Tug‘ma yurak nuqsonlari

5
(1)

Tug‘ma yurak nuqsonlari –bu guruhli kasallik bo‘lib, yurakning anatomik yetishmovchiligi (klapan, tomir), onaning qornida kechadigan, yurak ichi va gemodinamikaning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Asosiy belgilari terining oqarishi, ko‘karish belgilari, yurak shovqinlari, rivojlanishdan ortda qolish, nafas va yurak yetishmovchiligi belgilaridir. Agar tug‘ma yurak nuqsoniga shubha bo‘lsa, EKG, FKG, rentgen, ExoKG, yurak kateterizatsiyasi, aortagrafiya, kardiografiya, yurak MRT si o‘tkaziladi. Ko‘p xollarda kardioxirurgik davolash usuli qo‘llaniladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bu – yurak va yirik qon tomirlar kasalligi bo‘lib, qon oqimi o‘zgarishlari, yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarining uchrash ehtimoli tug‘iladigan barcha chaqaloqlarning 0,8 dan 1,2 % ini tashkil qiladi. Tug‘ma yurak nuqsonlari barcha tug‘ma nuqsonlarning 10-30 % ini tashkil etadi. Kardiologiyada ko‘plab uchrovchi yurak nuqsonlariga qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi, (20%), bo‘lmachalararo to‘siq yetishmovchiligi, aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi, Batalov yo‘li yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar tranpozitsiyasi, o‘pka arteriyasining stenozi (10-15 %) kabilar kiradi.

yurak porogi
Foto: lecheniedetej.ru

Tug‘ma yurak nuqsonlari sabablari

Yurak nuqsonlaririning kelib chiqish sabablari xromosoma buzilishlari (5 %), gen mutatsiyasi (2-3%), tashqi muhit ta’siri (1-2 %), poligen faktorlarga moyillik (90%) bo‘lishi mumkin.

Tug‘ma yurak nuqsonalari bir dona genning o‘zgarishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarda tug‘ma yurak nuqsonlari autosoma dominant holatda yuzaga keladi (Marfan sindromi, Xolta-Orama, Kruzona, Nunana va boshqa sindromlar). Autosoma retsessiv holatda esa Karatagenera, Karpenter, Robert, Gurler va sindromlar bilan xarakterlanadi.

Bundan tashqari, tashqi muhit ta’sirlariga homiladorlik paytdagi virus kasalliklari, radiatsiya, dori vositalari, zararli odatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Homila rivojlanishining birinchi uch oyligida yurak tug‘ma nuqsonlarining hosil bo‘lishi ehtimoli yuqoridir.

Ona qornida qizilcha virusi bilan zararlanish, uchta kasallik glaukoma yoki katarakta, karlik, tug‘ma yurak nuqsonlari (Fallo tetradasi, magistral tomirlar transpozitsiyasi, klapan yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi stenozi va b.) olib kelishi mumkin. Yana bosh mikrotsefaliyasini, o‘sish va rivojlanishdan ortda qolish belgilari ham rivojlanishi mumkin. Qizilchadan tashqari tug‘ma yurak nuqsonlarini oddiy gerpes, adenovirus, gepatit, sitomegaliya, mikoplazmoz, toksoplazmoz, listerioz, sifilis, tuberkulyoz kabi infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Stenokardiya nima? uning sababi va davolash

Homila alkogol sindromida qorinchalar va bo‘lmachalar yetishmovchiligi, Battalov yo‘li yetishmovchiligi kelib chiqishi mumkin.

Diabetga chalingan homilador ayollarda yurak tug‘ma nuqsonli farzandlar tug‘ilish xavfi ko‘proq bo‘ladi. Bunda homilada qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi va yirik tomirlar transpozitsiyasi kuzatiladi. Revmatizm bilan kasallangan ayollarda yurak nuqsonli chaqaloqlar tug‘ilishi 25 % ni tashkil etadi. Homilador ayolning yoshi 15-17 yoshdan kichik, 40 yoshdan katta, birinchi uch oylikdagi toksikozlar, endokrin buzilishlar ham yurak tug‘ma nuqsonlariga olib kelishi mumkin.

Yurak tug‘ma nuqsonlari (Yurak poroklari) klassifikatsiyasi

Yurak tug‘ma nuqsonlarining bir necha xil klassifikatsiyalari mavjud. O‘pka qon aylanish doirasiga ta’siri ko‘ra:

  • Kichik qon aylanish doirasidagi o‘zgarish: aorta klapani yetishmovchilishi, aorta stenozi, o‘pka arteriyasi klapan yetishmovchiligi, mitral yetishmovchilik, aorta koarktatsiyasi;
  • Yurak tug‘ma nuqsoni o‘pkadagi qon aylanishining kuchayishi: Ochiq Batalov yo‘li, QATЕ, BATЕ, aorta koarktatsiyasi;
  • Tug‘ma yurak nuqsoni o‘pka qon aylanish tizimi bilan aralashish: Fallo kasalliklari, o‘ng qorincha gipoplaziyasi, Ebshteyn anomaliyasi;
  • Guruhli tug‘ma yurak nuqsonlari: yirik qon tomirlar transpozitsiyasi, Taussig-Binga anomaliyasi.

Yurak poroklarida qon aylanish

Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida kichik qon aylanish doirasida gipervolemiya hisobiga gipertenziya, ko‘k yetishmovchilikda esa kasallarda gipoksemiya kuzatiladi. 50 % bemorlar kardioxirurgik davolash amliyoti o‘tkazilmasa, hayotining birinchi yilidayoq nobud bo‘ladi.

Sianozlik yurak tug‘ma nuqsonida arterial qonning venoz qon bilan aralashishi tufayli katta qon aylanish doirasida zo‘riqish va kichik qon aylanish doirasida gipovolemiya kuzatiladi. Bunda teri va shilliq qavatlar ko‘karishi mumkin. Bunday paytda organizmning kollateral qon tomirlar kompensator tarzda ishga tushadi va bemor hayotini uzoqroq davom etishini ta’minlaydi. Uzoq vaqt zo‘riqish bilan ishlash yurak miokardining o‘zgarib bo‘lmas o‘zgarishlarga olib keladi.

Yurak tug‘ma nuqsonlari belgilari

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda o‘ziga xos belgilar kuzatiladi. Ya’ni ularning yuragida shovqinlar paydo bo‘lishi mumkin, terida ko‘karishlar, rangparlik, kamqonlik, harakatdagi sustkashliklar bezovta qiladi. Bemor bolalar tengdoshlariga nisbatan jisman rivojlanishdan orqada qolishi, shuningdek organizm himoya kuchlari susayib, yuqumli va boshqa kasalliklarga ko‘proq chalinishlari mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi?

Sianozli yurak tug‘ma nuqsonlarida teri va shilliq qavatlarning ko‘karishi kuzatiladi. Ko‘karish kichik zo‘riqishdan so‘ng: sut emganda, yig‘laganda kuchayadi. Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida terida oqarishlar, qo‘l va oyoqlarda haroratning pasayishi kuzatiladi. Yurak tug‘ma nuqsonli bolalar ko‘krakni inkor qilishadi, sut emish davomida charchab qoladi. Ularda terlash, taxikardiya, aritmiya, nafas qisishi, bo‘yin qon tomirlari pulsatsiyasi kuzatiladi. Surunkali qon aylanish buzilishida bola vazn qo‘shish, bo‘y o‘sishi va rivojlanish belgilaridan ortda qoladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarida tug‘ilgandan keyin yurak shovqinlari eshitiladi. Keyinchalik esa yurak yetishmovchiligi kuzatiladi. Yurak tug‘ma nuqsonlari bakterial endokardit, politsitemiya, periferik tomirlar trombozi, bosh miya tomirlari tromboemboliyasi, pnevmoniya, stenokardiya sindromi, miokard infarkti kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.

Yurak tug‘ma nuqsonlarini tashxislash

yurak nuqsonlari
Foto: arabamericannews.com

Bolada vizual ko‘rikda teri qoplamilarida sianoz o‘choqlari taxlil qilinadi. Auskultatsiyada yurak tonlarining o‘zgarishlari o‘rganiladi. Odatda yurak tonlari bilan yurak shovqinlari ham eshitiladi. Instrumental tekshiruv usullaridan – elektrokardiografiya, FKG, ExoKG lar o‘tkaziladi.

EKG da yurakning turli qismlari gipertrofiyasi, yurak joylashuvi, aritmiya kabilarga tashxis qo‘yish mumkin. FKG yordamida yurak tonlari va shovqinlarining xarakterli belgilar o‘rganiladi. Rentgeografiyada kichik qon aylanish doirasi, yurak joylashuvi, o‘lchami, shakli, o‘pka, plevra, umurtqalar o‘zgarishlari tashxislanadi. ExoKG tekshiruv usulida yurak devorlari va klapanlar yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar joylashuvchi, yurak miokardining qisqaruvchanlik xususiyatlari baholanadi.

Yurak tug‘ma nuqsonlarini davolash

Hozirgi kunda bolalar kardiologiyasining asosiy muammolaridan bir bu tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotining birinchi yilida operativ davolash usuli hisoblanadi. Ko‘plab operatsiyalar sianozli yurak tug‘ma nuqsonlari uchun olib boriladi. Har bir yurak tug‘ma nuqsoni holatiga ko‘ra davolanadi. QATЕ, BATЕ kabilar plastika yo‘li bilan operativ muolaja o‘tkaziladi. Aortal yetishmovchiliklarda esa, masalan, aorta kaorktatsiyasida ballonli kengaytirish, aorta stenozida plastika muolajalari o‘tkaziladi. Ochiq Batalov yo‘lida bu yo‘lni bog‘lash operatsiyasi o‘tkaziladi. Agar radikal operatsiya o‘tkazish imkoni bo‘lmasa Fonten, Senning, Mastarad operatsiyalari qo‘llaniladi.

© Krasotaimedicina.ruAvitsenna.uz


Foydali maslahatlar

Bugungi kunda tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash, oldini olishga qaratilgan tadbirlar mavjud bo‘lib, bu sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va kasallikni belgilariga qarab davolashdan iborat. Jarrohlik yo‘li bilan davolash zaruriyati tug‘ilganda, ko‘pincha tug‘ma yurak nuqsonlari bilan kasallangan bolalar 3-10 yoshligida operatsiya qilinadilar.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qon bosimi oshishi nimasi bilan xavfli?

To‘laqonli parvarish qilish orqali kasallik asoratsiz kechishiga erishish mumkin. Ularni tez-tez shamollaydigan kishilardan uzoqda tutish, har qanday nafas yo‘llari infeksiyalariga chalinsa, zudlik bilan davolash kerak.

Bola ovqatlanishiga alohida e’tibor berish va jismoniy faoliyatini boshqarish muhim o‘rin tutadi. Bemor bolaning tana harorati ko‘tarilganda to‘shakka yotqizish bilan birga vrach tavsiyasiga binoan antibiotikli muolaja qilish, shuningdek issiq oylarda va tana harorati ko‘tarilganda bola organizmi suvsizlanmasligi uchun ko‘krak yoshidagilar 800-1000 ml, undan kattalar 1500-2000 ml suyuqlik ichishlarini nazorat qilish lozim.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarga jismoniy faollikni birmuncha kamaytirgan ma’qul. Shuningdek, har bir bemorni qon aylanishini buzilishiga olib keladigan jismoniy va aqliy toliqishdan asrash, qon tomirlarini chiniqtirishga ko‘maklashadigan yengil jismoniy ishlar bajarishga imkon yaratish kerak.

Foto: Depositphotos.com

Yurak nuqsonlari bilan kasallangan ayollarga farzand ko‘rish hamma vaqt ham tavsiya etilavermaydi, chunki homiladorlik davrida qorinda rivojlanayotgan bolaning kislorodga bo‘lgan talabchanligi oshadi, bu esa yurak faoliyatini yanada qiyinlashtiradi. Har qanday yurak qopqoqlari nuqsonlarida homiladorlikni sakkizinchi haftagacha albatta to‘xtatish talab etiladi.

Sog‘lom farzand ko‘rish uchun avvalo ayollarning o‘zlari sog‘lom bo‘lishlari, spirtli ichimlik ichish va tamaki chekishdan voz kechib, qandli diabet kabi og‘ir xastaliklardan saqlanishlari, yaqin qarindoshlik nikohlariga yo‘l qo‘ymaslik, xomiladorlikning dastlabki uch oyida esa virusli infeksiyalarga chalinmasliklari lozim.

Yurak nuqsonlari rivojlanishining oldini olishda revmatizm, ateroskleroz, zahm kabi kasalliklarga qarshi kurashish, shuningdek burun-og‘iz bo‘shliqlarini sog‘lomlashtirish, surunkali tonzillit va kasallangan tishlarni davolash ham muhim ahamiyatga ega.

Yurak qopqoqlari (klapanlari) va ularning yo‘llaridagi to‘qimalarda salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lganda, yurakda qon aylanishi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Bemorni infeksiyalardan, ayniqsa revmatizm qaytalanishidan asrash, burun-tomoq yo‘llaridagi, og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiya o‘choqlarini aniqlab, o‘z vaqtida davolash tadbirlarini o‘tkazish muhim hisoblanadi.

 Sag‘dulla IBODOV, tibbiyot fanlari nomzodi.
 «Sihat-salomatlik» jurnali.

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho 5 / 5. Baholar soni: 1

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

28 ta izoh

  1. assalomu alekum
    farzandim 1yoshu 1oyli bóganida unda 2ta yurak parogi borligini, òng tomonidagi tomiri siqilib yurakga qon yaxshi yetmayotgani un yurakda paydo bòlgan teshik bitilmasdan yana kottalashishi mumkunligini aytishdi..
    yana bu 100 tadan 10 tasida bitib ketishini malum qilishdi..Aytingchi 12mm li teshik juda kottami buni qachon aperatsiya qilish kerak va Hukumat tomonidan qanday yordam osa bòladi..Bolalarim egizak kichigiga tasir qimaganmikin…

    1. Operatsiya qilish muddatini operatsiya o’tqazuvchi kardiolog belgilaydi. Keyingi farzandingizni ham tibbiy tekshiruvdan o’tqazing. Hukumat tomonidan qanday yordamlar olish mumkinligi haqida esa aniq biror ma’lumot aytolmaymiz. Lekin ko’pgina jamoat fondlari ham mavjud, masalan, «Sog’lom avlod uchun» fondi.(Rasmiy sayti: http://sau.uz/ ) Shu va shu kabi fondlarga murojaat qilishingiz mumkin.

  2. Assalomu alaykum savolim shuki og’limi 2 oy oldin yurakgini operatsiya qilgan edik operatsiyadan keying 1 yil ichida kasal qimelar dip aytishti agar bolada kasallik alomati yoki sal sal quruq yutal kuzatilsa buni qanday ta’siri bor bola uchun.

  3. SALOM. SINGLIMNI QIZINI YURAGIDA BOLMACHALAR ORASIDA TESHIK BOR. 1 YOSH BOLDI. VAZNI 5.5KG. 8KG GA YETSAGINA OPERATSIYA QILAMIZ DEYISHDI. OPERATSIYADAN K.N YURAGI KATTALASHGANI SARI TIKILGAN TESHIK QAYTA OCHILIB KETMAYDIMI? keyinchalik tolaqonli soglom bolib ketadimi?

    1. Жарроҳлик муваффақиятли ўтса, ёши ўсган сари аломатлари билинмай кетади.
      Юқоридаги тавсияларни ҳам инобатга олишингизни ва боланинг келгуси ҳаётида шу тавсияларга амал қилиш лозим.

  4. Mening qizim 10 oylik 6ta tishi chiqdi harakati ovqatlanishi yaxshi tugilgandan 5kun o’tib yuragida shovqin borligini aniqlashdi UTT ga tushirsak yurak va o’pka tomirida torayish o’ng bo’lmachasida teshikcha borligi aniqlandi hozirda homiladorman qizimga ta’siri to’qmi

    1. Болангизда аниқланган туғма юрак нуқсонини даволатишингиз керак. Ҳозирги ҳомилангизга эса бунинг алоқаси йўқ, лекин касалликнинг келиб чиқиш сабабига қарайдиган бўлсак: ҳомиладорлар ножўя экологик шароитда яшаши, ҳомиладорлик даврида алкогол ва дориларни қабул қилиш, аёл ёши (35 ёшдан ошган). ҳомиладорликда вирусли инфекция билан касаллнса юрак нуқсонлари келиб чиқиши мумкин. Фарзндингизда нуқсон ривожланишига сабаб бўлган омилни топиб бартаф қилиш керак. Юрак нуқсони ҳомиладорликнинг 2-8 ҳафтасида ривожла бошлайди. Тавсиямиз доимий гинеколог текшитувида бўлиб туринг. Ва гинеколог тавсиясига асосан УТТдан ўтиб ҳолатга аниқлик киритишингиз мумкин.

      Қўшимча, фойдали маълумот учун шуни айтишимиз керакки, фарзандларнинг ораси 2-3 йил бўлиши тиббий нуқтаи назар билан барчага тавсия этилади!

  5. Assalomu alekum. Mening farzandim tugilganiga 4 kun boldi.Shifokorlar yuragida shovqin borligini va oval teshigi hali bitmaganini aytishdi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak.

  6. Вакт утгани сари юракдаги овал тешикни узи битиб кетиши мумкинми?

  7. Men 27yoshdaman yurakgimda teshikcha bor ekan buni qanday davolasa buladi yoki aperatsiya qilish kerakmi parokdi davosi qandayqanday.

  8. Qizim 3 oylik bo’ldi yuragini tekshirtirganimizda yuragi porok deb aytishdi bola ko’karib qoladi hozir kasalxonada bir kunda bir marta kislorod qo’yib turibdi doktorlarning aytishicha yuragi bir bo’lmali ekan buning davosi bormi.

  9. Assalomu alaykum.
    Dadam 77ga kirdilar. Prostata adenomasi bor edi operatsiya qildirmoqchi edim lekin tekshiruvda tug’ma yurak parogi borligi operatsiya qilib bo’lmasligini aytishdi. Endi nima qilsam buladi?

  10. Assalomu aleykum ismim……. uzim Hindistonda uqiyman yoshim 20 da. 8 oy oldin uyimizga kelgan sovchilarning biriga uyimdegila rozilik berishdi, Mening ham qalbimda unga nisbatan tuyg’ular uyg’ondi, Keyinchalik bilsam u tug’ma parog bilan tug’ilgan ekan 9 yil oldin aperatsiya qilishgan, Hozirda ukishi Uzbekistonda men esa indiada. Munosabatlarimizni davom ettirsak oila qurganimizda farzandlarimizga irsiy moyilligi bormi yoki erkak kishi uchun katta irsiylik alomatlari buladimi farzandlarimiz ham tugma parog bilan tugilishi mumkinmi? iltimos electron manzilimga javob yozing.

  11. Assalomu alekum
    Tugma yurak parokli qiz aleratsiya qilindi vaqt otib u homilador boldi
    U farzandini dunyoga keltira oladimi ,farzandini dunyoga keltirishda onani yoji bolani hayotiga ziyon yetmaydimi .
    Ikklasaini hayoti havf ostida qoladimi yoki yoqmi
    Va bu kasallik bolaga ham òtadimu
    Javob u.n oldindan rahmat

  12. Assalomu aleykum bir qizga uylanmoqchi edim juda yaxwi qiz faqat ortirilgan yurak parogi bilan og’rigan ekan o’zimizda va Hindistonda lazerli aperatsiya qilishdi uni qanday maslahat berasizlar oldindan rahmat iloji bolsa shu kasallikdan butunlay sog’ayishni iloji bormi shu haqida batafsil javob bersangiz juda savobga qolardingiz

    1. Bu holatning ham turlari ko’p. Kardiojarroh bilan maslahatlashish lozim. Bemorning holatidan kelib chiqib, tegishli tavsiyalar beriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button