Emlash

MAQOLALAR

ico
Kichkintoy parvarishi (2-qism)

Emlashdan keyin kelib chiqadigan holatlar

Emlashdan keyingi holatlar organizmning javobli reaktsiyasi hisoblanadi. Ko‘pincha bolada injiqlik, haroratning ko‘tarilishi, emlangan joyda qizarish, og‘riq kuzatiladi. Ko‘pincha AKDS reaktsiyasi vaktsinani olganda kuzatiladi. bolani emlash

Bu holat 2-5 kunda o‘tib ketadi. Agar muolaja qilingan joyda tugun hosil bo‘lsa, 20-30 kundan keyin o‘tib ketadi. Harorat ko‘tarilganda paratsetamol tabletkasi beriladi. Dori miqdorini shifokor belgilaydi.

Aloqador maqola: Emlash - farzandingiz sog‘ligining garovi

Bir yoshgacha bo‘lgan bolaning o‘sishi va rivojlanishi

Odatda bolalar har xil rivojlanadi. Vaqti kelib ular kulish, o‘tirish, yurishni o‘rganadilar. Har oy shifokor huzuriga borib, bolaning bo‘yi, og‘irligi, jismonan o‘sishini kuzatib boring.
Bola o‘sishining eng tez muddati
1 yilning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bo‘yining umumiy o‘sishi 12 oyligida 25 sm. atrofida. Bola tana vaznining ko‘payishi notekis bo‘lib, 5 oyligida 2 marta ko‘paysa, yil oxiriga borib 3 baravar ko‘payadi.
1 oylik bola turli xil ishoralarga kuladi. 2 oyligida qornida yotib boshini tuta biladi, qo‘l-oyoqlarini o‘ynatadi. 3-4 oyligida o‘yinchoqlarni o‘zi olib, qo‘lida ushlab turadi. 3-5 oylikda bola orqasidan qorin sohasiga aylanadi. 5-7 oyligida mustaqil o‘tira oladi. 6-8 oyligida birovning yordami bilan tik tura oladi. 6-9 oyligida emaklaydi, suyuqlikni piyoladan icha oladi. 8-10 oyligida birovning yordami bilan yura oladi. 9-11 oyligida mustaqil tik tura oladi, qiyin bo‘lmagan so‘zlar "av-av", "ada" deya oladi. 10-12 oyligida mustaqil yura boshlaydi. Oddiy so‘zlar zaxirasi 10 taga yaqin bo‘ladi.

Sizning bolangiz duch keladigan ba’zi muammolar

Nima uchun bolalar ko‘p yig‘laydi?

Yig‘i – bu bola kattalarni o‘ziga qaratish holatidir. Qachonki bola och qolsa, tagi ho‘l bo‘lsa, bir joyi og‘risa yoki kim bilandir gaplashishni istasa yig‘lashi mumkin. Ko‘pincha yig‘lashning asosiy sababi ichaklarda gaz almashinuvining buzilishidir. Buning uchun bola qornini soat yo‘nalishi bo‘yicha bolalar malhami bilan uqalash tavsiya qilinadi.

yig'lash

Gazni haydash uchun bolani qorni bilan yotqizish kerak. Agar bola hech qanday sababsiz yig‘lasa, uni chalg‘itish uchun ashula aytishga, she’r o‘qishga, har xil qiliqlar qilishga kirishing. Bolaga qarashga opa-akalarini jalb qiling. Bu sizga nafaqat osoyishtalik yaratadi, balki kelajakda ularning bir-biriga mehribonchiligiga asos bo‘ladi.

Qusish

Erta davrda bolada qusishga moyillik bo‘ladi. Qusish vaqtida sut burun xalqumidan o‘rta quloqqa o‘tib, yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa quloq og‘rishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun bolani beshikda emas, balki qo‘lga olib emizish, emizganda ham bolaning boshini bir oz ko‘tarish kerak.
Bola emayotgan paytda yutgan havoni kekirib chiqarib yuborishi uchun, uni qisqa muddat tikroq qilib ko‘tarib yurish tavsiya qilinadi; bunda uning elkasidan pastrog‘iga astagina urib qo‘yish ham mumkin.

Issiqlik va bichilish

Issiqlik toshishi – ko‘pincha gigiena qoidalariga rioya qilmaslik va haddan tashqari isib ketish natijasida kelib chiqadi. Issiqlikning badandagi ko‘rinishi mayda qizil nuqtachalardan iborat. Bolani iliq suvda cho‘miltirish issiqlikni davolashda yordam beradi. Qizarish ko‘pincha dumba, chov va tabiiy teri bo‘g‘malarida paydo bo‘ladi. Bu holat – terining ifloslanishi, siyish, ich ketishi, terini yaxshi parvarish qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Dastlabki bichilish va teridagi qizarish, keyinchalik yiringchali teri kasalliklariga aylanishi mumkin. Buning oldini olish uchun bolani vaqti-vaqti bilan cho‘miltirib turish va artish kerak.

Boshning sochli qismida qazg‘oq

Qazg‘oq – ter va yog‘ bezlaridan chiquvchi qalin sarg‘imtir po‘stloqdan iborat. Ko‘pincha bu holat ko‘p terlash, noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi. Qazg‘oq hosil bo‘lishining oldini olish uchun cho‘milishdan 30 daqiqa oldin boshning sochli qismiga tozalangan o‘simlik yog‘i surtiladi. Cho‘miltirish vaqtida bu po‘stloqchalar tez ko‘chadi. Agar soch ko‘p bo‘lsa, ajralgan po‘stloqchalarni yuvishdan oldin sekinlik bilan artish kerak. Bu muolajani har safar ehtiyotkorlik bilan bajarish lozim.

Tishlarning yorib chiqishi

Bolaning birinchi sut tishlari 6-8 oylikda yorib chiqadi. Tishlarning yorib chiqish belgilari – yorib chiqayotgan tishlarning milkida shish va qizarishlar ko‘rinishidir. Bolada so‘lak ajralishi kuchayadi. U bezovta, injiq, qo‘liga tushgan buyumlarni og‘ziga solib, milklarini qichiydi. Ko‘pincha tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi, lekin harorat 37,7o C dan oshmaydi.

tish yorib chiqishi

Odatda, bu yoshdagi bolalarda haroratning ko‘tarilishi va axlatning suyuqlanishi tish chiqishi bilan bog‘liq bo‘ladi, deb noto‘g‘ri fikrga boriladi. Bunday holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish shart!
Bu parvarish turlariga qaramasdan, bola kasal bo‘lishi mumkin. Shifokor qachon chaqirishi va qaysi vaqtda bu holatdan chiqa olishingizni bilishingiz kerak.

Agar farzandingizda quyida ko‘rsatilgan belgilarning birortasi yoki ulardan bir nechtasi kuzatilganda, tezda shifokorga murojaat qilish kerak!

  • Bolaning bezovtaligi yoki to‘xtovsiz yig‘lashi;
  • Bola xirillashli, tezlashgan, qi¬yinlashgan, shovqinli nafas olishi;
  • Tutqanoq xurujlari bo‘lishi;
  • Haroratning ko‘tarilishi (38,5 C dan baland);
  • Haroratning pasayishi (35,5 C dan past);
  • Emishdan bosh tortishi;
  • Qusish holatining paydo bo‘lishi;
  • Ich ketishi (diareya);
  • Go‘dak terisining rangi o‘zgarishi va toshma paydo bo‘lishi;
  • Ko‘zdan suyuq yoki yiringli ajralma kelishi;
  • Kindik atrofining qizarishi, undan suyuq yoki yiringli ajralma chiqishi;
  • Axlatda qon va shilimshiqning paydo bo‘lishi;
  • Bolaning tashqi ta’sirlarga befarq¬ligi.
    Har qanday kasalliklar va ularning asoratlarini vaqtida oldini olsangiz, farzandlaringizning sog‘lom o‘sishiga ko‘maklashgan bo‘lasiz!

Raxit nima?

Raxit – vitamin Dning etishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Raxit bilan kasallangan bolalarda qo‘rqoqlik, ta’sirlanuvchanlik, injiqlik, holsizlik kuzatiladi. Ko‘p terlash, ayniqsa, emizgan vaqtda ter tomchilarining yuzda paydo bo‘lishi yoki uyqu paytida ensa sohasining terlashi kuzatiladi. Bolani bosh qichishi bezovta qiladi, u boshini yostiqqa ishqalaydi, buning natijasida ensa sohasidagi sochlar to‘kiladi.
Bu holatning oldini olish uchun toza havoda sayr, ona suti bilan boqish, parvarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. Shifokor maslahati bilan vitamin Dni qish va kuz oylarida berish kerak.

Aloqador maqola: Bolangizni raxitdan asrang!

Diatez nima?

Diatez – bola organizmining muhim holati bo‘lib, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini (ko‘pincha sut, tuxum, asal, tsitrus mevalar, shokolad, qulupnay) ko‘tara olmaslik holatlari kuzatiladi.

diatez

Teridagi o‘zgarishlar bola hayotining birinchi haftalarida, ayniqsa, ikkinchi yarim yillikda, ovqatning har xil bo‘lishida kuchli namoyon bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar 3-5 yildan so‘ng yo‘qoladi. Belgilari yonoqda, qosh tagida sariq rangli dog‘lar yuzaga keladi, teri qizarib ko‘chishi, boshning sochli qismida po‘stloqchalarning yuzaga kelishi kuzatiladi.

Aloqador maqola: Diatez kasallikmi?

Diareya nima?

Diareya (ich ketish) – bu ko‘pgina holatlarda ovqat mahsulotlarining tarkibi va ovqatlanish tartibi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan hazm faoliyatining buzilishidir. Diareya asosan kasalliklarga qarshi kurash faoliyati susaygan bolalarda kelib chiqadi. Belgilari: sutkasiga 5-6 mahal suyuq ich o‘tishi, ich o‘tishining tez-tez bo‘lishi, bolaning bezovtaligi, qo‘zg‘aluvchan yoki uyquchan bo‘lishi, ko‘zlarining ichga botishi, chanqash. Agar bola suyuqlikni tutoqib ichsa yoki yaxshi ichmasa, axlatida qon bo‘lsa tezda yordam ko‘rsatish va ovqatlanishni tartibga solish maqsadida vrachga murojaat qilish zarur.

Aloqador maqola: Bolalarda diareya kasalligi

Gipotrofiya nima?

Gipotrofiya surunkali oziqlanishning buzilishi, tana og‘irligining yo‘qolishi bilan kechadi. Asosiy sabablari: onada sut miqdorining etishmovchiligi, noto‘g‘ri emizish, sun’iy sutli bo‘tqalarni uzoq vaqt davomida berish, chala tug‘ilish, to‘yimsiz va bir xil ovqat, yomon parvarish, tartibning buzilishi, toza havoda kam yurish, oshqozon-ichak kasalliklaridir. Belgilari: bolada vaznning yo‘qolishi, bo‘y va rivojlanish keskin orqada qolishi kuzatiladi. Teri oqimtir, osiluvchan, quruq, burmali bo‘lib qoladi.

Displaziya nima?

Displaziya – bola ona qornidaligida chanoq son suyagi to‘qimalarining to‘liq rivojlanmaganidan kelib chiqadigan holatdir.
Siz bunday bolalarni qanday qilib aniqlashingiz mumkin?displaziya

  • Oyoq uzunligining har xilligi;
  • Orqa tomondan qaraganda bolaning dumba va son sohasidagi teri burmalari assimetrik yoki bir tomonda burmalarning yo‘qligi;
  • Oyoqlarini qimirlatganda bolaning injiqlik qilishi;
  • Tovonning tashqi tomonga qarashi.

Fimoz nima?

Ba’zan o‘g‘il bola tug‘ilganda oxirgi teri olat boshchasini yopib qo‘yadi. Fimoz – bu teri olatni siqib qo‘yishi natijasida olat boshchasining chiqishi qiyinlashuvidir. Siydik chiqishi buzilmagan, shikastlar bo‘lmagan bo‘lsa – fiziologik fimoz deyiladi. Bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Tavsiyalar – bolani chiniqtiring!

  • Bolaning jinsiy a’zosi doimo toza bo‘lishi lozim;
  • Fimoz bo‘lsa bolalar jarrohidan maslahat olish kerak;
  • Ko‘p hollarda tashqi terining yallig‘lanishi, olatning qizarishi, tashqi terining ichki qismida yiring ajralishi, siygan vaqtda og‘riq kuzatiladi. Bunday hollarda ham shifokorga murojaat qilish kerak.

Bolangizning xavfsizligi haqida o‘ylang

Bolangiz o‘sishi bilan, atrof-muhitdagi har bir narsa unga qiziq tuyuladi, chunki u o‘zini o‘rab turgan muhit haqida hech narsa bilmaydi. Siz bolangizga biror narsani man qilishingiz, lekin bola man qilingan narsani kechroq anglab etishi mumkin. O‘z oldingizga savol qo‘ying: "Uyda bolangizni qanday qilib xavfdan asrashingiz mumkin?" Birinchi navbatda uyingizdagi xavf¬li joylarni qidirib toping.
Bolalik yoshidagi shikastlanishlarning asosiy sabablari:

  • tepalikdan sakrash;
  • buyumlarning bola ustiga tushishi;
  • kuyishlar;
  • har xil turdagi zaharlanishlar;
  • nafas yo‘liga yot jismning tushishi.

Doimo esda tuting!

Bolangizning qo‘lidan hamma narsa keladi. Bola emaklashni boshladimi, uni yolg‘izlatib qo‘ymang. Katta bolalar zimmasiga ham yuklamang. Ko‘pincha bolaning barmoqlari eshik tirqishiga kirib qolishi mumkin, elektr rozetkalarni maxsus yopqich bilan yopish kerak. Bolalar o‘tkir buyumlarni ushlab olishi mumkin. Og‘ir jismni ustiga tushirib yuborishi, issiq choy yoki qaynoq suvni ustiga to‘kishi mumkin.
Bolaning yutish refleksi tug‘ilgandan boshlab yuzaga kelib, bola hamma narsani og‘ziga olishi mumkin. Og‘ziga jismlarni solishi 5 oylikdan boshlanadi, nimani topsa ta’mini bilgisi keladi. Bu bola hayotiga yoki sog‘ligiga xavf solishi mumkin. Bolangizni bu xavflardan asrang!
Bola hayotining birinchi yili ajoyib yildir. Ko‘zimizning oldida, qisqa muddat ichida sizning kichik, yordamga muhtoj bolangiz yangi qiliqlarni chiqaradi – yurishni, gapirishni, o‘z-o‘zini boshqarishni o‘rganadi. O‘z bolangizdan quvoning, u bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling, o‘ynang, iloji boricha u bilan suhbatlashing.
Biz sizga va bolangizga baxt hamda sog‘lik tilaymiz! Salomat bo‘ling!

Ushbu maqolaning boshini o‘qish→

«O‘zbekistonda sog‘likni saqlash» gazetasi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Virusli gepatit D yuqish yo‘llari, alomatlari, davolash, profilaktikasi
Asosan jigar yallig‘lanishi bilan kechadigan D gepatiti hozirgi vaqtda turli yoshdagi kishilar o‘rtasida uchraydi. Bu kasallik gepatit B ning zamirida rivojlanadi. Kuzatishlarga ko‘ra, gepatit D virusi ko‘pincha sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar orqali, masalan, qon quyganda, shuningdek tishlarni davolaganda, yetarlicha himoyalanmay jinsiy aloqa qilganda kishiga yuqib qoladi. gepatit d Bundan tashqari, D gepatiti virusi nuqsonli bo‘lib, uning ko‘payishida B gepatiti viruslari muhim rol o‘ynaydi. Demak, o‘tkir yo surunkali B gepatiti bilan og‘riganlarda D gepatit yuzaga kelishi tezlashadi. Kasallik viruslari tashqi muhitga juda chidamli bo‘ladi, biroq zararlangan joyni kislota va ishqorlar bilan artganda nobud bo‘ladi. Agar gepatit B bilan og‘rigan odam ayni vaqtda gepatit D ga ham chalinib qolsa, super infeksiya, ya’ni bitta infeksiyaga boshqasining qo‘shilishi ro‘y beradi. Bunday holat ayniqsa:
  • narkotik moddalarni inyeksiya yo‘li bilan qabul qilganda;
  • tez-tez qon almashtirib (ya’ni qon quydirib) turganda;
  • gemodializ (sun’iy buyrak) apparatidan foydalanganda;
  • badanga naqsh solish (tatuirovka) da;
  • stomatologiya kursisida tishlarni davolatganda;
  • tartibsiz jinsiy aloqa qilganda tez-tez ro‘y beradi.

Kasallik yuqqandan keyin...

D gepatiti virusi qonga tushgach, jigarning eng ichkari hujayralarigacha yetib boradi. Ayanchli tomoni shundaki, D gepatitini yuqtirgan bemorning jigari ilgari B gepatiti virusi bilan albatta, og‘rigan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, delta gepatit virusi B gepatiti virusining genetik mahsulotlariga qo‘shilib, (ochiqrog‘i jigarda o‘rnashib) hujayralarda virus zarrachalarining ko‘payishini faolllashtiradi. Bu esa jigar hujayralarining kuchli zararlanishi va yallig‘lanishiga olib keladi.

Virusli gepatit D alomatlari

Ta’kidlash joizki, D gepatiti alomatlari (simptomlari) xuddi virusli gepatit B niki singari kechadi. Masalan, bemor quvvatsiz bo‘ladi, salga charchaydi, terlaydi, kayfiyat salga buziladi, ish qobiliyati pasayib ketadi. Ayrim hollarda beholllik shunchalar kuchayadiki, hatto bemorlar ish jarayonida ham dam olishga majbur bo‘lishadi. Aksariyat bemorlar esa tezlik bilan oza boshlaydilar.
  • Ayniqsa, kasallik xuruji davrida bemorlarning qariyb hammasida dispeptik sindrom (ya’ni doimiy ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtaha yo‘qolishi) rivojlanadi.
  • Ba’zi hollarda esa xuruj vaqtida bemorlar jigar sohasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Bunday og‘riq ko‘pincha jismoniy harakat paytida yoki parhez buzilganda paydo bo‘ladi. Bemor o‘ng biqinida xuddi “bir narsa osilib turgandek” bezovtalanadi. Bundan tashqari ozgina ovqat iste’mol qilinsa ham oshqozon sohasida og‘irlik seziladi.
  • Kasallikning og‘ir turida uyquchanlik, burun va milklarning tez-tez qonashi, badanda sariqlikning kuchayishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarning bo‘g‘imlarida og‘riq turadi hamda tana harorati ko‘tariladi. Jigar paypaslab ko‘rilganda qo‘lga qattiq tegadi, qirrasi o‘tkir, yuzasi tekis bo‘ladi. 30-40 foiz holatlarda esa taloq kattalashishi mumkin.

Jigar serroziga bir qadam

Aytish joizki, D gepatiti (delta gepatit ham deyiladi) xurujlari yil davomida besh martagacha qaytalashi mumkin. Bu xurujlar vaqtida bemor biroz sovuqqotadi, mushaklari va suyaklarida og‘riqni sezadi, badanidagi sariqlik kuchayadi. Ayrim bemorlar burnidan hech sababsiz qon ketadi, milki qonayveradi. Delta gepatitga chalingan 10-15 foiz bemorlarda esa oyoqlar shishishi va qorinda suyuqlik to‘planishi (istisqo) kuzatiladi. Kasallik juda tez avj olib jigar sirroziga aylanib ketishi mumkin. Masalan, delta-gepatit bilan og‘rigan bemorlarning aksariyatida 6-7 oy ichida jigar sirrozi rivojlanadi.

Profilaktika, emlash, muolaja

Kasallikning oldini olish uchun avvalo B gepatitiga qarshi o‘z vaqtida emlangan ma’qul. Emlash to‘g‘ri bajarilsa kishi virusli D (delta) gepatitiga umuman chalinmaydi. Shuningdek odam juda hushyor bo‘lishi, turmushda ozodalikka amal qilishi, ayniqsa, davolanayotgan paytlarda sterillangan asbob-uskunalardan foydalanishi lozim. Muolaja jarayonida odatda virusga qarshi alfa-interferon qo‘llaniladi. Bu preparat virusning jigar hujayralarida ko‘payishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shuningdek bemorning immunitetini ko‘tarish ham foyda beradi. Simptomatik (dori-darmonlar orqali) davo usullari yordamida qonni toksinlar (zaharlanishlar) dan tozalash buyuriladi. Bundan tashqari vitaminlar va gepatoprotektorlar (jigar hujayralarini himoyalovchi preparatlar) qo‘llaniladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Man etiladi! Virusli B va D gepatitlari bilan og‘riganlar quyidagi mahsulotlardan o‘zlarini tiyishlari kerak:
  • yog‘li shirin kulchalar, qatlama, sutga qorilgan xamirdan tayyorlangan pishiriqlar;
  • nordon, shuningdek bochkada tuzlangan sabzavotlar va loviya yoki no‘xat (qorinni dam qilmasligi uchun)
  • qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum, qaymoq va yog‘li pishloq;
  • gazlangan ichimliklar;
  • achchiq qahva, muzqaymoq va qora shokoladlar;
  • Murabbo, asal, qand va karamelli konfetlar cheklangan miqdorda iste’mol qilinadi.
Aytish joizki, bemor parhezga qat’iy rioya etsa asta-sekinlik bilan kasallikdan qutula boradi. Bordiyu parhezni buzib qo‘ysa, ya’ni kuchli ovqat iste’mol qilsa, jigar faoliyati izdan chiqadi va gepatit surunkali tus olib, tuzalishi qiyin kechadi. Umuman surunkali B gepatiti va virusli D (delta) gepatit bilan og‘rigan har bir bemor hayotiga jiddiy qarashi, o‘z ahvolini doimiy nazorat qilishi va muolajani bosqichma-bosqich takrorlab turishi shart. Ayniqsa shifokor bilan bu borada maslahatlashish va uning buyurganlariga qat’iy rioya etish darddan forig‘ bo‘lish imkonini beradi.

Muxlis maslahati

Junaydullo Bahriyev, Samarqand: — Gepatit B bilan og‘riganimdan keyin doim parhezga rioya etib yuraman. Bilganlarimni muxlislar bilan bo‘lishish istagida maktub yo‘llayapman. Parhez uchun buyurilgan taomlarni qachon va qanday iste’mol qilish, ayniqsa ularni tayyorlash qoidalariga rioya etishning ahamiyati katta. Chunki jigar kasalliklarida iste’mol qilinadigan taomlarga ziravor va tuzni kamroq solish kerak. Bunday taomlar yaxshi pishirilgan, iloji bo‘lsa bug‘da dimlangani ma’qul.
  • Sabzavot va yormalardan tayyorlangan go‘shtsiz sho‘rvalar, qiymali ugra hamda mastavalar yengil taom hisoblanadi. Ovqatlarga yog‘siz mol go‘shti va tovuqning yumshoq joylaridan ishlatish kerak.
  • Palov tayyorlashda zirvagi kamroq qovurilib, unga qaynatilgan go‘sht solishni tavsiya etaman. Shuningdek yog‘siz baliqni qaynatib yoki gaz pechida pishirib iste’mol qilish ham mumkin. Sut-qatiq mahsulotlari yangi xolda bo‘lsa yanada yaxshi. Ho‘l mevalarning shirin turlaridan xomligicha yeb turish kerak. Yoki ulardan kompot va kisellar tayyorlab ichish mumkin.

© Kamron Mahkamov

ico
Mantu sinamasi nima uchun o‘tkaziladi?
- O‘g‘lim 12 yoshda. Kuni kecha “Ertaga bizga mantu sinamasini qilishar ekan”, deb keldi. Aytingchi, bu amaliyot nima uchun o‘tkaziladi? Qarshi ko‘rsatmalar mavjudmi? [caption id="attachment_10520" align="aligncenter" width="484"]mantu sinamasi Foto: topzine.cz[/caption] - Mantu sinamasi organizmning sil tayoqchasiga nisbatan reaksiyasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu sinama zararsizlantirilgan sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni tuberkulinning teri ostiga yuborilishi bilan amalga oshiriladi. Zararsizlantirilgan qo‘zg‘atuvchi organizmga yuborilgach, o‘g‘lingizning immuniteti qo‘zg‘atuvchiga nisbatan reaksiya bildiradi. Inson immuniteti u yoki bu mikroorganizmga reaksiya bildirishi uchun u bilan “tanish” bo‘lishi kerak. Infeksion kasallik bilan og‘rigan organizmda ushbu qo‘zg‘atuvchiga nisbatan himoya qatlami paydo bo‘ladi. O‘sha inson yana shu kasallik bilan qayta to‘qnash kelsa, immunitet uni “tanib” qoladi va unga qarshi kurashadi. Qarabsizki, kishi shu kasallik bilan qayta kasallanmaydi. Agar sil infeksiyalari o‘g‘lingizning organizmiga tanish bo‘lsa, maxsus immun, ya’ni himoya hujayralar unga qarshi hujumga o‘tadi va terida mahalliy yallig‘lanishni paydo qiladi.

Mantu sinamasi qanday o‘tqaziladi?

Ilgari mantu sinamasi zararlangan teri sohasiga qilinar edi. Keyinchalik Mantaux (Mantauks) ismli fransuz olimi sinamani teri ostiga qilishni taklif etadi. Shu tariqa sinama nomi ham uni o‘ylab topgan inson sharafiga “mantu” deb atala boshlandi. Maxsus shprisga tuberkulin suyuqligi tortiladi va bilakning ichki yuzasi teri ostiga inyeksiya qilinadi.
Inyeksiya qilingan joyni ishqalash, qichish, sovuq suv tekkizish yoki spirt, odekolon kabi suyuqliklar bilan ishlov berish mumkin emas.

Mantu sinamasi necha yoshgacha qilinadi?

[caption id="attachment_10519" align="aligncenter" width="699"]mantu sinamasi Foto: Silning-davosi-bor.uz[/caption] Ushbu sinama bir yoshdan 15 yoshgacha har yili qilinadi.

Qarshi ko‘rsatmalar mavjudmi?

Quyidagi holatlar sinama natijasining yanglish chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun boladagi mavjud kasalliklar mazkur amaliyotni o‘tkazishga to‘sqinlik qilishi mumkin:
  • o‘tkir infeksion kasallik bilan og‘riyotgan bo‘lsa (gripp, zotiljam kabi);
  • allergiya mavjud bo‘lsa (ayniqsa, bronxial astmada);
  • teri kasalliklarida.
Yuqoridagi holatlar o‘tib ketgandan keyingina shifokor tavsiyasiga binoan sinama amalga oshiriladi.

 Nargiza UTЕPOVA tayyorladi. Ekspert: Oydin MAMARASULOVA, shifokor-ftiziatr. Silning-davosi-bor.uz


Mantu sinamasi qilingan joyga suv tegizish mumkinmi?

Sinama qo‘yilgandan so‘ng uch kun davomida terining o‘sha joyiga suv tegmagani ma’qul. Sinama qo‘yilgan joyni ro‘molcha yoki sochiq bilan o‘rab cho‘milsa bo‘ladi, lekin aslo polietilen yoki plastir qo‘yish mumkin emas. Sinama qo‘yilgan joyga suv tegsa reaksiya kuchayishi va sinama ijobiy baholanishi mumkin. U holda qaytadan sinov olishga to‘g‘ri keladi. Mantuga issiq o‘tkazish, shilish, qashlash yoki yod surtish taqiqlanadi. Agarda insonga sil kasalligi yuqqan bo‘lsa, Mantu sinamasi ijobiy chiqadi. Sil kasalligidan forig‘ inson Mantu sinamasi olganida yuqoridagi qoidalarga rioya qilsa, natija salbiy chiqadi. Ba’zan inson immuniteti o‘ta kuchli bo‘lsa yoki allergiya tufayli ham sinama ijobiy chiqishi mumkin.
ico
Semizlik emlama samarasini kamaytirishi aniqlandi
Shimoliy Karolina universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot semirish emlamalar doim ham foyda bermasligiga olib kelishini ko‘rsatdi. Shuningdek, bu xastalik grippga chalinish oqibatidagi o‘lim xavfini oshiradi.

Semizlik emlama samarasini kamaytirishi aniqlandi

Olimlar vaznning emlama samarasiga ta’sirini 1022 nafar odam misolida o‘rganib chiqdi. Ularning orasida sog‘lom va ortiqcha vazn egalari, semirish kasalligiga uchraganlar bor. Barcha ko‘ngillilarga gripga qarshi mavsumiy emlamalar qilindi. Tahlilchilar ko‘ngillilarning o‘zini his qilishi va tanalaridagi gripp virusiga qarshi antijismlarni baholab bordi. Aniqlanishicha, semizlik gripp va shamollash xavfini ikki barobarga oshirib yuborgan. Antijismlar darajasida esa farq sezilmadi. Oldinroq haddan ortiq vaznga ega kishilarda T-immun hujayralari gripga qarshi emlamalarga noto‘g‘ri javob qaytarishi isbotlangan edi.

Soglom.uz nashri.

ico
Qanday vaziyatlarda bolani emlash mumkin emas?
Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bolalarni emlash qat’iyan taqiqlanadi. Agar bola kasal bo‘lsa, unga vaqtincha tibbiy cheklov beriladi. Bu muddat tugagach, oilaviy poliklinikalarda emlanadi. Bola tug‘ilganda 1800 grammdan kam bo‘lsa ham emlanmaydi yoki hayoti davomida VICH infeksiyasiga chalinsa, ota-onadan genetik orttirilgan kasalliklari bo‘lsa ham, ularni davolab, keyin emlash zarur. Shuningdek, bolada ovqatga yoki tibbiy dorilarga allergik ta’sirchanlik bo‘lsa, u og‘ir kasallik bilan og‘risa (darmonsizlik, umumiy behollik kuzatilsa), qon yoki qon zardobi quyilgan bo‘lsa yoxud immun tizimida muammolar kuzatilsa emlash kechiktiriladi. Bola kasallikka chalinsa, shamollab, isitmasi ko‘tarilsa yoki ma’lum bir dard bilan og‘rigan bo‘lsa, uni sezmasdan emlash amalga oshirilsa, reaksiya berishi mumkin. Bu holatda bola bezovtalanadi, yig‘lab, injiqlanadi, isitmalab, ichi ketadi, ishtahasi yo‘qoladi. Bu paytda onalar darhol shifokorga murojaat etishlari kerak. Bola shifokorlar tomonidan ro‘yxatga olinadi va muammo sababi o‘rganiladi. Lekin bu holat kamdan-kam hollarda kuzatiladi.

© Farhod DAUTOV,  professor Zulfiya G‘IYOSOVA, oliy toifali shifokor. "Sihat-salomatlik" jurnali.

ico
Emlash - farzandingiz sog‘ligining garovi
Vaksinlar (lotin tilidan olingan bo‘lib, “sigir” degan ma’noni anglatadi) - bu mikroorganizmlardan yoki ularning hayotiy faoliyati mahsulotidan olingan preparatlar hisoblanadi; ular profilaktik va davolash maqsadida insonlar va hayvonlar uchun qo‘llaniladi. Vaksinalar - bu infeksion kasalliklarning rivojlanishi va boshqa immunopatologiyadan ogohlantiruvchi faol biologik preparatlar hisoblanadi. Vaksinalardan foydalanish prinsipi-bu immunitetning oldinroq yaratilishidir. U kasallik rivojlanishining oldini oladi. Vaksinatsiyalar kasallikka qarshi barqarorlikni oshirish uchun vaksinalar o‘tkazish yo‘li bilan aholini sun’iy immunizatsiyalashga qaratilgan tadbirlardir. Vaksinatsiyaning asosiy maqsadi aniq patogenga qarshi immunologik xotirani yaratishdan iboratdir Ikki xil, ya’ni aktiv va passiv immunizatsiyalar bo‘lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Boshqa organizmlardan olingan immunoglobinlarning o‘tkazilishi passiv immunizatsiya hisoblanadi. U terapevt va profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi. Vaksinalarning o‘tkazilishi aktiv immungizatsiya hisoblanadi. Aktiv immunizatsiyaning passiv immunizatsiyadan asosiy farqi - immunologik xotirani shakllantirish hisoblanadi. Immunologik xotira organizmda begona agentlarni samarali bartaraf etish yoki bartaraf etishni tezlashtirishni ta’minlaydi. Asosiy immunologik xotira to‘qimalarining T va B lari hisoblanadi. Xotira to‘qimalari:
  • birinchi immun javobi davomida (ushbu holat vaksinatsiya davomida amalga oshiriladi) T- effektorlari, T-to‘qimalari,
  • plazmatik to‘qimalar, antitela ishlab chiqaruvchilar bilan bir xil tarzda shakllantiriladi;
  • organizmda uzoq vaqt saqlanib turadi;
  • organizmda begona agentlarni qayta paydo bo‘lishida immun javobini tez shakllantirish xususiyatiga ega.

Vaksina quyidagi talablarni bajarishi lozim:

  • antigen protsessingi va prezentatsiyasida ishtirok etuvchi to‘qimalarni faollashtirish;
  • to‘qimali va gumoral javobni ta’minlab beruvchi T va T- to‘qimalar uchun epitoplarni tashkil etish;
  • gistomoslik antigenlari bilan keyingi samarali prezentatsiyani protsessinga oson moslashtiradi;
  • tanaga qarshi ishlab chiqiluvchi to‘qimalar va muvofiq xotira to‘qimalarining effektorli T-to‘qimalarining yaralishini yo‘lga qo‘yadi;
  • uzoq vaqtlar davomida kasallik rivojlanishini bartaraf etadi;
  • zararsiz, ya’ni jiddiy kasallikni keltirib chiqarmaslik yoki qo‘shimcha ta’sirlar ko‘rsatmasligi kerak.Vaksinatsiyadan keyingi immunitet immun reaksiyasining ikki xil turlaridan hosil bo‘ladi: gumoral va to‘qimali. Aylanib yuruvchi antitellarning mavjud emasligi zaif immun isboti bo‘la olmaydi. Ko‘plab turdagi infeksiya turlari barqarorligi asosida to‘qimali mexanizmlar yotadi.

Ijtimoiy rolik