"L" Harf bo'yicha qidirish

MAQOLALAR

ico
Laringit kasalligi ( Mutaxassis bilan suhbat )

Hayotimiz mazmuni bo‘lmish farzandimizning sog‘-salomat holda ulg‘ayib kamolga yetishi shubhasiz har bir ota-ona uchun ulkan baxt erur. Zero, har bir go‘dakning dun­yoga kelishi barobarida chekilgan zahmatlar uning beg‘ubor kulgusida unut bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Ammo bexosdan kichkintoyimiz biron kasallik bilan xastalanib qolsa bormi bu yorug‘ jahon ko‘zimizga tor ko‘rinib, yuragimizga og‘riq kiradi.

Ekologik muammolar sabab oxirgi payt­larda kasalliklar ham yangi-yangi ko‘rinishda paydo bo‘lib xuddi zamon bilan birga odimlab borayotgandek. Ilgari antibiotiklar bilan davolasa bo‘ladigan xastaliklar endilikda qo‘shimcha muolajalarni talab qilmoqda. Sir emaski, immunitet pastligi sababli ko‘p uchraydigan O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)lar, gripp kabi kasalliklar ham o‘z vaqtida davolanmasa bemor organizmida og‘ir asoratlar qoldiradi.

Shukrki mustaqillik tufayli ona va bola salomatligi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, tibbiyotda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Respublikamizning eng chekka tumanlaridagi tibbiyot muassasalarigacha so‘nggi rusumdagi, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan tibbiyot maskanlarida yaratilgan shart-sharoitlardan aholi mamnun bo‘lmoqda.

Ana shunday tibbiyot maskanlaridan biri Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasida bo‘lib bolalar qabul bo‘limi va maslahat poliklinikasi mudiri Nodira Hoshimova bilan bolalarda uchraydigan laringit xastaligi xususida "Sog‘lom avlod" gazetasi muxbiri Jamila Haydarova suhbatlashdi. Quyida ushbu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

– Nodira opa, so‘nggi paytlarda laringit kasalligi yosh bolalarda ko‘proq kuzatilmoqda. Bunga sabab nima va u qanday xastalik hisoblanadi?

– Laringit o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, hiqildoq shilliq pardasining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishidir. Ushbu xastalikning bolalarda ko‘p uchrashining asosiy sababi 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolada hiqildoq teshigi tor bo‘lib, shilliq qavatlar qon tomirlari va limfa tugunlari bilan yaxshi ta’minlangani bois kasallik yosh bolalarda ko‘p uchraydi.

Hiqildoq yallig‘lanishida uch xil belgi kuzatiladi: Ya’ni og‘ir yo‘tal, bo‘g‘ilib nafas olish va ovoz bo‘g‘ilishi. Laringit kasalligi turli virus, bakteriya, streptotokk, doimiy ovoz zo‘riqishi, o‘tkir gazli moddalardan nafas olish, tomoq yaxshi namlanmay qurib qolishi, ovoz bog‘lamlarining deformatsiyasi (nuqsoni) va ularning jarrohlik operatsiyasidan shikastlanishi natijasida ham sodir bo‘ladi. Shuningdek, ushbu xastalik o‘ta issiq yoki sovuq ovqat hamda ichimlik ichish, sitrus mevalar (limon, apelsin, mandarin, kivi, greypfrut), shirinlik­lar (asal, konfet, shokolad, tort, shirin pishiriqlar), yel (gaz) qo‘zg‘ovchi dukkaklilar (mosh, no‘xat, loviya, soya), tuxum, yong‘oq, pista, bodom, yeryong‘oqlarni , qizil rangli mahsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bu kasallikning kelib chiqishiga epidemiologik vaziyat, kuz-qish fasllari, bolalarning yoshi va yashash sharoiti ham sabab bo‘lishi mumkin.

– Xastalikning ilk belgilari qanday kechadi?

– Mazkur xastalikning dastlabki bosqichida bola xirildoq ovozda yo‘taladi. U shovqinli nafas oladi, bezovtalanadi. Bunday hollarda o‘tkir respirator virusli infeksiya bosqichma-bosqich yuzaga keladi. Bola darhol yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi kerak. Bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ovozi bo‘g‘ilishidan tashqari, tana harorati ko‘tarilishi, burun oqishi, ko‘z yoshlanishi (konyuktivit) belgilari kuzatilishi mumkin. Og‘ir holatlarda bemor talvasaga tushadi.

Agar bolada raxit, kamqonlik, diatez (chilla yara) kasalliklari,O‘RVI va gripp sababli yuqori va quyi nafas a’zolarida yallig‘lanish belgilari kuzatilsa, uni o‘z vaqtida davolash, parhezga qattiq rioya qilish kerak. Gripp epidemiyasi vaqtida bolani u sog‘lom paytida albatta ushbu kasallikka qarshi emlatish lozim. Ovoz bog‘lamini ham zo‘riqtirmaslik lozim.

– Laringitni uy sharoitida davolasa bo‘ladimi? Nima sababdan ushbu kasallik bilan og‘rigan bemor tomog‘ini (Lyugol eritmasi yoki boshqa dori vositasi bilan) artish mumkin emas?

– Bu kasallikni uy sharoitida davolash tavsiya qilinmaydi. Darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Shifokor kelgunga qadar bolaning oyog‘iga issiq yoki bug‘li vanna qilinadi. Shifoxona sharoitida ishqorli ingalyatsiya o‘tkaziladi. Qolgan muolajalar bolaning ahvoliga qarab tavsiya etiladi. Vaqtida shifokorga murojaat qilsangiz, bola 4-5 kunda batamom sog‘ayib ketadi. Aks holda har xil asoratlarga, ya’ni quloq shilliq pardasining yallig‘lanishi (otit), burun shilliq pardasining yallig‘lanishi (rinit), bronxlarning yallig‘lanishi (bronxit), pnevmoniya (zotiljam) kasalliklariga olib kelishi mumkin. Laringit bilan og‘rigan bemor bolaning tomog‘ini artish mumkin emas. Chunki, bu sohani artish paytida tovush paylari yanada torayib, shishib, uning tirqishi bekilib qolishi mumkin. Bundan tashqari bolalarning nafas yo‘llari tor bo‘lib, shilliq qavat shikastlanishi tufayli bu soha yanada shishib ketadi.

– Qanday davo choralari ko‘riladi?

– Bemorlarga birinchi navbatda parhez qilish, ko‘proq iliq holdagi suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Davolash jarayonida ingalyatsiya, balg‘am ko‘chirish va virusli infeksiyaga qarshi vositalardan foydalaniladi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘tkir respirator infeksiyalardan saqlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ularning immunitetini oshirish chora-tadbirlarini shifokor tavsiyasiga qat’iy amal qilgan holda bajarish zarur.

Laringit kasalligi profilaktikasida bolalarni chiniqtirish hamda nafas yo‘llari gimnastikasi katta ahamiyatga ega. Ertalabki badantarbiya ham kichkintoyning sog‘lig‘ini tiklashda muhim ahamiyatga ega.

Ha, «Qayering og‘risa, jon shu yerda»,– deydi dono xalqimiz. Umrimiz mazmuni bo‘lgan bolajonlar aslo xastalanmasin. Ularning sog‘lig‘i nafaqat bizning balki butun jamiyatning bebaho boyligi hisob­lanadi.

 

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Lamblioz kasalligi

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar (Lamblia intestinalis) vegetativ shaklda (trofozoit) uchraydi va sistalar hosil qilish

qobiliyatiga ega. Vegetativ shakli faol va harakatchan bo‘lib, ular noksimon shaklda ko‘rinadi. Tanasining oldingi qismi to‘mtoq, orqa qismi esa o‘tkir bo‘lib, uzunligi 9—18 mkm bo‘ladi. Tanasining oldingi qismida so‘rg‘ich disklar mavjud. Ular 2 ta yadro va 4 juft xivchinlarga ega. Xivchinlari qisman sitoplazmadan o‘tgan bo‘lib, bo‘yalganda yaxshi ko‘rinadigan ikkita bo‘ylama tutam hosil qiladi.

Lamblioz kasalligi

Harakati xarakterli bo‘lib, parazit doimo o‘z o‘qi atrofida yon tomoni bilan aylanib harakat qiladi. Preparatda xona haroratida lambliyalar tez nobud bo‘ladi. Oziqni butun tanasining yuzasi bilan so‘radi. Uzunasiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.

Sistalar — lambliyalarning harakatsiz shakllari hisoblanadi. Uzunligi 10—14 mkm, oval shaklda, qobig‘i nisbatan qalin. Lugol eritmasida sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Bo‘yalgan yetuk sistada 4 ta yadroni ko‘rish mumkin.

Lambliyalar ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida hayot kechiradi, so‘rg‘ich disklari yordamida vorsinkalarga yopishib oladi. Ular o‘t pufagida yashay olmaydi, chunki o‘t suyuqlig‘i ta’sirida nobud bo‘ladi. Ularning duodenal zondlash vaqtida ko‘p topilishi lambliyalarning o‘n ikki barmoq ichak devorlaridan tushganligi bilan tushuntiriladi.

Vegetativ shakllari odatda najas bilan chiqmaydi, ammo ular ich ketganda najasda paydo bo‘lishi mumkin. Lambliyalar ichakning pastki bo‘limlariga tushganda noqulay muhitga uchraydi va u yerda yashay olmasdan sistalarga aylanadi, ular esa odatda najas bilan Sistalar tashqi muhitda yaxshi saqlanadi, havo namligi va haroratiga qarab tashqi muhitda bir oygacha saqlanishi mumkin.

Odam kasallikni iflos qo‘llari, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali yuqtirishi mumkin. Sistalar ichakka tushib,vegetativ shakllarga aylanadi. Bitta sistadan ikkita vegetativ shakl hosil bo‘ladi.

Lambliyalar keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa bolalarda ko‘p uchraydi. Ular organizmga ko‘p miqdorda tushganda ichak shilliq pardalarini mexanik ta’sirlashi va ma’lum darajada so‘rilishning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda qorinda kuchli bo‘lmagan og‘riq, qorin dam bo‘lishi (meteorizm) va quldirashi, ich kelishi ning buzilishi, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, ba’zan esa o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda lambliyalar organizmdagi boshqa ichak va o‘t yo‘llari kasalliklarining qayta zo‘rayishiga sabab bo‘ladi.

Lambliyalarni kasallik yuqtirgan kishilarda aniqlash odatda oson. Agar najas shakllangan holda bo‘lsa, u vaqtda surtmada mikroskop yordamida sistalar aniqlanadi. Lugol eritmasida bo‘yalgan surtma parallel tekshiriladi.

Yangi suyuq najasda va duodenal zondlash orqali olingan materialda harakatchan vegetativ shakllarni aniqlash mumkin. Najasda sistalarning topilishi tashxis qo‘yish uchun yetarli tasdiq hisoblanadi, shuning uchun vegetativ shakllarini aniqlash maqsadida materiallarni tekshirishning hojati qolmaydi.

© E.I. Musaboyev, A.Q. Bayjanov.
"Yuqumli kasalliklar  epidemiologiya va parazitologiya".

Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri URSOSAN FORTEdir:

https://apteka.uz/uz/product/ursosan

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Laringit: diagnostika va davolash

Laringit kasalligini boshdan kechirish juda yoqimsiz bo‘lib, bolalarda ayniqsa murakkab kechadi. Laringitning sababi yallig‘lanishidir. Ushbu yallig‘lanish turli sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin. Masalan bu - turli viruslar, ayrim bakteriyalar, zamburug‘lar va hatto chang ham, agar u ko‘p miqdorda bo‘lsa vujudga keltirishi mumkin.

Bolaning nozik o‘sayotgan organizmi uni o‘rab turgan muhitdagi viruslar bilan doim ham kurasha olmaydi. Shu sababli bizning bolalarimiz ko‘p kasalliklarga chalinadilar. Laringit o‘zi bilan juda jiddiy kasallikni namoyish etadi. Bolaning burun-tomoq sohasiga tushgan virus, sekin asta uning halqumigacha tushib, o‘sha yerda rivojlanishni boshlaydi. Avvaliga bolaning burni oqadi, sekin asta quruq yo‘tal bezovta qilishi boshlaydi. Biroz vaqtdan so‘ng esa bolaning ovozi o‘zgarishni boshlaydi. Nafas olish tez-tez ko‘rinishni egallab, qiyinlashadi. Ayniqsa, kasallikning bunday belgilari bolani kechalari va ertalabki soatlarda bezovta qiladi. Tana haroratiga kelsak, odatda u juda baland bo‘lmaydi. Juda kam holatlarda u o‘ttiz to‘qqiz-qirqqacha ko‘tariladi.

Laringitning ikki turi mavjud. Bu - o‘tkir va surunkali. O‘tkir laringitning sababi odatda tananing organizm qarshilik kuchining pasayishi bilan umumiy sovuq qotish, unga bakterial yoki virus infeksiyalarining birlashishidir. Sababchi bo‘ladigan omillar qatoriga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: xonaning chang bo‘lishi, issiq va quruq havo, ovozning haddan ziyod toliqishi, surunkali ko‘rinishdagi yallig‘lanishning burun-tomoqda mavjudligi, burundan nafas olishning buzilishi.

Surunkali laringitning rivojlanishiga odatda doim takrorlanadigan va oxirigacha davolanib olinmagan o‘tkir kasalliklar, respirator yo‘llaridagi yallig‘lanish jarayonlari, shu bilan birga allergik jarayonlar sabab bo‘ladi.

Nima sababdan shifokorlar kasallikni nazorat qilar ekanlar, uning nomlanishidan ko‘p foydalanidilar. Ushbu kasallikning va uning asorati sifatida ovozning yo‘qolishi sababli undan ko‘p foydalanadilar. Ovozning o‘zgarishi darhol seziladi. Ayniqsa bolalarda jarangdor ovozlar bir zumda,  ovoz pasayib, xirrillab qoladi. Uni farqlab olish ham jiddiy qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Ovozning o‘zgarishi asosan tomoqning yallig‘lanishi, natijada ovoz paylarining shishishi, aynan ovoz chiqadigan yerda bo‘lganligi sababli shunday o‘zgarish sodir bo‘ladi.

Undan tashqari u yerdagi ovoz paylari ostidagi bog‘lovchi to‘qimalari shishishi natijasida ovoz pasayishi yoki xirillashi bilan bir qatorda, umuman yo‘qolib ham qolishi mumkin. Agarda shunday holat yuz bergudek bo‘lsa, zudlik bilan «tez yordamni» chaqirtiring. Eng muhimi, havotirga tushmang, muhimi o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishdir. Ovoz hech qachon butkul yo‘qolib ketmaydi. Ovozning yo‘qolishi bilan bir qatorda laringospazm ham tuzaladi, yallig‘lanish kamayishi bilan, ovoz paylarining shishishlari ham qaytadi. Tomoqdagi shishishlar tezroq tuzalib ketishi uchun va ovozning o‘zgarishi kamayib borishi uchun shifokor antigistamin preparatlarini buyuradi. Aynan qaysi turini esa faqat shifokor belgilaydi, o‘zingiz o‘zboshimchalik bilan bolaga dori bermang.

Tomoq va u yerdagi paylardagi shishishlarining qaytishida shu bilan bir qatorda ingalyaciyalar ham juda yaxshi yordam beradi. Ingalyaciyadagi nam havo, tabiiy havo oqimini yumshatadi va u tomoq-halqum sohasidagi shishishlarga ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Ingalyaciya laringitning tez tuzalishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. U o‘zining yumshoq va nam havosi bilan yallig‘langan yerlarni kichkina bulutchalar misoli o‘rab oladi.

Masalan, bu yerda siz soda solingan ingalaciyadan foydalanishingiz mumkin yoki bo‘lmasa pixta, evkalipt, sedana yog‘larini tomdirib yuborish ham paylardagi shishishlarni qaytishiga ko‘mak berishi mumkin.

Eng muhimi esa unutmang, bola uchun ingalyatsiya qilayotganingizda avvalo issiq suvga ehtiyot bo‘ling, undan chiqayotgan bug‘ ham mo‘’tadil bo‘lishi, avval o‘zingizda tekshirib olishingizni yodda tuting.

Bunday ingalyatsiyadan foydalanish albatta o‘rinli, lekin bola bilan uni amalga oshirish uning yagona kamchiligi hisoblanadi. Eng yaxshi yo‘llardan biri esa bu poliklinika yoki tibbiy muassasalardagi ingalyatorlardan foydalanishdir. U yerda sizni malakali mutaxassis kutib olishi bilan birqatorda, o‘ziga xos ehtiyotkorlik choralari ham ko‘rilgan bo‘ladi. Faqat bir narsani unutmang, kun sovuq bo‘lsa, biroz bolani olib o‘tiring, avval xonadagi haroratga sekin-asta ko‘niksin, uning og‘zini to‘sgan holda olib ketishingiz maqsadga muvofiqdir.

Laringit boshqa shamollash kasalliklari singari asosan virusli kasalliklar sarasiga kiritiladi. Odatda viruslar bilan organizmning o‘zi mustaqil kurashadi. Ingalyaciya va boshqa davolanish muolajalari virus bilan kurashishni yengillashtiradi. Va bu kurashda asosiy dori vositalari bu - turli moylar, soda yoki antigistamin dori vositalari bo‘lmay, asosiy «jangchilar» immunitet hujayralari hisoblanadi.

O‘tkir laringitni davolashda uydagi muolajalar qatoriga ko‘p suyuqlik ichish, oyoq uchun mo‘ljallangan issiq vannalarni keltirib o‘tish ham mumkin. Shu bilan birga ushbu kasallikni davolashda samarali vositalardan biri bu yoqimli issiq sut, asal va mineral suvlardan tayyorlangan aralashma hisoblanadi. Ushbu ichimlik bevosita iste’mol qilishdan oldin tayyorlanishi lozim. Agarda laringitning sababi bakteriyalar yoki zamburug‘lar hisoblansa, u holda shifokor nazoratidan so‘ng bolaga antimikrob vositalari buyuriladi.

© Asdoktor.ru

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Liqildoq nima? Bolalar liqildog‘i qanday tuzilishga ega?

Yangi tug‘ilgan bolakaylarning onalari o‘zlarining kichkintoylarida liqildoqlar bo‘lishini yaxshi bilishadi. Ko‘pchilik onalar bolaning shu sohasini nozik joy deb bilib, qo‘l bilan tegish mumkin emas deb o‘ylashadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Liqildoqlar bolaga nima uchun kerak? Bu liqildoqlar qachon yopilishi kerak? Liqildoqning hajmi juda kichkina yoki katta bo‘lsa nima bo‘ladi? Bu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy holatdir.

Chaqaloqlarda kalla chanog‘ining o‘ziga xos tuzilishi

Chaqaloqlar liqildog‘i bolalarning tug‘ilish jarayonida muhim rol o‘ynaydigan eng asosiy hosilalardan biri hisoblanadi. Homilaning tug‘ruq jarayonida ayol jinsiy yo‘llaridan o‘tish vaqtida, bolaning kalla suyaklari egiladi (bu holat normal hisoblanadi), hajmini kichiklashtiradi va jinsiy kanallar shaklini oladi. Bu jarayon – bola boshidagi liqildoqlar hisobiga sodir bo‘ladi va u ona uchun ham bola uchun ham tug‘ruq jarayonini yengillashtiradi. Homilaning kalla chanog‘ining o‘ziga xosligi, uning anatomik tuzilishidadir.

Albatta, homila kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
  • Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
  • O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
  • Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
  • O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.chaqaloq liqildog‘i

 

Bola liqildoqlari

  • Oldinigi yoki katta liqildoq – rombsimon shakldagi hosila, uning chegaralari burchaklari peshona va sagittal birikishlardan boshlanadi, yon tomondan esa chap va o‘ng tomondan birikmalar;
  • Orqa yoki kichik liqildoq – uchburchak shakldagi o‘qsimon birikma va ensa birikmalari orsidagi chuqurlik;
  • O‘ng va chap ponasimon liqildoqlar – koronar birikmalar va yonbosh birikmalar chegarasida bo‘ladi;
  • O‘ng va chap so‘rg‘ichsimon liqildoqlar – koronar birikma va lambadasimon birikmalar chegarasida bo‘ladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan liqildoqlarning barchasi sog‘lom o‘z muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda bo‘ladi, ulardan faqatgina katta liqildoq, ba’zi hollarda kichik liqildoq ham ochiq bo‘lishi mumkin, qolgan barcha liqildoqlar va birikmalar yopiq bo‘ladi.

Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda esa yon liqildoqlar va ayrim birikmalar ochiq bo‘lishi mumkin. Liqildoqlar biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan membrana bilan yopilgan bo‘ladi. Shuning uchun liqildoqlarni “buzish” ancha mushkul ish. Bolakaylarni bemalol cho‘miltiring, sochlarini tarang, bola bilan qo‘rqmasdan o‘ynang, uni yengil massaj qiling va liqildoqlarni jarohatlab qo‘yishdan qo‘rqmang.

Liqildoqlarning o‘lchami va funksiyasi

Oldingi katta liqildoq romb shaklini eslatadi. Ushbu liqildoqning o‘lchami, uning dioganal o‘lchami bilan baholanmaydi, balki liqildoqni hosil qiluvchi chegaralar (devorlari) orasidagi masofa o‘lchanadi. O‘z muddatida tug‘ilgan sog‘lom bolalarda katta liqildoqning o‘lchami 2x2 smdan 3x3 smgacha bo‘ladi. chala tug‘ilgan chaqaloqlarda esa katta liqildoq o‘lchami keng va uni hosil qiluvchi birikmalar ham oxirigacha bitmagan bo‘ladi. Normada katta liqildoq balandligi tepa va peshona suyaklari bilan bir tekislikda bo‘lishi kerak, ba’zida biroz pastga botib kirgan bo‘ladi.

[caption id="attachment_11229" align="aligncenter" width="569"]bolalar liqildog‘i Foto: Mamaexpert.ru[/caption]

Liqildoqda pulsatsiya bo‘layotgani oddiy ko‘z bilan ko‘rinadi. Chaqaloq kuchli yig‘laganida va bezovtalanganida liqildoq shishib ko‘tarilib qolganini ko‘rsa bo‘ladi. Bolalikning birinchi yilida bosh miya sezilarli darajada o‘sa boshlaydi, liqildoqlar hisobiga miyaning o‘sishida kalla chanog‘i qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bundan tashqari liqildoqlar bolalarda termoregulyatsiya funksiyasini ham bajaradi, ya’ni tana harorati ko‘tarilgan vaqtda organizm ortiqcha haroratni liqildoqlar orqali tashqi muhitga o‘tkazib turadi. Shuning uchun isitma qilayotgan bolakaylarning boshiga juda qalin bosh kiyim kiydirib, uni o‘rab tashlash mumkin emas.

O‘z muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarning kichik liqildog‘i orqa tomonda joylashib, odatda sezilmaydi, ba’zida bir barmoq sig‘adigan darajada bilinishi ham mumkin.

Liqildoqlar qachon bitadi?

Sog‘lom, o‘z muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda faqatgina oldingi yoki katta liqildoq ochiq bo‘ladi. ammo, vaqt o‘tishi bilan suyaklar o‘sishi hisobiga liqildoq o‘lchami kichrayib boradi va u to‘liq yopilib ketadi. Katta liqildoqning to‘liq yopilib ketish yoshi yo‘q. Ko‘pchilik chaqaloqlarda katta liqildoqlar 12 oydan 18 oygacha bo‘lgan muddatda yopiladi. Agar liqildoqlar bolaning bir yoshigacha yopilib ketsa, havotirlanmang bu sog‘lom bola uchun normal holat bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda pediatr shifokor maslahatini olishingiz kerak bo‘ladi.

Kichik liqildoq odatda bola tug‘ilganda bilinmaydi. Katta liqildoq kichrayishni boshlagan vaqtda kichik liqildoq yopilib bo‘lgan bo‘ladi, bu chaqaloqning 1,5-2 oyliklariga to‘g‘ri keladi.

Liqildoq – organizm signali

Onalar o‘z farzandlari liqildoqlarining holati haqida doimo xabardor bo‘lib turishlari kerak, agar har qanday o‘zgarish (kuchli pulsatsiyasini, uning hajmi kichikligiga gumon qilsangiz) sezsangiz mahalliy pediatrga xabar bering. Neonotologlar va pediatrlar uchun liqildoqlar organizm holati haqida ma’lumot beruvchi mutaxassislardir. Liqildoqlar bosh sohasidagi har qanday o‘zgarish haqida birinchi bo‘lib signal beradi. Juda erta yoki kech yopiladigan liqildoqlar jiddiy kasallikdan darak berishi mumkin. Agar yangi tug‘ilgan chaqaloqda katta liqildoq kichik bo‘lsa yoki umuman yo‘q bo‘lsa, birinchi navbatda mikrosefaliya va kraniostenozga gumon qilinadi.

Mikrosefaliyada – chaqaloqning tana qismlari normal o‘lchamda, boshi va miyasi esa kichik hajmda bo‘ladi. Bu kasallik genetik xromosoma kasalliklari oqibatida kelib chiqadi, masalan, Patau sindromiEdvards sindromi kabi.

[caption id="attachment_11230" align="aligncenter" width="630"]liqildoq nima Foto: Depositphotos.com[/caption]

Kraniostenozda – kalla suyaklari orasida birikmalar yopishib ketganligi sababli liqildoqlar ham yopilib ketgan bo‘ladi. Kalla chanog‘ining deformatsiyasi hisobiga miya o‘sishi qiyinlashadi, bosh miya ichki bosimi oshadi.

Agar ayol kishi homiladorlik vaqtida kalsiy elementini ko‘p saqlovchi mahsulotlar iste’mol qilgan bo‘lsa, liqildoqlar erta muddatlarda yopilishi yoki tug‘ilganda o‘lchami kichik bo‘lishi mumkin. Chaqaloq organizmida kalsiy yetishmovchiligi esa liqildoqlarning kech yopilishiga sabab bo‘ladi.

Agar chaqaloq katta liqildog‘i katta o‘lchamda va kichik (orqa) liqildoq ham aniq bilib turgan bo‘lsa, birinchi navbatda gidrosefaliya va tug‘ma gipotireoz (qalqonsimon bez yetishmovchiligi) ga gumon qilinadi. Bundan tashqari, liqildoqning katta o‘lchamda bo‘lishiga olib keluvchi omillar – homila ichi gipoksiyasi, tug‘ruqdagi travmalar va homila ichi infeksiyalari ham bo‘lishi mumkin.

Chaqaloqlar liqildog‘i bosh miya ichki bosimi haqida aniq ma’lumot beradigan hosiladir. Bosh miya ichki bosimi oshgan hollarda liqildoq shishgan va taranglashgan bo‘ladi. Bosh miya ichki bosimi oshishiga sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Tug‘ma kasalliklar (gidrosefaliya);
  • Bosh miya infeksiyalari (yiringli meningit);
  • Kalla chanog‘i ichida hosil bo‘lgan o‘smalar (gematomalar, o‘smalar);
  • Perinatal ensefalopatiyalar;
  • Bosh miya ichi vena va sinuslar trombozi.

Diqqat!

[box type="info" align="aligncenter" class="" width=""]Agar liqildoqlar shishgan bo‘lsa va bu holat biror-bir bosh miya jarohatidan keyin kuzatilsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiling. Bundan tashqari pastga kirib qolgan liqildoqlar ham organizmdagi jiddiy o‘zgarishlar ketayotganidan dalolat beradi.

Masalan, organizmning ichak infeksiyalari natijasida ko‘p qayt qilishi va ich ketishlarida suvsizlanish vaqtida yuqoridagi kabi holat kuzatilishi mumkin. Bunday holatda ham bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak. Meningit kasalligida bolalarda birinchi bo‘lib liqildoq bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga ko‘tarilib qoladi, keyin organizmning suvsizlanishi hisobiga liqildoqlar ichkariga botib qoladi.

Bunday vaqtda shifokorlar bosh miya ichki bosimini o‘lchash uchun tekshiruv buyuradilar, ularning natijalariga asoslanib bolalarga davo muolajalari belgilanadi.[/box]

Liqildoqlar diagnostika uchun qanday yordam beradi?

Chaqaloqlar liqildoqlari – bosh miya ichki holatini ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu hisoblanadi. Shuni inobatga olib chaqaloqlarda liqildoqlar orqali tekshiriladigan bir qator diagnostika usullari bor. Ular quyidagilar:

  • Mahalliy anesteziya ta’sirida subdural punksiya;
  • Qorinchalararo suyuqlik yordamida bosh miya ichki bosimini o‘lchash, likvorning tarkibi haqida ma’lumotlar;
  • Maxsus tanometrlar yordamida punksiya qilmasdan bosh miya ichki bosimini o‘lchash;
  • Ikki o‘lchamdagi exoensefalografiya va sonografiya – UTT tekshiruvi;
  • Radioizotop ssintigrafiya.

© Maqola 27.05.2018 sanasida yangilandi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Leykoz (oq qon) kasalligi - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Leykoz – qonning yomon sifatli saraton kasalligi boʻlib, yetilmagan yosh leykotsit hujayralarining proliferatsiyasi bilan namoyon boʻladi. Bolalarda leykoz klinik koʻrinishi limfa tugunlarining kattalashishi, gemorragik sindrom, suyak va boʻgʻimlarda ogʻriq, gepatosplenomegaliya, markaziy nerv tizimining zararlanishi va boshqalar yuzaga chiqishi bilan kechadi. Bolalarda oq qon diagnostikasida umumiy qon analizi, suyak iligi steril punksiya tekshiruvi oʻtkaziladi. Bolalarda leykozni davolash maxsus gemotologiya markazlarida olib boriladi va davo muolajalari kimyo terapiya, immunoterapiya, suyak iligini koʻchirib oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.

Bolalarda leykoz (leykemiya) – tizimli gemoblastoz, suyak iligida qon hosil boʻlishi buzilishi va qondagi normal hujayralarning yetilmagan yosh leykotsit hujayralari bilan almashishi kuzatiladigan kasallik. Bolalar onkogematologiyasida leykemiya kasalligining uchrash darajasi har 100 ming bolaning 4-5 tasida qayd etiladi. Statistika boʻyicha oʻtkir leykoz bolalarda eng koʻp uchraydigan onkologik kasallikdir (30 % ni tashkil etadi). Koʻpincha qon saratoni 2-5 yoshdagi bolalarda uchraydi. Pediatriya sohasida ushbu kasallik bolalar orasida uchrashi koʻpayishi va oqibatining koʻp hollarda oʻlim bilan tugashi, kasallikning dolzarb muammoga aylanishiga sabab boʻlmoqda.

leykoz
Foto: GettyImages

Leykoz rivojlanishi sabablari

Bolalarda leykoz kelib chiqishining koʻpchilik sabablari hozirgacha noaniq boʻlib qolmoqda. Zamonaviy tibbiyotda bolalarda oq qon rivojlanishiga olib keluvchi bir qancha omillar bor: radiatsion nurlanish, onkogen virus shtammlari, kimyoviy omil, nasliy moyillik, endogen kamchiliklar (gormonal, immun). Ikkilamchi leykoz bolalarda boshqa onkologik kasalliklarni davolash maqsadida oʻ​tkazilgan kimyo terapiya va nur terapiyalari taʼsirida kelib chiqishi mumkin.

Hozirgi kunda leykoz rivojlanish mexanizmi mutatsion nazariya eng asosiy oʻrinni egallab turibdi. Qon yaratuvchi hujayralar DNKsida mutatsiyaga uchragan genlar boʻlganligi sababli yetilmagan yosh blast hujayralar differensiallanmasdan qonga chiqib ketadi. Boshqacha qilib aytganda leykoz hujayralari mutatsiyaga uchragan hujayralar klonidan iborat boʻlib, ularda yetilish va normal qon hujayralari boʻlib funksiya bajara olish qobiliyati yoʻq.

Blast hujayralar qonga tushishi bilan barcha aʼzolarga tarqaladi va aʼzo toʻqimalarida leykemik infiltratsiya hosil qiladi. Blast hujayralarining metastatik tarqalishi va gematoensefalik barerdan oʻtishi natijasida bosh miya pardasi va magʻiz qismining infiltratsiyasiga sabab boʻladi hamda neyroleykoz rivojlanadi.

Aniqlanishicha, Daun kasalligiga duchor boʻlgan bolalarda oq qon rivojlanishi oddiy bolalarga nisbatan 15 barobar yuqori. Leykoz va boshqa oʻsma kasalliklarining rivojlanish darajasi yuqori boʻlgan bolalar quyidagilar boʻlishi mumkin: Li-Fraumen, Klaynfelter, Viskott-Oldrich, Bluma sindromlari, Fankon anemiaysi, birlamchi immun tanqislik, polisitemiya bilan kasallanganlar.

Bolalarda leykoz kasalligi tasnifi

Kasallikning kechishi boʻyicha oʻtkir (2 yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi) va surunkali (2 yoshdan katta bolalarda uchraydi) shakllari farqlanadi. Koʻp hollarda (97 %) bolalarda oʻtkir leykoz shakli uchraydi. Oʻtkir leykozning asosiy shakli tugʻma leykoz hisoblanadi.

Oʻsma hujayralarining morfologik xarakteriga koʻra oʻtkir leykozning ikki xil turi: limfoblast va nolimfoblast koʻrinishlari farqlanadi.

Limfoblast leykoz yetilmagan yosh limfotsitlarning tartibsiz proliferatsiyasi natijasida rivojlanadi. Yetilmagan limfotsitlar – limfoblast deb nomlanadi va ularning 3 xil tipi farqlanadi: L1 – kichik limfoblast; L2- katta polimorf limfoblast; L3 – katta polimorf limfoblast, sitoplazmasi vakuolaga aylangan tipi. Antigen marker boʻyicha: 0 – hujayraviy (70-80 %). T-hujayraviy (15-25 %) va B-hujayraviy (1-3 %) leykoblastlar farqlanadi. Bolalarda oʻtkir leykozning L1 hujayralari turi koʻp uchraydi.

Nolimfoblast leykoz u yoki bu blast hujayraning qonga chiqishi natijasida kelib chiqadi. Bunday hujayralar quyidagilar boʻlishi mumkin: meloblast kam differensiallashgan (M1), meloblast yuqori differensiallashgan (M2), promiyelositar (M3), miyelomonoblast (M4), monoblast (M5), eritromiyeloz (M6), megakariositar (M7), eozinofil (M8), differensiallashmagan (M0) leykoz.

Bolalarda leykozning kechishi

Bolalarda leykozning kechishi 3 bosqichda amalga oshadi:

I – oʻtkir davri. Belgilarning manifestligi (yashirin) oʻtkazilgan davo chora tadbirlaridan keyin gematologik koʻrsatkichlarning normal holatga qaytishi kuzatiladi;

II – toʻliq boʻlmagan va toʻliq remissiya. Toʻliq boʻlmagan remissiya holatida gemogramma va klinik koʻrsatkichlar normallashadi. Suyak iligi punksiya tekshiruvida blast hujayralar 20 % ni tashkil etadi. Toʻliq remissiya miyelogramma 5 % dan koʻp boʻlmagan blast hujayralari aniqlanishi bilan kechadi;

III – bolalarda leykoz retsidivi (qaytalanishi). Leykoz hujayralarining ekstramedullyar oʻchoqlarda toʻplanishi bilan kechadi: nerv tizimida, tuxumdonlarda, oʻpkada va boshqa aʼzolarda leykoz infiltratsiyasi kuzatiladi.

oq qon kasalligi, leykemiya
Foto: Reports Healthcare

Bolalarda leykoz belgilari

Koʻp hollarda leykoz belgilari nospetsifik koʻrinishda namoyon boʻladi: bolaning holsizligi, uyqu buzilishi, ishtahaning pasayishi, artralgiya, tana haroratining sababsiz koʻtarilishi. Baʼzi hollarda bolalarda leykoz toʻsatdan intoksikatsion yoki gemorragik sindromlar koʻrinishida yuzaga chiqishi mumkin.
Oq qon bilan kasallangan bolalar teri qoplamasi va shilliq qavatlarning sezilarli darajada rangparligi, ayrim holatlarda teri rangi sariq yoki yashil rangda boʻlishi kuzatiladi. Bolalarda shilliq qavatlar leykemik infiltratsiyasi hisobiga gingivit, stomatit, tonzillit kelib chiqishi mumkin.

Limfa tugunlarining leykemik giperplaziyasi – limfadenopatiya, soʻlak bezlari – sialadenopatiya, jigar va taloq esa – gepatosplenomegaliya koʻrinishida yuzaga chiqadi.

Bolalarda oʻtkir leykoz tipik klinik belgisi gemorragik sindrom, teri va shilliq qavatlarning qon quyilishi, gematuriya, burun, bachadon, oshqozon-ichaklardan, oʻpkadan qon ketishi va boʻgʻimlarga qon quyilishi bilan kechadi.

Bolalarda oʻtkir leykozning “jufti” sifatida anemik sindromlar ham kuzatiladi, yaʼni suyak iligida eritropoez va qon yaratilishining buzilishi. Bolalarda anemiyaning darajasi suyak iligida blast hujayralar proliferatsiyasi darajasi bogʻliq boʻladi.

Leykozda yurak-qon tomir tizimi tomonidan quyidagi muammolar kelib chiqishi mumkin:

Taxikardiya, aritmiya, yurak chegaralarining kengayishi (koʻkrak qafasi aʼzolari rengenografik tasviri boʻyicha), miokarddagi diffuz oʻzgarishlar (EKG tekshiruvi asosida), haydalayotgan qon hajmi kamayishi (ExoKG tekshiruvi asosida).

Bolalarda leykozning intoksikatsion sindrom belgilariga holsizlik, tana harorati koʻtarilishi, koʻp ter ajralishi, anoreksiya, koʻngil aynishi va qayt qilish, gipotrofiya koʻrinishida kechadi.

Immun tanqisligi belgilari infeksion-yalligʻlanish kasalliklarning kechishi qiyin boʻlishi bilan namoyon boʻladi. Leykozdan aziyat chekadigan bolalarning koʻpchiligi ogʻir pnevmoniya va sepsis natijasida hayotdan koʻz yumishlari mumkin.

Leykozning eng ogʻir asorati bosh miya pardasi, magʻiz qismi va nerv tolalarining leykemik infiltratsiyasidir. Neyroleykoz bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, diplopiya, ensa mushaklarining rigidligi koʻrinishida namoyon boʻladi. Orqa miya infiltratsiyasida oyoqlarning parezi, sezgi yoʻqolishi va chanoq sohasidagi oʻzgarishlar kuzatiladi.

Leykoz kasalligi diagnostikasi

Bolalarda leykozni aniqlash birinchi navbatda pediatr zimmasiga tushadi. Keyingi tekshiruvlar onkogematolog mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Leykozni tashxislash asosida laborator tekshiruvlar yotadi: periferik qon va suyak iligini tekshirish.

Bolalarda oʻtkir leykoz holatlarida umumiy qon analizida oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatiladi: anemiya, trombositopeniya, retikulositopeniya, ECHT yuqori boʻlishi, leykositoz yoki leykopeniya (kam hollarda), blastemiya, bazofillar va eozinofillar yoʻqligi. Leykozning tipik belgisi – oraliq koʻrinishdagi leykotsitlarning boʻlmasligidir (tayoqcha yadroli, segment yadroli leykotsitlar).

Steril punksiya va miyelogramma tekshiruvlari bolalarda leykozni aniqlash uchun albatta oʻtkaziladi. Kasallikka tashxis blast hujayralarning 30 % dan yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlganda qoʻyiladi. Bolalarda leykozni tekshiruvlar asosida aniqlash imkoni boʻlmaganda – trepanobiopsiya oʻtkaziladi. Kasallikning turini aniqlash maqsadida sitokimyoviy, immunologik va sitogenetik tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Neyroleykoz tashxisini tasdiqlash uchun bolalar nevropatologi, oftalmologi koʻrigi, lyumbal punksiya, orqa miya suyuqligi tekshiruvi, kalla chanogʻi rentgenografiyasi, oftalmoskopiya tekshiruvlari kerak boʻladi.

Yordamchi tekshiruvlarga limfa tugunlari, soʻlak bezlari, jigar va taloq, bolalarda yorgʻoq UTT (UZI) tekshiruvi, koʻkrak qafasi rentgenografiyasi, kompyuter tomografiyasi (turli sohalarda metastazlarni aniqlash uchun) kiradi.

Leykozni boshqa kasalliklarda kuzatiladigan leykozsimon belgilardan farqlash kerak: sil, koʻk yoʻtal, infeksion mononukleoz, sitomegalovirus, sepsis kabi kasalliklar.

Bolalarda leykoz davosi

Leykoz kasalligi bilan kasallangan bolalar maxsus onkogematologiya markazlarida davolanishadi. Infeksiyali asoratlardan qochish maqsadida kasallangan bolalar alohida steril bokslarga joylanadilar. Bolalarda ovqatlanishga eʼtibor qaratiladi.

Leykoz davosining asosida polikimyoterapiyasi yotadi. Leykoz turi va darajasiga qarab kimyoviy moddalarning dozasi va kiritish usuli belgilanadi. Kimyoterapiya bilan birgalikda aktiv va passiv immunoterapiya ham oʻtkaziladi: vaksina BSJ, interferonlar, immun limfotsitlar kiritish.

Bolalarda leykozning eng samarali davosi suyak iligini koʻchirib oʻtkazish, oʻzak hujayralar kiritish hisoblanadi.

Leykozda simptomatik davo sifatida eritrotsitlar va trombotsitlar quyish, gemostatik terapiya, infeksion asoratlarni oldini olish uchun antibiotiklar yuborish, dezintoksikatsion chora tadbirlar (gemosorbsiya, plazmosorbsiya, plazmaferez) oʻtkaziladi.

Bolalarda leykoz kasalligi oqibati

Kasallikning oqibati koʻpgina omillarga bogʻliq: leykemiya kelib chiqish davri, sitoimmunologik turi, tashxislanish vaqti va boshqalar. Leykoz oqibati salbiy boʻladigan davr bolaning 2 yoshidan kichikligi va 10 yoshdan kattaligidir. Bundan tashqari, kasallikning oqibati salbiy tugashiga sabab: limfadenopatiya va gepatosplenomegaliya, neyroleykoz, leykozning T va B shakllari, blast giperleykositoz holatlaridir.

Nisbatan ijobiy oqibatga ega boʻlgan leykoz shakli – oʻtkir limfoblast leykoz L1 turi boʻlib, davo chora tadbirlari erta muddatlarda boshlanishi, bolaning Yoshi 2 dan 10 gacha boʻlgan muddat hisoblanadi. Qiz bolalarda oʻgʻil bolalarga nisbatan ushbu kasallikning oqibatlari ijobiy boʻlish ehtimoli yuqori.

Bolalarda leykozni spetsifik davosi olib borilmasa oʻlim sodir boʻlish ehtimoli 100 % ni tashkil qiladi. Kimyoterapiya oʻtkazilganda oq qon belgilarining qayta namoyon boʻlmasligi 5 yilgacha 50-80 % darajada boʻladi. Butunlay tuzalish belgilarning 6-7 yil davomida namoyon boʻlmasligidir. Belgilar qayta rivojlanmasligi uchun bolalar fizioterapevtik muolajalar va iqlim sharoitini oʻzgartirishdan saqlanishlari kerak.

ico
Limfa tugunlari sili
Sil kasalligini chaqiruvchi mikrob sil tayoqchasi (Koxa batsillasi) bo‘lib, aerogen, limfagen va gematogen tarqalib, o‘pkada, boshqa a’zolarga, shu jumladan, limfa tugunlarga ham silga xarakterli o‘zgarishlarni chaqiradi. Kasallikning yuqish yo‘llari turli-tuman bo‘lib bulardan: batsilla tarqatuvchi bemorlar yo‘talganda, aksirganda, yaradan ajraladigan ajralmalar, peshobdan, genital ajralmalardan o‘tishi kuzatilgan.

Ma'lumot o‘rnida

Sil mikrobining organizmga kirish usullariga qarab kasallik joylashuvini aniqlash imkoniyati tug‘iladi, ya’ni nafas yo‘llaridan – bronxlar oldi, ko‘krak qafasi ichki limfa tugunlari, ovqat hazm qilish a’zolari yo‘lidan, qorin parda old va orqa limfa bezlari (mezadeniti) og‘iz va burun orqali o‘tishida esa ko‘pchilik holatlarda bo‘yin limfa tugunlari sili uchrashi mumkin. Inson organizmida limfa tugunlar 700 dan ortiq bo‘lib, tashqi yuzaki va ichki chuqur joylashgan limfa tugunlar farq qilinadi. Limfa tugunlar odatda yumaloq, no‘xatsimon va cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, yakka yoki to‘da holida joylashadi. Limfaning vazifasi organizmdan yot moddalar va mikroblarni chiqarishdan iboratdir. Limfa suyuqligi limfa tugundan filtrlanib o‘tib, zaharli moddalar va mikroblarni jigarda zararsizlantirib, buyrak orqali chiqishida ishtirok etadi.

Kasallik kechishi

Sil tayoqchasidan aksariyat 80 foizgacha hollarda bo‘yin va qo‘ltiq osti limfa bezlari zararlanishi kuzatiladi. Limfa tugunlarda sil kasalligi rivojlanishida sil o‘chog‘i joylashgan joyga “tuberkulyoz” – “bugorok”, ya’ni do‘mboqchalar hosil bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan do‘mboqchalar bir-biriga qo‘shilib “kazeoz” quyuq qotishgan yiringli ajralmalar hosil bo‘lib, keyingi bosqichida teshiklar paydo bo‘lib, teri ustidan teshib chiqishi va nihoyat oqma yaralar paydo bo‘lish hollari kuzatiladi. [box type="shadow" align="aligncenter" ]Kasallikning limfa tugunlarda rivojlanishi bir nechta bosqichdan iborat bo‘lib, 2-3 oydan bir necha yillarga borishi mumkin.[/box]

Limfa tugunlar sili diagnostikasi

Limfa bezlarining sil bilan shikastlanishi tashhisoti majmuaviy turda bo‘lib, shikoyati: tanada joylashgan limfa bezlarining kattalashuvi, kasallik tarixidan limfa bezlarining kattalashuvi surunkali kechishi, boshqa a’zolarda sil kasalligi alomatlari borligi, sil sinamalarining musbat bo‘lishi, o‘pkaning rentgen suratida sil kasalligi alomatlari qoldiqlari borligi, limfa tugunlari bir tekis kattalashuvi, og‘riqsiz, harakatchan bo‘lishi, UTT (UZI) tekshiruvlarida limfa bezlarining ichki tuzilishi (gomogen) bir xilligi, ba’zida (getrogen) har xil bo‘lishi ham mumkin, laborator tekshiruvlarda ajralmalardan sil tayoqchasi aniqlanishi va provakatsion sinamalar natijalari musbatligi va gistologik tekshiruvlar asosida limfa tugunlarning sil bilan zararlanishi aniqlaniladi.

Tekshiruvlar muhim ahamiyatga ega

Limfa bezlari kattalashgan bemorlarni tekshirishda limfa bezlarga punksiya qilinib, ajralmani sitologik va mikrobioloigik, polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlar samaradorligi qoniqarli bo‘lishi mumkin. Lekin bemorlar orasida limfa bezlarni operatsiya usulida oldirmanglar, kasallik avjiga chiqib ketadi degan asossiz tushunchalar bor. Shuni alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, har bir kattalashgan limfa tugunlar kasalligini aniq tashxisot qilish uchun, asosan gistologik tekshiruv muhim, bunda limfa tugunni to‘liq olish va tekshirish lozim, bundan bemorlarga hech qanday ziyon yetmaydi, balki kasallik barvaqt aniqlanilib, davo samarasi yaxshi bo‘lishi kuzatiladi.

Limfa tugunlar silining differensial diagnostikasi

Limfa tugunlar silining differensial diagnostikasi bir nechta limfa bezlarning kattalashuvi bilan kechadigan kasalliklar orqali olib boriladi. Bulardan limfa bezlarning nospesifik yallig‘lanishi, bolalarda har turdagi (V-T hujayrali Xodjikin, neXodjikin) limfomalar, limfagranulomatoz (LGM) hamda OIT sindromlarida ham limfa bezlarning har xil darajadagi kattalashuvi kuzatiladi. Shuni esda tutish lozimki, limfa bezlari kattalashgan har bir bemor ftiziatr ko‘rigidan keyin, kompleks tekshiruvlar asosida tekshirilib, sil kasalligini aniqlash uchun gistologik tekshiruvdan o‘tishi lozim.

Limfa tugunlari silini davolash

Sil kasalligini davolash kompleks turda bo‘lib, silga qarshi dorilar tartibli, davomiy tarzda olib borilishi lozim. Kasallikni aniqlanish vaqti qancha barvaqt bo‘lsa, terapevtik davoning samarasi yaxshi bo‘lib, kattalashgan limfa bezlar so‘rilib ketishi mumkin. Shuni esda tutish muhimki hech vaqt bitta yoki ikkita dori bilan davoni boshlamaslik lozim, bunday holatlarda mikrobning sil dorilariga turg‘unligi rivojlanib, kasallikni davolash muddati cho‘zilishi bilan bir qatorda, uning asoratlari rivojlanishiga omil bo‘ladi. Kasallik kechikib asoratlangan davrlarda aniqlangan bo‘lsa, albatta jarrohlik muolajalari qo‘llaniladi. Bunda zararlangan limfa tugunlar olib tashlanib, konservativ davo davom ettiriladi. [box type="info" align="aligncenter" ]Limfa tugunlari sili bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, kompleks davo choralari qo‘llanilganda bu toifadagi bemorlar batamom tuzalib ketadilar.[/box]

Sh. YO‘LDOSHOV, tibbiyot fanlari doktori "O‘zbekistonda sog‘likni saqlash" gazetasi.

ico
Leyshmaniozlar
Leyshmanioz bu dunyo bo‘yicha 98 ta davlatdagi endemik va unitilgan tropik kasallikdir. Butun JSST ning ma’lumotiga ko‘ra 350 million odam bu kasallik bilan kasallanishi mumkin. Har yili 14 million odam ushbu kasallik bilan kasallanadi va 2 millionga yaqin yangi kasallik qayd qilinmoqda. Bundan tashqari har yili visseral leyshmanioz bilan 50 mingta o‘lim holatlari qayd qilinmoqda. Leyshmanioz- odamlarda va hayvonlarda uchraydigan transmissiv protozoy kasallik bo‘lib, ko‘zg‘atuvchisi leyshmaniyalar hisoblanadi va iskabtopar chivinlar tashuvchi bo‘lib, chaqish yo‘li bilan yuqtiradilar. O‘zbekistonda visseral zoonoz, teri antroponozi va zoonoz leyshmaniozi tarqalgan. Visseral leyshmaniozi: Indiya, Nepal, Bangladesh, Kavkaz orti, O‘rtayerdengizi, Janubiy Yevropa, Janubiy Amerika va Afrika davlatlarida tarqalgan. Respublikamizda visseral leyshmanioz kasalligi asosan Namangan va Navoiy viloyatlarida, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax viloyatlarida sanoqli holatlarda qayd etilmoqda. Bunda asosan 1 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik manbai- asosan itlar va bo‘ri, tulki va boshqalar bo‘lishi mumkin. Visseral leyshmanioz kasalligi shunisi bilan xavfliki, agar o‘z vaqtida glyukantim yoki ambizom dori vositalari bilan bemorlar davolanmasa 100% o‘lim bilan yakun topishi mumkin. Visseral leyshmaniozning inkubatsion davri 3 haftadan 3 yilgacha, o‘rtacha 3 oyni tashkil etadi. Visseral leyshmanioz (VL)- bu to‘satdan tana haroratini 39 400 C ko‘tarilishi bilan boshlanib, surunkali kechish bilan xarakterlanadi. Limfoid-makrofagal tizimining shikastlanishi, uzoq davom etuvchi isitma, taloq va jigarning kattalashishi, kam qonlik va ikkilamchi immunosupressiya bilan xarakterlanadi. Ayrim hollarda kasallik asta sekinlik bilan boshlanib, umumiy xolsizlik, ishtaxaning pasayishi, terining ransizlashishi, toshmalarni paydo bo‘lishi va leykopeniya bilan xarakterlanadi. Kasallikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu- jigar va taloqni kattalashishidir. Taxminan 10% bemorlarda jigar sirrozi va portal gipertenziyasi kuzatiladi. Kasallikning oxirgi bosqichlarida shishlar paydo bo‘lib, xoldan toyish (kaxeksiya) va pigmentni ko‘payishi (kala-azar "qora kasallik” deyiladi). Kasallikni birinchi alomatlari boshlanganda shifokorga zudlik bilan murojaat qilish kerak, chunki kasallikni natijasi o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilgan davolashga bog‘liq. Maxsus davolash kursidan keyin bemor 1 yil davomida dispanser kuzatuvida bo‘ladi, chunki kasallik qaytalanishi ham mumkin. Agarda davolash kursidan keyin bemorning ahvoli yomonlashsa, qayta davolash kursi o‘tkaziladi. Teri leyshmanioz kasalligi:O‘rta Osiyo (Turkmaniston, O‘zbekiston) va Kavkaz orti; Afg‘onistanda, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarida tarqalgan. Teri leyshmanioz kasalligi turizmni rivojlanishi bilan nafaqat endemik balki boshqa geografik xududlarda ham tez-tez uchramoqda. Endemik o‘choqlar asosan cho‘l xududlardagi qishloq va shahar chekkalarida uchraydi. Yozgi mavsumiy zararlanish iskaptoparlarni faollik davri bilan aniqlanadi. ZTL tabiiy o‘choqli transmissiv zoonoz kasallikdir. O‘zbekistonda teri leyshmaniozni 2 xil turi: zoonoz va antraponoz teri leyshmanioz kasalligi uchraydi. 1.Zoonoz, yoki o‘tkir nekrotik teri leyshmaniozi(sinonimi: qishloq leyshmaniozi; pendin yarasi, sharq yarasi; o‘tkir nekrotik leyshmanioz; murg‘ob yarasi; II tip leyshmanioz). Kasallik manbai: katta va qizil dumli qum sichqoni va boshqa kemiruvchilar ham bo‘lishi mumkin. Ular respublikamizning cho‘l xududlarida keng tarqalgan. Teri leyshmanioz kasalligi bilan barcha yoshdagilar kasallanishi mumkin. Inkubatsion davr.  Asosan 1 va to‘rt haftagacha, ba’zan 1,5 2 oygacha davom etadi. Kasallikdan so‘ng mustahkam immunitet paydo bo‘lib, bir umrga saqlanadi. Kasallik 2 10% qaytalanishi mumkin. Kasallik asosan yozning oxiri va kuz oylarida qayd etiladi. 2. Antroponoz teri leyshmaniozi(sinonimlari: Borovskiy kasalligi, sharq yarasi, kech yaralanadigan leyshmanioz, Ashxabodd va Qo‘qon yarasi, I tip leyshmanioz, shahar leyshmanioz, Saratov yarasi va boshqalar) o‘tkir nekrotik teri leyshmaniozi, qishloq tipidagi teri leyshmaniozi, "pendinka” pendeboshi, murg‘ob yarasi, afg‘on yarasi, pashsha xo‘rda va boshqalar. ZTL tabiiy o‘choqli transmissiv zoonoz kasallikdir. Kasallik asosan iskaptoparlar mavjud bo‘lgan shahar va viloyat shaharlarida qayd etiladi. Mahalliy aholidan ko‘pincha bolalar, chetdan kelganlardan barcha yoshdagilar kasallanadi. Kasallik tarqatuvchilarning faolligi bilan bog‘liq bo‘lib, asosan yoz va kuz mavsumida uchraydi. Infeksiya manbai - bemor odam, ba’zan itlar ham bo‘lishi mumkin. Kasallik aholi zich joylashgan punktlarda ko‘proq uchraydi, chunki kasallik iskabtoparlarni urg‘ochisi-Phlebotomus sergenti orqali odamdan odamga yuqadi. Bemordan qonni so‘rgandan keyin moskitlar 6 8 kunda zararli bo‘ladi. Sog‘ odamni iskabtopar chivinlari chaqqanida kasallik yuqadi. Inkubatsion davri 2 3 oy va 1,5 yilgacha davom etishi mumkin va 2 ta xarakterli belgisi bilan: tananing yuz, qo‘l va oyoqlarida yaralarni sekin paydo bo‘lishi va teri zoonoz leyshmanioziga nisbatan terida yaralarni kamligi bilan ajralib turadi. VL ga quyidagilar laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi lozim: Klinik epidemiologik ko‘rsatgichga ega bemorlar (terini xarakterli zararlanishi), ya’ni bemorni teri leyshmaniozi o‘chog‘ida bo‘lganligi, endemik hududlarda va kasallik yuqish mavsumida bo‘lganligiga bog‘liq. Teri leyshmanioz kasalligida bemorlarni kasalxonaga yotqizish klinik ko‘rsatmasiga qarab yotqiziladi. Ayrim hollarda davolashsiz ham bemorlarni tuzalishi mumkin. Kasallangan bemorlarda immunitet mustaxkam qoladi. Leyshmaniozlarni profilaktikasi: Majmuaviy chora-tadbirlar-infeksiya manbai, yuqish mexanizmi, tarqatuvchilar va shaxsiy profilaktika choralarini o‘z ichiga oladi. Infeksiya manbaiga qaratilgan choralarga: visseral leyshmaniozda klinik asoratlarni oldini olishda bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashdan iborat.Davolash kasalxona sharoitda o‘tkaziladi. Infeksiya manbai hisoblangan daydi itlarga qarshi veterinariya xizmati tomonidan kurash olib borish. Antraponoz leyshmanioz kasalligini profilaktikasi: Bolalar va migrantlar orasida kasallikni faol aniqlash. Bemorlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash. Past yuqish davrida qaytalanuvchi leyshmaniozlarni erta aniqlash. Moskitlarni zararlanishini kamaytirish uchun kechqurunlari yarani bog‘lab qo‘yish lozim, chunki kasallik odamdan odamga iskaptoparlarning chaqishi orqali yuqadi. Shu bilan birga daydi itlarga qarshi kurash olib borish lozim bo‘ladi. Iskabtoparlarning ko‘payishiga qarshi olib boradigan chora-tadbirlardan biri bu aholi punktlari hamda xonadonlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish. Bundan tashqari iskabtoparlarga qarshi xonadonlarni zaxarli ximikatlar bilan dorilash. Kasallik qayd qilganda xonadonlar ichi va tashqi qismi dorilanadi, hamda qo‘shni xonadonlar ham dorilanadi. O‘tkazilgan dezinseksiyani samarasi iskabtoparlarni dorilashdan oldingi soni va dorilangandan keyingi sonini taqqoslash asosida baholanadi. Endemik tumanlarda shaxsiy profilaktikaga repelentlar, uzoq muddatli ta’sir qiluvchi insektitsidlar bilan ishlov berilgan pashshaxonalardan konditsionerlar, elektrik fumigatorlar foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek xonadonlar devorlarining pastki qismlarini beton qoplamalari bilan qoplash, ko‘chalarni asfaltlashtirish, hovlilarni pishiq g‘isht bilan qoplash bilan iskaptoparlarning ko‘payishini oldi olinadi. Insektidsidlardan foydalanish bilan iskaptoparlar va ularning ko‘payadigan joylarida zararsizlantirish tadbirlari olib boriladi. Biror xonadonda leyshmanioz bilan kasallangan bemor aniqlanilganda shu uy tashqi va ichki qismlari ham insektitsid purkash bilan zararsizlantirilishi lozim. Reppelentlar, insektidsidlar bilan ishlov berilgan himoya vositalari va boshqalardan foydalanish bilan shaxsiy himoyalanish mumkin bo‘ladi. Chivinlarni chaqishini oldini olish uchun keki payt tanani ochiq qismini berkitadigan kiyimlarni kiyish lozim. (yengi uzun ko‘ylak va shim) Ximioprofilaktikani qo‘llash maqsadida endemik xududlarda xloridin yoki tindurinni haftada 1 marotaba yoshga qarab dozasida berish tavsiya etiladi.
Hozirda respublikada zoonoz teri leyshmaniozni immunoprofilaktikasi o‘tkazilmaydi.
© "Navoiy viloyat DSENM"
© Navoidsenm.uz
[highlight]Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
ico
Limonning shifobaxshligi
Limon tarkibida limon kislota (7 % gacha), qand (2-3%), vitamin A, B, C, D, fitonsidlar, efir moylari, pektin moddalar, natriy, kaliy kalsiy, fosfor, temir, magniy kabi unsurlar mavjud. Shamollaganda, darmon quriganda, yuqumli xastaliklarda malham bo‘luvchi bu ajoyib mevaning qon bosimini pasaytirish xususiyati bor, qand xastaligida dori sifatida ham ishlatiladi.

  • Bronxitni davolashda 5 dona piyoz, 7 osh qoshiq asal, bitta limon kerak bo‘ladi. Piyozlarni maydalab to‘g‘rang yoki mayda qirg‘ichdan o‘tqazing va asal bilan yaxshilab aralashtiring. Keyin limonni go‘shtqiymalagichdan o‘tqazib, aralashmaga qo‘shing. Kuniga 3-4 mahal 2-3 osh qoshiqdan iste’mol qilasiz. Muolaja muddati – 10-14 kun.
  • Laringitni davolashda kichikroq limonning suvini siqib, 3 osh qoshiq asalga aralashtirasiz va yarim litr qaynagan suvga solasiz. har 3-4 soatda g‘arg‘ara qilib turasiz.
  • Zotiljam, ya’ni pnevmoniyada 4 bosh sarimsoq qirg‘ichdan o‘tqaziladi, bitta limon go‘shtqiymalagichdan chiqariladi va 8 oshqoshiq asal bilan aralashtiriladi. 7-10 kun davomida ertalablari 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.
  • Angina boshlanayotganda yarimta limon yeyish foydali. Qolgan yarmini 2-3 soatdan keyin yeyish mumkin. Limoning suvini siqib, mineral suvga 1:1 nisbatda aralashtirib ichish mumkin.
  • Faringitni davolashda bitta limonning suvini siqib, 5 osh qoshiq asal bilan aralashtirasiz, keyin unga 3 stakan tirnoqgul tindirmasi (nastoyka kalendulы)ni qo‘shasiz. Biror narsaga steril bintni o‘rab, aralashmaga botirasiz va astalik bilan tomoqni artasiz.

Davom etamiz!

  • Grippning oldini olish uchun ovqatlarga limon va limon sharbatini qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Quyidagi muolaja organizmni vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitetni mustahkamlaydi. Buning uchun 2 dona limon, 1 kg dan sabzi va olma, yarim kg bargak, 300 g mayiz va 5 osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Sabzi va olma mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi, bargak mayda to‘g‘raladi, limon go‘shtqiymalagichdan chiqariladi va hammasi asal bilan yaxshilab aralashtiriladi. Gripp epidemiyasida kuniga 3 mahal 1-2 osh qoshiqdan yeb turish lozim.
  • Dermatitdan qiynalayotgan bo‘lsangiz, ushbu muolajani qo‘llab ko‘ring: yarim litr qaynatilgan iliq suvga yarim choy qoshiq o‘simlik yog‘i va ikkita limonning suvini qo‘shib aralashtirasiz. Dokani ho‘llab, zararlangan sohaga 10 daqiqaga qo‘ying. Keyin quruq paxta bilan artib tashlaysiz.
  • Gastritda bitta limon suvi 3 osh qoshiq asal va 1 l tirnoqgul tindirmasi bilan aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 2-3 osh qoshiqdan ichiladi.
  • Yurak-qon tomir kasalliklarida 2 osh qoshiq limon sharbati 4 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq kungaboqar yog‘i bilan aralashtiriladi. Nahorga 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Diqqat, juda foydali!

  • Gipertoniya va insultning oldini olish uchun 2 osh qoshiq limon qobig‘i 2 stakan suvda yarim soat past olovda qaynatiladi. 10 daqiqa damlab, suziladi. Kuniga 3 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin yarim stakandan ichiladi.
  • Migrenda 1 osh qoshiqdan limono‘t (melissa) va yalpiz (myata)ni 1 stakan qaynagan suvda yarim soat damlang. Keyin suzib, yarim stakan limon sharbatini qo‘shing. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan oldin 3 osh qoshiqdan ichsangiz, yordam beradi. Shuningdek, quyidagi muolajani ham qo‘llash mumkin: yarim stakandan limon va olma sharbatlarini aralashtirib, unga 2 osh qoshiq qaynagan suvda eritilgan 1 osh qoshiq asalni qo‘shasiz. Kuniga 2 mahal, ovqatlanishdan yarim soat keyin 1 stakandan ichasiz.
  • Aterosklerozda yaritma limon suvi, yarim stakan qaynagan suv va 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, kechqurun uxlashdan oldin ichiladi.
  • Avitaminozda 2 osh qoshiq na’matak 1 stakan suvga solinadi va olovga qo‘yiladi. Qaynab chiqqach, suzib olib 1 stakan limon suvi qo‘shiladi. Kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.
  • Xolesistit va virusli gepatitda ikkti limonni mikserda maydalab, 1 kg asal va stakan zaytun yog‘i qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Aralashma og‘zi berk idishda sovutgichda saqlanadi.
  • Artritda kuniga 2 marta yarimta limonning suvini siqib, og‘riyotgan bo‘g‘imlarga surting va o‘zi qurimaguncha harakatda bo‘ling.

Kichik maslahat

Limonni tanlash uni qancha saqlashga bog‘liq. Agar uni xarid qilgan kuningizdayoq shifo maqsadida iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, yetilgan limon xarid qilganingiz ma’qul. Limon yetarlicha qattiq bo‘lmasa, bilingki, pishib o‘tib ketibti. Bunday limonning ichi chirib ketmagan ko‘rinsa-da, ta’mi buzilgan va shifobaxsh xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘ladi. Yaxshisi, pishay deb qolgan limonni xarid qiling, uni bir necha oy ham saqlashingiz mumkin. Limon qorong‘i, salqin joyda turishi kerak, masalan sovutgichdan pastki qismida. Shunda uning shifobaxsh xususiyatlari uzoq saqlanadi. Oshqozon kislotaliligi yuqori bo‘lgan, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga chalingan bemorlar limondan extiyotkor bo‘lib foydalanishlari kerak.

Gulchehra Umarova tavsiyalari. "Sihat-salomatlik" jurnalidan

ico
Logoped kim: vrach yoki pedagog?
Logoped – bu nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis. U maxsus mashqlar yordamida chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Logoped bir paytning o‘zida ham vrach, ham pedagog sanaladi. U tibbiy muassasalarda vrach sifatida, ta’lim muassasalarida esa pedagog sifatida faoliyat yuritadi. Logoped

Kimlar logopedga murojaat qilishi mumkin?

Nutqini yaxshilashni xohlagan har bir shaxs logopedning mijozi bo‘lishi mumkin. Masalan: 1. Yosh bolalar. Nutqi sekin rivojlanayotgan, duduqlanadigan, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qiynaladigan yoshlar logopedning asosiy mijozlari sanaladi. 2. Abituriyentlar. Nutqiy malaka talab etiladigan  san’at institutlariga kirishni ko‘zlagan yoshlar ham logoped maslahatlariga muhtojlik sezishadi. 3. Katta yoshlilar. Ishi doimiy muloqotlar bilan bog‘liq kasb egalari ham logopedga tez-tez murojaat etib turishadi. Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadiki, xodimning biror mansabni egallashiga uning talaffuzidagi kamchiliklar xalal berayotgan bo‘lsa, korxona ma’muriyati shu xodimni logoped huzuriga jo‘natadi. 4. Bemorlar. Bosh miyaning jarohatlanishi oqibatida, masalan, insult holatidan so‘ng nutqini yo‘qotgan bemorlar ham logoped yordamiga muhtojdirlar. Bunday holatlarda maxsus metodlar qo‘llaniladi.

Logoped bo‘lish uchun nimalar talab etiladi?

1. Logoped o‘z faoliyati jarayonida ta’lim berish bilan shug‘ullanadi, pedagogikadan xabardor bo‘lmay turib buni uddalash amri mahol. 2. Bu mutaxassis tayanch tibbiy bilimlarni ham egallagan bo‘lishi shart, chunki u muayyan kasallik (patologiya) ni davolash bilan shug‘ullanadi. Neyrofiziologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, eshitish, gapirish va ko‘rish a’zolari fiziologiyasi hamda genetika asoslari logoped uchun tanish bo‘lishi muhim. 3. Logoped ayni paytda yaxshi psixolog ham bo‘lishi kerak, chunki u bolalar bilan ham, kattalar bilan ham o‘ziga xos aloqa o‘rnatishi lozim. 4. Psixolog va pedagog bo‘lish barobarida bu mutaxassis ona tiliga doir bilimlarni yaxshi o‘zlashtirgan, psixolingvistika bilan tanishib chiqqan bo‘lishi ham kerak. 5. Bu kasb egalarida ayrim o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishi talab etiladi. Bolalarni sevish, xotirjamlik va sabr-toqat, chiqishuvchanlik va aktyorlik shular jumlasidan. 6. Va, albatta, logopedning o‘zida nutqiy muammolar bo‘lmasligi kerak. Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
 
ico
Lipoma - sabablari, belgilari, turlari va davolash usullari

Lipoma - yaxshi sifatli oʻsma, yogʻ toʻqimalaridan tuzilgan boʻlib, asosan terida, kam holatlarda esa sut bezi, bosh va orqa miyada ham hosil boʻladi. Oʻsma sekin astalik bilan oʻsadi va maliginizatsiyalanish ehtimoli ham kamroq. Lipoma juda keng tarqalgan oʻsma kasalligidir, statistika boʻyicha har yuz kishidan bittasida lipoma mavjud. Kasallik ayollar va erkaklarda teng nisbatda tarqalgan.

Lipoma nima?

Lipoma – ushlab koʻrilganda yumshoq, yumaloq shaklli, yogʻ hosilalari bilan toʻlgan, koʻpincha terida hosil boʻladigan yaxshi sifatli oʻsma. Xalq orasida lipoma “jirovik” nomi bilan ataladi. Koʻp holatlarda lipoma xavfsiz hisoblanadi. Lipoma teri osti yogʻ​ qavatida yoki yogʻ toʻqimalaridan shakllanadi. Shu sababli, lipoma tananing har qanday yogʻ saqlanadigan qismida hosil boʻlishi mumkin. Odatda insonlarda 1 yoki 2 dona lipoma hosil boʻladi, kamdan kam holatlarda koʻp sonli lipoma qayd etiladi va bu holat tarqoq lipomatoz deb ataladi, erkaklar orasida ayollarga nisbatan koʻproq tarqalgan.

Lipoma qanday koʻrinishga ega?

Teri ostidan sekin astalik bilan oʻsuvchi yumshoq hosila – odatda lipoma deb yuritiladi. Lipoma “sharcha” kabi boʻladi. Uning oʻlchami turli xilda boʻladi, noʻxat donasidan to koʻndalang oʻlchami bir necha santimetrgacha uchraydi. Lipoma ushlab koʻrilganda rezina kabi zich, yumshoq qattiqlikka ega.

Lipoma hosil boʻlish sabablari

Odatda lipoma oʻrta yoshdagi insonlarda 4- va 60 yoshlar oraligʻida kuzatiladi, bolalarda bu kasallik kam qayd etiladi. Lipoma paydo boʻlishining aniq sababi nomaʼlum. Ammo, ular quyidagi insonlarda koʻroq uchraydi:

  • Tugʻma kasallik – Kouden sindromi bilan kasallangan insonlar;
  • Gardner sindromi;
  • Madelung kasalligi.

Lipoma bir oila vakillarida uchrash ehtimoli yuqori, yaʼni moyillik nasliy taraflama beriladi. Semizlik lipomalar paydo boʻlishida hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Klassifikatsiya

Anatomik jihatdan lipomalar bir necha guruhga boʻlinadi:

  • Bosh, yuz, boʻyin lipomalari;
  • Gavda lipomasi – bel, qorin sohasida;
  • Qoʻl, oyoq qismlaridagi lipomalar;
  • Koʻkrak qafasi lipomalari;
  • Qorin boʻshligʻi aʼzolari lipomalari;
  • Urugʻ tizimchasidagi lipomalar;
  • Boshqa sohalardagi lipomalar.

Lipoma belgilari

Lipoma sekin astalik bilan oʻsib boradi va spetsifik belgilar yuzaga keltirmaydi, faqatgina teri sathida shish hosil boʻladi. Ichki lipomalar odatda sezilmaydi yaʼni simptomlarsiz kechadi.

Sut bezi lipomasi

Sut bezi lipomasi odatda menopauza, yaʼni klimaks davridan keyingi yoshdagi ayollarda yuzaga keladi. Uning oʻlchami 1 sm boʻlib, ogʻirligi bir necha grammgacha boʻlishi mumkin. 5 sm.dan katta boʻlgan va ogʻirligi 500 gr dan yuqori boʻlgan lipoma gigant lipoma deb ataladi.

Sut bezi lipomasi belgilari

  • Ogʻriq boʻlmasligi;
  • Ushlab koʻrganda yumshoq boʻlishi;
  • Teridan ajralib chiqib turmaydi yaʼni hosila atrof toʻqimalar bilan qoʻshilib ketadi va teri ostidan boʻrtib chiqib turmaydi.
  • Odatda lipoma sut bezlari oʻrtasida aniq sezilmaydi, ayollar profilaktik maqsadda UTT (UZI) tekshiruvi yoki mammografiya vaqtida tasodifan aniqlanadi.
  • Sut bezi lipomasi kamdan kam holatlarda sut bezi saratonini keltirib chiqaradi, shu sababli lipomaning yomon sifatli oʻsmaga aylanish xavfi deyarli yoʻq.

Bosh va orqa miya lipomasi

Bosh miya lipomasi tasodifan aniqlanadi, katta yoshli insonlarda boshqa kasallik diagnostikasida bosh miya MRT yoki KT tekshiruvlari oʻtkazilganda lipoma borligi ham koʻrinadi. Lipoma bosh miyaning har qanday qismida hosil boʻlishi mumkin, 50 % holatlarda perikalozal lipoma, 25 % holatlarda kvadrigimenal isterna va 15 % suprasellyar sisterna uchraydi.

Bosh miya lipomalari ham deyarli simptomlar yuzaga keltirmaydi. Jarrohlik amaliyoti yoʻli bilan lipomalarni olib tashlash katta xavf va aytarli samara bermaydi. Agar gidrosefaliya yoki talvasa sindromi yuzaga chiqadigan boʻlsa, davo muolajalari tartib boʻyicha davom etadi.

Orqa miya lipomasi. Orqa miya lipomasi orqa miyada uchraydigan barcha oʻsma kasalliklarining 35 % qismini tashkil etadi va koʻproq qiz bolalarda uchraydi.

Orqa miya lipomasi bir necha klinik turlarga boʻlinadi:

Lipomiyelomeningosele. Bu tugʻma patologiya boʻlib, yogʻli hosila umurtqa boʻylab joylashadi va orqa miya kanaliga kirib turadi, orqa miya bilan bogʻliq boʻladi. Bu lipoma tashqi koʻrinishidan umurtqa ortidagi sharchaga oʻxshaydi. Koʻpchilik bemorlarda lipoma belgisi peshob tuta olmaslikdir. Davolash faqat jarrohlik amaliyoti bilan amalga oshiriladi.

Terminal tola lipomasi. Bunda lipoma orqa miya oxirgi qismidagi tolada hosil boʻladi. Bu kabi kasallik kam uchraydi, jarrohlik yoʻli bilan davolanadi, yuqoridagi turidan koʻra xavfsizroq.

Orqa miya lipomasi (intradural). Juda kam uchraydi, koʻpincha bolalar koʻkrak umurtqalar sohasida aniqlanadi, bunda teri yoki suyaklar tizimida hech qanday oʻzgarishlar boʻlmaydi. Agar oʻlchami kattalashadigan boʻlsa orqa miyani ezishi mumkin va shunga xos boʻlgan belgilar yuzaga chiqadi. Bu turdagi lipoma haqida fanda maʼlumotlar juda kam.

Epidural lipomatoz. Epidural sohada ortiqcha yogʻ sintezlanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Epidural boʻshliq bu – umurtqa kanali va orqa miya qattiq pardasi oraligʻidagi boʻshliqdir. Bu kabi lipoma Kushing sindromi, ogʻir semizlik, glyukokortikoidlar qabul qilish natijasida kelib chiqadi. Davosi semizlikni bartaraf etish hamda gormonal preparatlar qabul qilishni toʻxtatish.

Angiomiolipoma. Qon tomirlarga boy boʻlgan va yogʻ toʻqimalaridan iborat boʻlgan hosila. Koʻpincha bel umurtqalari sohasida yoki koʻkrak umurtqalarida aniqlanadi. Bir umurtqa tanasida paydo boʻladi, ogʻriq simptomi bilan yuzaga chiqishi mumkin, bunga sabab umurtqa disklari orasidan oʻtayotgan nerv tolalarining ezilishidir.

Lipoma 30-40 yoshdagi insonlarda koʻproq uchraydi. Agar hosila oʻlchami kattalashib borsa va nerv tolalarini ezib qoʻysa – punksion vertebraplastika amaliyoti oʻtkaziladi. Baʼzida angiomyolipoma buyraklarda aniqlanadi. Katta boʻlmagan (1-1,5 sm) oʻlchamdagi hosila davo talab etmaydi, shunchaki vaqti vaqti bilan UTT (UZI) yordamida tekshirib turiladi.

Lipoma diagnostikasi

Teri ostida hosil boʻlgan lipoma palpatsiya usuli bilan oson aniqlanadi. Organizmi ichki qismlaridagi lipoma UTT (UZI), MRT, rentgenografiya usullari yordamida tekshiriladi. Tashxis qoʻyishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa biopsiya olinadi va mikroskop ostida kuzatiladi.

Qaysi shifokorga murojaat etish kerak?

Lipoma organizmning har qanday qismida hosil boʻlishi mumkin, shu sababli kasallikni turli yoʻnalishdagi shifokorlar davolashi mumkin. Bu albatta lipomaning joylashgan sohasiga bogʻliq boʻladi. Teri sohasida hosil boʻlgan lipoma dermatolog va jarroh tomonidan davolanadi. Sut bezlarida paydo boʻlgan lipoma esa mammologlar tomonidan, bosh yoki orqa miyada hosil boʻlgan lipoma esa neyroxirurglar tomonidan davolanadi.

Ateroma lipomadan qanday farqlanadi?

Lipoma yogʻ toʻqimalaridan tuzilgan hosiladir, ateroma esa yogʻ bezlari sekretidan yaʼni bez yoʻllarining yopilib qolishi natijasida hosil boʻladi. Ateroma yogʻ bezlari yoʻq sohalarda paydo boʻlmaydi yaʼni oʻpka, miya, qorin boʻshligʻi, urugʻ tizimchasi va boshqalar.

Ateroma koʻpincha boshning sochli qismida hosil boʻladi, yiringlash va yalligʻlanishga moyil, yuza joylashadi. Ateromaning yalligʻlanishida oʻlchami kattalashadi, qizarish belgilari paydo boʻladi, bu kabi oʻzgarishlar lipomada kuzatilmaydi. Bemorda ateroma yoki lipoma hosil boʻlganligini aniqlash maqsadida UTT (UZI) tekshiruvi oʻtkaziladi.

Davolash

Agar lipoma ogʻriqsiz va katta oʻlchamda boʻlmasa davo talab etmaydi. Sut bezlari lipomasi odatda kuzatiladi. Buning uchun har 6 oyda mammografiya tekshiruvi oʻtkazilib turiladi, agar hosil oʻlchami kattalashmasa uni olib tashlash talab etilmaydi.

Lipomani olib tashlash kerakmi?

Lipoma quyidagi holatlarda olib tashlanadi:

  • Nerv oxirlarini ezib qoʻysa;
  • Diskomfort tugʻdirsa;
  • Oʻlchami yoki konsistensiyasi oʻzgarsa;
  • Olib tashlangandan soʻng qayta hosil boʻlsa;
  • Oʻsishda davom etsa.

Lipomani olib tashlashdan oldin kortikosteroidlar yuboriladi, bu oʻsma oʻlchami kichrayishiga yordam beradi.

Jarrohlik usullari

Lipomani olib tashlashda quyidagi usullar oʻtkaziladi:

Jarrohlik yoʻli: mahalliy ogʻriqsizlantirish orqali lipomani skalpel yordamida kesib olish va jarohat joyini tikish;

Liposaksiya: lipoma ichiga igna yordamida kiriladi va ichidagi tuzilmalar soʻrib olinadi;

Lipomani lazer yordamida olib tashlash: bu usul 3 sm.dan katta oʻlchamdagi lipomalarni olib tashlash uchun oʻtkaziladi. Jarrohlik amaliyotida sogʻlom toʻqimalar jarohatlanishi va qon ketish xavfi juda kam.

Lazer yordamida olib tashlangandan soʻng, uning oʻrnida chandiq hosil boʻlmaydi.

Lipomani xalq tabobati yordamida davolab boʻlmaydi, lipoma hosil boʻlgan sohaga muz qoʻyish yoki qizdirish, turli xil oʻsimliklardan tayyorlangan mazlar surishning sezilarli samarasi yoʻq, bu moddalar yogʻ toʻqimalariga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi.

Profilaktika

Lipoma hosil boʻlishiga olib keluvchi aniq bir sabab boʻlmaganligi bois profilaktikada ham aniq bir chora tadbirlar mavjud emas. Xavfni kamaytirish maqsadida tana vaznini meʼyorda ushlab turishning oʻzi kifoya.

ico
Lavlagi sharbati gipotoniyaga qarshi
Qon bosimi past bo‘lgan, ya’ni gipotoniya xastaligiga chalingan bemorlar uchun eng yaxshi davo bu faol harakatlar (piyoda yurish, suzish va ochiq havodagi sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish), sifatli va to‘yimli ovqatlanish (jigar, tuxum sarig‘i, sut, sabzi tarkibida uchraydigan juda foydali vitaminlar C, B guruh vitaminlaridan B1, ayniqsa B3) ga e’tibor qilish hisoblanadi.

Gipotoniyani davolashda

Bundan tashqari har kuni 2 mahal 100 ml. dan yangi siqib olingan sabzi hamda sarxil ko‘k olma va lavlagi sharbatini ichish gipotoniklar uchun juda foydali. O‘z vaqtida dam olish haqida unutmagan holda kundalik ruhiy va jismoniy zo‘riqishlardan so‘ng qon bosimini hordiq chiqarish va uyqu hisobiga meyoriga keltirish mumkin. Ko‘pchilik insonlarda yo‘qotilgan kunlik energiyani qayta to‘plash uchun 7-8 soatlik uyqu yetarli darajada bo‘lsa, gipotoniklar uchun hatto, 10-12 soatlik uyqu ham kamlik qilishi mumkin.

Holsizlik, bosh og‘rig‘i bezovta qilsa...

Xalq tabobatida
gipotoniyada, holsizlik, bosh og‘rig‘i va aylanishida rozmarin juda yaxshi yordam beradi. Buning uchun 1 choy qoshiq quruq bargni 2 stakan qaynoq suvga damlab, 1 soatga tindirib qo‘yiladi. Kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Ko‘pchilik bemorlarga piyozdan tayyorlangan damlama ham yordam beradi. 2 ta katta bosh piyoz (tozalanmagan)ni olib 1 litr suvga 100 gr. shakar qo‘shib past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan damlamani kun davomida 0,5 stakandan iste’mol qilishi mumkin.

Soglom.uz nashri.