tishi buziladi.

Bu esa yurakda jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, masalan miokard infarkti va hatto yurakning to‘xtab qolishi. Organizmda kislorod yetishmovchiligi kuzatilsa, miyada gipoksiya kelib chiqib inson hushini yo‘qotishi ham mumkin. Patologik taxikardiyaga sabab quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Qon tomirlari trombozi;
  • Aritmiya;
  • Yurak astmasi;
  • Yurakning ishemik kasalligi.

[caption id="attachment_11401" align="aligncenter" width="1000"]taxikardiya Foto: Shutterstock.com[/caption]

Yurak urish soni ortganda nima qilish kerak?

Taxikardiyani bartaraf etish uchun unga sabab bo‘luvchi omilni yo‘qotish kerak. Asosiy kasallikni davolash uchun avvalo, maxsus tekshiruvlardan o‘tish zarur.

Puls sonini tekshirish organizmdagi kasalliklar, yurakdagi o‘zgarishlar, aritmiyalarni aniqlashda taxminiy diagnoz qo‘yish uchun yordam beradi.

Yurak urish soni ortganda shifokor tomonidan quyidagilar buyurilishi mumkin:

  • Valoserdin;
  • Valeryanka;
  • Pustirnik;
  • Valokordin;
  • Korvalol.

Bu moddalar sedativ va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Yurak qisqarish soni kuchli oshsa, nima qilish kerak?

Yurak urish soni kuchli oshganda va inson umumiy ahvoli og‘irlashganda zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Tibbiy yordam kelgunga qadar bemorni tinchlantirish, gorizontal holatda havo kelishi ta’minlash kerak.

Quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish zarur:

  • 5-6 marotaba burun bilan chuqur nafas olib, og‘iz bilan sekin chiqaring;
  • Sharni bir necha marotaba puflab shishiring;
  • Ko‘z olmasi sohasini yengil massaj qiling;
  • Salqin suvda yuvinib oling;

Tez tibbiy yordam shifokori bemorga adrenoblokatorlar berib, yurak qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi. Keyinchalik Anaprilin, Fenozepam yoki Fenobarbital bilan davo olib borilishi mumkin.

Kam hollarda jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Bunda yurakning impuls hosil qiluvchi nerv tolalari koagulyatsiya qilinadi va miokard qisqarishlari soni kamaytiriladi.

Puls soni oshishi bu kasallik emas. Bu holat yurakning fiziologik yoki patologik o‘zgarishlaridan dalolat beradi. Yurak urish soni normal bo‘lgan holatda, o‘z sog‘lig‘ingizga e’tibor bering, sog‘lom turmush tarziga rioya eting.

[box type="error" align="aligncenter" class="" width=""]Diqqat! Maqola davomida keltirib o‘tilgan kimyoviy preparatlar, faqatgina ma’lumot uchun berilgan. O‘zingizda biror o‘zgarish sezsangiz, albatta, shifokorga murojaat qiling! Zero, sog‘ligingiz o‘z qo‘lingizda![/box]

ico
Yurak astmasi - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Yurak astmasi – oʻtkir chap qorincha yetishmovchiligi, kichik qon aylanish doirasida dimlanish va oʻpka toʻqimasining shishi bilan namoyon boʻluvchi patologik holat. Yurak astmasi nafas yetishmovchiligi, ortopnoe, quruq yoʻtal, yuz terisida sianoz, taxikardiya, diastolik arterial bosimning ortishi, qoʻzgʻaluvchanlik, oʻlimdan qoʻrqish kabi simptomlar kuzatiladi. Kardial astma diagnozi klinik belgilar, umumiy koʻrik, anamnez, koʻkrak qafasi rengtenogrammasi, EKG yordamida qoʻyiladi. Yurak astmasi xuruji nitroglitserin, narkotik analgetiklar, gipotenziv va siydik haydovchi vositalar, oyoq va qoʻllarga jgut qoʻyish va kislorodoterapiya yordamida bartaraf etiladi.

Yurak astmasi, kardial astma

Umumiy maʼlumot

Yurak (kardial) astma – inspirator hansirash, nafas olish yetishmovchiligi bilan kechuvchi klinik sindromdir. Kardiologiyada yurak astmasi chap qorincha yetishmovchiligining asorati sifatida namoyon boʻluvchi holat deb baholanadi. Yurak astmasida miokard qisqarish xususiyati birdan kamayadi va kichik qon aylanish doirasida dimlanish kuzatiladi, bu esa nafas yetishmovchiligi va qon aylanish doirasidagi kamchiliklarga sabab boʻladi. Ushbu holat natijasida oʻpka shishi kelib chiqadi va koʻpincha oʻlimga sabab boʻladi.

Kardial astma sabablari

Kardial astma yurak ishining buzilishi bilan yoki yurakka bogʻliq boʻlmagan kasalliklar natijasida rivojlanishi mumkin. Yurak astmasi birlamchi oʻtkir yoki surunkali (chap qorincha yetishmovchiligi asorati) boʻlishi mumkin. Sindrom YIK (yurak ishemik kasalligi), oʻtkir infarkt, nostabil stenokardiya, aterosklerotik kardiskleroz, oʻtkir miokardit, tugʻruqdan keyingi kardiomiopatiyalar, yurak anevrizmasi natijasida kelib chiqadi.

Arterial gipertenzianing paroksizmal koʻrinishi, yurak chap qorinchasining zoʻriqish bilan ishlashi, hilpillovchi aritmiya huruji va yurak boʻlmachalari trepetaniyasi kabi holatlar yurak astmasiga olib keluvchi xavf omillariga kiradi.

Bundan tashqari, yurak astmasiga mitral va aortal klapan nuqsonlari (stenoz va yetishmovchilik) ham sabab boʻladi. Infeksion kasalliklardan pnevmoniya, oʻtkir glomerulonefrit, bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi ham yurak astmasi bilan asoratlanishi mumkin. Xavf omillariga jismoniy zoʻriqish, kuchli emotsional stress, infuziya natijasida gipervolemiya, haddan ortiq suyuqlik koʻp ichish kabi holatlar kiradi.

Patogenezi

Yurak astmasi rivojlanish mexanizmi yurak gemodinamikasining buzilishi, ayniqsa chap tomonlama yurak kameralarida qon hajmining koʻpayishi, oʻpka venalarida qon bosimining ortishi va kichik qon aylanish doirasida dimlanish bilan tushuntiriladi. Oʻpkadagi qon tomirlar oʻtkazuvchanligi ortishi hisobiga qonning suyuq qismi oʻpka toʻqimalari orasida toʻplanadi va oʻpka shishi rivojlanadi. Bu esa alveolalar va qon tomirlar oʻrtasida gaz almashinuvi buzilishiga olib keladi.

Yurak astmasi xuruji vaqtida yuzaga chiqadigan klinik belgilar nafas boshqaruvining neyroreflektor bosqichi va bosh miyada qon aylanishining buzilishi bilan tushuntiriladi. Vegetativ belgilar nafas markazlarining qoʻzgʻalishi tufayli yuzaga chiqadi.

Yurak astmasi belgilari

Yurak astmasi sindromining “xabarchi” belgilariga 2-3 kun davom etadigan hansirash, jismoniy harakatlar vaqtida yoʻtal tutishi, koʻkrak qafasida siqilish hissi kabilar kiradi. Kardial astma belgilari koʻpincha tunda yuzaga chiqadi, chunki bu vaqtda qon aylanishining adrenergik boshqaruvi sust boʻladi, yaʼni yurakda qon oqimi hajmi koʻpayadi. Kunning erta qismida kardial astma xuruji jismoniy yoki psixoemotsional zoʻriqish bilan bogʻliq.

Yurak astmasi xuruji toʻsatdan boshlanadi, bemor tunda nafas yetishmovchiligi sababli uygʻonib ketadi va hansirashdan aziyat chekadi, quruq yoʻtal kuzatiladi (keyinchalik shaffof balgʻam ham ajrala boshlaydi). Bemor gorizontal holatda yota olmaydi, majburiy holatni egallaydi. Oyoqlarini pastga tushiradi va biroz oldinga egilgan holatda oʻtiradi. odatda ogʻiz bilan nafas oladi va gapirishga qiynaladi. Bemor qoʻzgʻalgan, xavotirlanadi va oʻlib qolishdan qoʻrqish holatida boʻladi. Koʻruvda ogʻzi lab uchburchagi va tirnoqlarda sianoz, taxikardiya, diastolik arterial bosim ortadi. Auskultatsiyada kichik pufakli nam xirillash, ayniqsa oʻpkaning pastki qismida aniq eshitiladi.

Yurak astmasi bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Davomiyligi astmaga sabab boʻladigan asosiy kasallikka bogʻliq. Mitral stenoz natijasida kelib chiqadigan astma xuruji kam kuzatiladi, chunki kichik qon aylanish doirasida oʻpka arterialarining torayishi sabab boʻladi (refleks Kitayev).

Oʻng qorincha yetishmovchiligida astma xuruji rivojlanmasligi ham mumkin. Baʼzida xuruj vaqtida reflektor tarzda bronxospazm yuzaga kelishi va bronxial astma xuruji kabi simptomatika rivojlanishi, hamda diagnoz qoʻyishda qiyinchilik tugʻdirishi mumkin.

Uzoq vaqt davom etuvchi yurak astmasi xuruji natijasida sianoz, sovuq ter ajralishi, boʻyin venalarining kengayishi, pulsning ipsimon boʻlishi, qon bosimining pasayishi va bemor umumiy ahvolining ogʻirlashuvi kuzatiladi. Oʻpka shishida koʻpikli balgʻam ajralishi koʻpayadi, kichik va oʻrtacha pufakli nam xirillashlar oʻpkaning barcha sohalarida eshitiladi.

Yurak astmasi diagnostikasi

Yurak astmasini toʻgʻri davolash uchun boshqa kasalliklardan farqlab olish zarur, masalan bronxial astma, yutqin stenozi, uremiya vaqtidagi hansirash, mediastinal sindromlar, isterik holatlar. Yurak astmasini tashxislash uchun sindrom klinik belgilari, anamnez yigʻish, rentgenografiya va EKG tekshiruvlari oʻtkazish kerak boʻladi.

Yurak astmasi xuruji vaqtida auskultatsiya oʻtkazish biroz qiyin, chunki nafas yetishmovchiligi holatida xirillashlar tonlarni ajratib olishni biroz qiyinlashtiradi. Ammo, shunday boʻlsa ham malakali shifokor yurak tonlarining boʻgʻiqlashuvi, oʻpka arteriyasida II ton aksenti, hamda asosiy kasallik belgisi – yurak ritmining oʻzgarishi, aorta yoki yurak klapanlaridagi kamchiliklar haqida bilib olish mumkin. Puls toʻlishining kamayishi, arterial qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Oʻpkani eshitganda nam xirillashlar aniqlanadi.

Yurak astmasida rentgenogrammada kichik qon aylanish doirasida venoz dimlanish va oʻpka surʼatining xiralashuvi, oʻpka ildizlari aniq namoyon boʻlmasligi oʻpka shishidan dalolat beradi. Xuruj vaqtida EKG da ST tishchalar intervali pasayishi, tishchalar amplitudasining pasayishi, aritmiya belgilari, koronar yetishmovchilik belgilari aniqlanadi.

Reflektor ravishda bronxospazm bilan kechuvchi, xushtaksimon xirillash va shilliq ajralishining koʻpayishi va bronxial astma xurujini istisno qilish uchun bemor yoshiga eʼtibor beriladi (yurak astmasi koʻpincha qari yoshdagi insonlarda kuzatiladi), allergik anamnez, surunkali oʻpka kasalliklari, yurak qon tomir tizimidagi patologiyalar haqida maʼlumot yigʻish zarur.

Yurak astmasi davosi

Kardial astma oʻz-oʻzidan oʻtib ketadigan holat boʻ​lsada, oʻpka shishi natijasida bemorda oʻlim holati sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlishi bilan xavfli hisoblanadi. Shuning uchun yurak astmasi xurujida tez tibbiy yordam koʻrsatish shart. Davo chora tadbirlari asosan nafas markazini neyroreflektor qoʻzgʻalishini oldini olish, emotsional zoʻriqishni bartaraf etish va kichik qon aylanish doirasidagi dimlanishni korreksiya qilish kabilardan iborat.

Xuruj vaqtida bemor ahvolini yaxshilash uchun maksimal darajada tinchlik, bemorga qulay boʻlgan (oʻtirgan holatda) holatni taʼminlash, oyoqlarni issiq vanna qilish kerak boʻladi. Har 5-10 daqiqa davomida til ostiga nitroglitserin tashlanadi, hamda arterial qon bosimi tekshirib turiladi.

Yurak astmasi xurujida ogʻriqni qoldirish uchun narkotik analgetiklardan foydalaniladi, bu hansirashni ham kamaytiradi. Kichik qon aylanish doirasida dimlanish va arterial gipertenziya va venoz dimlanishni qon chiqarish yoʻli bilan (300 ml qon) bartaraf etish mumkin. Bundan tashqari tananing periferik qismlariga jgut qoʻyish ham mumkin (30 daqiqadan oshmasligi zarur). 

Shifoxona sharoitida kislorod (etil spirtdan oʻtkazgan holda) bemorga ingalyatsiya yoʻli bilan yetkaziladi, bu ham oʻpka shishini kamaytiradi. Katta dozada siydik haydovchi preparatlar (furosemid) buyuriladi. Deyarli barcha yurak astmasi xurujlarida vena ichiga yurak glikozidlari – strofantin yoki digoksin qoʻllaniladi. Eufillin – bronxial va yurak astmasi birgalikda kelganda yaxshi yordam beradi. Xuruj bartaraf etilgandan soʻng, asosiy kasallik davolanadi.

Kasallik oqibati va profilaktikasi

Kasallik xuruji oqibati asosiy kasallik ogʻirlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Koʻpincha xuruj oqibati salbiy yakunlanadi. Ammo, toʻgʻri buyurilgan davo muolajalari bemor hayotini saqlab qolishga erishiladi.

Yurak astmasi profilaktikasi surunkali yurak qon tomir kasalliklarini davolash, infeksion kasalliklardan saqlanish, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziyani bartaraf etish kabi chora tadbirlardan iborat.

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yurak ishemik kasalligida meldoniyning (Mildronat) klinik qo‘llanilishini asoslash

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kasallikning yanada oshishini prognoz qilmoqda, u o‘z ichiga aholi keksayishini, turmush tarzining xususiyatlarini va noinfeksion kasalliklar ulushi oshishini kirituvchi demografik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishidan kelib chiqqan. JSST mutaxassislarining fikriga ko‘ra, xavfning modifikatsiyalovchi omillariga ta’sir ko‘rsatib va kasallik kuchayishini va asoratlar rivojlanishini to‘xtatish imkonini beradigan ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirib, 80% infarkt va insultlarning oldini olish mumkin ekan.

Diagnostika va davolash bo‘yicha tavsiyalarga ko‘ra, arterial gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda YuIKning ikkilamchi profilaktikasi uchun AAF ingibitorlari/angiotenzin II retseptorlar blokatorlari, b-adrenoblokatorlar, sekin kalsiy kanallari blokatorlari, antitrombotsitar preparatlar, nitratlar va statinlar qo‘llaniladi. Gemodinamik va neyrogumoral regulyatsiyani yaxshilashga qaratilgan vositalardan tashqari, miokard ishemiyasida o‘zgaradigan metabolizmni to‘g‘rilash uchun hujayra metabolizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi va energetik almashuvni yaxshilovchi sitoprotektorlar tavsiya etiladi.

Organizm va organlarning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ehtiyojlarga mos keladigan energota’minot zarur bo‘ladi, u hujayralar darajasida AAF hosil bo‘lishi jarayonlari bilan ta’minlanadi. Miokardda hujayraga zarur bo‘lgan AAF mitoxondriyalarda ikkita yo‘l orqali sintezlanadi:b -yog‘li kislotalarni oksidlanishida va glikolizda.  Miokard me’yorda qon bilan ta’minlangan sharoitlarda energiya hosil qilishning ikkita muqobil yo‘li muvozanat holatida bo‘ladi. AAF molekulalari aksariyat sonining sintezi asosan (60-80%) asosiy kislorod sarflovchi yo‘llar hisobidan sodir bo‘ladi - karnitin ishtirokida yog‘li kislotalarning oksidlanishi hisobidan (b-oksidlanish). Qo‘shimcha - glikoliz, kam unumdorli, lekin yanada tejamroq (kislorod xarajatlari 30-40%ga past) yo‘li orqali - kardiomiotsitlarning to‘satdan AAFga bo‘lgan ehtiyojlari vujudga kelganda energiya sarflari to‘ldiriladi.

Stenokardiya xuruji yoki miokard ishemiyasining og‘riqsiz epizodi paytida mitoxondriyalardagi kislorod yetishmovchiligida biokimyoviy buzilishlar kaskadi erkin yog‘li kislotalar (EYoK) konsentratsiyasining oshishiga, kardiomiotsitlarning boshqa energiya manbalaridan (glyukoza, laktat, piruvat) foydalanish qobiliyatini cheklanishiga va AAF sintezini bostirilishiga olib keladi. Shu o‘rinda kalsiy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligi oshadi, oksidativ stress rivojlanadi va membranani shikastlovchi va mitoxondriyalardan hujayra organellalariga AAF tashilishiga to‘sqinlik qiluvchi toksik mahsulotlar to‘planadi.  Faollashtirilgan to‘liq oksidlanmagan yog‘li kislotalar (atsilkarnitin va atsilkoenzim A) konsentratsiyasining oshishi membranalarning parchalanishiga va hujayralarning o‘limiga olib keladi.

To‘liq oksidlanmagan EYoK erkin radikallar hosil qilinishi bilan peroksidli oksidlanishga oson duchor bo‘ladi va hujayra tuzilmalarini parchalashidan tashqari, azot oksidi sintezini ingibirlaydi va baroretseptorlar va qon tomir devori retseptorlarining azot oksidiga bo‘lgan sezgirligini pasaytiradi.

Shunday qilib, miokard gipoksiyasi jismoniy va emotsional zo‘riqishda katexolaminlarning yuqori chiqarilishi ta’sirida vujudga keladigan ishemik shikastlanish jarayonlarini og‘irlashtiradi. Ushbu jarayonni bartaraf etish uchun miokard qon ta’minotini yaxshilash yoki to‘liq oksidlanmagan EYoKdan foydalanish jadalligini belgilovchi asosiy omil - karnitin sintezini cheklash zarur.

Hujayradagi energetik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi dori preparati, sitoprotektor, meldoniy – Mildronat® (Grindeks, Latviya), EYoKlarning tashilishiga ta’sir ko‘rsatib, mitoxondriyalardan tashqarida ularning jadalligini b- oksidlanishini tartibga soladi.  Uzun zanjirli EYoKlarni mitoxondriyalarga tushishini cheklab, shu bilan birga qisqa zanjirli EYoKlarning kirishiga va oksidlanishiga to‘sqinlik qilmasdan, meldoniy EYoKlar ishtirok etuvchi energetik jarayonlarni qo‘llab turishga yordam beradi va kardiomiotsitlarni to‘liq oksidlanmagan yog‘li kislotalar parchalanish mahsulotlarining salbiy ta’siridan himoya qiladi.  Meldoniy g-butirobetaingidroksilaza fermentini raqobatli ingibirlash hisobiga g-butirobetaindan karnitin sintezini bloklaydi, shu bilan mitoxondriyalarda EYoKlarning karnitinga bog‘liq tashilishini pasaytiradi. Natijada oksidlanishi kislorodxarjli bo‘lgan EYoKlarning mitoxondriyalarga kelib tushishi cheklanadi. Hujayradagi metabolizm glyukoza iste’molini oshirib, qo‘shimcha- glikolizli yo‘l tarafga siljiydi.

Karnitin konsentratsiyasi pasayishi tufayli azot oksidini indutsiyalovchi, erkin radikallarni bog‘lovchi va meldoniyning periferik qarshilikni pasaytirish, trombotsitlar agregatsiyasini to‘xtatish, eritrotsitlar membranalarining elastikligini oshirish kabi samaralarini asoslovchi g-butirobetain tarkibi oshadi.

Karnitin- mustaqil samaralari tufayli meldoniy to‘qimalardagi mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, azot oksidi kuchli vazodilatatorlarga taalluqli bo‘lganligi tufayli, subendotelial bo‘shliqqa kirib borib, u hujayra ichidagi kalsiyni silliq mushakli hujayralarga pasaytirish hisobiga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Meldoniy o‘g‘irlash sindromini keltirib chiqarmasdan, noradrenalin va angiotenzin II ta’sirida vujudga kelgan koronar arteriyalar spazmini kamaytirib, miokardning ishemiyazatsiyalangan sohalariga protektiv ta’sir ko‘rsatadi va o‘zgarmas miokardga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Klinik amaliyotda meldoniyning 30 yildan ortiq qo‘llanilishi ko‘p sonli eksperimental va klinik tadqiqotlar bilan asoslangan. Meldoniyning turli dozalarini II -III fuknsional sinfi barqaror stenokardiyasidagi jismoniy yuklamaga bo‘lgan bardoshlikka ta’siri prospektiv randomizatsiyalangan ikkitalik ko‘r plasebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda o‘rganilgan (Mildronat va barqaror stenokardiya – MILSS I).   To‘rtta mamlakatning 72ta klinik markazlaridagi beshta parallel guruhlarning patsiyentlari 12 hafta davomida 100, 300, 1000, 3000 mg dozadagi meldoniy va plasebo majmuasidagi standart terapiyani olgan. Veloergometrik proba natijalari bo‘yicha jismoniy yuklamaning davriyligiga va ko‘tara olinishiga ta’sir qiluvchi eng samarali doza barqaror stenokardiyaning standart terapiyasi bilan majmuada sutkada 2 marta 500 mg dan etib belgilangan.

 Miokard ishemiyasida Mildronat®  ning ta’sir etish mexanizmi, fiziologik va klinik samaralarining sxemasi

Barqaror stenokardiyada standart terapiya bilan majmuada jismoniy yuklamani ko‘tara olishda va meldoniy xavfsizligida samardorlikni o‘rganishning keyingi kuzatuvlari MILSS II klinik tadqiqotida davom ettirilgan.  Ikkitalik ko‘r plasebo-nazorat qilinadigan tadqiqot to‘rtta mamlakatning (Latviya, Litva, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina) 37ta markazlarida o‘tkazilgan, kuzatish davri 13 oyni tashkil etgan. Asosiy guruhga 317 nafar ambulator patsiyentlar (erkaklar va ayollar) kiritilgan, II–III funksional sinfdagi barqaror stenokardiyasi bo‘lgan ularning o‘rtacha yoshi 60,96 yoshni tashkil etgan, plasebo guruhida - 100 nafar, o‘rtacha yoshi - 62,61 yosh bo‘lgan.  Birlamchi skrining va randomizatsiyadan keyin patsiyentlar 12 oy davomida sutkada 2 marta 500 mg dozada mildronat qabul qilgan. Jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlikni baholash uchun dastlab va meldoniy bilan davolanish fonida 12 oydan keyin veloergometrik test qo‘llanilgan.

Davolashni asosiy guruhdagi 278 nafar patsiyentlar va plasebo olgan guruhdagi 141 nafar patsiyentlar yakunlagan. Jismoniy yuklamaning davomiyligi meldoniy olgan guruhda davolanishdan keyin dastlabki qiymatga va plasebo guruhiga nisbatan tegishli ravishda 6,5%ga va 10,6% ga oshgan; ikkala qiymat uchun - r<0,001.  Tadqiqotchilar angioz og‘riq va ST segmenti depressiyasi paydo bo‘lgunga qadar vaqtning oshishini qayd etishdi.

Preparatni qo‘llash davomiyligini hisobga olgan holda (12 oy) xavfsizlik profili o‘rganildi: nojo‘ya reaksiyalar ro‘yxatga olingan va laborator ko‘rsatkichlar monitorlangan. Meldoniy olgan va plasebo guruhlarining ko‘rsatkichlarida statistik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan, bu esa preparatning xavfsizligi va yaxshi ko‘tara olinishidan dalolat beradi.

Shunday qilib, standart terapiya bilan majmuada meldoniy II va III funksional guruhi barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarning jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantligini oshishiga, turmush sifatining yaxshilanishiga yordam bergan va uzoq qo‘llanilishida yaxshi ko‘tara olingan.

Meldoniyning ta’sir etish mexanizmi YuIK va surunkali yurak yetishmovchiligida (SYuE) endotelial disfunksiyani me’yorlashtiruvchi -butirobetainni kuchli sintezlash hisobiga azot oksidi hosil bo‘lishini indutsiyalashni o‘z ichiga oladi. Eksperimental tadqiqotlarda meldoniyning endoteliprotektiv va kardioprotektiv aniq ta’sirining dalillari olingan.

Klinik amaliyotda ishemik genezdagi SYuEda oqimga qaramli vazoditalatsiyani aniqlash bilan endoteliy funksiyasiga meldoniyning ta’siri ikkitalik ko‘r tadqiqotda o‘rganilga. Barqaror kechishli va chap qorinchaning past otish fraksiyasi (ChQ OF <45%) bilan II–III funksional sinfdagi SYuE bo‘lgan, standart terapiya (diuretik, AAF ingibitori, b-adrenablokator va h.z.) va meldoniy olgan 30 nafar patsiyent kuzatilgan (o‘rtacha yoshi - 52,1±4,9 yosh).

Nazorat guruhiga o‘xshash jihatli yoshdagi 30 nafar klinik sog‘lom kishilar kiritilgan. Yelka arteriyasining endoteliyga bog‘liq va endoteliyga bog‘liq bo‘lmagan funksiyalari reaktiv giperemiyali proba yordamida baholangan. Dastlab reaktiv giperemiyali proba paytida yelka arteriyasi diametrining nisbiy o‘sishi klinik sog‘lom odamlarga qaraganda SYuE bo‘lgan patsiyentlarda pastroq bo‘lgan. 1000 mg meldoniy vena ichiga yuborilganda SYuE bo‘lgan patsiyentlarda fiziologik eritmaning 100 ml da oqimga qaramli vazodilatatsiyaning ishonchli oshishi kuzatilgan, shu bilan birga plasebo yuborilganda bunday reaksiya kuzatilmagan. Tadqiqotchilar biri - qon tomir devorida butirobetain konsentratsiyasini oshishi, ikkinchisi - uning erkin-radikal faollashuvining jadalligi pasayishi va azot oksidining erishimliligi oshishi natijasida to‘qima nafas olishini yaxshilanishi bo‘lgan ikkita mexanizmlar hisobiga samara borligini taxmin qilib, gemodinamik barqaror SYuE va past ChQ OF bo‘lgan patsiyentlarda meldoniy endoteliy funksiyasini yaxshilaydi degan xulosaga kelishdi.

Ma’lumki, meldoniyning muhim xususiyatlari uning aktioksidantli samaralari hisoblanadi. Preparatning antioksidantli ta’siri organizmning antioksidantli tizimi faollashuvining oshishi, yog‘li kislotalarning karnitin-qaramli oksidlanishini pasayishi natijasida lipidlarning erkin radikalli oksidlanishini ingibirlanishi tufayli amalga oshiriladi.

Meldoniy ta’siri ostida qonda lipidlar va antioksidant tizimlarning peroksidli oksidlanish holati koronar shuntirlash yoki teri orqali koronar aralashuv yoki koronar arteriyalarni stentlash bajarilgan, barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan.   Tadqiqotga II–III funksional sinfi barqaror stenokardiyasi bo‘lgan 41-75 yoshdagi 149 nafar patsiyentlar kiritilgan (114ta erkak va 35ta ayol).  Birinchi guruh patsiyentlariga (n=79) standart terapiyaga koronar arteriyalardagi aralashuvga qadar uch kun mobaynida sutkada 750 mg dozada, aralashuvdan keyin - haftada 2 marta 750 mg dan meldoniy qo‘shilgan. Ikkinchi guruhda patsiyentlar standart terapiyani olgan. Lipidlarning peroksidli oksidlanish holati dastlab va jarrohlik aralashuvidan keyin qon zardobida malonli dialdegid (MD) konsentratsiyasi bo‘yicha baholangan, organizm antioksidant tizimlarining holati - qon eritrotsitlarida glutationperoksidaza (GP) va superoksiddismutaza (SOD) antioksidant fermentlarning tarkibi bo‘yicha baholangan.

Tadqiqot natijalari jarrohlikdan oldingi davrda koronar shuntirlashdan oldin meldoniyni qo‘llash qonda GP va SOD antioksidant himoya fermentlarining faolligini oshishi tufayli kelib chiqqan erkin radikallar konsentratsiyasining pasayishi bilan kuzatilishidan dalolat bergan.  Ballonli angioplastikani bajarishdan va koronar arteriyalarni stentlashdan oldin meldoniyning qo‘llanilishi nazorat guruhidagi patsiyentlarga qaraganda barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda lipidlarni peroksidli oksidlash faolligini kamayishiga (GP va SOD konsentratsiyasini oshishi) va aralashuvdan keyin dastlabki sutkalarda MD darajasini pasayishiga olib kelgan.

Meldoniy farmakodinamikasining xususiyatlari va qon tomir devoriga universal ta’sir ko‘rsatishi YuIKni davolashda eng muhim bo‘lgan vazoprotektiv va antioksidantli samaralarga olib keladi.

Meldoniy ta’sirida qon lipid spektrining, yallig‘lanish omillarining o‘zgarishi va endoteliy funksiyasi YuIK bo‘lgan 60ta patsiyent (o‘rtacha yoshi - 58±7 yosh) kiritilgan bir markazli ochiq nazorat qilinadigan tadqiqotda o‘rganilgan.   Asosiy guruh patsiyentlariga (n=30, YuIK tashxisi koronaroventrikulografiya natijalari bilan tasdiqlangan) standart terapiya fonida 3 oy davomida 1000 mg dozada meldoniy bilan davolash olib borilgan. Taqqoslash guruhida (n=30) patsiyentlar qiyoslanuvchi standart terapiyani olgan (AAF ingibitorlari, b-adrenoblokatorlar, nitratlar, statinlar, aspirin). Davolashni boshlashdan oldin va 3 oydan keyin umumiy xolesterin (XS), triglitseridlar (TG), past zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini (PZLP XS), yuqori zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini (YuZLP XS), spartataminotransaminaza, alaninaminotransaminaza, kreatinkinaza, S-reaktiv oqsil (SRO), interleykin 6, lipoproteid (a), metabolit oksid azoti (NO) darajasi aniqlangan.    Yelka arteriyasi oqimga bog‘liq vazodilatatsiyasining tadqiqoti bajarilgan.

Meldoniy olgan patsiyentlar guruhida standart terapiya va meldoniyni qo‘llashda nazorat guruhiga qaraganda tadqiqotchilar stenokardiya xurujlari tez-tezligining sutkada 2,3±1,77 dan 1,73±1,31 martagacha va ta’sir ko‘rsatuvchi nitratlarning qo‘llaniladigan dozalari sonini sutkada 1,73±1,62 dan 1±1,41martagacha kamayishini, XS, YuZLP XS va TG konsentratsiyalaridagi ishonchli farqlar yo‘qligini qayd etgan.    Uch oy davolashdan keyin dastlabki qiymatga nisbatan PZLP XS (06±1,32 dan 2,7±1,0 mmol/l gacha; p<0,05) SRO (1,5±1,8 dan 1,0±1,1 mg/l gacha; r<0,01) darajasi pasaygan. Meldoniy bilan davolashdan keyin yelka arteriyasining oqimga qaramli vazodilatatsiyasi oshgan va qon zardobida NO darajasi ko‘tarilgan (33,5±10,0 dan 44,1±32,3 mkmol/l gacha; r<0,05), taqqoslash guruhida ko‘rsatkichlardagi ishonchli farqlar aniqlanmagan.

Tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, uch oy mobaynida standart terapiya bilan birgalikda meldoniy terapiyasi yanada qisqa muddatlarda angioz og‘riq paydo bo‘lish tez-tezligini va nitroglitseringa bo‘lgan sutkalik ehtiyojni kamaytirish, endoteliy funksiyasini yaxshilash imkonini beradi va lipid profilning yaxshilanishiga yordam beradi.

Tadqiqotchilar meldoniyning kardiomiotsitlar membranasi funksiyasining me’yorlashishi va PZLPlarning apoV100 retseptorlari bilan eng yaxshi bog‘lanishi tufayli vujudga kelgan, aniq proaterogenli ta’sir ko‘rsatuvchi PZLP XS konsentratsiyasini pasayishi, SRO darajasini pasayishi - aterosklerozning kuchayishiga va aterosklerotik blyashkalarning destabilizatsiyasiga xos bo‘lgan yallig‘lanish jarayonlari namoyishlarining kamayishi ko‘rishinida qo‘shimcha samaralarini tasdiqlashdi.  

Shunday qilib, YuIK bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyni qo‘llash natijalari antianginal, antiishemik samaradan, qon lipid spektrini o‘zgarishi ko‘rinishidagi namoyishlari bilan ateroskleroz rivojlanishini sekinlashtirishga bo‘lgan ta’siridan, yallig‘lanishni ko‘rsatuvchi omil - SRO konsentratsiyasini pasayishidan va endoteliy funksiyasini boshqaruvchi asosiy omil - NO ni oshishidan dalolat beradi.

Barqaror stenokardiyada meldoniyning kardioprotektiv samaradorligi miokardning tuzilmaviy va funksional xarakteristikalariga ta’sir qiladi. M.V. Baluda va hammualliflar, YuIK fonida rivojlangan SYuE bo‘lgan patsiyentlarni o‘rganib, standart terapiya bilan majmuada 6 hafta davomida sutkada 1000 mg meldoniy olgan patsiyentlarda o‘pka arteriyasida bosimning tushishini, OFni va ChQ ning zarbli hajmini 10% ga oshishini qayd etgan.    Meldoniyni qo‘llash jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlikni oshishi bilan kuzatilgan - 6-daqiqalik yurish bilan test natijalari bo‘yicha kuzatuv oxirida o‘tilgan masofa 70%ga oshgan, taqqoslash guruhida (meldoniysiz standart terapiya) - 55%ga oshgan.

Meldoniy ta’siri ostida endoteliyga bog‘liq funksiyaning yaxshilanishi, vazodilitatsiyalovchi xususiyatlar, periferik arteriyalar aterosklerozining rivojlanishini sekinlashishi tadqiqotda namoyish etilgan (MI&CI – Mildronate® – Efficacy And Safety In Patients With Intermittent Claudication). Tadqiqotda standart terapiyani va 24 hafta davomida sutkada 2 marta 500 mg dan meldoniy olgan, oyoq qon tomirlarining aterosklerotik shikastlanishlari bo‘lgan 62 nafar patsiyent ishtirok etgan, nazorat guruhi standart terapiya va plaseboni olgan. Tredmil-test natijalari bo‘yicha (dastlab va 4, 12, 24 haftadan keyin) meldoniy olgan patsiyentlarda kuzatuv bosqichlarining har birida yurishmasofasi oshib borgan. 24 hafta davolashdan keyin masofa o‘sishining o‘rtacha qiymati +62,3%ni tashkil etgan, plasebo bilan patsiyentlarda - 2 barobar past bo‘lgan (+34,4%). Davolash to‘xtatilgandan keyin bir oy davomida mualliflar meldoniyning vazoprotektiv va endotelial funksiyani yaxshilovchi samarasini qayd etgan - tredmil-test bo‘yicha yurish masofasi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.  Platsebo guruhida xuddi shu vaqt mobaynida tredmil-testning ko'rsatkichlari yomonlashdi. Tadqiqot natijalari meldoniyning endoteliy holatini yaxshilovchi metabolik sitoprotektorining ta’siri ostida qon tomirlarning aterosklerotik shikastlanishlari va surunkali ishemiyasi bo‘lgan patsiyentlarning funksional imkoniyatlarini yaxshilanishi haqida dalolat bergan.

I.G. Gordeev va hammualliflar II–III funksional sinfi stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda koronar qon oqimini tiklash bo‘yicha jarrohlikni o‘tkazishdan oldin va keyin meldoniyning miokard (gibernirlovchi miokard) hayotiyligini saqlab qolishga bo‘lgan ta’sirini o‘rgangan. Tadqiqotda asoratlar rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan 35-65 yoshdagi, ballonli angioplastika va koronar arteriyalarni stentlash rejalashtirilgan patsiyentlar ishtirok etgan.  Standart terapiya olgan patsiyentlarga qaraganda standart terapiyani va aralashuvdan oldin uch kun mobaynida sutkada 750 mg va jarrohlikdan keyingi davrda haftada ikki marta 750 mg meldoniyni qo‘llash fonida EKG natijalari bo‘yicha stenokardiya xurujlari va ishemiya belgilarining 29,5%ga pasayishi, ChQ miokardi umumiy (ChQ OF +6,86%), mahalliy (mahalliy qisqarish buzilishlari indeksining 3,05%ga kamayishi) qisqarishi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi qayd etilgan.   Kuzatuv davrida - 8-10 sutka - meldoniy guruhida yakuniy sistolik hajmning, yakuniy sistolik o‘lchamning va yakuniy diastolik o‘lchamning kamayish tendensiyasi qayd etilgan.

Ye.Ye. Ilina ishida meldoniy olgan xuddi o‘sha patsiyentlar guruhida koronar shuntirlashdan keyin, jarrohlikdan keyingi dastlabki sutkalarda lipidlarning peroksidli oksidlanish ko‘rsatkichlari tarkibining pasayishi, qonda antioksidantli himoya tizim ko‘rsatkichlari konsentratsiyalarining oshishi, kardiospesifik fermentlar faolligining pasayishi kuzatilgan. Olingan natijalar miokardning jarrohlikdan keyin ishemik va reperfuzion shikastlanish darajasining pasayishidan dalolat bergan. Shunday qilib, jarrohlik revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin qo‘llaniladigan meldoniy, II– III funksional sinfi zo‘riqishidagi stenokardiyaning majmuaviy terapiyasida, miokard ishemiyasi belgilarini kamaytirishga, miokardning umumiy va qisqartiruvchi funksiyasini yaxshilashga yordam beradi.

IYuK simptomlariga meldoniy ta’sirini o‘rganish davom etmoqda va hozirgi paytda YuIK bo‘lgan patsiyentlarning qorinchali aritmiyasida meldoniyni qo‘llash tajribasi to‘plangan.  S.V. Grigoryan va hammualliflar (2019 yil) YuIK va qorinchali ekstrasistoliyasi (Lown II–IV) bo‘lgan 147 nafar patsiyentlar kuzatilishi haqidagi xabarni nashr etgan. Bitta guruhda  (n=81) patsiyentlar ikki oy davomida meldoniy bilan majmuada standart terapiyani, boshqasida esa - standart terapiyani olgan. Tadqiqot natijalarining taqqoslash tahlili meldoniy guruhida turmush sifatining holati va ko‘rsatkichlari yaxshilanganligini, jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlik va miokardning sistolik va diastolik funksiyasi ko‘rsatkichlari oshganligini ko‘rsatgan. Miokard energetik almashuvini optimallashtirish miokard va qorinchali ekstrasistoliya, jumladan alloritmiya ishemiyasi epizodlarining tez-tezligini pasayishiga yordam bergan.

SYuE bilan miokard infarktidan keyin erta tiklash davrining kechishiga meldoniyning ta’siri 45-75 yoshdagi 60 nafar patsiyentlar (erkaklar va ayollar) ishtirokidagi ochiq randomizatsiyalangan tadqiqotda o‘rganilgan.   Tadqiqot II–III funksional sinfi SYuE belgilari bo‘lgan patsiyentlarda boshdan kechirilgan miokard infarktidan 3-4 haftadan keyin bajarilgan. Ikkita guruhga randomizatsiyalangandan keyin birinchi guruh patsiyentlariga (n=30) asosiy terapiyaga qo‘shimcha sifatida 10-14 kun davomida (o‘rtacha 12,4±0,8 kun) sutkada 1000 mg dozada meldoniy tayinlangan, ikkinchi guruh patsiyentlari asosiy terapiyani olgan.

Kuzatuv natijalarining ko‘rsatishicha, miokard infarktidan keyin tiklash davrida meldoniy bilan terapiya ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, uning sarasiga belgilarni kamayishi (6-daqiqalik yurish bilan testning natijalari bo‘yicha masofani oshishi) va SYuE funksional sinfini pasayishi, NT- proBNP darajasini, stenokardiya xurujlari tez-tezligini hamda EKGda ishemiya va aritmiya epizodlarini pasayishi kirgan. YuIK rivojlanishi va kuchayishining xavf omillaridan biri qandli diabet hisoblanadi. Qandli diabetga xos bo‘lgan hujayra ichi metabolik buzilishlar barqaror stenokardiya kechishini og‘irlashtiradi, endotelial disfunksiyani kuchaytiradi, erkin radikalli oksidlanishni faollashtiradi, shu bilan arteriyalar va miokard ishemiyasining aterosklerotik shikastlanishini rivojlanishiga yordam beradi. M.Ye. Stasenko va hammualliflar. YuIK va  II–III funksional sinfi SYuE va 2-turdagi subkompensatsiya va kompensatsiya darajasidagi qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda majmuaviy terapiya tarkibida meldoniy ta’sirini (uch oy davomida sutkada 1000 mg) o‘rganish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan]. Mualliflar nazorat guruhiga qaraganda meldoniy qo‘llanilishining glikirlangan gemoglobin darajasining pasayishi, insulinrezistentlik va oksidlanuvchi stressning kamayishi, lipid profilning yaxshilanishi, SYuE simptomlarining kamayishi va jismoniy yuklamaga tolerantlikning oshishi hisobiga turmush sifatining yaxshilanishi ko‘rinishidagi afzalliklarini qayd etgan. Exokardiografik tadqiqot natijalari bo‘yicha diastolik funksiya yaxshilanishi va ChQ miokardi umumiy qisqarish funksiyasining oshishi aniqlangan.

Meldoniyning avtonom kardial neyropatiya simptomlariga bo‘lgan ta’sirini baholashda davolashning 16 haftasidan keyin yurak ritmi variabelligining kamaygani (24 soat davomida RR oralig‘ini standart og‘ish vaqtini taqqoslash guruhidagi 20% ga nisbatan 46% ga oshishi), regulyator tizimlarning yumshatish indeksi - taqqoslash guruhidagi 12% nisbatan 28% ga oshishi (p<0,05) qayd etilgan.  Yurak ritmi spektral tahlili ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari ikkala guruhda ham asosiy komponentlar nisbatining buzilishidan dalolat bergan, ular orasida meldoniy bilan davolash fonida past chastotali ko‘rsatkich qiymatiga bo‘lgan ishonchli ta’siri aniqlangan (LF). Meldoniy guruhida vegetativ regulyatsiyaning yuklamalarga bo‘lgan moslashish qobiliyati natijalari yaxshilangan (ortostatiktest, Valsalva probasi va h.z.). Vegetativ disbalans namoyishlarini kamaytirish YuIK va 2-turdagi qandli diabetda asoratlarni ikkilamchi profilaktika qilish omillariga kiradi - o‘tkir koronar sindromning, yurak aritmiyalarining rivojlanish xavfini pasaytirish.

Mitral klapani prolapsi (MKP) bilan birikma to‘qimalarining ko‘p omilli nasliy buzilishlari (BTNB) fonida somaformli vegetativ disfunksiyasi bo‘lgan yosh odamlarning holatiga meldoniy ta’sirini o‘rganishga bir nechta tadqiqotlar bag‘ishlangan. O‘n yillik davr davomida vegetativ disbalans kamayishini, turmush sifati, gemodinamik xarakteristikalar, jismoniy yuklamalar ko‘tara olinishi yaxshilanishini va aritmiyalarning elektrokardiografik belgilari va metabolik buzilishlar chastotasining kamayishini ko‘rsatuvchi natijalari bilan BTNB bo‘lgan shaxslarda meldoniyni qo‘llash tajribasi to‘plangan.

Original Mildronatning Ò universal xususiyatlari SYuE bilan YuIKda inson organizmida preparatning ta’sir etish mexanizmlarini aniqlaydi va antianginal, antiishemik va vazoprotektiv samaralarini keltirib chiqaradi.   Kislorod sarfini pasaytirish bilan hujayra ichi metabolizmini tuzatish ishemik prekonditsionerlash jarayonlarini ta’minlaydi va miokardning ishemik shikastlanish xavfini, aritmiyalar rivojlanishini pasaytiradi.  Amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari barqaror stenokardiyada, koronar qon oqimini jarrohlik tiklashdan oldin va keyin, SYuEda, o‘tkir miokard infarktidan keyingi tiklanish davrida MildronatÒ qo‘llanilishining samaradorligini va xavfsizligini ko‘rsatdi.    Tadqiqotda preparatning aniqlangan qo‘shimcha xususiyatlari (uglevodli va lipidli almashuvga ta’siri), vegetativ disbalansning kamayishi YuIK va komorbid foni bo‘lgan patsiyentlarni davolash natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Muallif haqida

Trisvetova Ye.L.,tibbiyot fanlari doktori, Belorussiya davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar 2-chi kafedrasi professori, Minsk

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yaxshi tanish bo‘lgan preparat haqida yangi ma’lumotlar: meldoniyga e’tibor qaratamiz

Maqolada negizida ikkilamchi mitoxondrial disfunksiya yotgan turli kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyni qo‘llash samaradorligining obzori berilgan. Mitoxondriyalar - bu ko‘pgina metabolik jarayonlarni, jumladan yog‘li kislotalar (YoK) oksidlanishini, Krebs siklini, elektronlarni tashish zanjirida oksidlovchi fosforlashni va ko‘pgina boshqalarni boshqaradigan murakkab hujayrali organellalar. 

Foto: Google Photo

Aynan mitoxondriyalar matriksida trikarbon kislotalar siklidagi glyukozani aerobli oksidlash birikma reaksiyasining kaskadi va piruvatdegidrogenazli reaksiya sodir bo‘ladi, buning natijasida ichki mitoxondrial membranada lokalizatsiyalangan va hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) sintezi uchun bevosita javob beradigan mitoxondrriyalarning nafas olish zanjirida oksidlanuvchi substratlar hosil bo‘ladi.   

Mitoxondriyalarning shikastlanishi erkin radikalli jarayonlarni faollashishiga va dasturlangan hujayra o‘limi initsiatsiyasiga yordam berishi mumkin.  Obzorda meldoniyni mitoxondriyalardagi patologik jarayonlarni to‘xtatishga yordam beruvchi dori vositasida sifatida qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Meldoniy hujayralar qobiqlari orqali karnitin sintezini va uzun zanjirli YoK tashilishini bostiradi, hujayralarda atsilkarnitin va atsilkoenzim A hosilalari bo‘lgan oxirigacha oksidlanmagan YoKning faollashtirilgan shakllarini to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, ishemiya sharoitlarida kislorod yetkazib berish muvozanatini va uni hujayralarda o‘zlashtirilishini tiklaydi, ATF tashilishining buzilishini oldini oladi; shu bilan bir vaqtda glikolizni faollashtiradi, u kislorodni qo‘shimcha iste’mol qilmasdan kechadi. Obzorda meldoniyni yurak qon-tomir tizimi kasalliklari (yurak ishemik kasalliklari, yurak yetishmovchiligi, gipertenziya va hokazo), nevrologik buzilishlari (insult, serebrovaskulyar yetishmovchilik va hokazo), nafas olish organlari kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash samaradorligining ma’lumotlari keltiriladi.

Koronavirus kasalligi, bronxial astma, o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi, grippga qarshi vaksinatsiyadagi immun javobga meldoniyning ijobiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.  Koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgan bemorlarda meldoniyni qo‘llash fonida asteniyaning kamayishi qayd etilgan.

Mitoxondriyalar (Mt) - bu ko‘pgina metabolik jarayonlarni, jumladan yog‘li kislotalar (YoK) oksidlanishini, Krebs siklini, elektronlarni tashish zanjirida oksidlovchi fosforlashni va ko‘pgina boshqalarni boshqaradigan murakkab hujayrali organellalar. Aynan mitoxondriyalar matriksida trikarbon kislotalar siklidagi glyukozani aerobli oksidlash birikma reaksiyasining kaskadi va piruvatdegidrogenazli reaksiya sodir bo‘ladi, buning natijasida ichki mitoxondrial membranada lokalizatsiyalangan va hujayrada sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarning asosiy energiya manbasi bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) sintezi uchun bevosita javob beradigan mitoxondrriyalarning nafas olish zanjirida oksidlanuvchi substratlar hosil bo‘ladi. Oxirgi o‘n yillikda mitoxondriyalarning tadqiqotiga bo‘lgan ortib boruvchi qiziqish shuni ko‘rsatdiki, ushbu ko‘p funksional organellalar - biz o‘ylagandan ham ko‘proq narsa ekan, signal shakllar sifatida ular boshqa asosiy rollarni ham o‘ynaydi, bu rollar hujayrali metabolizm, proliferatsiya, o‘lim va immunologik javobni boshqaradi. Asosiy boshqaruvchilar sifatida mitoxondriyalar keng ko‘lamli metabolik, neyrodegenerativ, immun va neoplastik buzilishlarning patogenezida ishtirok etadi .

Mitoxondrial moslashuvchanlikka ega bo‘lib, hujayraning bioenergetik ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhitning turli signallariga va metabolik o‘zgarishlarga tezda moslashib, Mt markaziy metabolik tugunlar sifatida ishlaydi, shu tufayli ular metabolizmda, proliferatsiyada va hujayralarning yashab ketishida muhim rol o‘ynaydigan signalli organellalarning dinamik tarmog‘ini tashkil etadi.

Mitoxondriyalarni shikastlanishi erkin radikalli jarayonlarning faollashuviga va dasturlangan hujayra o‘limi mexanizmlarini initsiatsiyasiga yordam berishi mumkin, mitoxondrial oksidlovchi fosforlashni buzilishi, endoplazmatik retikulumni shikastlanishi, gen faolligini, jumladan, bir vaqtning o‘zida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni oshishi va uglevodli va lipidli almashinuvlar buzilishi bilan glyukogenezga, glyukoza tashilishiga javob beruvchi genlarni o‘zgarishi esa ikkilamchi mitoxondrial disfunksiyani (MD) keltirib chiqargan patologiyalarni kuchayishiga yordam berishi mumkin. Mitoxondriyalar va MD to‘g‘risidagi bilimlar rivojlanishi bilan birga hozirgi vaqtda hujayraning buzilgan energetik almashinuvini tiklashga va organlarning va butun organizmning gipoksiyaga bo‘lgan rezistentligini oshirishga qodir bo‘lgan dori vositalarni ishlab chiqish va o‘rganish sodir bo‘lmoqda.

MDda nafaqat ATF mitoxondrial sintezini sekinlashishi, balki umuman organellalarda moddalar almashinuvini buzilishini ham sodir bo‘ladi.
Shu tufayli, gipoksiya va energiya tanqisligi bilan birikkan energetik almashinuv buzilishini farmakologik tuzatish imkoniyatiga bo‘lgan qiziqish doim ortib bormoqda. Shuning uchun MDda antigipoksantlar, hujayraning energetik almashinuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita korrigirlovchi preparatlarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi shubha tug‘dirmaydi. ATF ishlab chiqarilishini oshiruvchi va laktatatsidoz darajasini pasaytiruvchi, hujayradagi oksidlash jarayonini odatiy aerob yo‘lga qaytarishga qodir bo‘lgan energotrop preparatlar o‘zining mitoxondriyalar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati tufayli davolash protokollarida ham birlamchi, ham ikkilamchi MDni davolashda keng qo‘llanila boshlandi.

MELDONIYNING FARMAKODINAMIK VA KLINIK SAMARALARI

Meldoniyning ta’sir etish mexanizmi uning ishemiya va yuqori yuklama sharoitida organizmning turli hujayralari himoyasini ta’minlovchi antigipoksantlar bo‘lgan sitoprotektorlar guruhiga mansubligini belgilaydi. Meldoniy - Mildronat®ning faol molekulasi, u aminokislotaga o‘xshash kimyoviy tuzilmaga ega va 3-(2,2,2-Trimetilgidraziniy) propionat digidrati kabi ma’lum - dastlab 1970 yillarda Latviya organik sintez instituti tomonidan ishemiyaga qarshi ta’sirga ega preparat kabi sintezlangan, u uzoq vaqtdan beri miokard va bosh miya ishemiyasini davolashda qo‘llanib kelinmoqda. Klinik kardioprotektiv samaralari surunkali yurak yetishmovchiligida (SYuE) yetarlicha yaxshi o‘rganilgan: yurak ishemik kasalligida (YuIK) SYuEni kechishiga meldoniyning ijobiy ta’siri qayd etilgan. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatdiki, 12 hafta mobaynida sutkada 1000 mg dozadagi meldoniyni SYuEning majmuaviy terapiyasiga qo‘lishilishi yurak yetishmovchiligi funksional sinfini (FS) pasayishiga, jismoniy yuklamalarni bajarishga bo‘lgan tolerantlikni oshishiga, miokard qisqartirilishini (otib chiqarish fraksiyasi va  sistolik hajm) oshishiga, chap qorinchaning (ChQ) diastolik funksiyasini yaxshilashga, bemorlarning holatini va turmush sifatini yaxshilashga yordam bergan.
Meldoniy nogemodinamik ishemiyaga qarshi samara ko‘rsatuvchi dori preparati kabi ma’lum. Klinik amaliyotda uning antianginal faolligi isbotlangan va talabgor.

Meldoniy nevrologik amaliyotda ham keng qo‘llaniladi. Ishemik insultning o‘tkir davrini majmuaviy davolashda meldoniy qo‘llashda uning yaqqol ifodalangan neyroprotektorli ta’siri namoyish etilgan. Surunkali dissirkulyatorli ensefalopatiyada preparat miyaning neyrodinamik va boshqaruvchi funksiyasini yaxshilaydi, keksa yoshdagi arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda kognitiv disfunksiyani to‘g‘rilashda samarali hisoblanadi. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlar meldoniyni (Mildronat®, GRINDEKS AJ) YuIK (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligida, disgormonal kardiomiopatiyada, miya qon aylanishining o‘tkir osti va surunkali buzilishlarida (insultdan keyin, serebrovaskulyar yetishmovchilikda), aqliy jismoniy ortiqcha yuklamada (jumladan, sportchilarda) majmuaviy terapiya tarkibidagi preparat kabi ifodalash imkonini berdi.

SYuE va o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan patsiyentlarning prospektiv, randomizatsiyalangan qiyoslash tadqiqotida meldoniy majmuaviy terapiya tarkibida 12 hafta davomida qo‘llanilgan.  Sutkada 1000 mg dozada u faqat SYuE va O‘SOK bilan bazis terapiya olayotgan nazorat guruhiga qaraganda S-rektiv oqsilning haqiqatan kamayishida va qon-tomirlar orqali ham elastik, ham mushakli turdagi pulsli to‘lqinning tarqalish tezligini pasayishi ko‘rinishidagi magistral arteriyalarning elastiklik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishida namoyish bo‘ladigan yallig‘lanish yaqqolligining statistik ahamiyatli regressiga yordam bergan. 

Patsiyentlarning xuddi shu populyatsiyasida meldoniyning mikrotsirkulyatsiya ko‘rsatkichlariga va tashqi nafas olish funksiyasiga bo‘lgan ta’siri qayd etilgan. Shunday qilib, ichki kasalliklar klinikasida meldoniyga keng ko‘lamli klinik samaralarga ega bo‘lgan nadnozologik preparat kabi qarash mumkin.

Organik kationlar/2 (OCTN2) turdagi karnitin tashuvchisini meldoniy tomonidan ingibirlanishi to‘qimalarda uning tashilishini pasayishi va siydik bilan chiqarilishini yengillashishi hisobidan L-karnitin konsentratsiyasini pasayishi bilan kuzatiladi. L-karnitin erishimliligini pasayishi karnitin- palmitoiltransferaza-1 (CPT1) tomonidan atsilkarnitin hosil qilinishini pasaytiradi. Bundan tashqari, ichak mikrobiotasi tomonidan L-karnitindan trimetilamin (TMA) hosil bo‘lishini pasaytiradi va flavin tarkibli mono- oksigenazalar (FMO) tomonidan hosil qilingan trimetilamin-N-oksid (TMAO) – TMA metabolitini chiqarilishiga yordam beradi. Umuman olganda, atsilkarnitinlar va TMAOni pasayishini meldoniyning kardioprotektorli, antiaterosklerotik va antidiabetik samaralari belgilaydi.
Meldoniy γ-butirobetaingidroksilaza – karnitin biosintezining oxirgi fermentini va karnitin- palmitoiltransferaza I – mitoxondriyalar ichki membranasining fermentini ingibirlaydi, ushbu ferment atsil guruhni koferment-Adan karnitinga o‘tkazishni katalizatsiyalaydi. Natijada uzun zanjirli YoKlarning sitozoldan mitoxondriyalarga tashilishi pasayadi va peroksisomalarga qayta yo‘naltiriladi, u yerda ular mitoxondriyalarda keyinchalik oksidlanishi uchun o‘rtacha va qisqa zanjirli atsilkarnitinlarga metabolizatsiyalanadi, bu esa mitoxondriyalarda toksik uzun zanjirli oraliq mahsulotlarni to‘planib qolinishini bartaraf etadi va YoK zanjirining uzunligi o‘sishi bilan nisbati oshadigan mitoxondrial KFSh hosil bo‘lishini pasaytiradi.
Katabolik oraliq birikmalar va uzun zanjirli YoKlarning yon mahsulotlari, ma’lumki, zanjirda elektronlar oqimining tezligini sekinlashtirishga
va mitoxondrial oksidlovchi-tiklovchi muvozanatni buzib, KFSh hosil bo‘lishini kamaytirishga qodir.

Shunday qilib, meldoniy uzun zanjirli YoKlarning metabolizmi bilan vositalangan mitoxondriyalarning shikastlanish xavfini pasaytiradi va energiya ishlab chiqarilishini YoKni oksidlashdan kam kislorodni talab qiluvchi glikolizga o‘tkazadi, bu esa ishemiya sharoitlarida ijobiy samara beradi.  Meldoniy metgemoglobin konsentratsiyasini pasaytiradi va natijada eritrositlar tomonidan O2 ko‘proq tashilishiga yordam beradi. Meldoniyning L-karnitin bilan tarkibiy o‘xshashligi ehtimol, unga eritrositlar bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Bugungi kunda meldoniyni koronavirus infeksiyasi sharoitlarida qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha qiziqarli klinik ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.

Shunday qilib, A.L. Vertkin va boshqalarning koronavirusli pnevmoniyasi va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Mildronat®  preparatini metabolizm korrektori sifatida qo‘llashni baholash maqsadli tadqiqotida (2020) Mildronat® preparati guruhida nazorat guruhiga qaraganda gospitalizatsiya muddatlarining statistik ahamiyatli pasayishi qayd etilgan, shifoxonadan chiqish paytida S-reaktiv oqsil va D-dimer darajasining ishonchli pasayishi qayd etilgan. 

Preparat quyidagi tartibda qo‘llanilgan: inyeksiyalar uchun eritma (0,5 g/5 ml) sutkada 1 grammdan vena ichiga tizillatib butun gospitalizatsiya davomida keyinchalik 500 mg dozadagi kapsulalarni sutkada 2 marta 2 haftagacha muddatda peroral qabul qilish bilan ambulator tartibga o‘tilgan.   3 oydan keyin Mildronat®  preparati guruhida turmush sifatining ahamiyatli yaxshilanishi va MFI-20 (asteniyani baholashning  subyektiv shkalasi), EQ-5D (turmush sifatining yevropa so‘rovnomasi) shkalalari ma’lumotlari bo‘yicha astenik sindrom yaqqoligining pasayishi, ShOKS (SYuE bo‘lgan patsiyentning klinik holatini baholash shkalasi) shkalasi bo‘yicha SYuE klinik namoyishlarining pasayishi qayd etilgan. Ye.Yu. Ebzeeva va boshqalarning ishida (2020) Mildronatni postinfeksion (postkovid) astenik sindrom korrektori sifatida 14 kun mobaynida sutkada ikki marta 500 mg dan ichga qabul qilish buyurilganda uning ijobiy samarasi qayd etilgan.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar virusli infeksiyalar Mt funksiyalarini modullashtirishi, hujayraning energetik almashuvini boshqarishi, metabolik yo‘llarni qayta dasturlashi va hujayralardagi virusli bo‘shliqlarni qo‘llab turish uchun metabolitlardan foydalanishi mumkinligini namoyish etdi.

SARS-CoV-2 virusi ham istisnolardan emas: yangi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, u mitoxondrial tuzilmalarda replitsirlanib, immun hujayralar MT sini ishg‘ol qiladi va ularning funksiyasini buzib, hujayralarning o‘limiga olib kelar ekan (3 rasm).
R. Prasun ning oxirgi obzorlaridan birida (2021) nafaqat mitoxondriyalarning tug‘ma virusga qarshi immunitetdagi, hamda yallig‘lanishdagi rolini hisobga olib COVID-19 patogenezida ularning muhim patogenetik roli muhokama qilinadi, balki murakkab savollarga javob berishga ham urinish qilinadi. Masalan, nima uchun semizligi, metabolik sindromi yoki qandli diabeti bo‘lgan odamlardagi prognozi shunchalik salbiy. SARS-CoV-2 Mt funksiyasiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

U keyinchalik angiotenzinni aylantiruvchi ferment-2 (AAF2) retseptorlarini internalizatsiya qilish va toydirish bilan AAF2ga qo‘shilish yo‘li orqali egalik hujayrasiga kirib boradi, bu angiotenzin II darajasini, protrombotik, vazokonstriktiv va yallig‘lanishga qarshi peptid gormonning oshishi bilan kuzatiladi, u oksidlovchi stressni va mitoxondrial disfunksiyani keltirib, kislorodning (KFSh) sitoplazmatik va mitoxondrial faol shakllarining darajalarini oshiradi. Ushbu bilvosita samaradan tashqari SARS-CoV-2 to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yordamchi Orf9b oqsili orqali mitoxondriyalarning funksiyasini manipulyatsiya qilishi mumkin, u TOM70 - tashqi membrananing mitoxondrial oqsili bilan bog‘lanish orqali interferon I (IFN-I)ning javoblarini bostiradi, bu esa virusli infeksiyaga qarshi immun himoya javobini belgilaydi. Bundan tashqari shu bilan SARS-CoV-2 mitofagiyalari hujayralarning yallig‘lanishini va o‘limini vositalab, shikastlangan mitoxondriyalarning to‘planishiga yordam beradi, mtDNKning sitoplazmaga chiqarilishi esa mtDNK-indutsiyalangan inflammasomani faollashtiradi va tug‘ma va moslashgan immunitetni bostiradi.

XULOSA

Shunday qilib, samarasini realizatsiya qilishning yuqorida ta’riflangan mexanizmlarini hisobga olib, koronavirusli infeksiya sharoitlarida va postkovid davrida majmuaviy terapiya tarkibida meldoniyni qo‘llash uning Mt disfunksiyasini to‘g‘rilash imkoniyatlarini hisobga olganda patogenetik asoslangan hisoblanadi va zamonaviy pandemiya realiyalarida undan foydalanishning yangi ko‘lamlarini ochib beradi. Mildronat® dan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada YuIK, SYuEda majmuaviy terapiya tarkibida preparat 4-6 hafta davomida 500 mg dozada sutkada 1 marta ichga qabul qilish uchun buyurilishi aytib o‘tilgan. Disgormonal kardiomiopatiyada Mildronat®  majmuaviy terapiya tarkibida 12 kunlik davolash kursida ichga 500 mg dan buyuriladi.

Miya qon aylanishining o‘tkir osti va surunkali buzilishida (insultdan keyin) Mildronat® preparati bilan inyeksion terapiya kursi yakunlanganidan keyin majmuaviy terapiya tarkibida sutkada 1 marta 500 mg dan barcha doza bir marotabada yoki 2 marta qabul qabul qilishga bo‘linib ichga qabul qilinadi, davolash kursi 4-6 hafta. Susaygan ishlash qobiliyatida, aqliy va jismoniy ortiqcha yuklanishda (jumladan, sportchilarda) 10-14 kunga sutkada 2 marta 500 mg dan ichga buyuriladi. Zaruratga qarab, terapiya 2-3 haftadan keyin takrorlanadi. Qo‘zg‘atuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash va sutkada bir necha bor qabul qilishda soat 17:00 dan kechikmasdan qabul qilish tavsiya etiladi 2.
Koronavirus infeksiyasi sharoitlarida meldoniyni qo‘llash bo‘yicha bo‘lajak tadqiqotlarning muhim jihati bo‘lib murakkab klinik vaziyatda qo‘llash davomiyligi va preparatning samarali dozasini aniqlash hisoblanadi.

Mualliflar haqida ma’lumot:

Stasenko Mixail Yevgenevich, t.f.d., professor, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, ichik kassaliklar kafedrasi mudiri, Volgograd davlat tibbiyot universiteti; 400131, Rossiya, Volgograd, Pavshie borsi maydoni, 1 uy.

Turkina Svetlana Vladimirovna, t.f.d., ichki kasalliklar kafedrasi professori, Volgograd davlat tibbiyot universiteti; 400131, Rossiya, Volgograd, Pavshie borsi maydoni, 1 uy.

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yassioyoqlik — davosiz dard emas.

Yassioyoqlik oyoq panjasining murakkab va eng ko‘p uchraydigan deformasiyasidir. U tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tajribada asosan orttirilgan yassi-oyoqlik uchraydi. Yassioyoqlikning paydo bo‘lishida yondosh kasalliklar (raxit, miopatiya, nevrologik kasalliklar, jarohat), rasional bo‘lmagan poyabzal sabab bo‘lishi mumkin.

Yassioyoqlikning quyidagi klinik belgilari mavjud: boldir - panja bo‘g‘imi suyaklari joylashishida shunday buzilish ro‘y beradiki, panja kaftining o‘rtasi – yerga tegmaydigan qismi yassilanib, tegadigan bo‘ladi, natijada, oyoq kafti kengayib, yalpoqlanib qoladi. Bu kasallik qizlar va o‘g‘il bolalarda deyarli bir xil darajada uchraydi. Yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgarishlar natijasida bolalarning qadam tashlashi buziladi, og‘irlik oyoq kaftiga zarb bilan tushadi va tayanch-harakat sistemasining yuqori qismiga ham noto‘g‘ri taqsimlanadi, ikkilamchi deformasiya va kasalliklar paydo bo‘ladi. Oyoq venalarining varikoz kengayishida ham yassioyoqlikni ma’lum darajada sababchi deb ko‘rsatish mumkin.

Davolash usullari haqida gapirganda, yassioyoqlik aniqlanishi bilan muolajalarni boshlash zarurligini aytish maqsadga muvofiq. Tug‘ma yassioyoqlikda bola chillalik davridan boshlab davolovchi massaj va vanna qabul qilgani ma’qul. Orttirilgan yassioyoqlikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi sezila boshlagach – davolovchi massaj, kalsiy xlor eritmasi bilan elektroforez, parafin yoki ozokerit aplikasiyalari, tuzli davolovchi vannalar buyuriladi. Poyabzal, albatta, supinatorli bo‘lishi kerak. Umuman oyoq kiyimi haqida gapirganda, kun davomida faqat bitta oyoq kiyimida yurish maslahat berilmaydi, uni bir-ikki marta almashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu kasallikda xirurgik usuli juda kam holatlarda qo‘llaniladi.

Yassioyoqlik uzoq vaqt davolanadigan, sabr va qanoat talab qiladigan kasallik ekanligini unutmaslik kerak. Bu kasallikni bolalarda asoratsiz to‘liq davolash mumkin. Kattalarda ham davolash muolajalari doimiy ravishda o‘tkazib turilsa, hech qanday asoratlar kuzatilmaydi.

Endi yassioyoqlikni davolashda va uni oldini olishda qo‘l keladigan (qo‘llaniladigan) ba’zi bir mashqlarni sizni e’tiboringizga havola etsak.

  • Tik turing, oyoq uchlari bir-biriga tegib tursin, tovon esa ajratilgan holatda, tanani galma-gal o‘ng va chapga buring;
  • Oyoq uchi va tovonda yuring;
  • Oyoq barmoqlarini qisgan holda so‘ngra yozgan holda harakatlaning;
  • Kuniga 3-4 mahal 10-15 daqiqadan oyoqlarning tashqi tovoni bilan yuring;
  • Oyoq uchlari yordamida biror buyumni poldan ko‘taring. Masalan, qalamlarni;
  • Tovonlarni poldan uzmasdan o‘tirib turing;
  • O‘tiring: tizzalarni to‘g‘irlab, oyoq oyoq uchlarini o‘zingizga torting, so‘ng oyoqlar tagini birlashtiring; Oyoq kaftlarini aylanma harakatlantiring.

Yassioyoqlikni davolash borasidagi tavsiyalar bilan quyidagi maqola orqali batafsil tanishib olishingiz mumkin: Yassioyoqlikni davolash choralari

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yassioyoqlikni davolash

Saytimizda e’lon qilingan  “Yassioyoqlik – davosiz dard emas” maqolasi ko‘pgina foydalanuvchilarning qiziqishiga sababchi bo‘ldi va shu yuzasidan savollar ham talaygina berildi (berilmoda). Savollarning asosiy ko‘rinishi yassioyoqlikni tuzatish, uni butkul bartaraf etish xususida bo‘lmoqda. Bugun yassioyoqlikni bartarat qilish uchun qanday choralar ko‘rish haqida suhbatlashamiz.

Tuzatsa bo‘ladigan dard...

Odatda orttirilgan oyoq-kaft nuqsonlarini tuzatsa bo‘ladi. Maxsus realibitatsion choralar kasallikning og‘ir ko‘rinishiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yassioyoqlikdan qiynalayotgan bolani yilida bir marta ortoped ko‘rigiga ko‘rsatib turish lozim. Va holatdan kelib chiqib yiliga ikki bor konservatib davo choralari qo‘llaniladi. Bunda mushaklarni rag‘batlantiruvchi elektr va ultratovush usullari, kontrast dush, suvosti massajlari, davolash gimnastik kurslar qo‘llaniladi. Oyoq shaklidan kelib chiqqan holda shifokor ortoped tavsiya etgan patak-supinatorlarni poyafzalga qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ortopedik pataklarlani qo‘yish kerak bo‘lgan poyafzallarning orqasi qattiq va bolder-oyoqni mahkam ushlab turadigan, poshnali (taxminan, 2,5 sm) bo‘lishi lozim.

Davo gimnastikasi

Davo gimnastikasi, agar uni har kuni bajarib tursangiz tuzalish ehtimolligi juda ortadi. Yozda bolani tez-tez qum, toshchalar ustida yalangoyoq yurishga o‘rgating, oyoq barmoqlari bilan orcha qubbuasi va tayoqchalarini olib o‘ynasin.

[caption id="attachment_2682" align="aligncenter" width="423"]Yassioyoqlik Yurish uchun maxsus[/caption]

Qishda esa har kuni massaj gilamchalarida yursin, oyoq barmoqlari bilan polda sochilib yotgan qalamlarni terishga majburlang, xona bo‘ylab oyoq uchi va tovonda galma-gal yurishga zamin yarating. Agar bu mashqlar bolada o‘yin shaklida, hech bir majburiyatlarsiz amalga oshirilsa, samara yana ham oshadi.

Qo‘llanma

Yosh ota-onalarda yassioyoqlikni uy sharoitida ham aniqlash mumkinmi, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Bolada 4-5 yoshdan so‘ng yassioyoqlik bor yo‘qligini mustaqil aniqlash mumkin. Buning uchun bola oyoqlariga yog‘li krem, yod yoki guash surtish, so‘ngra uni oq qog‘oz ustida to‘g‘ri va tekish qo‘yish lozim. Oyoqlarning izi yaqqol ko‘rinib turadi. Izga diqqat bilan razm soling!

[caption id="attachment_2683" align="aligncenter" width="325"]Yassioyoqlik Test Yassioyoqlikni aniqlash uchun test[/caption]

Me’yorda oyoqning ichki cheti chuqur bo‘ladi (bu joydan qog‘ozda iz qolmaydi). Ana shu chuqurcha oyoq kengligining qariyb yarmidan ko‘pini egallashi kerak. Agar umuman bo‘lmasa yoki tor bo‘lsa (oyoqning yarmidan kamrog‘i) – yassioyoqlik bor. Albatta bu ehtimolga yaqin taxmin. Shuni inobatga olgan holga, agar bolangizda yassioyoqlik bor deya gumon qilsangiz darhol ortopedga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Zero, ilk davrlarda aniqlangan yassioyoqlikni tez va yengil davolash mumkin.

[caption id="attachment_2684" align="aligncenter" width="448"]Yassioyoqlik oyoq kiyimlar Yassioyoqlikda bolalarga tavsiya etiladigan ortopedik oyoq kiyimlar[/caption]

Asosan bolalarga ortopedlar maxsus ortopedik oyoq kiyimlar yoki pataklardan foydalanishni tavsiya etishadi. Bunday ortopedik mahsulotlar kasallikning keyingi rivojini to‘xtatadi va og‘riqlardan xalos etadi. Lekin oyoqda yassioyoqlik avj olgan hamda turli shishlar yuzaga kelgan bo‘lsa, bunday mahsulotlar samaraliligi juda kam bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, yassioyoqlikning rivojlanishi siz-u biz kiyayotgan poyafzallarga bevosita bog‘liq. Masalan, baland poshnali, platformali, tekis taglikli ayollar tuflilari, uchi juda tor erkaklar tuflilari, krasovkalar (2 soatdan oshiq yurish tavsiya etilmaydi) yassioyoqlik shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Foydali mashqlar

Endi yassioyoqlikni davolashda va uni oldini olishda qo‘l keladigan (qo‘llaniladigan) ba’zi bir mashqlarni sizni e’tiboringizga havola etsak.

  • Tik turing, oyoq uchlari bir-biriga tegib tursin, tovon esa ajratilgan holatda, tanani galma-gal o‘ng va chapga buring;
  • Oyoq uchi va tovonda yuring;
  • Oyoq barmoqlarini qisgan holda so‘ngra yozgan holda harakatlaning;
  • Kuniga 3-4 mahal 10-15 daqiqadan oyoqlarning tashqi tovoni bilan yuring;
  • Oyoq uchlari yordamida biror buyumni poldan ko‘taring. Masalan, qalamlarni;
  • Tovonlarni poldan uzmasdan o‘tirib turing;
  • O‘tiring: tizzalarni to‘g‘irlab, oyoq oyoq uchlarini o‘zingizga torting, so‘ng oyoqlar tagini birlashtiring; Oyoq kaftlarini aylanma harakatlantiring.

Ma'lumotlarga qo‘shimcha sifatida saytimizdagi quyidagi “Yassioyoqlik – davosiz dard emas” va "Bolangiz uchun mos oyoq kiyim tanlay olasizmi" maqolalarinini ham o‘qishingizni tavsiya etamiz!

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yassioyoqlik yoxud yassitovonlik

Yassitovonlik bolalarning tayanch-harakat a’zolarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, tovon tagi uzunasiga yerga tegib turishi bilan xarakterlanadi. Me’yoriy holatda, aksincha, tovon tagi biroz bukiluvchi holda bo‘lishi lozim. Ushbu xastalikka bolalar 3-4 yoshga to‘lganida tashhis qo‘yish mumkin. Negaki, bolada ma’lum vaqtgacha tovon suyaklari hali qotmagan, ko‘plab tog‘ay to‘qimalardan iborat, mushak va paylar hali kuchsiz, cho‘ziluvchan, yumshoq bo‘ladi.

яссиоёқлик

Tayanch-harakat a’zolar me’yorda rivojlanganda bolada 5-6 yoshida tovon o‘zining asl holatiga keladi. Lekin ba’zida tovonning rivojlanishi o‘zgarib, yassitovon kasalligi kelib chiqadi.

Yassitovonlik paydo bo‘lish sabablari

Yassitovonlik paydo bo‘lishida quyidagi omillar ahamiyatga ega:

Shuningdek, oyoqlarda boldir va tovon mushaklari sholligida (poliomiyelit kasalligi ro‘y beradi) asorati yoki DSP (bolalar serebral falajligi), shuningdek tovon jarohatlanishi ham ko‘pincha yassitovonlikni keltirib chiqaradi. Ba’zida ota-onalar kasallikka unchalik e’tibor berishmaydi. Chunki yassitovonlikning erta davrida uning belgilari kuzatilmaydi. Lekin vaqt o‘tib, tovonning o‘ziga xos amortizatsiya vazifasi buziladi va bu hol tayanch faoliyatini susaytiradi. Yurish vaqtida hamma kuch boldir, chanoq-son bo‘g‘imiga, bel umurtqalari pog‘onasiga tushadi va buning oqibatida bo‘g‘im kasalligi (artrozlar), umurtqalar pog‘onasi qiyshayishi (skolioz) kasalligi kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun yassitovonlik qancha tez aniqlansa va uning davolanishi qancha barvaqt o‘tkazilsa, kasallik rivojlanishini bartaraf qilsa bo‘ladi.

Kasallikni davolash

Yassitovon xastaligini davolashda o‘ziga xos davolash uslublari qo‘llaniladi. Ko‘proq fizioterapevtik davolash – parafin, elektroforez bilan davolash, gimnastika, massaj (maxsus uqalash) yaxshi natija beradi. Kasallikning dastlabki davrida eng foydali muolaja uqalash bo‘lib, u mushaklarning qotishiga, qon aylanishini me’yoriy holatga keltirishga, tovon bo‘g‘imlari va paylariga yaxshi ta’sir o‘tkazadi. Davolash vaqtida umurtqalar pog‘onasiga ham ahamiyat berish zarur. Negaki, yassitovonlikda bu a’zo shakli o‘zgarishi mumkin.

Yassitovonlik tashxisi qo‘yilgach, bola maxsus oyoq kiyim kiyishi kerak. Eng asosiysi, tanlangan poyafzal bola oyog‘ining o‘lchamiga to‘g‘ri kelishi zarur. Tabiiy matolardan tayyorlangan, tovoni qattiq va uncha katta bo‘lmagan, poshnali, qulay poyafzal bemor bolalarning tovoni uchun foydali. Ota-onalar shuni yodda tutishlari kerakki, yassitovonlik erta aniqlanmasa va davolanmasa, tovon shakli buzilishiga sabab bo‘lib, tayanch-harakat a’zolarida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: 
Yassioyoqlik — davosiz dard emas
Yassioyoqlikni davolash usullari

© Husnora NOROVA,
oliy toifali ortoped-travmatolog.
"Sihat-salomatlik" jurnali.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yoz. Jaziramadan himoyalaning!

Issiq harorat har yili ko‘plab insonlar, ayniqsa, keksalar salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi. Issiq harorat ta’sirida yurak urishi maromining buzilishi va hushning yo‘qotilishi, shuningdek, patologik holatlarning, xususan, yurak-qon tomir va respirator kasalliklarning og‘irlashishi mumkin.

Iqlim o‘zgarishi ob-havoning keskin isishi hodisalarini ko‘paytirishi kutilmoqda, ammo buning salomatlikka xavf soluvchi salbiy ta’sirlaridan himoyalanish mumkin.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning issiq ob-havo sharoitiga tayyorlanish va undan himoyalanish bo‘yicha bergan eslatma va ma’lumotlari saytda
joylashtirilgan.

Issiq ob-havodan himoyalanish uchun aholiga JSSTning tavsiyalari:

  • Mahalliy sog‘liqni saqlash tashkilotlarining tavsiyalariga rioya qiling.
  • Xona haroratini salqin saqlang va haroratni doimiy o‘lchab boring. Haroratning kunduzi 32°C, kechqurun 24°C darajadan oshmasligi meyor hisoblanadi. Xona haroratini pasaytirish uchun quyosh tushadigan derazalarni parda va jalyuzi bilan yopish, erta tong va kechgi mahal derazalarni ochib, nam sochiqlarni osib qo‘yish mumkin.
  • Jaziramada yurishdan saqlaning. Ko‘proq salqin xonalarda bo‘lishga harakat qiling. Kunning eng issiq pallasida ko‘chaga chiqishdan saqlaning. Imkon qadar og‘ir jismoniy harakatlar qilmang. Bolalar va jonivorlarni avtomobil ichida qoldirmang.

 

  • Tana haroratini pasaytirish uchun ko‘proq suyuqlik iching. Tez-tez salqin dush va vanna qabul qiling. Tabiiy matodan tikilgan yengil va keng liboslar kiying. Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqmang. Tunda issiq haroratdan qiynalmaslik uchun yengil ko‘rpa-to‘shakdan foydalaning, ustingizni adyol bilan yopmang. Doimiy ravishda suyuqlik iching, alkogolli ichimliklardan tiyiling, kofein va qand mahsulotlarini meyoridan ortiq qabul qilmang.
  • Kam miqdorda, tez-tez ovqatlaning. Oqsilga boy mahsulotlar iste’molini cheklang.
  • Hayotining ko‘p qismini yolg‘iz o‘tkazuvchi do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz va qo‘shnilaringizdan tez-tez xabar olib turing. Yolg‘iz qariyalar va bemorlardan har kuni boxabar bo‘ling. Biror dori vositasini doimiy ravishda qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu vosita organizmdagi termoregulyatsiya va suyuqlik balansiga ta’sir qilmasligi xususida davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
  • Dori vositalarini 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda yoki muzlatgichda saqlang (qadoqdagi dori vositasini saqlash bo‘yicha berilgan qo‘llanma bilan tanishgan holda).
  • Surunkali kasalliklar bilan og‘rigan yoki ko‘p miqdorda dori vositasi qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu bo‘yicha tibbiyot xodimlari bilan maslahatlashing.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Yo‘g‘on ichak o‘smalari
Aslida xavfli o‘smalar birdaniga paydo bo‘lmaydi. Vaholanki ichaklardagi surunkali yallig‘lanishlar va xavfsiz o‘smalar (masalan poliplar) o‘z vaqtida davolab tuzatilmasa, bora-bora rak kasalligi kelib chiqadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, yo‘g‘on ichak saratoni asosan ko‘p miqdorda go‘sht iste’mol qilish va kletchatkalarga boy meva-sabzavotlarni kam yeyish oqibatida kelib chiqishini mutaxassis olimlar isbotlashgan. Chunki go‘shtli ovqatlar organizmda yog‘ kislotalarining yig‘ilishiga olib keladi, bu esa ovqat hazmi jarayonida konserogen moddalarni ko‘paytiradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ko‘proq rezavor ko‘katlar bilan hayot kechiradigan Hindiston va markaziy Afrikada yo‘g‘on ichak raki nisbatan kam uchraydi. Demak, bu og‘ir kasallikning oldini olishda meyoriy ovqatlanishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim ekan.

Ichak devoridagi yaralar

yarali-kolit Kolit (yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi)da yo‘g‘on ichakning shira ajratish va so‘rilish faoliyati asta-sekinn buziladi. Surunkali kolitni davolash kechiktirilganda u og‘ir asoratlar qoldiradi. Yarali kolit shunday asoratlarning biri bo‘lib, bunda ichak devori chandiqlanadi va bujmayadi. O‘tkir yarali kolitda to‘g‘ri ichak qavati shishadi, qizaradi, so‘ng yaralar paydo bo‘ladi bu yaralar bir-biriga qo‘shilib asta-sekin ko‘payadi. Kasallikning surunkali turida esa ichak devorlari yaralar hisobiga qalinlashib zichlashadi, ichi torayadi. Yarali koliti bor bemor qorni og‘rishidan shikoyat qiladi. Axlat qon aralash keladi, ba’zan yiring qo‘shilgan bo‘ladi. Bemorning ko‘ngli aynaydi, hadeb asabiylashaveradi, kasallik zo‘raygani sayin bu holatlar kuchayib, tana harorati ko‘tariladi. Orqa chiqaruv teshigi doimo achishib turadi, qorin quldirab qappayadi. Bemor rangpar ko‘rinadi, terisi quruqshaydi, yuzi kerikib shishadi. Kasallik uzoq vaqt davolanadi. Muolaja jarayonida bemor tez-tez kolonoskopiya ko‘rigi orqali, yo‘g‘on ichak holatini tekshirtirib turishi kerak. Aks holda yarali kolit o‘sma kasalligiga aylanib, dard og‘irlashadi.

Infeksiya ko‘paygandan so‘ng…

qorindagi-og'riq Yo‘g‘on ichak eroziyasi (shilliq qavatining yaralanishi, yorilishi) kelib chiqishiga ba’zan organizmdagi gormonal o‘zgarishlar, ba’zida esa qo‘shilib kelayotgan bir necha xil kasalliklar (
zaharli buqoq, pankreatit – oshqozon bezi yallig‘lanishi, qandli diabet singarilar) sabab bo‘ladi. Shuningdek yo‘g‘on ichakda infeksiyalar ko‘payishi oqibatida shu soha shilliq qavati hamda mushak qavati nervlari boshqarilishi buziladi, immunitet susayadi va eroziya paydo bo‘ladi. Juda sho‘r hamda achchiq mahsulotlarni iste’mol qilish, vitamin E va C yetishmasligi, ovqatni yaxshi chaynamasdan yutish, spirtli ichimliklar ichish, ortiqcha ovqat yeyish, shuningdek kam kletchatkali va o‘tkir ziravorli taomlar ham yo‘g‘on ichak shilliq qavatini ta’sirlantirib eroziyani vujudga keltiradi. Bemorlar ko‘pincha qorinning tutib-tutib og‘rishidan shikoyat qiladilar. Ichning dam bo‘lishi, soxta xojat qistashi, ko‘ngil aynab qusish, ichning goh ketib goh qotishi, najasga shilliq yoki qon aralashgani kuzatiladi. Og‘riqlar dastlab kindik atrofida boshlanadi, keyinchalik chap yonboshda zo‘rayadi. Bunday vaqtda bemorning og‘zi taxirlashib, ishtaxasi yo‘qoladi, asabiylashadi. Ba’zan, ya’ni kasallik rivojlanganda tana harorati ko‘tarilishi ham mumkin. Yo‘g‘on ichak eroziyasiga chalingan bemorlar proktolog shifokor nazoratida qunt bilan muolaja olishlari zarur. Aks holda dard battar zo‘rayadi, ichakdan qon oqishi ko‘payadi, zararlangan joyda xavfli o‘smalar rivojlanadi.

Ichak tutilishi ham mumkin

ichak-tutilishi Yo‘g‘on ichak saratoni qishloq aholisi o‘rtasida shahardagiga nisbatan bir necha foiz kamroq uchraydi. Buning sababi shundaki qishloqliklar dasturxonida tabiiy mahsulotlar hamisha bo‘ladi, ular kletchatkasi ko‘p sabzavot va oshko‘klarini doimiy ravishda iste’mol qilishadi. Shaharda yashovchilar esa asosan qadoqlangan, rafinirlangan va tozalangan mahsulotlarni iste’mol qiladilar. Bundan mahsulotlar kam kletchatkali bo‘lib, yo‘g‘on ichakda qabziyat, kolit singari turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yo‘g‘on ichak saratoni xavfli epitelial o‘smalarning har xil joylashishi bilan kechadi. Xavfli o‘smalar juda sekin (bir necha o‘n yillar ) rivojlanadi. Bu vaqtlar oralig‘ida o‘smalar ko‘payib (bo‘linib) atrofdagi a’zolarga o‘sib kiradi. Ko‘pincha yo‘g‘on ichak sohasidagi limfa tugunlari, keyin esa o‘pka va jigar zararlanadi.

Yo‘g‘on ichak rakining ilk alomatlari

Yo‘g‘on ichak rakining ilk alomatlari ichakdan qon oqishi, ich kelishining buzilishi, qorin og‘rishi va tenezm (soxta xojat qistashi) bilan ifodalanadi. Bemorlarning ba’zilari ichagidan qip-qizil qon oqadi, bu orqa chiqaruv teshigi va to‘g‘ri ichak rakining belgisidir. Agar o‘sma chambar ichakning chap yarmida jolashsa ichakdan oqqan qon rangi to‘q qizil tusda bo‘ladi va axlatga aralashgan holda ko‘rinadi. Chambar ichakning o‘ng yarmidagi saratonda esa qon yashirin tarza oqadi, ya’ni axlatdagi qon ko‘zga tashlanmay, faqat maxsus tekshiruv paytidagina aniqlanadi. Bemorning bir necha kunlar (ba’zan haftalar) davomida ichi kelmasligi va qorin sohasida og‘riq bo‘lishi chambar ichakning chap yarmi va to‘g‘ri ichak saratoni uchun xos belgilardir. Shuni ham aytish joizki, yo‘g‘on ichak saratonining 70-85 foiz hollarida ichak batamom tutilib qolishi ro‘y beradi. Bunday vaqtda tezlik bilan jarrohlik amaliyotini qo‘llash zarur. Ba’zan ich ketishi bilan qabziyat almashinadi, oz miqdorda bo‘tqasimon va suyuq najas ajraladi, goho badbo‘y yel chiqib axlat xuddi qo‘y qumalog‘i shaklida bo‘ladi. Shuningdek bemorlarda ich yurishishi qiyinlashadi, ular xojatga borganlarida oxirigacha bo‘shanmaganliklarini sezadilar, ko‘pincha soxta ich qistashidan bezovtalanishadi. Bunday holatlar davomiy bo‘lganda bemor albatta proktolog maslahatiga borishi kerak. Kasallikni aniqlash uchun avvalo ultratovush (UTT) tekshiruvidan o‘tkaziladi. Mabodo o‘sma rivojlanib ketgan bo‘lsa kompyuter tomografiya va yadro magnitli rezonans tomografiya o‘tkazish talab etiladi. Ba’zan yo‘g‘on ichak sohasini paypaslab ko‘rishning o‘ziyoq dardni aniqlashga yordam bersa, ba’zida esa rektoromanoskopiya, fibrokolonoskopiya va kolonoskopiya qo‘llanadi. Agar kasallik endigina boshlanayotgan bo‘lsa dori-darmon muolajalari va jarrohlik usuli yordamida bemorni davolash mumkin. Muhimi, jarrohlikdan qo‘rqmaslik lozim. Shuningdek bemor yomon hayollarga berilmay, tuzalishiga o‘zini ishontirishi zarur.

Ba’zan nasl suradi

nasl Agar oilada shu dard bilan og‘riganlar bor bo‘lsa, ularning farzandlari yoki nabiralarida ham bu dard kelib chiqishiga moyillik kuzatiladi. Saratonga uchramaslik uchun ular (ayniqsa 40-50 yoshlaridan keyin ) proktolog tekshiruvidan tez-tez o‘tib turishlari hamda yo‘g‘on ichak faoliyati buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Maslahatlarimiz shuki, avvalo ovqatlanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ying. Qovurilgan ovqatlarni doimiy tarzda iste’mol qilishdan saqlaning. Xo‘l meva va sabzavotlar, ayniqsa ko‘katlarni cheklanmagan miqdorda yeb turing. Qadoqlangan va rafinirlangan mahsulotlar, shuningdek ko‘cha-kuyda pishirib sotiladigan oziq-ovqatlardan o‘zingizni tiying. Surunkali ich qotish ro‘y bersa, axlatda shilliq yoki qon ko‘rinsa, qorin atrofida tez-tez og‘riq tursa va soxta xojat qistashi hamda quruq kuchanishlar bezovta qilsa mutaxassis shifokorga ko‘rining. Bir kunda ikki mahal (ertalab va kechqurun ovqatdan keyin ) ich bo‘shalishiga harakat qiling. Buning uchun ichni yumshatuvchi mahsulotlar, kletchatkasi bor oziq-ovqatlar yeb turing, ko‘proq ko‘k choy iching. Qahva va quyuq damlangan qora choyni cheklangan miqdorda ichishingiz mumkin.

© Farhod DAUTOV, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining “Proktologiya” kafedrasi professori,  "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Yuzingizdagi toshmalar qanday muammolardan darak beradi?
Qadim zamonlardayoq ichki a’zolar faoliyatining buzilishi va teridagi toshmalar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan. yuzdagi toshmalar

Peshona

Peshonadagi har qanday toshmalar asab tizimi faoliyatining muammolari, shuningdek hazm qilish a’zolarining, ayniqsa jigar va o‘t pufagi faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ortiqcha shirinliklar, yog‘li va kimyoviy qo‘shimchalarga boy taomlarni iste’mol qilishdan voz keching, o‘z vaqtida dam olishga harakat qiling.

Qoshlar o‘rtasidagi soha

Toshmalar asablar tarangligi va eng muhim ehtiyojlaringiz haqida unutganingizdan darak beradi. Albatta sokinlashtiruvchi o‘tli vannalar kursini qabul qiling, yaxshi musiqa tinglang, tabiat qo‘ynida dam oling.

Yonoqlar

Yonoqlardagi toshmalar
chekishni tashlash va o‘pka faoliyatiga e’tibor qaratish kerakligidan darak beradi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, shuningdek ichaklaringiz faoliyatiga e’tibor bering, balki uni davolash kerakdir.

Burun

Burun ustidagi toshmalar yurakdagi yoki qon bosimi muammolaridan darak beradi. Shifokorga ko‘rining, shuningdek qahva va spirtli ichimliklar ichishni to‘xtating. Ko‘proq tomirlar holatini yaxshilovchi oziq-ovqatlar: yong‘oqlar, zaytun yog‘i, achchiq shokolad va baliq iste’mol qiling.

Lablar

Bu sohadagi yallig‘lanish ichaklar disbakteriozidan, lablarning qonsizligi esa anemiyadan darak beradi. Ko‘proq ko‘katlar, yong‘oqlar va achitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qiling.

Iyak

Iyakdagi toshmalar organizmdagi gormonlar muvozanatining buzilganini bildiradi. Malakali endokrinolog, ginekolog yoki androlog yordamidan foydalaning. Uyqu rejimiga amal qiling, qahva va choy o‘rniga toza suv iching.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Husnbuzar turlari va ularni yo‘qotish usullari

© Zdorovie.com / Daryo.uz

ico
Yozda qanday kosmetik tadbirlarni amalga oshirish mumkin?
Qanday fasl bo‘lishidan qat’i nazar biz, qizlar har doim chiroyli va yoqimli ko‘rinishimiz kerak. Lekin yilning ma’lum bir davrida yuz va tana uchun qilinadigan kosmetik amallar yoqmasligi mumkin va ko‘plab zararli natijalar berishi mumkin.

Yozda qilish mumkin bo‘lgan amallar

Mezoterapiya

Kosmetologlarning ta’kidlashicha, inyeksiyasiz mezoterapiya amalini yozgi mavsumda amalga oshirish mumkin. Bu yozning issiq kunlarida terining namlanishi va oziqlanishini ta’minlaydi. Teri namlanishi va oziqlanishidan tashqari kislorod molekulalari bilan to‘ydiriladi.

Yuz va tanani massaj qilish

Yozda massajning hamma turlariga ruxsat beriladi: bo‘shashtiruvchi, limfodrenajli, shuningdek niqoblar va yengil gommaj-pilinglardan foydalanib massaj qilish. Ular teridagi suv muvozanatini tiklaydi va mushaklardagi tanglikni oladi.

Lazerli epilyatsiya

Yozgi mavsumda terining hamma sohalarida lazerli epilyatsiya o‘tkazish mumkin. Bunda teri qoraymagan bo‘lishi muhim, chunki kuyish paydo bo‘lishi mumkin.

Yozda amalga oshirish mumkin bo‘lmagan amallar

Piling amali

Yozda hatto yuzada o‘tkaziladigan 
piling ham yuz va tana terisining qisman pigmentatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. O‘rtacha piling – demarkatsiya chizig‘i holatini buzadi, chuqur piling esa butunlay giperpigmentatsiya holatiga olib keladi, bunda butun yuz terisi qoramtir dog‘lar va chandiqlar bilan qoplanadi. Shuning uchun yaxshisi pilingni yilning salqinroq vaqtlariga, quyosh unchalik faol bo‘lmagan davrga qoldirgan ma’qul.

Yuz va tana terisini oqartirish

Yozda terini oqartirish amallarini o‘tkazmagan ma’qul, chunki bu amallardan keyin quyoshda yurish holatlari ko‘p sonli kuyishlarga olib kelishi mumkin.
ico
Yozda qanday ovqatlanish kerak?
Sovuq kunlarda qovurilgan go‘sht, yog‘li ovqatlar, o‘tkir ichimliklar ko‘proq iste’mol qilinsa, yozda bu holat boshqacha tus oladi. Issiq sharoitda salqin kunlardagiga nisbatan ovqatlanishda cheklanishlar, keskin o‘zgarishlar bo‘ladi. Agar bu paytda yog‘li ovqatlar yoki spirtli ichimliklar ko‘p iste’mol qilinsa, hazm a’zolariga katta yuklama tushadi. Natijada kishini kun bo‘yi lohaslik va lanjlik bezovta qiladi. Xo‘sh, qanday ovqatlansak, issiq kunlarda kasalliklar va noxushliklardan xoli bo‘lamiz?

Issiq o‘lkalarda hazm va oziqlanish fiziologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yoz oylari ovqatlanishning maqsadga muvofiq bo‘lishi va u bilan bog‘liq kasalliklarning kelib chiqmasligi uchun ba’zi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi. Masalan, odamlar qish, bahor fasllaridan yozgi mavsumga o‘tishda kiyinishini o‘zgartirgani singari ovqatlanishda ham mos ratsionni ko‘rib chiqishi lozim. Bunda taom tarkibi, miqdori va sifati issiq iqlimga balanslashtirilishi kerak. Ovqatlanishda ratsiondagi oqsillarning umumiy miqdori 15 foizdan oshmasligi talab etiladi. Oqsil manbai hisoblangan qo‘y, mol, parranda go‘shtlari hamda baliq mahsulotlari sut-qatiq bilan almashtirilishi maqsadga muvofiq. Sut, qatiq, suzma va boshqa shunga o‘xshagan mahsulotlarda ham organizmga kerak bo‘ladigan oqsillar mavjud. Ular organizmni kerakli moddalar bilan talab darajasida ta’minlab turishi mumkin. Mavsumda sergo‘sht, qovurilgan, yog‘li va dudlangan taomlarni iste’mol qilishdan biroz cheklanmasa, tanada kislota ko‘payadi. Yoz kunlari shirinlik va pishiriqlar iste’molini ham birmuncha kamaytirgan ma’qul. Ularning o‘rniga turli-tuman meva, poliz mahsulotlari iste’mol qilishni ko‘paytirish foydaliroqdir.

Shuningdek, jaziramada eng ko‘p iste’mol qiladiganimiz – suv. Chanqaganda sovuq suv ichish o‘rniga asosiy e’tiborni ko‘k choy va har xil o‘tlardan tayyorlangan ekstraktlarga qaratish kerak. Chunki ular organizmdagi chanqoqni uzoqroq qondirib turish xususiyatiga ega. Ayniqsa, bu narsa yoz kunlari jismoniy faoliyat bilan ko‘proq shug‘ullanadigan odamlarga tegishli. Chunki ularning organizmi boshqalarga nisbatan ko‘proq suv yo‘qotadi. Issiq kunlarda spirtli ichimliklarni, qora choy hamda kofe ichmagan ma’qul. Shuningdek, gazli, shirin ichimliklar ham chanqoqni qondirishga yaramaydi.

Yana shu narsa muhimki, yozgi ovqatlanishda iste’mol qilinadigan turli-tuman taomlar miqdori, masalan, sho‘rva, palov, lag‘mon, chuchvara va boshqalar odatdagidan biroz kam bo‘lgani ma’qul. Aksincha yoz kunlari nihoyatda to‘yib ovqatlanish oshqozon-ichak funksiyasining buzilishiga olib kelishini unutmaslik lozim. Ishtahani “jilovlab” turish uchun yozda nonushta, tushlik va kechki ovqatlar orasida kamida 2 marta meva-cheva va poliz mahsulotlaridan tamaddi qilib olgan ma’qul.

Soha mutaxassislarining tadqiqotlariga ko‘ra, haftada bir kun aniq bir belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yengil ovqatlanish, ya’ni parhez taomlanish salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega ekan. Bunday paytlari kun davomida bo‘lib-bo‘lib faqat 1-1,5 litrgacha qatiq ichiladi yoki 2,5-3 kilogrammgacha tarvuz yoki shuncha miqdordagi bodring, olma va boshqa mevalar iste’mol qilinadi. Bunday parhez ortiqcha vazn yoki semizlik ta’siridan aziyat chekuvchilar uchun ayniqsa asqatadi. Uni imkon qadar dam olish kunlariga belgilagan ma’qul. Bu jarayon hammada ham silliq o‘tavermaydi, ayrim kishilarda bosh aylanib, qayt qilish, behuzur bo‘lish hollari kuzatiladi. Bunda parhez darhol to‘xtatilishi kerak.

Taom tayyorlashda masalliqlarning eskirmaganiga e’tibor qaratish muhim. Bizning sharoitimizda oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori harorat ta’sirida aynishi, buzilishi tufayli zaharlanish holatlari tez-tez uchrab turadi. Yoz kunlari qiymalangan go‘sht, baliq, kalla-pochalardan tayyorlangan somsa, kotlet, chuchvara, mantilar iste’molida nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Uy bekalarimiz qiymalarni bevosita taom pishirishdan oldin tayyorlashsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yuqorida yoz kunlari sut va sut mahsulotlaridan keng  foydalanish lozimligi haqida gapirib o‘tdik. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ushbu mahsulotlar issiq paytlari tez buziladi. Shuning uchun ular plyus 4 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda (sovutkich va muzlatkichlarda) saqlanishi lozim.

Aytilgan tavsiyalarimiz asosida yozgi ovqatlanish tartibiga o‘zgartirish kiritishni sekin-astalik bilan amalga oshirgan ma’qul. Chunki keskin va darhol amalga oshirilgan o‘zgarish organizmga zarar yetkazib qo‘yishi mumkin. Asosiysi, har bir kishi ishtahasi va holatiga qarab taom tayyorlab, iste’mol qilishi maqsadga muvofiq. Faqat ularni yeganda huzur-halovat bag‘ishlovchi bo‘lsa, kifoya.

© SH.QURBONOV, biologiya fanlari doktori, professor. "Qashqadaryo" gazetasi.

ico
Yuz terisi turini aniqlash uchun nima qilish kerak?
Yuz terisini parvarish qilishda terining turini bilish muhim ahamiyatga ega. Teri turiga qarab tozalovchi va oziqlantiruvchi vositalar tanlanadi. teri turini aniqlash Terining turini aniqlashdan oldin yuzni tozalash zarur. Teri bir necha soat davomida kosmetik vositalarsiz dam olganidan keyin uni kunduzgi tabiiy yorug‘likda diqqat bilan kuzatish kerak. Agar sizning teringizda: – teri teshikchalari kengroq bo‘lsa; – teri qalin ko‘rinsa; – yuvilgandan so‘ng yaltirab qolsa; – unda toshmalar bo‘lsa, teringiz yog‘li hisoblanadi. Agar: – teridagi teshikchalar bilinmasa; – teringiz yupqa pergament kabi bo‘lsa; – teringiz yaltiramasa; – teringiz juda och qizg‘ish rangda bo‘lsa, quruq turiga oid hisoblanadi. Terining aralash xiliga oidligini quyidagi belgilardan aniqlash mumkin: – teshikchalarning bilinar-bilinmas bo‘lishi; – yuzning hamma sohasidagi terilarning bir xil emasligi; – peshana, burun va iyak sohasi terisining haddan tashqari yaltillashi; – terining bir tekis qoramtir rangda bo‘lishi. Ta’sirchan terini quyidagi belgilardan bilish mumkin: – kosmetik vositalar yoqmasligi; – yorilgan va qizil tomirlarning ko‘rinib turishi; – ba’zi mahsulotlarning allergiya chaqirishi. Normal teri esa bir xil rangda bo‘ladi. Silliq, tarang va toza ko‘rinishga ega bo‘lib, sovunli suv va boshqa kosmetik vositalar ta’siri sezilmaydi. Agar aniqlashda qiynalayotgan bo‘lsangiz, quyidagi mini testni yechib ko‘ring. 1. Chayinganingizdan so‘ng yuzingiz qanday holatda bo‘ladi? A. Taranglashadi; B. Yaltillab qoladi; V. Sog‘lom va tekis; G. Peshona va dahan qismi yaltillab, yonoqlar quruq lashadi; D. Salgina qizaradi. 2. Oziqlantiruvchi pardoz vositalaridan foydalanmasangiz nima o‘zgaradi? A. Quruqlashadi, teri tortishib qoladi; B. Yog‘lashib ketadi; V. Me’yoriy holatda bo‘ladi; G. Peshona va daxan qismi yog‘lashib, yonoqlar tabiiy ko‘rinishda bo‘ladi; D. Teri ta’sirchanligi ortadi. 3. Yuzingizning teri kataklari qanday tuzilgan? A. Deyarli bilinmaydi; B. Kattalashgan; V. Ko‘zguda yaqqol ko‘zga tashlanadi, ammo pardoz qilinganida bilinmaydi; G. Yuzning «T» qismida yaqqol ko‘zga tashlanadi, yonoqlarda esa kichraygan; D. Ba’zida bilinidi, ba’zida esa yo‘q. 4. Iste’mol qilayotganlaringiz yuz terisiga ta’sir etadimi? A. Ko‘p miqdorda gazlangan ichimliklar yuzimni quruqlashtirib yuboradi; B. Yog‘li taomlardan so‘ng yuzim yaltirab qolganday bo‘ladi; V. Hech qanday ta’siri yo‘q; G. Meva va sabzavotlardan tanovul qilmasam, peshona va dahan qismida toshmalar yuzaga keladi; D. Achchiq ta’mli eguliklardan so‘ng yuzim qichishadi. Yuz teringiz qaysi turga mansub ekanligini bilish uchun javoblarni quyidagicha belgilang.
  • Javoblar orasida A harfi ko‘p bo‘lsa, demak yuzingiz quruq.
  • B javobi ko‘p bo‘lsa, yuzingiz yog‘li.
  • V javobi etakchilik qilsa, normal yuz terisiga egasiz.
  • G javobi ustun bo‘lganida, aralash turldagi yuz terisi mavjud bo‘ladi.
  • D javobi ko‘p bo‘lganida esa yuz teringiz ta’sirchan turga mansubdir.
Yuz terisini turlariga ko‘ra parvarishlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

© Daryo.uz / Darakchi.uz

ico
Yod tanqisligi kasalligi – buqoq
Yod tanqisligi og‘ir holatlarda millat salomatligiga tahdid soladi, millat aqliy salohiyatining pasayishiga olib keladi. Yod tanqisligi kasalliklari guruhiga buqoq kaslligi kiradi. Ushbu kasallik tanamizda yod moddasining yetishmasligi - tanqisligidan kelib chiqadi. Yod moddasi bo‘ynimiz oldida joylashgan qalqonsimon bezning meyorda faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy kimyoviy unsir hisoblanadi, qalqonsimon bezda yaratiladigan gormon tarkibiga kiradi.

Yod o‘zi nima?

Har bir insonning hayoti davomida yod moddasi oz miqdorda zarur bo‘ladi. Bu moddaning organizmda uzoq muddat saqlanmasligini hisobga olib, yod moddasi mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qilib turish zarur.

Qalqonsimon bezning vazifasi nimadan iborat?

Qalqonsimon bez miya va tananing muayyan rivojlanishi va faoliyati uchun zarur bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. U inson tomog‘ining old qismida joylashgan bo‘ladi. Tanamizda yod moddasining tanqisligi vujudga kelishi natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu holat buqoq deb nomlanadi.

Yod tanqisligi kasalligining belgilari

Ko‘pchilik yod moddasini qanchalik miqdorda iste’mol qilayotganligini bilmaydi. Ammo yetarlicha iste’mol qilmaslik natijasida qalqonsimon bez kattalashadi. Bu eng birinchi va ko‘p uchraydigan belgi hisoblanadi. Kasallikning boshqa belgilariga: ayniqsa bolalarda aqliy, jismoniy va jinsiy, ruhiy rivojlanish pasayadi.

Qanday qilib YOD tanqisligini oldini olish mumkin?

Respublikamiz hududlaridagi yer, suv, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida yod yetarli miqdorda bo‘lmaganligi sababli, yod tanqisligini keltirib chiqaruvchi ko‘pgina kasalliklarni oldini olish uchun yod moddasini oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda iste’mol qilish kerak. Buning eng maqul va qulay yo‘li bu oziq-ovqat mahsulotlariga yodlangan tuzni ishlatishdir. Yodlangan tuzning narxi boshqa tuzlarnikiga qaraganda ozgina qimmatroq, lekin u salomatlik uchun foydali va ko‘pgina muammolarning oldini oladi va buqoq kasalligini davolash uchun ketishi mumkin bo‘lgan dori-darmon xarajatlaridan saqlaydi. O‘smir yoshdagilarga - ya’ni 12-13 yoshdan boshlab yod unsiriga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi, yodlangan tuz iste’moli kifoya bo‘lmasligini hisobga olib, qo‘shimcha yod moddalar qabul qilish zaruriyatini maktab yoki oilaviy shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Osh tuzida yod miqdorini yo‘qolmasligi uchun quyidagilarga e’tibor bering:

  • Yodlangan tuzni sotib olgan vaqtdan boshlab 6 oy ichida ishlating.
  • Tuzni yopiq idishda qorong‘u va quriq joyda saqlang, chunki yod moddasi tezda uchish xususiyatiga ega.

Yod tanqisligini davolash

Yodlangan tuzni iste’mol qiladigan ovqatingizga qo‘shing. Yodlangan tuz buqoqning oddiy turlari paydo bo‘lishini oldini oladi va kichik buqoqlarni kichiklashtiradi. Uzoq vaqt davrida mavjud bo‘lgan buqoq kasalligi, ya’ni kattalashgn qattiq buqoq, yodlangan tuz bilan yo‘qolib ketmaydi. Sizga buqoqni davolash uchun dorilar tavsiya qilinadi. Ular qalqonsimon bez faoliyatini tiklashga yordam beradi va yod moddasini o‘rnini bosadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Agar sizning bo‘yningizda old qismida shish paydo bo‘lsa (ya’ni qalqonsimon bez kattalashsa), darhol shifokorga endokrinolokka murojaat qiling va uning tavsiyalariga amal qilgan holda davolaning. Faqat shifokor kerakli miqdordagi dorilarni tavsiya qilishi mumkin!

© Jamolxon o‘g‘li Mubashshir Qosim.