Ozish

MAQOLALAR

ico
Qumga ko‘milish ozishga yordam beradimi?

Yozning ayni mavsumida ko‘pchilik insonlar plyaj va maxsus qum bilan muolaja qiluvchi joylarda qumga ko‘milishni odat qilishgan. Biroq ushbu muolajaga shoshayotgan yurtdoshlarimizga avvalo u bilan bog‘liq ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqishni maslahat bergan bo‘lar edik. Bu borada bir nechta savollar bilan "Qalampir.uz" nashri tibbiyot fanlari doktori, professor, shifokor-jarroh Murod Hokimovga yuzlandi. Quyida ushbu savol-javobni to‘liq o‘qishingiz mumkin.

Psammoterapiya

Psammoterapiya – ya’ni qum bilan mustaqil davolanish nimasi bilan ahamiyatli?

– Qum issiqni o‘ziga juda yaxshi yutadi va uni uzoq vaqt saqlab turadi. Ko‘pchilik ahamiyat bermagan bo‘lishi mumkin, ammo qumli plyajda issiqdan noqulaylik sezilmaydi, aksincha qum yoqimli isitadi va ajralayotgan terni so‘ndiradi. Bu esa organizmimiz issiqlanib ketishining oldini oladi. Issiq qum bilan davolash usuli quyidagicha: qum 45-65°C gacha qizitiladi hamda biokimyoviy reaksiyalarni faollashtirish uchun tanining ma’lum bir sohalariga tekkiziladi.

Qumga ko‘milish ozishga yordam beradi, degan fikrlar qanchalik to‘g‘ri?

– Qumning davo samaradorligi mexanik va haroratli ta’siri bilan bog‘liq. Qum issiqni juda zo‘r saqlaydi va uni organizmning qon-tomir va boshqa tizimlariga sekin-asta yetkazib beradi. Issiq qum inson tanasini qoplar ekan, teri, teri osti yog‘ qavati va to‘qimalarni yoqimli massaj qiladi. Buning natijasida teri va uning ostidagi to‘qimalarda kapillyar qon aylanishi hamda limfa aylanishi yaxshilanadi, organ va to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi, ter bezlarining faoliyati yaxshilanadi, bu esa ter ajralishi hisobiga ortiqcha tana vazni samarali kamayishiga olib keladi.

Almashinuv va oksidlanish jarayonlari barqarorlashadi. Buyraklar va siydik ajratish a’zolari, xususan, siydik qopi, faoliyati yaxshilanadi. Ortiqcha tana vazniga qarshi kurashishda ham issiq qum bilan davolash samarali hisoblanadi. Bunda insonning yurak va qorin sohalarini ochiq qoldirgan holda tananing barcha qismlari qizdirilgan qum bilan qalin qilib qoplanadi hamda shunday holatda yarim soat yotiladi. Inson yoqimli kechinmalarni sezadi, bitta seansda 2 kg.gacha tana vaznini yo‘qotish mumkin.

Qumli muolaja qaysi kasalliklarda ko‘proq samarali ta’sirga ega?

– Ba’zi kasalliklarda issiq qum og‘riqsizlantiruvchi va shishga qarshi ta’sir qo‘rsatadi, artrozlar, artritlar, revmatizm, tuxumdonlarning surunkali yallig‘lanishi, nevralgiyalar, radikulitlarni davolaydi. Bo‘g‘imlar, bel sohasi kasalliklarida tananing og‘riyotgan qismlari qum bilan qoplanadi (qumni qizitib, qopchalarga to‘ldirib solinadi). Ma’lum bir vaqtdan so‘ng og‘riq yo‘qoladi. Qancha muolaja lozim ekanini organizmning o‘zi sizga aytadi.

Qaysi holatlarda ushbu muolaja tibbiyot tomonidan inkor etiladi?

– Esdan chiqarmaslik lozimki, issiq qum bilan davolash ba’zida qat’iyan man etilgan bo‘lishi mumkin, chunki bu issiq muolaja. Infeksion kasalliklarda, gipertoniyada hamda ba’zi bir ayollar kasalliklari (mioma, endometrioz, mastopatiya), o‘pka sili, varikoz, varikotsele, jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarga, organizmning umumiy quvvatsizligida, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, kasallikning o‘tkir davrida va issiq muolajalarga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan barcha holatlarda qumli vannalarni qabul qilib bo‘lmaydi.

Qum bilan mustaqil davolanishni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashib olish lozim.

Psammoterapiya muolajalarida qanday qoidalarga rioya qilish kerak?

  •  Yuzni yuqoriga qilib qum bilan ko‘milish kerak, bunda bosh soyada (soyabon tagida) turishi darkor.
  • Sizni issiq qum bilan ko‘mib qo‘yishlarini iltimos qiling, bunda qum qatlamining qalinligi 5-7 sm bo‘lsin, qorin sohasida esa bu qalinlik 2 sm dan oshmasligi lozim. Yurak sohasi har doim ochiq holatda qolishi kerak!
  • Umumiy qum vannasining harorati 45 dan 55°S gacha bo‘lishi mumkin.
  • Agar qum nam va yetarlicha qizimagan bo‘lsa (quyoshli kun bo‘lishiga qaramasdan), psammoterapiyani o‘tkazish mumkin emas!
  • Muolajaning davomiyligi katta yoshdagi insonlarga yarim soatdan oshmasligi lozim, bolalarga esa – 10 daqiqa.
  • Qumli vannadan so‘ng dush olib, soyada 30-40 daqiqa dam olish kerak.
  • Plyajda mahalliy vannalarni ham qabul qilinadi, bunda xasta qo‘l yoki oyoqni yarim yoki bir soatga qumga ko‘mib qo‘yiladi.

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxlorid - 10 mg, oksalamin sitrat - 100 mg, xlorfeniramin maleat - 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig'i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi - https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Semizlik - sabablari, darajalari, belgilari va davolash usullari
Semizlik – organizmda yog‘larning ortiqcha to‘planishi. Bu patologiya normadagi tana vaznidan 20 % ga va undan ko‘pga oshishi bilan yuzaga chiqadi. Bunda bemor inson nafaqat psixologik jihatdan, balki ichki organlarda bo‘ladigan patologiyalardan ham aziyat chekadi. Hozirgi kunda semizlik dunyo bo‘ylab epidemiya ko‘rinishida tarqalgan, chunki inson har qanday yoshda ham semizlik bilan to‘qnash keladi. Bu kasallikni davolash o‘z ichiga jismoniy aktivlik, diyetaga rioya qilish, dori preparatlar qabul qilish va psixoemotsional holatlarni korreksiya qilish yo‘li bilan olib boriladi.

Yog‘ to‘qimalarining funksiyasi

Ko‘pchilik insonlar bilishmaydi, inson organizmida ikki tipdagi yog‘ to‘qimalari farqlanadi: kulrang va oq yog‘ to‘qimalari. Kulrang yog‘ to‘qimalarini hujayralar tarkibidagi mitoxondriyalar hosil qilib beradi. Aynan kulrang to‘qima inson harakatlanmagan vaqtda uning issiqligini ta’minlab beradi. Bu to‘qimalar toza holda qalqonsimon bez atrofida va buyraklar atrofida ko‘p to‘planadi. Aralash holda ko‘krak qafasi sohasida va yelka sohasida, kuraklar orasida to‘planadi. Yog‘larning sezilarli darajada to‘planishi oq yog‘ to‘qimalarining ko‘payishi bilan tushuntiriladi. Bu to‘qimalarni yog‘ hujayralari (adipotsitlar) tashkil qilib, katta pufak ko‘rinishida bo‘ladi, ularning yadrosi markazda emas periferiyada joylashgan. Bunday yog‘ hujayralari teri ostida, ayniqsa qorin sohasida ko‘p to‘planadi. Qorin sohasidagi yog‘ qavati ba’zilarda 20 sm va undan ham qalinroq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qorin bo‘shlig‘ida yog‘lar to‘planuvchi a’zo – charvi joylashgan. Qorin orti sohasida ham yog‘ hujayralari joylashadi, oshqozon osti bezi, aorta, buyraklar atrofida. semizlik Yog‘ to‘qimalarining asosiy funksiyalari quyidagilardir: Energetik zaxira. Yog‘ning parchalanishidan uglevod parchalanishiga qaraganda 2 barobar ko‘proq energiya ajralib chiqadi. Shuning uchun yog‘ to‘qimalari inson hayot faoliyatida eng katta energiya deposi vazifasini bajaradi. Suv almashinuvida va zaharli moddalarni passiv zararsizlantirishda ishtirok etadi. Yog‘lar parchalanishi natijasida katta hajmda suv ajralib chiqadi, bu esa jismoniy zo‘riqishda, ko‘plab ter ajralishida va ochlik paytida organizmning suvsizlanib qolishidan saqlaydi. Bundan tashqari yo‘glar zaharli moddalarni o‘zida saqlab qolish va neytrallash xususiyatiga ham ega. Mexanik himoya. Yog‘ to‘qimalar organizm uchun himoya “yostig‘i” vazifasini bajarib, tashqi jarohatlardan saqlaydi. Bundan tashqari yog‘ bilan o‘ralgan organlar joyida mustahkam joylashadi. Yog‘ to‘qimalarida A, D, E, K vitaminlari eriydi va to‘planadi. Endokrin funksiyasi. Yog‘ to‘qimalarida biologik faol moddalar, ayniqsa jinsiy gormonlar ko‘p sintezlanadi. Endokrin funksiyasi haqida batafsil to‘xtalamiz. Hozirgi kunda leptin va esterogen gormonlarining yog‘ to‘qimalarida sintezlanishi isbotlangan. Leptin – bu modda birinchi marta 1994 yilda ajratib olingan. Avvaliga bu moddani to‘qlik hissini beruvchi gormon sifatida qabul qilishgan va ozish uchun preparatlar sifatida buyurilgan. Biroq so‘ngi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, bu gormon ovqatlanish oralig‘idagi vaqtni boshqarishi aniqlandi. Masalan leptin gormoni miqdorining kamayishi ochlik hissini chaqiradi, ammo uning ta’siri natijasida semiz odam ozishi uchun foyda bermaydi. Shusiz ham semiz insonlar qonida bu gormon miqdori katta hajmda bo‘ladi. Esterogen. Yog‘ to‘qimalari o‘zida P450 aromataz fermentini saqlaydi, bu ferment erkaklik gormonini ushlab qolib ayollar gormoni esterogenga aylantiradi. Inson yoshi o‘tgan sari va u semiz bo‘lsa bu jarayon kechishi tezlashadi. Sog‘lom ayollarning 10 % idan 60 % igacha organizmida jinsiy gormonlari yog‘ to‘qimalaridan sintezlanadi va o‘sha yerda to‘planadi. Balog‘atga yetgan qizlarning hayz ko‘rishi va ularning jinsiy holati yog‘ to‘qimalarining miqdoriga tog‘ridan-to‘gri bog‘liq. Menopauza (hayz ko‘rish to‘xtaganda) vaqtida ayollarda steroid gormonlarning manbai yog‘ to‘qimalari bo‘lib hisoblanadi, aynan shu to‘qimalarning aktivligi klimaks davrining qanday ketishini baholab beradi. Mana shu xususiyatlarga asoslanib jinsiy aktivlik, homilador bo‘lish, ko‘krak bezlarining faoliyati va erkaklarda “bochka” qorin paydo bo‘lishi belgilanadi. Leptin va esterogendan tashqari yog‘ to‘qimalarida rezistin, adiponektin, o‘sma nekroziga olib keluvchi faktor α va bir qator oqsil-fermentlar sintezlanadi. Yog‘ to‘qimalarining ijobiy jihatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, semizlik – inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kasallikdir.

Semizlik sabablari

Semizlik birinchi navbatda energiya almashinuvi nisbati buzilishidan kelib chiqadi, ya’ni inson ortiqcha kaloriya qabul qiladi, lekin uni sarf qilish kam bo‘ladi, ular yog‘ to‘qimalarida to‘planadi. Buning natijasida tana vazni ortadi va ichki organlar funksiyasi buziladi. Semizlik 90 % hollarda ovqatlanish bilan bo‘gliq, qolgan sabablar esa moddalar almashinuvi natijasida kelib chiqadi. Gipotalamus va gipofiz funksiyasi buzilishi natijasida ovqatlanish jarayoni buziladi. Semizlik bilan kasallangan bemorlarda somototropin gormoni sintezi kamayadi, bu gormon lipolitik xususiyatga ega (yog‘larni parchalaydi), giperinsulinemiya, qalqonsimon bez metabolizmini buzadi. Yog‘ to‘qimalarining to‘planishi va sarflanishi bir necha faktorlarga bog‘liq:
  • Qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiya nisbati;
  • Qabul qilinayotgan ozuqa tarkibi;
  • Yog‘ hujayralari sintezi va parchalanish nisbati;
  • Genetik (irsiy) moyillik.
Semizlik kelib chiqishiga olib keluvchi faktorlar:
Shunday qilib semizlik – bu patologiya, erkaklar va ayollarda har qanday yoshda, hatto bolalarda ham uchrashi mumkin. Semizlikni asoratlari va inson hayot sifatini kamaytirishdan qutulish maqsadida maxsus mutaxassis nazorati ostida davolash kerak. Zamonaviy tibbiyotda semizlik bilan, asosan, endokrinologlar shug‘ullanishadi.

Semizlik tipi va darajalari

Yog‘larning to‘planish joyiga ko‘ra quyidagicha tasniflashadi: semizlik turlari
  • Son-dumba tipi – ko‘proq ayollarda uchraydi, son va dumba sohalarida yog‘ to‘planadi;
  • Abdominal tip – erkaklar jinsida ko‘p uchraydi, asosan qorin sohasida yog‘ ko‘p to‘planadi;
  • Kombinirlangan tip – yog‘ butun tana bo‘ylab bir xilda to‘plangan bo‘ladi.
Semizlik doimiy rivojlanib borishi yoki stabil holatda saqlanishi mumkin. Agar kasallik kelib chiqish mexanizmi tomonlama qaralsa birlamchi, ikkilamchi va endokrin tiplariga bo‘linadi.
  • Birlamchi – alimentar (ovqatlanish) yoki ekzogen faktorlar natijasida;
  • Ikkilamchi – ko‘pincha irsiy moyillik natijasida va ayrim bosh miya patologiyalarida kelib chiqadi. Bunday tipni simptomatik deb atasa ham bo‘ladi;
  • Endokrin – qandaydir ichki sekretsiya bezining funksiyasi buzilishi natijasida semizlik kelib chiqishi;
Yuqoridagi barcha holatlarda bemorda gipodinamiya (kam harakatlilik) holati kuzatiladi. Semizlik darajasi tana vazni indeksi (TVI) bo‘yicha aniqlanadi, TVI=kg/bo‘y mformulasi, ya'ni tana vazningizni bo‘y uzunligingizning (metrda) kvadratiga nisbati. Bunga ko‘ra, semizlik quyidagi darajalarda bo‘ladi: Birinchi daraja – TVI 25 dan 30 gacha bo‘ladi, bunda ortiqcha tana vaznidan qutilish oson, shunchaki jismoniy mashqlar va diyeta qilish kifoya; Ikkinchi daraja – TVI 30-35 bo‘lsa, yurak qon tomir tizimi tomonidan patologiyalar paydo bo‘lishiga xavf bo‘ladi. Bu darajaning o‘ziga xosligi, davolash davomida yo‘qotilgan tana vaznining tezda tiklanishidir. Uchinchi bosqich – TVI 35-40 ni tashkil qiladi. Bemorlarda harakatning chegaralanishi, hansirash belgilari kuzatiladi. Bu bosqichda shunchaki jismoniy mashqlar va diyeta foyda bermaydi, maxsus mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra psixoterapevtik, medikamentoz va jarrohlik amaliyoti qo‘llanilishi kerak. To‘rtinchi daraja – bu daraja hayot uchun xavfli bosqichdir, TVI 40 dan yuqori bo‘ladi, bemorda haraktlanish chegaralanganligi, hansirashning kuchayishi, nafas va yurak qon tomir tizimi yetishmovchiliklar kuzatiladi.

Semizlik belgilari

Semizlikning asosiy belgisi – ortiqcha vazndir. Yog‘ ko‘p to‘plangan bemorlarda yelka, qo‘l, orqa, qorin dumba va son sohalarida to‘planadi. bunday bemorlarda shu sohadagi mushaklar sust rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ularda son va chov churralar uchrashi xavfi ortadi. Birinchi darajali semizlikda aniq ajralib turadigan belgilar bo‘lmaydi. Ba’zi bemorlarda ter ajralishi kuchayadi, uyquchanlik, shishlar, ich qotish, umurtqa pog‘onasida og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Keyingi bosqichlarda bemorlarda yaqqol ko‘zga tashlanadigan belgilar nafas, yurak qon tomir tizimi, hazm qilish tizmi tomonidan kuzatiladi. Ayollarda semizlik natijasida hayz siklining buzilishi, hatto hayz ko‘rishning to‘xtashi ham uchraydi. Bundan tashqari jinsiy tizimda ham kamchiliklar uchrab, erkaklarda potensiya kamayadi. Kasallikning bosqichiga qarab bemorlarni tungi vaqtda och qolish, bir qator endokrin buzilishlar, uyquning buzilishi kuzatiladi. Kasallik asorati sifatida gipertoniya, surunkali nafas va yurak qon tomir yetishmovchiligi, pankreatitxolesistit, tananing quyi qismlaridagi bo‘g‘imlarda artrozlar, umurtqa pog‘onasi funksiyasi buzilishi kabi muammolarni keltirish mumkin. Ter ajralishining ko‘payishi natijasida terida turli xil o‘zgarishlar husnbuzarlar, dermatitlar paydo bo‘lib turadi. Sanab o‘tilgan asoratlar oqibatida qandli diabet, insult va infarkt kelib chiqish xavfi ortadi. Shu bilan birga semizlik tashqi ko‘rinishda kamchiliklarga ham sabab bo‘lib, insonning psixikasiga ta’sir etadi, uning o‘z o‘zini baholashi kamayadi, depressiya, nevrozlarga olib keladi.

Semizlikni diagnostikasi

Semizlik kuzatilgan hollarda bemorga tashxis qo‘yish uchun anamnez, irsiy moyillik, kasallik uzoq muddat davom etishi, hayot tarzi va ovqatlanish tartibi so‘raladi. Tana vazni indeksi va son, belning yog‘ qavati o‘lchanadi. Diagnozni aniqlashtirish uchun yog‘ning to‘plangan joyini va hajmini aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvi, rentgenologik densitometriya va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari psixoterapevt, diyetolog, endokrinolog maslahatlari kerak bo‘ladi. Semizlikda kelib chiqadigan patologiyalarni quyidagicha aniqlash mumkin:
  • AQB (arterial qon bosimi)ni o‘lchash;
  • Glukozaga tolerantlikni tekshirish;
  • Xolesterin, triglitseridlar va lipoproteidlar miqdorini tekshirish;
  • Qonning biokimyoviy tekshiruvi talab etiladi.

Semizlikni davolash

semizlikdan qutulish Semizlikni kompleks davolash – nafaqat kosmetik jihatdan samarali, balki sog‘liqni ham hayot sifatini ham oshiradi. Muolajaning boshlanishida maxsus diyeta va jismoniy mashqlar buyuriladi. Yog‘ va uglevodga boy mahsulotlar kamaytirilib ovqatlanish kaloriyasi kamaytiriladi, bunda oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlar tavsiya etiladi. Agar bemor semizlikning so‘ngi bosqichlarida statsionar holatda davolanayotgan bo‘lsa ma’lum bir muddatga ochlik bilan davolanadi. Jismoniy mashq esa oddiy yurishdan boshlanadi, ya’ni bemorga 1 kunda kamida 10.000 qadam yurish buyuriladi. Jismoniy mashqlar mutaxassis tomonidan qat’iy belgilab beriladi. Chunki kardiozo‘riqish kuzatilishi mumkin, masalan, suzish, yugurish, velosiped haydash kabi mashqlar. Jismoniy mashqlar haftasiga 3-5 marta kuniga 30-40 daqiqa davomida olib borilishi kerak. Semizlikka qarshi kurashishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi. Vaqt o‘tishi bilan bunday hayot tarzi odat tusiga kirib qoladi va qayta semirmaslikka asos bo‘la oladi. Ayrim insonlar semizlikdan qutulgandan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanmaslik va kamharakatlilikka qaytib qolishadi, ularda semizlik tezlik bilan oson yuzaga keladi. Kerakli holatlarda shifokor dori preparatlari buyuradi. Bunday preparatlar qat’iy ravishda individual tavsiya qilinadi, lekin ularning ta’sir qilish effekti barchasida bir xil. Ularning dozasi diyeta va jismoniy mashqlardan kelib chiqib birgalikda belgilanadi. Dorilar buyurishga asos bo‘lib diyeta bilan olib borilgan muolajaning 3 oydan ko‘p muhlatda samara bermasligi va TVI 30 ga teng ekanligiga bo‘la oladi. Medikamentoz davo amfetamin preparatlari bilan olib boriladi, ularning ta’sir effekti och qolish hissini chaqirmaslikdir. Ammo bunday dorilar nojo‘ya ta’sirlarga ham ega uyquning buzilishi, allergik reaksiyalar, qayt qilish va boshqalar. Ayrim hollarda antidepressantlar ham yaxshi samara berishi mumkin. Psixoemotsional holatlarni bartaraf etish uchun esa psixoterapiya buyuriladi. Semizlikning og‘ir ko‘rinishlarida xirurgik muolaja yordam beradi. Bariatrik xirurgiya – TVI 40 dan yuqori bo‘lgan holatlarda o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalarga oshqozonni bandajlash, vertikal gastroplastika, oshqozonni shuntlash kiradi. Kosmetik ko‘rinishni yaxshilash uchun liposaksiya – mahalliy yog‘larni yo‘qotish amaliyoti bajariladi.

Semizlikda ovqatlanish

Semizlik paytida ovqatlanish keragidan ortiq ko‘payadi, ovqatlanish tartibini korreksiya qilish semizlik bilan kurashishning eng samarali yo‘lidir. Bunda diyeta kunlik ratsion tarkibida qabul qilinishi qiyin bo‘lgan yog‘larni kamaytirish, ayrim oqsillar, tuz iste’molini kamaytirish yo‘li bilan olib boriladi. Semizlik bilan aziyat chekayotgan insonlar uchun eng samarali ratsiondan biri kam kamdan kuniga 5-6 marta ovqatlanish tartibiga o‘tish hisoblanadi. Ovqatni bug‘da yoki qaynatib pishirilgan holda, tuzlar va ta’m beruvchi ziravorlardan foydalanmagan ko‘rinishda iste’mol qilish kerak. semizlikni davolash Oq non, un mahsulotlari, shakar va kartoshkani kamaytirish zarur. Agar nonsiz ovqatlana olmasangiz qora non iste’mol qilgan yaxshi, shunda ham kuniga 300 gr dan ko‘p bo‘lmagan holda. 3 va 4 darajali semizlikda un mahsulotlari, makaron, non va har qanday shirinliklar iste’mol qilishdan tiyilish kerak. Ovqat ratsionida kartoshkadan tashqari mevalar va sabzavotlar bo‘lishi lozim. Salatlar tayyorlaganda oz miqdorda o‘simlik moylaridan foydalangan ma’qul. Yog‘larni ovqat tarkibidan butunlay chiqarib tashlash kerak emas, kuni 50-70 gr.dan oshmasa bo‘lgani. Xolesterin saqlovchi mahsulotlarni umuman iste’mol qilish kerak emas. Agar diyeta va jismoniy aktivlikni bir vaqtda olib borilsa muolajaning samarasini qisqa vaqt ichida ko‘rsa bo‘ladi.

Semizlikni oldini olish

Barcha kasalliklar kabi semizlikni ham davolagandan ko‘ra oldini olgan yaxshiroq. Semizlik profilaktikasi o‘z ichiga muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya etish, ovqat ratsioni tarkibida kletchatka va vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi talab etiladi. Semizlik bilan kurashish – uzoq muddat, sabr va iroda talab etadigan jarayondir. Ko‘pchilik semizlikka qarshi kurashishda erta taslim bo‘lishadi, bunday vaqtda yaqinlar ko‘magi va shifokorlar maslahati katta ahamiyat kasb etadi, to‘gri tanlangan muolaja va choralar bemor odamga yordam berib o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Vaqt o‘tishi bilan inson sog‘lom turmush tarziga o‘rganib qoladi va bu odat tusiga aylandi. Doimo sog‘ bo‘ling!
ico
Dengiz tuzining foydali jihatlari
Bugun yurtimizdagi barcha savdo shoxobchalari va bozorlarda sotilayotgan bu mahsulotning foydasinibilasizmi? Dengiz tuzi insonda modda almashinuvini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatiniyaxshilaydi, immunitet va asab tizimini mustahkamlaydi, teri, soch va tirnoqlarni chiroyli qiladi. Undan taom tayyorlashda ham foydalansa bo‘ladi. dengiz tuzi

Ozdiradi

Dengiz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish natijasida bir oy ichida o‘n kilogrammga
ozish mumkin. Buning uchun har uch kunda bir marta dengiz tuzi qo‘shilgan suvda cho‘miling. Bu vaznni kamaytirish bilan birga, terini mayin va tarang qiladi. Biroq vannada juda ko‘p vaqt qolmaslik kerak.

Husnbuzarni yo‘qotadi

Antiseptik xususiyatga ega dengiz tuzi husnbuzarlarga qarshi eng yaxshi vositadir. Haftasiga 2 3 marta dengiz tuzining suvli eritmasi bilan yuzdagi toshmalar artib turilsa, muammo tezda yechim topadi. Badandagi toshmalar uchun esa vanna qabul qilish tavsiya etiladi.

Soch to‘kilsa...

Agar sochingiz to‘kilayotgan bo‘lsa, ozroq suv bilan namlangan tuzni bosh terisiga surtasiz. Yengil harakatlar bilan uqalab, 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda chayasiz. Agar tuzning o‘zini sochga surtishning uddasidan chiqolmasangiz, zaytun yog‘i yoki qatiqqa aralashtirib surtish mumkin. Aralashmali niqobdan so‘ng boshni sellofan bilan o‘rab, bir soatcha kuting. Haftasiga bir yoki ikki marta muolajani takrorlash kifoya. Bir oydan so‘ng natija faqat o‘zingizga emas, atrofdagilarga ham sezila boshlaydi.

Sellyulitni yo‘qotadi

Bugungi kunda sellyulitga qarshi turli dori vositalari mavjud. Biroq ulardan hech biri oddiy dengiz tuziga teng kela olmaydi. Birorta dag‘alroq matoga dengiz tuzini sepib, u bilan muammoli tana sohasini ishqalaysiz. Natija birinchi muolajaning o‘zidayoq seziladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Dengiz tuzini oddiy tuz o‘rnida ham ishlatish mumkin. Biroq bir kunlik miqdor 5 grammdan oshmasligi kerak. Qon bosimi oshib turuvchilar, ba’zi yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik xastaliklarda, shuningdek, homiladorlarga dengiz tuzini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Yana o‘qing: Teri uchun foydali mahsulotlar

© "Oila davrasida" gazetasi.

ico
Sovuq kunlarda semirib ketmaslik uchun nima qilish kerak?
Bir oydan keyin bemalol o‘tgan yilgi jinsilarni va kerakli o‘lchamdagi bahorgi ko‘ylaklarni kiyishga yordam beradigan foydali maslahatlar bilan tanishing! semirib ketmaslik uchun

Tez-tez ovqatlaning

Bir kunda uch marta emas, besh marta yeng. Lekin oz-ozdan va o‘ylab: porsiya mushtingiz o‘lchamida va faqat murakkab uglevodlardan tashkil topmagan bo‘lishi kerak. Shunda siz kun davomida o‘zingizni och his qilmaysiz va shokolad, pishiriqlar bilan tamaddi qilishni kamaytirasiz.

Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching

Chanqoqni ko‘pincha ochlik deb qabul qilishadi — va yeyishadi, lekin aslida bir piyola suv ichishni xohlagan bo‘lishadi. Ovqatlanishni aynan undan boshlang — u keragidan ortiqcha yeyishga imkon bermaydi.

Oltidan keyin yeng

Parhezshunoslarning fikricha, kechki ovqatni yaxshisi uxlashdan to‘rt soat oldin yegan ma’qul — shunda organizm ovqatni hazm qilishga ulguradi. Lekin agar siz soat 22.00 da emas, masalan, 1.00 da uxlashga yotsangiz, u holda siz bu vaqtgacha och qolasiz va yarim tunda ovqatlanishga majbur bo‘lasiz.

Qo‘llaringizni ish bilan band qiling

Kechqurun televizor qarshisida o‘tirganingizda, o‘zingiz sezmagan holda ortiqcha shirinliklar yoki yong‘oqlar yeb qo‘yishingiz mumkin. Shuning uchun qo‘llaringizni yeguliklardan tashqari boshqa biron-bir ish bilan band qiling: to‘qing, kashemir sviteringizdagi yumaloqchalarni olib tashlang yoki o‘zingiz xohlagan ish bilan shug‘ullaning.

Tovuq to‘shini o‘z holiga qo‘ying

Ozishni orzu qiluvchilarning ko‘pchiligi tovuq to‘shining bir qismini o‘z menyularining asosi qilib belgilaydilar. Natijada bir haftadan keyin to‘g‘ri ovqatlanish ularda g‘amginlik uyg‘otadi, ikki haftadan keyin esa tunlari shokoladni sho‘rvaga qo‘shib yeydigan bo‘lishadi. Bunday qilish noto‘g‘ri — turli xildagi oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, tovuq go‘shtini ham bir haftada bir-ikki marta yeyishingiz mumkin.
Foydali maqola: Tez va oson ozishni istaysizmi?

Passion.ru / Daryo.uz

ico
Vazn tashlashning oson yo‘llari
Sertifikatli murabbiy va mashhur Chicago Tribune'ning bosh fitnes-sharhlovchisi Jeyms S.Fell bunday muvaffaqiyatga osonlikcha erishmadi. Jeyms 30 yoshga kelib nafas siqishi, fast-fudga bo‘lgan mehri va nosog‘lom vazni bilan “maqtana olardi”. Ko‘zgu bilan navbatdagi uchrashuv yigitning kayfiyatini shu qadar tushirdiki, u o‘zini qo‘lga olishga qaror qildi va atigi ikki yilda orzusidagi qomatni “qurish”ga muvaffaq bo‘ldi. Fellning ta’kidlashicha, hattoki dunyoning eng semiz kishisini ham ozishga majbur qiluvchi bir necha amaliy tavsiya bor. Trendymen ularning eng asosiylari bilan bo‘lishdi. (Kun.uz tarjimasi)

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying

Mashg‘ulotlarga mehr qo‘ying Birinchi navbatda, mashg‘ulotlardan zavq olishni o‘rganing. Ongingiz rad etayotgan narsani bajarishga o‘zingizni majburlay olmaysiz. Ozish uchun uzoq shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni majburiyat emas, ishchi kunlardan dam olish sifatida qabul qilishga harakat qiling. Yordam berishi kerak.

Tezkor maqsadlar

“Men ozishni xohlayman” - maqsad haddan ziyod uzoq va noaniq. Vizual natijani ko‘rmasangiz, go‘yoki maqsadsiz harakatlanayotgandek bo‘lasiz. Shuning uchun aniq, qisqa muddatli maqsadlar qo‘yib, ularga yetishishni o‘rganing. Masalan, mashg‘ulotlar jadvalini muzlatgichga osib qo‘yib, bajarilgan har bir kunni marker bilan o‘chiring. Shunda natijani ko‘ra boshlaysiz va o‘ziga yarasha rag‘bat paydo bo‘ladi.

Mukammal qomat

Ko‘zguga boqing va tan oling: ko‘rayotganingiz - mukammal qomat emas. Hatto vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlarga vaqt ajratsangiz ham, doim undan-da ko‘proq shug‘ullanish imkoni mavjudligini unutmang. Shunchaki yaxshi ko‘rinishga emas, ortingizdan boshqalar qayrilib qaraydigan darajada ko‘rkam bo‘lishga intiling. Bu yaxshi motvatsiya bo‘lishi mumkin.

Majburiy nonushta

Ertalabki nonushta nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun bir kun uchun yaxshi poydevor vazifasini o‘taydi: yaxshi nonushta qilgan odam kun davomida ortiqcha kaloriya iste’mol qilmaydi. Bundan tashqari, ochlik hissi kechroq keladi, tushlikning kechikishi esa kechki ovqatni umuman bekor qilish imkonini beradi.

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish Uyquga me’yoriy ochlik hissi bilan yoting. Bu — normal hissiyot, organizmingiz kechki tamaddidan olingan quvvatni qayerga qo‘yishni bilmaydi. Bundan bir necha usul bilan qochish mumkin: bir piyola qaynoq giyohli choy oshqozonni to‘ldiradi, tishlarni tozalash esa o‘zingizni tiyishga va tunda muzlatgich yoniga yaqinlashmaslikka yordam beradi.

Haddan tashqari to‘yib qolmang

To‘qlik hissini tuyishga harakat qiling. Ovqatdan qoniqish hosil qilib, yana biroz tamaddi qilish imkoni borligini his qilganingizda stoldan turish uchun o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz kerak. Bu qiyin va qandaydir tajriba talab qiladi, biroq natija shunga arziydi. Yengil ochlik hissi butun organizmni tonusda ushlashga yordam beradi - uyqu va charchoqdan asar ham qolmaydi.

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang Bir Oreo pechenyesi qancha kaloriyaga ega bo‘lsa, chorak kilogramm ismaloq kaloriyasi shuncha bo‘ladi. Past kaloriyali parhezga e’tibor qarating, u organizmingizni foydali moddalar bilan to‘liq qoniqtira oladi. Bu vazifani amalga oshirishda, eng yaxshisi, sarxil meva va sabzavotlar yordam beradi.
Vazn tashlashga oid foydali maqolalarni saytimizning "Ozish" rukni orqali doimiy ravishda o‘qib borishingiz mumkin.
ico
Ortiqcha harakatlarsiz ozish
Ortiqcha vazn har doim insonlar uchun muammo bo‘lib kelgan. Undan xalos bo‘lishning turli usullari mavjud bo‘lib, asosan, parhez tutish va sport bilan muntazam shug‘ullanish lozim. Ammo bu usullar insondan ko‘p harakat va bir vaqtning o‘zida nihoyatda sabrli bo‘lishni talab etadi. Shu sababdan undan foydalanish uchun ko‘pchilik o‘zida iroda topa olmaydi. Ammo, yaqinda olimlar ozish uchun ortiqcha harakat va xarajatlarning hojati yo‘qligini isbotlashdi. Ortiqcha vazn yig‘maslik uchun faqatgina nonushtani o‘tkazib yubormaslik kifoya qiladi. Aynan nonushtada yaxshilab ovqatlanib olish insonga ozishda yordam beradi. Nega deysizmi? Chunki, nonushtada qorinni yaxshilab to‘qlab olish kun davomida ochlikka chidashimiz uchun anchagina quvvat bag‘ishlaydi. Tadqiqotlar natijasida nonushtani umuman qoldirmaydigan insonlar ortiqcha vazn to‘plash bilan bog‘liq muammoga deyarli duch kelishmasligini isbotladi. Ochlik bilan ortiqcha vazndan qutulish yaxshi samara bermaydi. Zero, uzoq vaqt och yurish salomatlik uchun jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Tibbiy tomondan qaralganda me’da besh soatdan ortiq bo‘sh qolmasligi lozim. Shu bilan bir qatorda jismoniy faolliksiz o‘ylangan maqsadga yetishib bo‘lmaydi. Agar sizda sport zaliga chiqib shug‘ullanishga vaqt bo‘lmasa, tushkunlikka tushmang. Harakat qilishdan to‘xtamang. Masalan, liftdan foydalanish o‘rniga yuqori qavatga zinalardan ko‘tariling. Bir kun davomida kamida 30 daqiqa jismoniy faol bo‘lish ham sizga juda katta yordam beradi. Katta yoshli odam bir kunda 2000 – 2500 kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi va shuncha yo‘qotishi lozim. Bu narsaga alohida e’tibor bering. Makaron, gazlangan shirin ichimliklar, shirinliklarni iste’mol qilishdan iloji boricha tiyilgan ma’qul. Ovqatlanish tartibida asosan meva-sabzavot va yog‘siz go‘shtning bo‘lishi ortiqcha vazn yig‘ilmasligiga yordam beradi.

© "Soglom avlod" gazetasi. Soglom.uz