Qon bosimi

MAQOLALAR

ico
Past qon bosimi bilan kurashish uchun tavsiyalar

Tibbiyot nuqtai nazaridan, insonlarda yuqori va past qon bosimi kuzatiladi. Gipotoniya — ko‘pincha past qon bosimi kuzatiladigan kasallik.

gipotoniya

Biz har kuni o‘zimizni tetik his qilish uchun qahva ichishga odatlanganmiz. Biroq bu kasallikni birgina qahva bilan davolab bo‘lmaydi. Gipotoniyaning klinik ko‘rinishi asosan charchoq hissi, ishlash samaradorligining pasayishi, bosh og‘rig‘i, lanjlik, o‘rindan turganda ko‘z oldining qorong‘ulashishi, uyqu kelishi, ba’zan esa hatto bosh aylanishi bilan kuzatiladi.

Gipotoniya — jiddiy kasallik va bu yerda o‘zboshimchalik bilan davolanib bo‘lmaydi. Murojaat qilinishi kerak bo‘lgan shifokor - kardiolog, u to‘liq tekshiruv o‘tkazib, sababini aniqlaydi va sizning kasalliklar tarixingizdan kelib chiqib, zarur dori vositalarini belgilaydi.

Past qon bosimi bilan kurashish

Past qon bosimi bilan kurashishning bir necha varianti mavjud:

Suv

Gipotoniklar kuniga odatdagidan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishi kerak. Bu ularga qon bosimni me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

Uyqu

Gipotoniklar 9-10 soat uxlashi kerak. Bu vaqt ularga kun davomida sarflagan kuchlarini qayta tiklashga yordam beradi.

Faol hordiq va piyoda sayr qilish

Harakat — bu hayot. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullaning. Eng yaxshi dori - piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar. Bizning barcha harakatlarimiz qon aylanishini yaxshilaydi, u tomirlar bo‘ylab harakatlanib, tanadagi barcha organlarni ishlashga majbur qiladi va natijada umumiy jismoniy holat yaxshilanadi.

Dush

Kontrast dush juda foydali, chunki u qon tomirlar holatini yaxshilaydi. Sovuq suv quyish, sauna, uqalash va h.k. Biroq shuni yodda tutish lozimki, harorat rejimini keskin o‘zgartirish (sovuqdan issiqqa chiqish) mumkin emas. Bu hatto hushni yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.

Ehtiyotkorlik

Past qon bosimi kuzatiladigan kishilar o‘rinlaridan keskin turishlari tavsiya etilmaydi. Keskin qo‘zg‘alish natijasida gipotonik hushini yo‘qotishi mumkin.

Uqalash

Su Jok terapiyaga ko‘ra, quloqlar organizmning eng ta’sirchan nuqtalaridan biridir. Uqalash mashqlarini qo‘lda yoki biror ingichka predmet, masalan, gugurt cho‘pida amalga oshirish mumkin. Gugurt cho‘pi yordamida qulog‘ingizdagi eng og‘riqli nuqtani topib, o‘zingizni yaxshi his qilmaguningizcha uqalayvering. Avval og‘riqli nuqta atrofini (20 soniyacha), keyin esa og‘riqli nuqtalarni bosib uqalanadi.

Bosim kuchi va chastotasini, shuningdek ta’sir nuqtalarini o‘zgartirib turing, ora-orada tanaffus qiling. Agar bosh aylanishi, kuchsizlanish yoki boshqa belgilar namoyon bo‘la boshlasa, uqalash mashqlarini to‘xtating. Qo‘l va oyoqlaringizdagi barmoqlar uchlarini uqalang, ular deyarli butun tana a’zolariga ta’sir o‘tkazadi.

Agar gipotoniyadan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, unutmang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda. O‘zingizga qanday munosabatda bo‘lsangiz, shunday his qilasiz. Shunday ekan, sog‘liq borasida qayg‘urishni orqaga surmang. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling va salomat bo‘ling!

Gipotoniya kasalligini bartaraf qilishda tavsiya etiladigan tabiiy retseptlarni haqida MANA BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

© Kristina Smirnova.
Orthodox.od.ua / Kun.uz

ico
Qon bosimini to‘g‘ri o‘lchashni bilasizmi?

Arterial qon bosimini o‘lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar yordamida. Biroq bu ish e’tiborsizlik bilan amalga oshirilsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi.

Qanday qurilmadan foydalangan ma’qul?

Qon bosimini mustaqil o‘lchash uchun avtomat tonometr (qon bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan jihoz) xarid qilgan ma’qul, chunki stetoskopdan yolg‘iz foydalanish biroz noqulay, natijalar noto‘g‘ri chiqish ehtimoli yuqori.

Shuningdek, ba’zi avtomat tonometrlar ham noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatishi mumkin.

Yodingizda bo‘lsin, noto‘g‘ri tanlangan manjeta o‘lchami qon bosimini o‘lchashdagi natijalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun xarid oldidan tonometr o‘raladigan qo‘l qismini o‘lchab oling.

Qurilma ko‘rsatmada yanglishmasligi uchun tonometrlarni dorixonalardan yoki maxsus do‘konlardan xarid qiling va bu borada haddan tashqari tejamkorlikka yo‘l qo‘ymang. Foydalanishdan avval albatta qo‘llanmasini o‘qib chiqing va batareyalarni o‘z vaqtida almashtirishni unutmang.

Qon bosimini qanday o‘lchash kerak?

Shoshmang. 5 daqiqacha tinch sharoitda o‘tiring, biror ish qilganingizdan keyin darhol tonometrga yopishmang. Qon bosimini o‘lchashdan yarim soat oldin chekmang va qahva ichmang.

Stulga qaddingizni tik qilib o‘tiring. Oyoqlaringizni chalishtirmang. Oyoqlar polda shunday turishi kerakki, tizzalar baland ko‘tarilmasligi lozim.

Yengingizni shimaring, yaxshisi - yengi uzun kiyimda bo‘lsangiz, uni yechib qo‘ying, shunda manjetni o‘rashda muammo yuzaga kelmaydi.

Qo‘lingizni shunday joylashtiringki, tonometr manjetasi taxminan yurakning to‘g‘risida bo‘lsin. Ba’zan buning uchun qo‘l ostiga yostiqcha qo‘ygan ma’qul.

Manjetani to‘g‘ri o‘rang. Uning pastki tomoni tirsakdan 2-2,5 sm yuqorida bo‘lishi kerak.

Manjetani shunday o‘rangki, u bilan qo‘lingiz orasiga 1-2 barmoq sig‘adigan bo‘lsin. Tonometr pulsni qayd etishi uchun rezina naychalar tirsakning ichki tomoniga qarashi kerak.

Tonometrning barcha naychalari tekis bo‘lsin, chigallashib yoki tugun bo‘lib qolmasin. Bu qiyin emas, mana bunday holatda o‘tirish kerak:

Tonometr manjetani havoga to‘ldirishi uchun dasturni ishga tushiring yoki uni mustaqil harakatga keltiring (bu qanday modelni xarid qilganingizga bog‘liq). Qurilma havoni qo‘yib yuborishini kuting yoki klapanni ochib, havoni o‘zingiz qo‘yib yuboring.

Tonometr ko‘rsatkichlarini yozib olib, ikki daqiqadan keyin boshqa qo‘lingizda ham qon bosimingizni o‘lchab ko‘ring.

Qanday qilib qon bosimini stetoskopda o‘lchash mumkin?

Insonning yurak urishini eshitish uslubi biroz tajriba va ko‘nikma talab qiladi. Birinchi marta yurak urishini eshitish va bir vaqtning o‘zida tonometr nishoni ishorasini qayd etish qiyin, albatta. Insonning o‘z qon bosimini o‘lchash esa undan-da qiyin. Shu bois agar stetofonendoskopdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval mashq qilib oling.

1. Inson xuddi avtomat tonometrda o‘lchagandek qaddini tik qilib o‘tirishi kerak, manjeta ham o‘sha joyga o‘raladi.

2. Stetofonendoskop membranasini tirsak chuqurchasi yaqiniga yoki undan yuqoriroqqa, puls yaxshiroq eshitiladigan joyga joylash va biroz chiqish kerak.

3. Manjetani o‘rab, tonometr o‘qiga qarab, pulsni eshiting. Bir fursat puls yo‘qoladi - yurak urishi eshitilmay qoladi. Shundan keyin manjetani tonometr o‘qi yana 20-30 mm'ga ko‘tariladigan qilib shishirish kerak.

4. Tonometr o‘qi sekin pastlashi uchun qurilma ventilini biroz bo‘shashtiring. Sekin deganda soniyasiga 2-3 mm pastlashi tushuniladi.

5. Stetofonendoskopda yana yurak urishi paydo bo‘lishini diqqat bilan eshiting. Ayni shu lahza tonometr o‘qi ko‘rsatgan sonni eslab qoling. Bu sistolik, ya’ni “yuqori” qon bosimi.

6. Keyin yana tovush yo‘qolishini kuting. Tonometr o‘qining shu vaqtda ko‘rsatgan belgisi - diastolik, ya’ni “quyi” qon bosimi hisoblanadi.

140/90dan baland qon bosimi - yuqori, 90/60dan past bo‘lgan qon bosimi - past. Siz uchun qaysi ko‘rsatkich me’yor ekanini aniqlash uchun har kuni bir vaqtda qon bosimingizni o‘lchang va ko‘rsatkichlarni yozib boring. Shundagina qon bosimingizda muammolar bor yoki yo‘qligini bilishga muvaffaq bo‘lasiz.

Ushbu maqolani ham o‘qing:Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko‘rsatish

© Kun.uz / Lifehacker.ru

ico
Arterial bosim

Arterial bosim bu tomirlar devoriga tushadigan qon bosimi bo‘lib, arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, umumiy pereferik tomirlarning nechog‘lik qarshilik ko‘rsatishiga, tomirlar devorining elatikligiga bog‘liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial bosimi farqlanadi.

[caption id="attachment_2458" align="aligncenter" width="500"]Arterial bosim Arterial bosimni o'lchash[/caption]

Sistolik bosim – arterial sistemada chap qorinch sistolasidan keyin payd bo‘ladigan puls to‘lqini maksimal ko‘tariladigan vaqtdagi bosim. Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida, puls to‘lqini tushgan vaqtda yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosim o‘rtasidagi farq puls bosimi deyiladi.

Arterial bosim ma’lum soatlarda, yaxshisi ertalab, tushki ovqatgacha, imkon boricha bir xil hav haroratida o‘lchanadi.

Mavzuga aloqador maqola: Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi

Gripp va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri TeraFludir.

TeraFlu bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,; Yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.https://apteka.uz/product/teraflyu

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo'llaniladigan boshqa preparatlar: GRIPHOT, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.