Ozish

MAQOLALAR

ico
Kron kasalligi
Kron kasalligi – bu surunkali yallig‘lanish bo‘lib, asosan oshqozon-ichak tizimi jarohatlanadi. Kasallik surunkali bo‘lganligi tufayli bemor hayoti davomida bir necha bor zo‘rayishi mumkin. Kasallik ichaklarning siqilishi, qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq, diareya, bezgak, ozish, qorin shishishi, orqa chiqaruv kanalda og‘riq, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Lekin barcha ham bu alomatlarni sezmaydi. Ayrim bemorlarda belgilar umuman sezilmasligi mumkin. [caption id="attachment_2479" align="aligncenter" width="403"]Kron kasalligi Kron kasalligi[/caption]

Kasallik yuqumli emas

Kron kasalligi bilan asosan, 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar ko‘proq og‘rishadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, kroon bilan og‘rigan bemorlarda 20 % holatda yaqin qarindoshlarida ham bu kasallik uchraydi. Kasallikka sabab sifatida immunalogik yoki bakteriologik muammolarni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu kasallik yuqumli emas. Uni tashxislash uchun ichaklar roentgen tekshiruvidan o‘tqaziladi. Davolash gastroenterolog shifokor nazorati ostida dastlab konservativ davolash ishlatiladi. Agar kasallik og‘ir darajada bo‘lsa, jarrohlik amaliyoti o‘tqaziladi. [box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining "Ensiklopediya" rukni orqali e'lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]  
ico
Dengiz tuzining foydali jihatlari
Bugun yurtimizdagi barcha savdo shoxobchalari va bozorlarda sotilayotgan bu mahsulotning foydasinibilasizmi? Dengiz tuzi insonda modda almashinuvini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatiniyaxshilaydi, immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlarni chiroyli qiladi. Undan taom tayyorlashda ham foydalansa bo‘ladi. dengiz tuzi

Ozdiradi

Dengiz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish natijasida bir oy ichida o‘n kilogrammga
ozish mumkin. Buning uchun har uch kunda bir marta dengiz tuzi qo‘shilgan suvda cho‘miling. Bu vaznni kamaytirish bilan birga, terini mayin va tarang qiladi. Biroq vannada juda ko‘p vaqt qolmaslik kerak.

Husnbuzarni yo‘qotadi

Antiseptik xususiyatga ega dengiz tuzi husnbuzarlarga qarshi eng yaxshi vositadir. Haftasiga 2 3 marta dengiz tuzining suvli eritmasi bilan yuzdagi toshmalar artib turilsa, muammo tezda yechim topadi. Badandagi toshmalar uchun esa vanna qabul qilish tavsiya etiladi.

Soch to‘kilsa...

Agar sochingiz to‘kilayotgan bo‘lsa, ozroq suv bilan namlangan tuzni bosh terisiga surtasiz. Yengil harakatlar bilan uqalab, 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda chayasiz. Agar tuzning o‘zini sochga surtishning uddasidan chiqolmasangiz, zaytun yog‘i yoki qatiqqa aralashtirib surtish mumkin. Aralashmali niqobdan so‘ng boshni sellofan bilan o‘rab, bir soatcha kuting. Haftasiga bir yoki ikki marta muolajani takrorlash kifoya. Bir oydan so‘ng natija faqat o‘zingizga emas, atrofdagilarga ham sezila boshlaydi.

Sellyulitni yo‘qotadi

Bugungi kunda sellyulitga qarshi turli dori vositalari mavjud. Biroq ulardan hech biri oddiy dengiz tuziga teng kela olmaydi. Birorta dag‘alroq matoga dengiz tuzini sepib, u bilan muammoli tana sohasini ishqalaysiz. Natija birinchi muolajaning o‘zidayoq seziladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Dengiz tuzini oddiy tuz o‘rnida ham ishlatish mumkin. Biroq bir kunlik miqdor 5 grammdan oshmasligi kerak. Qon bosimi oshib turuvchilar, ba’zi yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik xastaliklarda, shuningdek, homiladorlarga dengiz tuzini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Yana o‘qing: Teri uchun foydali mahsulotlar

© "Oila davrasida" gazetasi.

ico
Vazn tashlashning oson yo‘llari
Sertifikatli murabbiy va mashhur Chicago Tribune'ning bosh fitnes-sharhlovchisi Jeyms S.Fell bunday muvaffaqiyatga osonlikcha erishmadi. Jeyms 30 yoshga kelib nafas siqishi, fast-fudga bo‘lgan mehri va nosog‘lom vazni bilan “maqtana olardi”. Ko‘zgu bilan navbatdagi uchrashuv yigitning kayfiyatini shu qadar tushirdiki, u o‘zini qo‘lga olishga qaror qildi va atigi ikki yilda orzusidagi qomatni “qurish”ga muvaffaq bo‘ldi. Fellning ta’kidlashicha, hattoki dunyoning eng semiz kishisini ham ozishga majbur qiluvchi bir necha amaliy tavsiya bor. Trendymen ularning eng asosiylari bilan bo‘lishdi. (Kun.uz tarjimasi)

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying Birinchi navbatda, mashg‘ulotlardan zavq olishni o‘rganing. Ongingiz rad etayotgan narsani bajarishga o‘zingizni majburlay olmaysiz. Ozish uchun uzoq shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni majburiyat emas, ishchi kunlardan dam olish sifatida qabul qilishga harakat qiling. Yordam berishi kerak.

Tezkor maqsadlar

“Men ozishni xohlayman” - maqsad haddan ziyod uzoq va noaniq. Vizual natijani ko‘rmasangiz, go‘yoki maqsadsiz harakatlanayotgandek bo‘lasiz. Shuning uchun aniq, qisqa muddatli maqsadlar qo‘yib, ularga yetishishni o‘rganing. Masalan, mashg‘ulotlar jadvalini muzlatgichga osib qo‘yib, bajarilgan har bir kunni marker bilan o‘chiring. Shunda natijani ko‘ra boshlaysiz va o‘ziga yarasha rag‘bat paydo bo‘ladi.

Mukammal qomat

Ko‘zguga boqing va tan oling: ko‘rayotganingiz - mukammal qomat emas. Hatto vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlarga vaqt ajratsangiz ham, doim undan-da ko‘proq shug‘ullanish imkoni mavjudligini unutmang. Shunchaki yaxshi ko‘rinishga emas, ortingizdan boshqalar qayrilib qaraydigan darajada ko‘rkam bo‘lishga intiling. Bu yaxshi motvatsiya bo‘lishi mumkin.

Majburiy nonushta

Ertalabki nonushta nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun bir kun uchun yaxshi poydevor vazifasini o‘taydi: yaxshi nonushta qilgan odam kun davomida ortiqcha kaloriya iste’mol qilmaydi. Bundan tashqari, ochlik hissi kechroq keladi, tushlikning kechikishi esa kechki ovqatni umuman bekor qilish imkonini beradi.

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish Uyquga me’yoriy ochlik hissi bilan yoting. Bu — normal hissiyot, organizmingiz kechki tamaddidan olingan quvvatni qayerga qo‘yishni bilmaydi. Bundan bir necha usul bilan qochish mumkin: bir piyola qaynoq giyohli choy oshqozonni to‘ldiradi, tishlarni tozalash esa o‘zingizni tiyishga va tunda muzlatgich yoniga yaqinlashmaslikka yordam beradi.

Haddan tashqari to‘yib qolmang

To‘qlik hissini tuyishga harakat qiling. Ovqatdan qoniqish hosil qilib, yana biroz tamaddi qilish imkoni borligini his qilganingizda stoldan turish uchun o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz kerak. Bu qiyin va qandaydir tajriba talab qiladi, biroq natija shunga arziydi. Yengil ochlik hissi butun organizmni tonusda ushlashga yordam beradi - uyqu va charchoqdan asar ham qolmaydi.

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang Bir Oreo pechenyesi qancha kaloriyaga ega bo‘lsa, chorak kilogramm ismaloq kaloriyasi shuncha bo‘ladi. Past kaloriyali parhezga e’tibor qarating, u organizmingizni foydali moddalar bilan to‘liq qoniqtira oladi. Bu vazifani amalga oshirishda, eng yaxshisi, sarxil meva va sabzavotlar yordam beradi.
Vazn tashlashga oid foydali maqolalarni saytimizning "Ozish" rukni orqali doimiy ravishda o‘qib borishingiz mumkin.
ico
Ortiqcha harakatlarsiz ozish
Ortiqcha vazn har doim insonlar uchun muammo bo‘lib kelgan. Undan xalos bo‘lishning turli usullari mavjud bo‘lib, asosan, parhez tutish va sport bilan muntazam shug‘ullanish lozim. Ammo bu usullar insondan ko‘p harakat va bir vaqtning o‘zida nihoyatda sabrli bo‘lishni talab etadi. Shu sababdan undan foydalanish uchun ko‘pchilik o‘zida iroda topa olmaydi. Ammo, yaqinda olimlar ozish uchun ortiqcha harakat va xarajatlarning hojati yo‘qligini isbotlashdi. Ortiqcha vazn yig‘maslik uchun faqatgina nonushtani o‘tkazib yubormaslik kifoya qiladi. Aynan nonushtada yaxshilab ovqatlanib olish insonga ozishda yordam beradi. Nega deysizmi? Chunki, nonushtada qorinni yaxshilab to‘qlab olish kun davomida ochlikka chidashimiz uchun anchagina quvvat bag‘ishlaydi. Tadqiqotlar natijasida nonushtani umuman qoldirmaydigan insonlar ortiqcha vazn to‘plash bilan bog‘liq muammoga deyarli duch kelishmasligini isbotladi. Ochlik bilan ortiqcha vazndan qutulish yaxshi samara bermaydi. Zero, uzoq vaqt och yurish salomatlik uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Tibbiy tomondan qaralganda me’da besh soatdan ortiq bo‘sh qolmasligi lozim. Shu bilan bir qatorda jismoniy faolliksiz o‘ylangan maqsadga yetishib bo‘lmaydi. Agar sizda sport zaliga chiqib shug‘ullanishga vaqt bo‘lmasa, tushkunlikka tushmang. Harakat qilishdan to‘xtamang. Masalan, liftdan foydalanish o‘rniga yuqori qavatga zinalardan ko‘tariling. Bir kun davomida kamida 30 daqiqa jismoniy faol bo‘lish ham sizga juda katta yordam beradi. Katta yoshli odam bir kunda 2000 – 2500 kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi va shuncha yo‘qotishi lozim. Bu narsaga alohida e’tibor bering. Makaron, gazlangan shirin ichimliklar, shirinliklarni iste’mol qilishdan iloji boricha tiyilgan ma’qul. Ovqatlanish tartibida asosan meva-sabzavot va yog‘siz go‘shtning bo‘lishi ortiqcha vazn yig‘ilmasligiga yordam beradi.

© "Soglom avlod" gazetasi. Soglom.uz