Homiladorlik

MAQOLALAR

ico
Homiladorlikka tayyorlanish
Homiladorlik davrida bolaning rivojlanishi jaddal ravishda davom etishi tufayli bu davr o‘ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun homiladorlik davri yaxshi kechib, bolaning salomatligiga zarar yetkazmaslik uchun ba’zi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ginekolog huzurida muntazam ravishda bo‘lish

Ba’zilar homiladorlikning ilk oylarida shifokorga bormay yuradilar. Bu noto‘g‘ri, chunki aynan ilk davr (
1 trimestr)da bolaning deyarli barcha tana a’zolari shakllanishni boshlaydi, bunda onaning salomatligi, xususan gormonal holati muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun homiladorlik aniqlangach, ginekolog huzurida kerakli analizlar topshirib tekshiruvlardan o‘tish lozim.

Toza havo bilan nafas olish

Sigaret va yong‘in tutuni homilador ayol organizmi uchun va o‘sayotgan homila salomatligi uchun xavflidir. Aylanish uchun imkon boricha park, o‘rmon va mashina kam bo‘lgan boshqa joylarni tanlash tavsiya etiladi.

Suvsizlanmaslik

Homilador ayol keraklikcha suyuqlik iste’mol qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral yoki filtrlangan suv, ko‘k choy va qaynagan sovutilgan suvni kun mobaynida ichish kerakligi haqida unutmaslik kerak. Shirali va gazlangan ichimliklardan homiladorlik davri davomida voz kechgan ma’qul.

To‘g‘ri va foydali ovqatlanish

Kalsiy, temir va foliya kislotasiga boy mahsulotardan ko‘proq iste’mol qilish. Bug‘doy va danaklarning ham foydasi katta. Go‘shtdagi yog‘larni iste’mol qilmaslik kerak.

Toksin(zahar)lardan xoli bo‘lish

Uy tozalash vositalari, poroshok, chivin va hashoratlarga qarshi vositalar toksinlarga boy bo‘ladi. Imkon boricha ularning o‘rniga zararsiz vositalardan (masalan, soda) foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘yoqlar, o‘gitlar va o‘simliklar dorivorlari homilador ayol va homila salomatligiga zarar keltirishi mumkin. Undan tashqari ba’zi kosmetika vositalari ham kuchli kimyoviy moddalardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, soch bo‘yoqlarining homilaga zarar keltirishi mumkinligi haqida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun homilador kimyoviy vositalardan foydalanayotganda nihoyatda ehtiyot bo‘lishi yoki umuman foydalanmasligi tavsiya etiladi. Ularning o‘rniga tabiiy vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Uzbaby.uz

[highlight]Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:[/highlight]
ico
Bo‘lajak ona psixologiyasi
Homiladorlik ayolni o‘zgartirishi – bu ma’lum fakt, biroq bu o‘zgarishlarning mohiyatini hamma ham tushunavermaydi. Keling, psixologlar fikriga ko‘ra ushbu davrda nimalar sodir bo‘lishini bilib olaylik.

Bolalikka yaqinroq

Homiladorlik vaqtida ayol psixologik ravishda yosh boladay bo‘lib qoladi degan fikr keng tarqalgan. Bu deyarli to‘g‘ri emas. Homilador ayol organizmida qayta tuzilish yuz berishi bois unda haqiqatan ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, biroq buning regress bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Shunchaki ayol o‘ziga va u bilan sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tiborliroq bo‘lib qoladi, ayni davrda juda muhim hisoblangan hissiyotlari va tanasidagi sezgilariga e’tiborini jamlaydi. Bu haqiqatan ham uni kattalardan ko‘ra o‘zining asl hislariga va haqiqiy istaklariga yaqin bo‘lgan kichkina bolaga o‘xshatib yuboradi. Mashhur “homiladorlarning injiqliklari” haqida ham xuddi shularni aytish mumkin: axir bolalar odatda o‘z qiziqishlaridan voz kechishga tayyor bo‘lmaganlarida xarxasha qilishadi, homilador ayolni esa tabiatning o‘zi o‘z manfaatlarini hammasidan yuqori qo‘yishga majbur qiladi. Uning bunday xudbin hulqida yana bir ma’no bor: yaqin yillarda ayolning turmush tarzi shunday o‘zgaradiki, unga yaqinlarining ko‘magi lozim bo‘ladi – bu haqda u mana shunday bilvosita usullar orqali xabardor qilmoqda.

Hech nima sodir bo‘lmadimi?

Ba’zan, homilador bo‘lgach,
ayol xuddiki buni payqamaydi va tug‘ruqqacha hech narsa o‘zgarmagandek yashashga urinadi. Buning yomon joyi yo‘qdek tuyuladi, biroq agar bo‘lg‘usi ona o‘zining yangi maqomini e’tiborga olmasa, baribir xavotirlanadigan joyi bor. Homiladorlikka e’tiborsiz munosabatda bo‘lish, umuman olganda, o‘ziga uncha e’tibor bermaydigan va o‘z tuyg‘ularidan ko‘ra tashqaridan beriladigan yo‘l-yo‘riqlarga rioya qilishga moyil ayollarda vujudga kelishi mumkin. Agar ayol homiladorlik davri davomida haddan tashqari ishga, o‘qishga yoki jamoatchilik faoliyatiga kirishib ketsa, bu voqelikdan qochishga urinishga, uning onalikka psixologik tayyor emasligiga o‘xshaydi.

Yaqin atrofdagilardan nima talab qilinadi?

Homilador ayollarga munosabatda ko‘pincha ikki qarama-qarshilik kuzatiladi. Ayrim odamlar ularni papalab, gard yuqtirmaslik, qo‘llarini sovuq suvga urdirmaslik kerak deb hisoblasa, boshqalar homiladorlarning ahvoliga ortiqcha e’tibor bermaslikni afzal bilishadi. Shubhasiz, bo‘lg‘usi ona bilan billur vaza kabi muomala qilmaslik kerak: homiladorlik kasallik emas, balki odatdagidek yashash imkonini beradigan normal fiziologik holatdir. Biroq, mazkur holatning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborsiz ham qoldirmagan ma’qul. Homiladorlik vaqtida ayolning psixikasi nisbatan ta’sirchanroq bo‘ladi, immuniteti esa zaiflashadi, shu bois uni ham jismoniy, ham hissiy ortiqcha yuklamalardan ehtiyot qilgan ma’qul. Qolaversa, qachon ayol ozmi-ko‘pmi o‘ziga e’tiborli bo‘lsa, intuitiv ravishda o‘zi zarur ehtiyot choralarini ko‘radi. Ana shu o‘z-o‘ziga quloq solish homilador uchun muhimdir. Yaqinlari hozir uning e’tibori o‘z ichiga qaratilganini va boshqalarga yetarli darajada e’tiborini qaratishga imkoni kamroqligini tushunishlari kerak. Ayniqsa bolalar (agar homiladorlik birinchisi bo‘lmasa) buni tushunishi qiyin. Bu vaziyatda ular yuqori e’tiborga muhtojlar. Shuning uchun oilada navbatdagi farzandni kutish – ularni ona yuklamasining bir qismini o‘z gardanlariga olishga tayyor bo‘lgan otasi va boshqa qarindoshlari bilan yaqinlashtirishning ayni vaqtidir.

Homiladorga psixolog zarurmi?

O‘z holicha qaraganda, homiladorlik psixologik yordam so‘rab murojaat qilish uchun sabab bo‘lolmaydi. Muammolar vujudga kelgan taqdirdagina yordam zarur bo‘ladi. Ta’sirchanlik kuchayishi tufayli aynan shu davrda ayol ilgari sezmagan psixologik qiyinchiliklariga ilk marotaba e’tibor berishi mumkin. Homiladorlik bilan turli kechinmalar bog‘liq bo‘lishi mumkin: o‘zining yangi maqomini qabul qilishga tayyor emasligi, homiladorlikning kechishi va bo‘lg‘usi tug‘ruqlar bo‘yicha xavotir, o‘zi va bola uchun qo‘rquv, onalik vazifasini uddalay olmaslikdan qo‘rqish, tananing muqarrar o‘zgarishlari bilan bog‘liq bezovtalik... Odatda, bu ancha oldin yurakning tub-tubida mavjud ichki qo‘rquvning namoyon bo‘lishidir. Shunchaki homiladorlik ularni yuzaga chiqardi. Agar bu kechinmalar noqulayliklarni keltirib chiqarsa, uni yengishga esa kuch bo‘lmasa, psixologning alohida yordami asqatadi. Shunday hayotiy vaziyatlar va sharoitlar bo‘ladiki, bunda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash singari psixologik yordam ham zarur bo‘ladi. Masalan, ko‘pincha homiladorlik tufayli keskinlashadigan er-xotin o‘rtasidagi muammolar. Biroq, bu holatda dastlab alohida ham xotinga, ham erga psixoterapiya zarur. Psixoterapevtga oilaviy borishni esa, yaxshisi, keyinroqqa surgan ma’qul. Gap shundaki, farzand kutish jarayonida ayol va erkakning kechinmalari nihoyatda turlicha va yangi vaziyatni o‘ziga xos qabul qilish bilan bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun oilaviy terapiya ushbu davr uchun yoqimsiz og‘ir kechinmalarni keltirib chiqarishi mumkin.

© "Homiladorlik.uz" nashri

ico
Homiladorlik taqvimi: 12-hafta
Homiladorlikning 12-haftasini shifokorlar bejiz kichkintoyning birinchi yubileyi deb atashmaydi. O‘zingizni tabriklasangiz bo‘ladi: yo‘lning uchdan birini bosib o‘tdingiz, dastlabki xavotirli trimestr ortda qoldi. Bola tushib qolishi xavfi anchagina kamaygan, demak, endi qarindoshlar, do‘stlaringiz va rahbaringizni bu sirdan voqif etsangiz bo‘laveradi. Bu muddatda ayol hisobga turgan bo‘ladi, endi u 3–4 haftada bir marta shifokor ko‘rigiga borib turadi. Odatda ayol o‘zini yaxshi his eta boshlaydi, kichkintoy esa faol tarzda o‘sishni davom etadi.

Homiladorlikning 12-haftasida nimalar yuz beradi

Homiladorlikning har bir haftasi u yoki bu alomatlar, sezgilar va o‘zgarishlar bilan birgalikda kechadi. Shunday qilib: homiladorlikning o‘n ikkinchi haftasida nimalar yuz beradi? Ertalabki ko‘ngil aynishi tobora yo‘q bo‘lmoqda, ayrimlar 12-haftada
toksikozni umuman esdan chiqaradi. Nihoyat ovqatdan rohatlanish paydo bo‘ladi! Ehtimol siydikning tez-tez kelishi ham sizni bezovta qilmay qo‘yadi. Ichaklarning peristaltikasi o‘zining faoliyatini kamaytiradi, demak, qabziyat paydo bo‘lishi ehtimoli katta bo‘ladi. Qon aylanishi tezlashganligi natijasida ayol yuragi tezroq urayotganini his etishi mumkin. Bachadon esa eniga 10 sm kengaygan, kichik tosga u bemalol sig‘a olmaydi va qorin bo‘shlig‘iga qarab ko‘tariladi. Yurak, o‘pka, buyrakka yuklama oshadi, shuning uchun qattiq charchash, keragidan ortiqcha ovqat yeyish va rejimning boshqa buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Homiladorlikning 12-haftasida homilaning ahvoli qanday bo‘ladi

Kichkintoy borgan sayin odamchaga o‘xshab boradi, lekin boshi tanasiga nisbatan kattaligicha qoladi. Qo‘l-oyoqlari hali juda mitti bo‘lishiga qaramay, ular shakllanib bo‘lgan. Homiladorlikning 12-haftasida homilaning kattaligi uzunasiga 7–10 sm, vazni 15–20 gramm bo‘ladi. Bolaning ichki organlari shakllanib bo‘lgan, demak, infeksiyalar hamda dori-darmonlar ta’siri kichkintoyga avvalgiday katta xavf sololmaydi. Endi kichkintoyning ko‘zchalarini yopadigan qovoqlari bor, uning quloq solinchaklari ham paydo bo‘lgan. Jajji qo‘llarida esa tirnoqchalar ham bor! Bolakay lablarini tirishtirishni, mushtchalarini siqishni, aftini burishtirishni, og‘izchasini ochib-yopishni o‘rganib olgan. Kichkintoy bovul qilishni o‘rgangan, yana atrofidagi suyuqlikni yutishni ham biladi. Bolaning miyasi ikki yarim pallaga ajralib bo‘lgan.

Kayfiyat nihoyatda o‘zgaruvchan

Hissiy barqarorlik hozircha yo‘q, qo‘qqisdan keladigan xavotir xurujlari yoki kayfiyatning birdan ko‘tarilib ketishi mazkur davrda me’yoriy holatdir. Xuddi o‘sha gormonlar ushbu sohani nazorat qilishni davom etadilar, shuning uchun hissiy beqarorlik kun davomida bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. Shifokorning ruxsati bilan homilador ayollar uchun mo‘ljallangan gimnastika bilan shug‘ullanish mumkin, bu narsa sizning sog‘lig‘ingizga ham, ruhiy-psixologik holatingiz uchun ham foydali bo‘ladi. Oddiy autotrening bilan shug‘ullanish ham ortiqchalik qilmaydi: shunchaki har tongda ko‘zgu oldida turib olib, qorningizni silagan holda kichkintoyga va o‘zingizga ham mehringiz to‘lib-toshayotganini ayting.

Ovqatlanish qoidalari: fastfud va gazlangan suvga yo‘q deng

Bu davrda sizning ovqatlaringiz turli hil bo‘lishi kerak, meva va sabzavotlarga alohida e’tibor bering. Hozirgi vaqtda organizmga har qachongidan ham o‘simlik to‘qimalari kerak. Kuniga 2 litrgacha suv iching, shirin gazli ichimliklar va qog‘oz qadoqdagi sharbatlarni sotib olmang. Fastfud tayyorlanadigan yemakxonalarni ham chetlab o‘tavering. Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yubormang, kechki payt esa to‘yib ovqat yemang (aks holda qorindagi og‘irlik va hojatxonaga tez-tez qatnash uyqungizga xalaqit beradi).

Homiladorlikning 12-haftasida UZIdan o‘tish

Hozir skrining qilishning vaqti keldi. Biokimyo tekshiruvi uchun tomirdan qon topshirishingiz kerak. Homiladorlikning mazkur davri va bundan keyingi bosqichlarida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar bola sog‘lig‘i va onaning holati uchun mutlaqo xavfsizdir. Birinchi rejali UZI o‘tkazishning vaqti keldi. Shifokor mazkur taomil vaqtida bachadonning holatini va uning tonusini o‘rganadi, yo‘ldoshning joylashishini aniqlaydi, tug‘ishning dastlabki sanasini belgilay oladi. Birinchi UZI vaqtida homilaning kattaligi va rivojlanish dinamikasiga baho beriladi. Shu bilan birga shifokor o‘ta muhim axborotga ega bo‘ladi: rivojlanishdagi ehtimoliy patologiya yoki xromosoma anomaliya xatarlarini o‘rganadi. Mazkur UZIni o‘tkazib yuborish mumkin emas – u beradigan axborot muhim ahamiyatga ega.

Homiladorlikning 12-haftasidagi sezgilar

Atrofdagilar qorningiz dumaloq bo‘lib qolganini hali ko‘rishmaydi. Lekin bo‘lg‘usi onaning o‘zi ko‘zgu qarshisida turib bu o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin. Odatda ayol shu davrda molniyali va tugmachali shimlardan voz kechib, elastik, uzunroq ko‘ylaklarni o‘ziga ep ko‘ra boshlaydi. Kiyim badanga yopishib turmasa-da, qorin bo‘shlig‘i atrofida “tortishib turganiday” sezgilar ko‘pincha paydo bo‘ladi. Ko‘krak borgan sayin to‘lishib, hajman kattalashib boradi, shundan terida qichishish boshlanishi mumkin. Ehtimol byustgalterni almashtirish vaqti ham kelib qolgandir. Bu o‘rinda homilador ayollar uchun tayyorlanadigan ich kiyim materialining sifati muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tishimiz joiz. U tabiiy matodan tayyorlangan va tarkibida paxta tolasi mavjud bo‘lishi kerak hamda tanaga tegib turganida yoqimsiz sezgilarni keltirib chiqarmasligi kerak. Homiladorlikning 12-haftasida tana va yuz terilarida pigment dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin, ular tug‘ruqdan keyin yo‘q bo‘lib ketadi. Qorindagi qoramtir chiziqchani ko‘rib ham cho‘chimaslik kerak, u ham tug‘ruqdan keyin g‘oyib bo‘ladi. Kiyim-boshlarni o‘zgartirish bilan mashg‘ul bo‘lish hamda o‘zingizning ajoyib holatingizdan boshingiz osmonga yetishi kerak. Ayrim yangi sezgilar juda g‘aroyib bo‘ladi va ular sizning kayfiyatingizni yanada ko‘taradi.

© J. Xo'jaxon

Homiladorlik.uz nashri.

ico
Homiladorlikka tayyorlanish

Homiladorlik davrida rivojlanadigan asoratlarning aksariyat qismini to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish bilan to‘xtatish mumkinligi isbotlangan. Ayniqsa, yetishmayotgan vitaminlarni to‘ldirish, ko‘rikdan o‘tish, ehtimoli bo‘lgan kasallikka, holatiga, o‘ziga yuqtiruvchanligiga tashxis qo‘yish va ularni tuzatishlarni aytib o‘tish mumkin.

Zararli ta’sirlar oldindan aniqlansa, ularni butkul yo‘qotish mumkin bo‘lgan holatlar bor: masalan, qizilchaga qarshi immunitetning yo‘qligini aytish mumkin. Bitta emlash orqali ushbu muammo haqida unutish mumkin, homiladorlik vaqtida ham ushbu dard haqida umuman eslamasligingiz mumkin. Faqat emlashdan so‘ng homilador bo‘lishdan avval 3 oy saqlanish kerakligini aytib o‘tishni istar edik.

Aks holda 9 oy stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba)da, doimiy tahlil, Xudo asrasin, 50 % holatda homila nuqsonli bo‘lish ehtimoli bor bo‘lib, shifokorlar homilani olib tashlashni tavsiya etadilar.

Homiladorlikka tayyorlanayotgan vaqtda 150 mkg kaliy yodid, homiladorlik vaqtida esa, 200 mkg kaliy yodid qabul qilish homilador ayol va chaqaloqning yod tanqisligi kasalligi muammosining yechimi bo‘la oladi (muddatdan ilgari tug‘ilish va yuqori perinatal o‘limning ham oldini oladi) shuningdek, aqliy zaiflikning oldini oladi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 20 mln kishi yod tanqisligi sababli aqliy zaif bo‘lib, bunday holatni oldini olish mumkin bo‘lgan vaziyatlardan biridir. Qalqonsimon bezning faoliyati pasayishini o‘z vaqtida kerakli miqdorda gormon qabul qilish bilan oson hal qilinadi. Bu shuningdek, yashirin, surunkali, oldin tashxis qo‘yilmagan infeksiyalarga ham tegishlidir. Shamollash jarayonini davolash aksariyat hollarda sabab bo‘ladigan chala tug‘ilish va homiladorlikning infeksiyaviy asoratining oldini olish imkonini beradi.

Butkul hal qilib bo‘lmaydigan holatlar bor, lekin ularga homiladorlikgacha tashxis qo‘yish yordamida davolovchi shifokor ehtimoli mavjud asoratlarni oldindan aytib berish, ularga tayyor turish va o‘z vaqtida ularni tuzatish choralarini ko‘rish imkonini beradi. Ayol kishining aynan shunday yo‘l tutishi, ya’ni homilador bo‘lmasdan avval dori-darmonlarni qabul qilishi bilan homiladorlik davrida jiddiy muammolarning oldini oladi.

Ba’zan ayollar ko‘rikdan o‘tishni hohlamaydilar, buni ularni hech narsa bezovta qilmayotgani va o‘zlarini yaxshi his qilayotganlari bilan izohlaydilar. Ammo yomon taraf ham shundaki, homilador bo‘lmasdan avval ayol o‘zini yaxshi his etadi, uni ko‘p narsa bezovta qilmaydi, lekin aynan homiladorlik davrida asoratlarining ko‘p qismi yuzaga chiqadi. Va ular faqat taxlil ko‘rinishida namoyon bo‘lishi va ayolni butkul bezovta qilmasligi mumkin.

Masalan, bu yerda rezus-faktorga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan antitanalarni atib o‘tish mumkin. Bunda rezus-faktor manfiy bo‘lgan ayollarda, homilaning rezus-faktori musbat bo‘lgan holatni aytib o‘tish mumkin. Bundagi antitanalarning paydo bo‘lishini faqatgina taxlil orqali bilish mumkin.

Sog‘lom odamning shifokor huzuriga borishining nima hojati bor?!

Ko‘rib turganingizdek, jiddiy va havfli asoratlarning oldini olish juda oddiydir. Aynan shuning uchun unga ko‘pincha e’tibor berilmaydi. Inson ruhiyati shunaqaki, agar u shifokor huzuriga borib, o‘z sog‘ligi haqida “lozim bo‘lganidek” g‘amxo‘rlik qilsa, zamonaviy murakkab ko‘riklardan o‘tish va nomlari qiyin bo‘lgan yangidan-yangi dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib berishi kerak deb tushunadi.

Sog‘lom hayot tarzi tushunchasi hozirgacha ko‘pincha insonda tabassum uyg‘otadi. Shifokor huzuriga kelib: “Ha, doktor, bularning hammasi tushunarli, lekin Siz vitaminlar, uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish, to‘g‘ri tartib, tamaki chekishdan voz kechish, kompyuterda ishlashni cheklash, oilada meyoriy munosabatda bo‘lishdan tashqari konkret (aniq, lo‘nda) nima maslahat bera olasiz?” Vaholanki, mana shular-ku eng muhim ishlar axir?!

Ba’zilar ko‘rsatmalarga rioya qilmaydi va zarur moddalar yetishmagan holatda homilador bo‘ladilar. Homiladorlik davrida vitamin qabul qilish albatta muhim, lekin homila rivojlanishining dastlabki eng zarur haftalarida bu moddalar yetishmagan bo‘lsa, keyinchalik ularni qabul qilish orqali rivojlangan asoratni chetlashtirishga yordam bermaydi.

Davolanish doim kasallikning oldini olishdan orqada qoladi. Hali mavjud bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish juda osondir. Agar unga jiddiy e’tibor berilsa, haqiqatan ham ularga uchramaslik mumkin. Mavjud asoratni davolash doim kechikadi, uning rivojlanish mexanizmidan orqada qoladi.

Kasallikni davolash qiyin, lekin oldini olish oson. Shifokorlar allaqachon kasallikning oldini olish osonroq ekanini tushungan. Bu nisbatan sezilarli yaxshi natijalarga olib keladi va bu nisbatan osonroqdir.

Internetning roli

Biror muammo haqida bilish uchun ish ma’lumot yig‘ishdan boshlanadi. Bugungi kunda katta hajmdagi ma’lumotlarga tez fursatda ega bo‘lish manbai bu - internetdir. Aynan internet maslahatlari bu bosqichda yordam berishi mumkin: qayerga murojaat qilish kerak, aynan nimani kamaytirish kerak, o‘zini qanday tutish kerak, nima mumkin, nima mumkin emas, homiladorlikka qanday tayyorlanish kerak! Homiladorlikka tayyorlanishda mavjud jiddiy kasalliklardan tashqari internet-maslahatchi yordam bera oladi. Ma’lumot yig‘ish, maqolalarni o‘qish, savollarga javoblar, o‘z savollarini berish hisobiga bir necha hafta mobaynida oilaga tayyorgarlik ko‘rayotganlar bu savollar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib qoladi. Xususan, bir xil muammoli doimiy forumlar - hamma homiladorlikka tayyorlanayotganlar - o‘zaro tajriba, foydali ma’lumot va dalillar bilan almashishadi.

Shaxsiy davolovchi vrach

Nazariy bilim yig‘ilganidan so‘ng keyingi bosqich keladi - o‘zining shaxsiy rejasini ishlab chiqish va yuzma-yuz o‘z shifokorini topish. Chunki internetda tahlilni topshira olmaysiz va Sizning homiladorligingizni kuzatib boradigan shifokor topishingiz kerak. Homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rish va homiladorlik davrini nazorati qilish uchun bitta mutaxassisga ishonganingiz ma’qul.

Ishonch - bu shifokor o‘z bemoriga yordam bera oladigan asosiy omil bo‘lib, bu haqida Gippokrat aytib o‘tgan.

Albatta yuzma-yuz muomalanining o‘rnini internet bosa olmaydi. Barcha virtual maslahatlar mavhum (noaniq), chunki inson o‘zi haqida batafsil gapirib bera olish imkoniga ega bo‘lmaydi. Shifokorning birgina ko‘rigi unga undan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlar beradi.

Qabulgacha hal qilinadigan va zarur bo‘lgan savollar bor. Yana internet orqali muhokama qilib bo‘lmaydigan savollar ham bo‘ladi. Bu holatda maslahatchi bunday savollarga javob bermasligi bilan nisbatan haqli bo‘lib, buning uchun Homiladorligingizni kuzatadigan shifokorni o‘zingiz tanlab, uning qabuliga kelish kerak.

Homiladorlikka tayyorgarlik algoritmi

1. Sizga - homilador va ko‘krak suti bilan oziqlantiruvchilar uchun mo‘ljallangan polivitaminlar. Turmush o‘rtog‘ingizga - sifatli polivitaminlarning biri. Har ikkalangizga ham folik kislotasi, oshqozonni bezovta qilmasligi uchun ovqat paytida kuniga 1 ta tabletkadan 3 mahal ichiladi. Homiladorlik davrigacha kamida 6 oy ilgari davomiy qabul qilish homilaning asab naychasi rivojlanishidagi nuqsonlarni va boshqa nuqsonlarni keskin pasaytiradi.
2. Jadvalingizni o‘zgartiring va homiladorlikka tayyorlanishdan oldin ta’tilga borib keling! Homiladorlik davrida imkon qadar samolyotda uchish va iqlim almashtirish tavsiya qilinmaydi!
2.0.
Spermogramma. Rejalashtirish davrida juda ham zarur emas. Ushbu tahlil patologik shakllarni aniqlashga imkon beradi.
3. Stomatolog, terapevt, LOR ko‘rigidan o‘tish (surunkali tonzillit, piyelonefritni davolatish).
4. Ginekolog ko‘rigidan o‘tish.
5. Har ikkingizning ham qon guruhi, rezus-faktori. Agar ayol kishida musbat rezus-faktor bo‘lsa, muammo yo‘q.

Agar ayol kishida manfiy rezus-faktor bo‘lsa - rezus-faktorga qarshi bo‘lgan antitanalarni tekshirish uchun taxlil qilinishi kerak (erkak kishining manfiy bo‘lsa ham).

Agar antitanalarni aniqlash bo‘yicha tahlil musbat (polojitelniy) chiqsa, bunday vaqtda homiladorlik vaqtincha mumkin emas, korreksiya talab qilinadi.

Agar antitanalarga qarshi tahlil manfiy (otritsatelniy) bo‘lsa, bu taxlilni homila 8 oylik bo‘lgunicha har bir oyda ushbu tahlil bir marta takrorlab turilishi kerak.

Ayolning qon guruhi 1 guruh va erkak kishiniki boshqa guruh bo‘lsa, qon guruhi to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Rezus-faktorga qarshi antitana uchun taxlil bo‘lganidek, guruhiy antitanaga taxlil topshirish ham homilaning 8 haftaligidan boshlab bir oyda bir marta topshirilishi kerak.

6. TORCH-kompleks. Qizilcha, toksoplazma, gerpes, SMV, xlamidiya-miqdoriy tahlil (titrli).
7. Infeksiyalar tahlili: oddiy surtma (tahlil uchun olinib, oynaga surtilgan yupqa qatlam), yashirin infeksiyalarga har ikkisi ham (erkak va ayol) PSR topshirishi.
8. Gormonlar - buyrak usti androgenlari va qalqonsimon bez holatini xarakterlovchilar.
9. Gemostaziogramma, koagulogramma - qonning quyilishi haqidagi bo‘yicha tahlil.
10. Umumiy qon tahlili (gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar, SOE, rangli ko‘rsatgich, leykotsit formula). Barmoqdan qon oldirish.
11. Peshobning umumiy tahlili.
Homiladorlikka muvaffaqiyatli tayyorlanishning asosiy garovi - buni mashg‘ulot, ishga ayniqsa muammoga aylantirmaslik kerak.

Har qanday holatda farzandning dunyoga kelishi inson qo‘lida bo‘lmagan Mo‘’jiza. Shunday ekan, unga muvofiq munosabatda bo‘lish kerak. Oxirigacha davolanmagan asoratlaringiz bilan homiladorlik davringizdni turli hayollar bilan o‘tkazmaslik uchun oldindan tayyorgarlik ko‘ring. Keyin xotirjam bo‘lib, o‘z Mo‘jizangizni kutavering. Uni kimga, qachon va qanday tug‘ilishini O‘ZI biladi

"Tibbiyot. Медицина. Medicine" guruhi.

Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlik. Yo‘ldoshning joylashuvi juda muhim

Homiladorlik davomida yo‘ldoshning to‘g‘ri joylashuvi muhim ahamiyatga ega. Normada yo‘ldosh bachadonning yuqori qismida joylashgan bo‘lishi kerak.

Agar yo‘ldosh bachadonning past qismida yoki bachadon bo‘yni yo‘lini to‘sib joylashgan bo‘lsa, bu holat yo‘ldoshning past joylashuvi yoki homila oldi joylashuvi deb ataladi va bunday homiladorlikchuqur nazorat ostida bo‘ladi.

Yo‘ldoshning joylashuvi haqidagi diagnoz homiladorlikning 1-2 trimestrda qo‘yilgan bo‘lsa, juda xavotli emas. Chunki 3 trimestrga qadar bachadon kattalashgan sari yo‘ldosh yuqoriga migrasiya qilishi (surilishi) mumkin. Lekin yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi homiladorlikning 3 trimestrida ham namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, bu holat    Bir qator muammolar keltiradi.

Qachon yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi aniqlanadi?

Ko‘pincha homiladorlikning 20 28 haftasi oralig‘ida Ultra tovushli diagnostika orqali yo‘ldoshning joylashuviga baho beriladi. Agar u bachadonning yuqori qismida bo‘lmagan bo‘lsa, homilador ayol bu masala bo‘yicha bir necha haftadan so‘ng qayta tekshiruvdan o‘tadi. Ko‘pincha bu davrga kelib yo‘ldosh to‘g‘ri joylashib olgan bo‘ladi.

Har 200 ta tug‘ishdan 1 donasi yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashganligi bilan yakunlanadi.

Agar yo‘ldosh baribir bachadonning past qismida yoki homila oldida joylashgan bo‘lsachi?

U holda homilador ayol jiddiy nazorat ostiga olinadi. Yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi holatidagi eng katta xavf - bu qon ketishidir. Yo‘ldoshi noto‘g‘i joylashgan ayolga asosan yotish va urunmaslik tavsiya etiladi. Jinsiy munosabatlar man qilinadi. Kerak bo‘lsa, shifoxonada tuqqunga qadar qolish ham talab etilishi mumkin.

Yo‘ldosh pastda joylashgan bo‘lsa, u muddatidan oldin bachadondan ajralishi mumkin. Shunda kuchli qon ketishi kuzatiladi. Bu holat homilador ayol uchun ham rivojlanayotgan homila uchun ham o‘ta xavfli hisoblanadi. Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi bilan kechayotgan homiladorlikda bola rejalashtirilgan kesarcha kesish orqali tug‘dirib olinadi .

Homiladorlikning 3 trimestrida qon ketishi zudlik bilan tez tibbiy yordamni chaqirishni taqazo etadi. Bu holat ona va bolaning hayotiga katta xavf soladi.

Yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi turlari

  • Yo‘ldosh pastda joylashgan, lekin bachadon bo‘ynini to‘sib qo‘ymagan. Bu holatda homilador ayol nazoratda bo‘ladi, lekin tabiiy tug‘ish imkoniyati yo‘q bo‘lmaydi.
  • Yo‘ldosh bachadon bo‘lynini qisman to‘sib qo‘ygan. Bunda vaginal ultra tovushli diagnostika orqali to‘silmagan qism aniqlanadi. Agar u ma’lum bir masofada bo‘lsa, tabiiy tug‘ishimkoniyati bo‘ladi.
  • Yo‘ldosh bachadon bo‘ynini butunlay to‘sib qo‘ygan. Bunda majburiy ravishda kesarcha tug‘ish orqali bola dunyoga keltiriladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashgani alomatlari?

Ko‘pincha bu holat alomatsiz o‘tadi. Asosiy alomat deb qindan og‘riqsiz qon ketishini belgilasak bo‘ladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi bilan tug‘ish jarayoni qanday kechadi?

Yo‘ldoshning notog‘ri joylashuvi 3 trimestrda ko‘pincha qon ketishini taqazo etadi. Bu holat shifoxonada bo‘lishni talab etadi. Agar qonni to‘xtatish iloji bo‘lmasa, bola muddatidan oldin bo‘lsa ham tug‘dirib olinadi, chunki ko‘p qon ketishi onaning hayotiga xavf solishi mumkin. Qon ketishi to‘xtatilsa, u holda homiladorlik imkon qadar 38 haftagacha saqlanadi va rejalashtirilgan kesarcha kesish usuli orqali bola tug‘diriladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi bilan bola tug‘dirilayotganida operasiya davomida odatda ko‘p qon yo‘qotiladi. Shuning uchun shifoxonada homilador ayolning qoniga tegishli qo‘shimcha qon tayyor bo‘lib turishi lozim.

Agar ayol qoni manfiy rezusga ega bo‘lsa (eriniki esa musbat), u holda RH-immunoglobulin ukoli tug‘ishdan so‘ng 48 soat ichida ayolga qilinishi muhim.

 Yo‘ldoshning noto‘gri joylashib qolishiga moyillik kimda bo‘ladi?

  • Bir nechta farzand tuqqan ayolda;
  • Bundan oldin kesarcha kesish orqali tuqqan ayolda;
  • Bachadonida jaroohlik operasiyani o‘tkazgan ayolda;
  • Egizak va undan ko‘p homilaga ega homilador ayolda;

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashib qolishiga qo‘shimcha sabablar:

  • Muddatidan oldin to‘lg‘oqlarning bo‘lishi;
  • Bolaning boshi bachadonda yon yoki yuqori tomon joylashgani;
  • Bachadon razmeri kattaligi.

Yo‘ldoshning noto‘gri joylashuvi davolanadimi?

Yo‘q, bu holat davolanmaydi. Lekin u kuchli nazorat ostida bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, homilador ayol tuqquniga qadar shifoxonada qoladi.

Yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashganida ba’zida qo‘shimcha muammo yuz beradi (juda kam hollarda). Bunda yo‘ldosh bachadon devoriga qattiq yopishib qolgan bo‘ladi. Bunda bola tug‘dirib olingandan so‘ng, yo‘ldosh bachadondan osonlicha ajralmaydi va kuchli qon ketishini keltiradi. Onaning xayotiga xavf soluvchi ushbu holat bir necha bor qon quyishni talab etishi mumkin. Keskin vaziyatda esa bachadon olib tashlanishi ham mumkin.

Uzbaby.uz nashri

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
TORCH haqida nimalar bilishimiz kerak?

Ko‘pincha ayrim homilador ayollarning homilasi infeksiya sababli chala tushibdi yoki uning ichida rivojlanmay nobud bo‘libdi, deb eshitib qolamiz. Bunga TORCH infeksiyasi sabab bo‘ladi, deyishadi. Ular qanday viruslar bo‘ldi?

Toksoplazmoz

Toksoplazmoz – asab tizimini zararlaydigan, jigar va taloqning kattalashishi va limfa bezlarining o‘zgarishlari bilan kechadigan parazitli kasallikdir. Ayrim kishilarda bu kasallik belgilarsiz o‘tadi.

Organizmda immun javobning rivojlanishi natijasida qonda parazitlar kamayadi. Ammo parazit sistalari to‘qimalarda saqlanib qoladi. Bu sistalar organizmning immun tizimi sustlashganda qayta faollashishi mumkin (masalan, OIVni yuqtirgan homilador ayollarda). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda 200 S haroratda 3 kungacha saqlanadi. Quritish, tik tushadigan quyosh nuri va yuqori haroratga ular chidamsiz bo‘ladi.

Birlamchi kasallik manbai mushuklar hisoblanadi. Odam, mushuk va itlardan tashqari barcha sut emizuvchi hayvonlar va qushlar toksoplazmoz bilan kasallanishi mumkin. Mushuklar ichagidan ajralib chiqadigan toksoplazma sistalari tuproqqa tushadi va suv, shamol, transport g‘ildiraklari orqali atrofga tarqaladi. Tuproq bilan ifloslangan yemish bilan bu sistalar boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari organizmiga va ularning go‘shtlari orqali odam organizmiga tushadi.

Insonning toksoplazmoz bilan zararlanishi odatda alimentar yo‘l bilan yuzaga keladi: xom yoki yetarli termik ishlov berilmagan go‘sht, ayniqsa, quyon va qo‘y go‘shtlarini iste’mol qilganda (masalan, go‘sht qiymasini ta’mini tatib ko‘rganda), odam qo‘li qum, tuproq bilan ifloslanganda va mushuklarni parvarish qilganda yuqadi.

Toksoplazmalar bilan homiladorlik vaqtida yo‘ldosh orqali homila ham zararlanishi mumkin. Infeksiyaning onadan bolaga o‘tish xavfi homiladorlikning oxirgi bosqichlarida yuqori bo‘ladi. Hazm qilish a’zolari parazitning kirish darvozasi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi qonga ingichka ichakdan so‘riladi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Parazitlar asosan jigar, taloq, limfatik tugunlar, asab tizimi, yurak, skelet mushaklarini zararlantiradi. So‘ngra immunitet shakllana borishi bilan sista hosil bo‘ladi va ular organizmda o‘nlab yillar hatto, umr bo‘yi saqlanib qolishi mumkin.

Tug‘ma va orttirilgan toksoplazmoz farq qilinadi. Tug‘ma toksoplazmozning o‘tkir shakli og‘ir o‘tadi: jigar va taloqning kattalashishi, toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ko‘pchilik bolalarda ensefalit va ko‘zning zararlanishi kuzatiladi. Bunday toksoplazmoz surunkali shaklga o‘tganda ensefalit asoratlaridan gidrotsefaliya (bosh hajmining kattalashishi) ko‘proq kuzatiladi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, toksoplazma yuqtirgan kishilarning yurish-turishi birmuncha o‘zgaradi. Ko‘proq ularda reaksiyalarning sustligi va o‘ziga ishonchsizlik hissining namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Orttirilgan toksoplazmozda isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq va limfatik tugunlarning kattalashishi kuzatiladi.

Kasallikka tashxis qo‘yishda xastalik belgilari va laboratoriya usullari qo‘llaniladi. Toksoplazmoz bilan kasallangan bemorlarni davolash kompleks tarzda amalga oshirilishi lozim.

Uy hayvonlaridan ayniqsa, mushuklar bilan muloqotda bo‘lmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, xom va yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilmaslik ushbu dardning yuqishining oldini oladi. Bu qoidalarga ayniqsa homiladorlik vaqtida qa’tiy rioya qilish muhim.

Toksoplazmoz haqida ushbu maqola orqali ham o‘qishingiz mumkin: Toksoplazma – xavfli yo‘lovchi

Qizilcha

O‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, mayda dog‘li toshma, isitma va homilador ayollarda homilaning zararlanishi bilan kechadi. Kasallik manbai odam hisoblanadi. Qizilchaning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan bemor yoki kasallik toshmalarsiz kechayotgan kishilar hamda tug‘ma qizilcha bilan xastalangan bolalar organizmida virus ko‘p (1,5 yil va undan ham ziyod) vaqt davomida saqlanishi mumkin.

Bu kasallik aslida kichik yoshdagi bolalarga xos. Biroq, hozirda bemorlarning yarmidan ko‘pini 9 yoshdan yuqori bo‘lgan xastalar tashkil qiladi. Tug‘ruq yoshigacha 75-85 foiz ayollar qizilcha bilan og‘riydi va odatda bu dardga qarshi bir umrlik immunitet hosil bo‘ladi. Qizilchaga qarshi vaksinatsiya 1969 yildan emlash kalendariga kiritildi. Shundan keyin uning uchrash ko‘rsatkichi aholining jon boshiga 1: 100 000 gacha kamaydi. Virus organizmga nafas yo‘llari orqali tushadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi toshma toshishidan 7-10 kun oldin burun-halqumdan ajralib chiqa boshlaydi. Unga qarshi immunitet paydo bo‘lishi bilan (toshmaning 1-2 kunlari) infeksiyaning organizmdan ajralib chiqishi to‘xtaydi.

Kasallikning yashirin davri 15-24 kun. Boshlang‘ich davri esa bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha davom etadi.

Tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va ko‘zning qizarishi xastalikning o‘ziga xos belgilaridandir. Bu dard avj olgan davrda bo‘yinning orqa, ensa, quloq orti limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Kattalashgan bezlar esa qattiqlashadi va ular paypaslab ko‘rilganda og‘riq seziladi. Kasallikka xos bo‘lgan belgilardan yana biri yasmiq (chechevitsa doni) kattaligida hosil bo‘ladigan och qizil rangdagi toshmalardir. Toshmalar qichishish bilan kechadi. Ko‘pincha ular oyoq va qo‘llarning yoziluvchi yuzalari hamda qorin va ko‘krakda paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda taloq kattalashadi, og‘iz bo‘shlig‘ida qizil dog‘lar shaklida toshmalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda qizilcha hech qanday belgilarsiz ham kechishi mumkin.

Qizilchaga tashxis qo‘yishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Bu qiyinchiliklar ushbu dardning klinik ko‘rinishlarining ko‘pligi va ularning ko‘p kasalliklarga o‘xshashligidir. Xastalikka tashxis qo‘yishda laboratoriya usullari muhim ahamiyatga ega. Agar inson o‘z vaqtida emlansa, bu kasallik bilan umuman og‘rimasligi mumkin.

Virus ona organizmida homilaning benuqson o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning markaziy asab tizimining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, homilaning katarakta, glaukoma, karlik, yurak yetishmovchiligi va boshqa tug‘ma nuqsonlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda kattalarda uchraydigan Alsgeymer (aqli zaiflik) kasalligiga bolalikda boshdan o‘tkazilgan qizilcha sabab, degan faraz mavjud

Sitomegalovirus infeksiyasi (SMVI)

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalgandir. Ayniqsa, oxirgi o‘n yillikda sitomegalovirus qo‘zg‘atadigan kasalliklar ko‘p uchray boshladi.

Zararlangan organizmdan virus peshob, so‘lak va ko‘z yoshi orqali ajraladi. Onadan bolaga virus so‘lak orqali ham yuqishi mumkin. Kattalar uchun ham, bolalar uchun ham kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi bo‘lishi mumkin.

Mazkur infeksiyada homila rivojlanish bosqichining dastlabki davrida uning zararlanishi uchun katta xavf tug‘iladi. Ushbu virusni yuqtirgan bemorda o‘tkinchi sariqlik, jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. 10-30 foiz holatda virus yuqtirgan bolalarda eshitish asab tolasining atrofiyasi va aqliy zaiflik kuzatiladi.

Jinsiy yo‘l orqali kasallik ko‘p tarqaladi. Shuningdek, uning havo-tomchi yo‘li orqali yuqish xavfi ham ma’lum. Qon yoki qon mahsulotlarini quyish, to‘qima va a’zolarni ko‘chirib o‘tqazish ham bu dardning yuqishida asosiy omildir.

Tug‘ma tarqalgan SMVI teri va shilliq qavatlarda turli toshmalar, ichki a’zolar va bosh miyaga qon quyilishi, kamqonlik, jigar, taloq va buyraklarda kasallik o‘choqlarining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga ko‘zning zararlanishi ham kuzatiladi.

Kasallikka tashxis qo‘yish jarayoni ancha qiyin kechishi mumkin. Homilador ayollarda qayta homila tushishi hollari kuzatilganda va chaqaloq o‘lik tug‘ilganda organizmda virusning yashirin holatda mavjudligi haqida gumon qilish mumkin. Tashxis qo‘yish laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.

Yuqorida keltirilgan jarayonlarning yig‘indisi jigar ichida rivojlanadigan xolestazga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, surunkali kechadigan SMVli gepatitda o‘t suyuqligining dimlanishi (xolestaz) belgilari (sariqlik, qichishish) asosiy rol o‘ynaydi.

Xastalikni davolashda hozircha virusga qarshi yuqori samarali dori yo‘q. Bugungi kunda unga qarshi istiqbolli kimyoviy dori vositalarni ishlab chiqarish va klinik sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Gerpetik infeksiya

Bu qator kasalliklar guruhini o‘z ichiga oladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra oddiy gerpes virusi qo‘zg‘atadigan kasallik virusli infeksiyalar sabab bo‘ladigan o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki uning antigenlari 80-90 foiz antitelolar esa deyarli 100 foiz katta yoshdagi kishilarda aniqlanadi. Ulardan 10-20 foizigina kasallikning klinik belgilari bilan kechadi.

Hozirgi vaqtda fanda 90 ga yaqin gerpes viruslariga ta’rif berilgan: ulardan beshtasi odamdan ajratib olingan. Oddiy gerpes virusi 1 (HSV-1), oddiy gerpes virusi 2 (HSV-2), sitomegalovirus (CMV), suvchechak virusi / suvli temiratki virusi (VZV) va Epshteyn-Barr virusi (EBV)dir.

Kasallikning yashirin davri 2 kundan 12 kungacha (ko‘pincha 4 kun) davom etadi. Gerpetik toshma odatda og‘iz bo‘shlig‘i atrofida, lablarda, burun qanotlarida uchraydi. Bemorlar zararlangan teri sohasining achishishi va terining qichishishidan shikoyat qiladi. Gerpes virusining herpes gladiatorum shakli terining katta sohasini zararlaydi. Toshma joyida qichishish, achishish va og‘riq paydo bo‘ladi. Keng tarqalgan toshmalar kuzatilganda tana haroratining ko‘tarilishi (38-39°S gacha) hamda holsizlik va mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Toshmalar asosan yuz terisida, qo‘llarda va tanada uchraydi. Limfa tugunlari kattalashadi va ular paypaslaganda og‘riq seziladi.

Genital (jinsiy a’zolar atrofidagi) gerpes homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi. Ko‘zning gerpetik infeksiya ta’sirida zararlanishi ko‘pincha 20-40 yoshlardagi bemorlarda ko‘proq uchraydi. Bu holat insonning ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gerpetik infeksiya AQSHda virusli ensefalitlarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir (20 foiz ensefalitlarning sababi gerpetik infeksiyadir).

Gerpetik infeksiyaning visseral (ichki a’zolarga tegishli) shakllari ko‘pincha o‘tkir pnevmoniya va gepatit ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga qizilo‘ngachning shilliq qavatlari zararlanadi. Gerpetik pnevmoniya (zotiljam) virusning traxeya va bronxlardan o‘pka to‘qimasiga tarqalishi tufayli vujudga keladi. Gerpetik gepatit immun tizimining faoliyati pasaygan kishilarda ko‘p uchraydi. Bunda tana harorati ko‘tariladi, teri va shilliq qavatlarda sariqlik paydo bo‘ladi. Tarqalgan gerpetik infeksiya teri va shilliq qavatlarning zararlanishi, gerpetik ensefalit yoki meningoensefalit, gepatit, ayrim hollarda esa pnevmoniya rivojlanishi bilan kechadi. Bugungi kunda gerpesga qarshi maxsus dorilar qo‘llanilmoqda.

Boshqa infeksiyalar

TORCH tushunchasiga kiradigan infeksiyalarga har xil kasalliklar kiradi. Ular asosan homilaga juda jiddiy zarar yetkazish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mazkur guruhga kiritilgan. Hozirgi paytda other tushunchasiga quyidagi infeksiyalar kiritilgan: xlamidioz, mikoplazmoz va boshqalar.

Xlamidiozlar xlamidiy guruhiga mansub mikroblar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklardir. Inson uchun uch turdagi xlamidiylar xavfli hisoblanadi: Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae va Chlamydia psittaci. Xlamidiozlar jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, pnevmoniya, faringit va boshqa kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Xlamidiya traxomatis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan biridir. Peshob yo‘llari a’zolarining xlamidiyali infeksiyalari urogenital xlamidioz deb nomlanadi. Erkaklarda Chlamydia trachomatis prostatit, uretrit, ayollarda esa kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi. Bundan tashqari ikki jins vakillarida ham bu turdagi xlamidiyalar artritlar (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi)ni keltirib chiqarishi mumkin.

Mikoplazmoz – bu mikoplazmalar – bakteriyalar, zamburug‘lar yoki viruslar oralig‘ida joylashgan mikroblar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yoki surunkali yuqumli kasallikdir. Inson organizmida 14 turdagi mikoplazmalar bo‘lishi mumkin. Jami uch turdagi – Mycoplasma hominis va Mycoplasma genitalium (jinsiy va peshob yo‘llari kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari) va mycoplasma pneumoniae – nafas yo‘llari infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari inson organizmida kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlarda uchraydigan mikoplazmoz – og‘ir kasallik bo‘lib, homilaning chala tushishi yoki homiladorlikning cho‘zilishi, hamda tug‘ruqdan keyin bachadon yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, TORCH guruhiga kiritilgan kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika o‘tkazish – xastaliklarning turli asoratlarini oldini olishda samarali va muhim tadbirlardandir.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Skrining markazlar vazifalari nimalardan iborat?

© Allabergan BAYJANOV,
Samarqand viloyati klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori.

Nargiza YARMUXAMЕDOVA,
tibbiyot fanlari nomzodi.

"Sog‘lom avlod" gazetasi.
Soglom.uz

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ico
Homiladorlikda semizlik - sabablari, belgilari, asoratlari va davolash usullari

Homiladorlikda ortiqcha vazn - homiladorlik vaqtida teri osti yogʻ qavati va turli aʼzolarda yogʻ kletchatkasining ortiqcha toʻplanishi, hamda bu jarayonning homiladorlik kechishiga taʼsir etishi bilan namoyon boʻluvchi holat. Ushbu holat semizlik, yogʻ burmalarining tananing koʻrinarli sohalarida paydo boʻlishi, jismoniy harakatlar bajarishga chidamsizlik, harakatning cheklanishi va hansirash kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi. Ortiqcha vazn tashxisi TVI (tana vazn indeksi) ga asoslanib qoʻyiladi. Davo chora tadbirlarida ovqatlanish ratsionini toʻgʻrilash, jismoniy faol boʻlish va homiladorlik toksikozlarining oldini olishga qaratiladi.

homiladorlikda semizlik

Semizlik - yogʻ almashinuvi bilan bogʻliq boʻlgan patologiya, ayollar orasida eng koʻp tarqalgan holatlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda bu muammo kun sayin ortib bormoqda. Akusherlik va ginekologiya sohasida ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchi ayollar 15,5-26,9 % holatlarda qayd etiladi. Ushbu patologiyaning dolzarbligi shundaki, ortiqcha tana vazni homilador ayollarda turli toksikozlarga va perinatal oʻlim holatining koʻp qayd etilishiga olib kelishi bilan bogʻliq.

Homiladorlikda semizlik sabablari

Homiladorlik vaqtida, umuman har qanday holatda ham ortiqcha vazn toʻplanishi energetik disbalans bilan bogʻliq, yaʼni qabul qilinadigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoridan koʻp boʻlishi. Semizlik 95 % holatlarda notoʻgʻri ovqatlanish, kaloriyaga boy boʻlgan mahsulotlar, tarkibida glyukoza koʻp boʻlgan mahsulotlar va kamharakatlilik natijasida rivojlanadi. Ortiqcha tana vazni toʻplanishida nasliy moyillik ham katta rol oʻynaydi. 5 % hollarda esa endokrin kasalliklar tufayli tana vazni ortishi ham mumkin, bundan tashqari tugʻma fermentopatiyalar, yogʻ almashinuvining tugʻma buzilishi, MNT dagi patologiyalar, buyrak usti bezi kasalliklari, gipotireoz holatlari ham semizlikka olib keladi. Homiladorlik vaqtida esa bir qator omillar ayol kishida vazn ortib ketishida ahamiyatga ega:

Gormonal disbalans. Homiladorlikni ragʻbatlantirish va homilani saqlab qolish uchun ayol organizmida esterogenprogesteronprolaktin kabi gormonlar ajralib chiqishi koʻpayadi, bu gormonlar esa lipogenez jarayonini kuchaytirib yuboradi. Ortiqcha yogʻ toʻplanishi toʻqimalarning insulinga sezuvchanligi yoʻqolganda ham roʻy beradi, qonda insulin miqdorining oshishi ishtaha ochilishi va koʻproq ovqat isteʼmol qilishga sabab boʻladi.

Kamharakatlilik. Homiladorlik vaqtida ayol kishiga ortiqcha zoʻriqish tushganligi sababli charchash va holsizlik belgilari yuzaga chiqadi. Jarayon toksikoz, kamqonlik kabi kasalliklar bilan birga kelsa yanada kuchli namoyon boʻladi. Homiladorlikni “kasallik” kabi qabul qiluvchi ayollar harakatlarini cheklaydilar va toʻplangan energiyani kam sarflaydi.

Homiladorlikda semizlik yuzaga kelishiga yoki tana vaznining ortishiga yana bir sabab umumiy aylanib yuruvchi qon hajmining ortishi, yoʻldosh hosil boʻlishi, amnion pardalari shakllanishi, homilaning oʻsishi, homila ichi suyuqligi hamda organizmda ortiqcha suv toʻplanishidir. Chin semizlik yaʼni qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolarda yuzaga chiquvchi ortiqcha yogʻ toʻplanishi ham homiladorlik vaqtida hamda undan keyin ham rivojlanishi mumkin.

Homiladorlikda ortiqcha vazn shakllanishi

Ortiqcha yogʻ toʻplanishida – adipotsitlar (yogʻ hujayralari) da ortiqcha energiya toʻplanishi natijasida lipogenez jarayonining kuchayishi yotadi. Energetik disbalans ortiqcha ovqatlanish hamda kamharakatlilik natijasida rivojlanadi. Ortiqcha kaloriyali ozuqa mahsulotlarini koʻp isteʼmol qilish ishtaha gipotalamik markazi funksiyasi buzilishiga olib keladi, natijada ayol kishi ortiqcha miqdorda ovqat isteʼmol qilishga odatlanib qoladi. Kam holatlarda ishtahaning neyrogumoral buzilishiga sabab yalligʻlanish jarayonlari (meningit, ensefalit) yoki bosh miya jarohatlari boʻlishi mumkin. Homiladorlik vaqtida ishtahaning ochilishi grelin moddasining fiziologik gipersekretsiyasi ham sabab boʻladi.

Bundan tashqari homiladorlik vaqtida tabiiy ravishda teri osti yogʻ qavatida koʻplab yogʻ toʻplanadi, bunga sabab homila va ayol organizmi energetik zahirasini toʻldirib turishdir. Gormonal disbalans natijasida yogʻlarning hujayralarda toʻplanishi va ularni hujayralardan sarflanib ketmasligini taʼminlab turadi. Homiladorlik vaqtida yuz barobar miqdorda oshuvchi esterogen gormoni lipoproteinlipaza fermentini aktivlashtirib yuboradi, bu ferment son va dumba sohasida yogʻlarning sarflanishiga olib keladi. Bir vaqtning oʻzida progesteron gormoni miqdorining oshishi lipoliz jarayonini sekinlashtiradi.

Semizlik turlari

Semizlikni tasniflashda mutaxassislar quyidagi holatlarga eʼtibor qaratadilar: ovqatlanish tartibi, metobolik oʻzgarishlar bor yoki yoʻqligi, yogʻ toʻplangan tananing sohalari, normal tana vazni va ortiqcha massa nisbati. Homiladorlik vaqtida ortiqcha tana vazni asosan alimentar hamda ayol kishining oʻziga xosligi, kam holatlarda esa ikkilamchi belgi sifatida yuzaga chiqadi. Yogʻlarning tananing qaysi sohasida toʻplanishiga qarab – ginoid (pastki qismlar), android (yuqori qismlar) va aralash tiplari farqlanadi. Homiladorlik kechishi va homilaning ahvolini baholashda tana vaznining ortishi homiladorlik roʻy berishidan avvalgi ayol tana vazni bilan solishtirib koʻriladi.

Semizlikdan oldingi holat

Tana vazni normal vaznga nisbatan 10 % ga ortadi. Homiladorlikda asoratlar shakllanish ehtimoli yuqori.

I daraja

Tana vazni normadan 10-29 % ga oshadi. Homiladorlik asoratlari 25-40 % ayollarda kuzatiladi.

II daraja

Tana vazni normadan 30-49 % ga oshadi. Tugʻruq bilan bogʻliq va jinsiy aʼzolar funksiyasi buzilishi 70-80 % ayollarda kuzatilishi mumkin.

III daraja

Tana vazni normadan 50-99 % ga oshadi. Homiladorlik asoratlari 97-99 % holatlarda kuzatiladi.

IV daraja

Tana vazni 100 % ga ortadi hatto undan ham koʻproq ortishi mumkin. Homiladorlik kam holatlarda roʻy beradi va asoratlar bilan kechadi.

Homiladorlikda semizlik belgilari

Semizlikning klinik belgilari uning darajasiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq. Kasallikning boshlanish davrlarida ayol kishi holsizlik, tez charchab qolish, koʻp terlash va hansirash kabi belgilar bezovta qilishi mumkin. Odatda bu kabi ayollar ich qotishidan ham aziyat chekadilar. Tashqi koʻrinishdan son, dumba, qorin, koʻkrak qafasi, bel sohasi, bel, boʻyin va iyak sohalarida ortiqcha yogʻ toʻlanganlik belgilari koʻzga tashlanadi. Koʻkrak sut bezi nafaqat homiladorlikda proliferatsiya hisobiga balki yogʻ toʻqimasi hisobiga ham kattalashadi. Kasallikning III-IV darajalarida ortiqcha yogʻ burmalar koʻrinishida toʻplanadi, hansirash belgilari kuchayadi, harakatlanish cheklanadi, tananing periferik qismlarida shishlar kuzatilishi mumkin. Koʻpincha ayollar bel sohasidagi, chanoq sohasidagi va tizza boʻgʻimidagi ogʻriqlarga shikoyat qiladilar.

Asoratlari

Homiladorlik vaqtida ortiqcha vazn va buning natijasida rivojlanadigan asoratlar orasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik bor. Homiladorlik vaqtida asoratlar rivojlanishi 45-85 % bemorlarda semizlik natijasida rivojlanishi mumkin. Ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchi ayollarda toksikozlar rivojlanishi 3 marotaba yuqori boʻladi. Bunday ayollarda keyinchalik yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish ehtimoli 7 barobar ortib ketadi.

Tana vazni indeksi 30,0 ga 60,0 % boʻlgan homilador ayollardan anensefaliya va 40 % da umurtqa pogʻonasidagi tugʻma egriliklar bilan farzand dunyoga keltiradilar. Bu kabi anomaliyalar android tipidagi semizlikdan aziyat chekuvchi ayollardan tugʻiladigan farzandlarda 1,8-2,5 barobar yuqori boʻladi. Tabiiy abort va homila tushishi ehtimoli 25-37 % ga oshadi. Fetoplasentar yetishmovchilik 38 % holatlarda qayt etiladi, homilaning surunkali gipoksiyasi 25-34 % holatlarda, homilaning normadan past vazn bilan dunyoga kelishi 18 % holatlarda va makrosomiya holati esa 20-44 % holatlarda qayd etiladi. Tana vazn indeksi 3 ga teng va undan ortiq boʻlganda homilaning antenatal nobud boʻlish xavfi 63 % ga ortib ketadi.

Muddatidan avval tugʻruq roʻy berishi 5-12,5 %, muddatidan kech tugʻruq roʻy berishi esa 10-15 % holatlarda kuzatiladi. 40-65 % homilador ayollarda tugʻruq vaqtida mushaklar kuchsizligi va bachadon mushaklarining notoʻgʻri qisqarishi roʻy beradi. Operativ yoʻl bilan farzand dunyoga keltirish holatlarda semiz ayollarda normal tana vazniga ega ayollarga qaraganda 2-4 barobar koʻproq kuzatiladi. Ularning koʻpchiligida tugʻruqdan keyingi endometrit shakllanadi.

Ortiqcha tana vazniga ega ayollarning deyarli yarmidan koʻpida homiladorlik vaqtida boshqa patologik jarayonlar ham rivojlanadi, masalan infeskion kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas aʼzolari kasalliklari, ayniqsa hazm qilish aʼzolarida turli muammolar kelib chiqadi. Ortiqcha tana vaznidan aziyat chekuvchi ayollarda rivojlanadigan asoratlarning orasida eng xavflisi qandli diabet hisoblanadi.

Homiladorlikda ortiqcha vazn diagnostikasi

Kasallik diagnostikasida semizlik darajasi, bu holatga olib keluvchi sababni aniqlash hamda oʻz vaqtida davo choralarini qoʻllash chora tadbirlari olib boriladi. Diagnostikada bemorlarni fizikal tekshiruvi, laborator va instrumental maʼlumotlarga asoslanadi. Asosiy tekshiruv usullari quyidagilar:

Tana vazni indeksini tekshirish

Semizlikda tana vaznining boʻy uzunligiga nisbati 25,0-29,9 ga teng boʻladi. I daraja semizlikda 30,0-34,9 ga teng, II darajali semizlikda 35,0-39,9 ga, III va IV darajali semizlikda esa 40 va undan ortiq boʻladi.

Tana vazni oshishini nazorat qilish

Semizlik rivojlanib borayotganligini tana vaznini doimo nazorat qilib borish yoʻli bilan aniqlash mumkin. Homiladorlikning soʻngida ayol tana vazni 11,5-16,0 kg.ga ortishi kerak, semizlikning ilk bosqichida esa homilador ayol tana vazni homiladorlikdan avvalgi vaznidan 7-11,5 kg.ga, semizlikda esa 5-9 kg ortadi.

Homiladorlikda vaznning haftalik ortishi (avval vazni me’yorida bo‘lgan ayollar uchun. TVI = 19,8 – 26,0)

Homiladorlik haftasi O‘rtacha vazn qo‘shilishi (kg)
2 hafta 0,5 kg
4 hafta 0,7 kg
6 hafta 1 kg
8 hafta 1,2 kg
10 hafta 1,3 kg
14 hafta 1,9 kg
16 hafta 2,3 kg
18 hafta 3,6 kg
20 hafta 4,8 kg
22 hafta 5,7 kg
24 hafta 6,4 kg
26 hafta 7,7 kg
28 hafta 8,2 kg
30 hafta 9,1 kg
32 hafta 10 kg
34 hafta 10,9 kg
38 hafta 12,7 kg
40 hafta 13,6 kg

Homilador ayolning vazn qo‘shishi ayolning vazni va tana uzunligiga bog‘liq (TVI). Biz yuqoridagi jadvalda faqat tana vazni indeksi me’yoriy bo‘lgan ayollar uchun ma’lumot keltirib o‘tdik. Agar siz uzunligingiz va vazningizga bog‘liq bo‘lgan holatdagi aniq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz MANA BU kalkulyator sizga yordam berishi mumkin.

[box type="warning" align="" class="" width=""]Semizlik darajasini baholayotganda ayol kishi tana tuzilishiga eʼtibor qaratish lozim, yaʼni ayolning boʻy uzunligi, yoshi, homila soniga eʼtibor qaratish lozim.[/box]

Turli aʼzolar tizimidagi oʻzgarishlarni aniqlash maqsadida arterial qon bosimini nazorat qilish, qonning biokimyoviy tekshiruvi (glyukozga boʻlgan tolerantlik, lipid almashinuvini tekshirish, jigar fermentlari). Umumiy siydik tahlili, EKG, ExoKG, jigar UTT (UZI) oʻtkaziladi. Koʻrsatma boʻyicha endokrinolog, gastroenterologgepatolog, kardiolog, nevropatolog, urolog tavsiyalari ham kerak boʻladi.

Homiladorlikda semizlikning davosi

Ortiqcha tana vazniga ega boʻlgan homilador ayollarni davolash asosan energetik balansni tiklash va asoratlar rivojlanishining oldini olishga qaratiladi. Ozish uchun medikomentoz va operativ davo oʻtkazish mutlaqo mumkin emas, och qolish esa tavsiya etilmaydi, och qolish natijasida qonda keton tanachalari miqdori oshib ketadi va bu homilaga salbiy taʼsir etishi mumkin. Tana vaznini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

Ovqatlanish tartibini korreksiya qilish. Semizlikdan qutilishning eng qulay va xavfsiz usuli malakali diyetolog yordamida ovqat ratsionini tuzish va unga amal qilishdir. Ortiqcha yogʻ va zararli uglevodlar isteʼmolini kamaytirish, ovqat ratsionida oqsil va kletchatkaga boy boʻlgan meva-sabzavotlar isteʼmolini koʻpaytirish kerak. Kun davomida kam kamdan tez-tez ovqatlanish tartibiga oʻtish kerak, yaʼni bir kunda 5-6 martagacha ovqatlanish, har bir ovqatlanish vaqtida toʻyib qolmaslikka harakat qilish kerak.

Homiladorlikda ortiqcha vazn

Jismoniy harakatni koʻpaytirish. Organizmda toʻplanadigan ortiqcha energiyani sarflash maqsadida homilador ayollar uchun maxsus badantarbiya mashqalarigimnastika mashqlar, kun davomida kamida 30 daqiqa sayr qilish zarur. Organizm uchun foydali boʻlgan yogaakvaaerobika, nafas mashqlari, moddalar almashinuvini tezlashtirish usullari – bidifleksoksisayz muolajalarini mutaxassis yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi.

Ortiqcha tana vazni hisobiga kelib chiqadigan asoratlarni bartaraf etish etishda medikomentoz davo muolajalariga murojaat etiladi. Semizlikning darajasiga qarab tabiiy tugʻish, agar semizlik IV darajada boʻlsa homilador ayolning umumiy ahvolidan kelib chiqib kesarcha kesish usuli oʻtkazilishi mumkin.

Semizlik profilaktikasi

Homiladorlik kechishi va tugʻruq jarayoni semizlikning darajasiga bogʻliq boʻladi. Xavf guruhidagi ayollar III darajali semizlikdan aziyat chekuvchlilardir, IV darajali semizlikda ayollar homilador boʻlish va tugʻish ehtimoli ancha past boʻladi. Homiladorlikda semizlik natijasida rivojlanuvchi asoratlar profilaktikasiga homiladorlikni rejalashtirish vaqtida tana vaznini normal holatga keltirish, jinsiy aʼzolarda rivojlanuvchi kasalliklarni bartaraf etish, akusher-ginekolog bilan maslahatlashish lozim.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.