Sistit jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?
Sistit infeksion xastalik emas. U jinsiy yaqinlik vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaydi. Ayrim holatlarda jinsiy aloqadan keyin kasallikning xuruj qilishi nozik a’zolar mikroflorasining buzulishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni jinsiy a’zoda rivojlangan bakteriyalar aloqa vaqtida siydik yo‘liga, tushib sistit kasalligini keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari ayol immun tizimining sustligi, siydik yo‘llarining shamollashi, shaxsiy gigiyenaga amal qilmaslik ham sistitga olib kelishi mumkin. O‘zbilarmonlik bilan turli dori vositalarini qabul qilish yoki oxirigacha davolanmaslik kasallikning qaytalash ehtimolini oshiradi.
Mundarija
Sistit kasalligi belgilari
Surunkali sistit simptomlarsiz yoki qovuqni ta’sirlovchi turli simptomlar bilan kechishi mumkin. Bemorlarda ko‘pincha tez-tez siyish, diuriya va nikturiya kuzatiladi. Siydikning havo aralash chiqishi ichak-qovuq oqmasi yoki gaz hosil qiluvchi infeksiya borligi xaqida o‘ylashga undaydi. Fizikal tekshirganda ko‘p hollarda kasallik belgilari kuzatilmaydi.
Kasallik vaqtida jinsiy aloqada bo‘lish mumkinmi?
Sistit bilan og‘rigan ayollarni kasallik vaqtida turmush o‘rtog‘imga ham yuqishi mumkinmi degan savol o‘ylantiradi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, erkaklar kamdan kam holatlarda sistitga chalinishadi. Bunga esa asosan surunkali prostatit xastaligining zo‘rayishi sabab bo‘ladi.
Kasallik vaqtida jinsiy aloqada bo‘lish tavsiya etilmaydi. Bunday yaqinlikdan keyin siydik qopiga tushayotgan bosim kuchayadi va bemorning holati yomonlashishi kuzatiladi. Hatto davolanishning eng so‘nggi bosqichlarida ham kasallik qaytalashi kuzatilgan.
Sistitni davolash usullari
Surunkali sistitga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash darkor. Davolashning eng muhim jihatlaridan biri, kasallik sabablarini aniqlash va kasallikka olib keluvchi omillarni muvofiq ravishda bartaraf etishdir. Sistitni davolash uzoq vaqt talab qiladi. Avvalo, peshob tahlilidan so‘ng mikroblarga qarshi terapiya tavsiya etiladi. Fizioterapiya muolajalarini olish lozim bo‘ladi. Lazer ham juda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Chunki peshob pufagi shilliq qavatiga o‘zini tiklashida yordam beradi. Uchinchidan, ko‘pincha peshob pufagiga gialuron kislotasi kiritish yaxshi natija beradi. U peshob pufagi shilliq qavati qoplab, yallig‘lanishning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi va himoyalaydi. Bundan tashqari, davolash kursini o‘tagandan keyin ayol o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lsa, uni qayta qo‘zg‘atuvchi stresslarga yo‘l qo‘ymasa, bakteriyalarning oldini olish uchun doimiy ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib borsa, kasallik xuruji ancha kamayadi, butunlay tuzalib ketish ehtimoli ham yuqori.
Sistitni xalq tabobati usullari orqali davolash

- Petrushkaning bir choy qoshiq urug‘iga 1 stakan qaynatib sovitilgan suv qo‘shiladi va salqin joyga 10 soatga bostirib qo‘yiladi. Darmondori tayyor bo‘lgach, har 2 soatda bir osh qoshiqdan qabul qilinadi.
- Uy sharoitida sholg‘om sharbatini iste’mol qilish juda yaxshi samara beradi. Uni 5 daqiqa past olovda qaynatib va sovitib, 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, peshob yo‘lini tozalaydi va shamollashni oladi.
- Malinaning qizil mevalari asal bilan qaynatib iste’mol qilinsa, sistitdan xalos bo‘lish osonlashadi.
- Qora turp sharbatini teng miqdorda asal bilan aralashtirib, ovqatdan 30 daqiqa keyin 1 osh qoshiqdan ichilsa, peshob yo‘llaridagi shamollash bartaraf etiladi. Davolanish kursi 3 hafta.
- Uy sharoitida sistitni davolash uchun smorodina yaxshi natija beradi. Sistit bilan og‘riganda mazkur mevani ko‘p miqdorda yeyish va undan tayyorlangan kompot yoki sharbatni iste’mol qilib turish juda foydali.
- Dala qirqbo‘g‘ini sistitni davolovchi eng yaxshi dorivor o‘simliklardan biridir. Quritilgan qirqbo‘g‘in kukunidan 2 osh qoshiq olinib, sirli idishga solinadi va ustidan 0,5 litr sovuq suv quyiladi. So‘ng past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Tayyor qaynatmani sovitib, sizdirish va kun davomida ichib yurish tavsiya etiladi.
Sistitni oldini olish uchun foydali tavsiyalar
- Sovuq joyda o‘tirish mumkin emas. Ob-havoga mos kiyining.
- Achchiq, marinadlangan, dudlangan, qovurilgan mahsulotlar va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish yaramaydi.
- Ko‘proq suyuqlik iching. Peshob pufagi yaxshi “ishlashi” uchun kuniga 2 litr suv iching.
- Uzoq vaqt o‘tirmang. Agar o‘tirib ishlashga majbur bo‘lsangiz, har 30 daqiqada o‘rningizdan turib, biroz mashq qiling.
- Peshobni uzoq muddat majburan tutib turish mumkin emas. Shuningdek, sistitning oldini olish uchun ich qotishiga ham yo‘l qo‘ymang.
Diqqat! Sistitni albatta shifokor bilan birga davolash kerak. To‘liq davolanilmagan sistit buyraklar xastaliklariga sabab bo‘ladi.
Peshob pufagini mustahkamlash uchun mashqlar

- Polga o‘tirib, tizzalarni buking va ularni qo‘llaringiz bilan ushlab, gavdangizni orqaga-oldingi tarzida bir yotib, bir turib mashq qiling.
- Tizzalab o‘tiring. Qo‘llaringizni boshingizning orqa qismiga qo‘yib, avval oyoqlaringizga nisbatan o‘ng tomonga, keyin chap tomonga galma-galdan o‘tiring. Elkangizni to‘g‘ri tutishga harakat qiling.
- Yonboshlab yoting. Qo‘llaringiz tanangizning ikki chetida tursin. Endi tizzalaringizni bukib, ko‘krak tomonga ko‘taring. So‘ng yana to‘g‘ri yotib, yana mashqni takrorlang.
- Chalqanchasiga yotgancha qo‘llaringizni to‘g‘ri qo‘ying. Endi tanangizning tos sohasini ko‘taring va shu holda biroz turing. So‘ng uchgacha sanab, sekin avvalgi holatingizga qayting.
Homiladorlikda sistit qanday kechadi?
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, homilador ayollarning 10-50 foizi sistit kasalligi bilan og‘riydi. Uning o‘ziga yarasha sabablari ko‘p, albatta. Birinchidan, bu ayollarning tashqi peshob ajratuvchi kanalining o‘ziga xosligi (kalta va keng) bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, homiladorlik davrida ayol immunitetining pasayishi (homilani saqlash maqsadida homilador ayol immuniteti birmuncha pasayadi) sabab bo‘ladi. Uchinchidan, bu davrda organizmdagi gormonal o‘zgarishlar ham asosiy omillardan biri bo‘lib sanaladi.
Sistit bilan og‘rigan ayol tez va og‘riqli peshob ajratishidan, og‘riqlar peshob ajratishning so‘nggida kuchayishidan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, bemorlarda peshob ajratishga yolg‘on chaqiriqlar bo‘ladi. Homilador ayollarda me’yor vaqtida ham bunday holat kuzatilishi mumkin. Bu homila hisobiga kattalashayotgan bachadonning siydik qopini bosishi bilan bog‘liq. Ammo bu holatda peshob ajralishidan so‘ng og‘riq bo‘lmaydi.
O‘tkir sistitda, shuningdek, tana haroratining oshishi, qorin sohasida og‘riq bezovta qiladi. Surunkali sistitda esa yuqoridagi belgilar kamroq yuzaga chiqadi. Bunda ayolning siydigi biroz xiralashgan, ba’zan esa yiring yoki qon aralashgan kelishi mumkin.
Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!
Sistitda biseptol dori vositasi yordam beradimi?
Biz dori vositasini tavsiya etolmaymiz.
Sistit kasalligi bilan chalingan bemorlarda kechasi tanada istima ham kuzatilishi mumkinmi?
isitma deyarli kuzatilmaydi
yoshim 55 ta avvallari tsistit bolib og’riganman. hozir siydigim umuman toqtamaydi. og’riq ham bor bunga 3 yildan oshti. bunga qanaqa davo bor?
Urolog tavsiyasi asosida konservativ davolash o’tqaziladi. Tavsiyamiz, urolog qabuliga boring.
Sistit qiz bolada uchraydimi
Uchraydi.
Siston yaxshimi sistitta
Tavsiya etiladi, lekin vrach holatdan kelib chiqib boshqa preparatlarni ham qo’llashi mumkin.
Прастатит касалигини кандай услубда даволаш мумкин
Quyidagi maqolani o’qishingizni tavsiya etaman:
http://avitsenna.uz/prostatit-davolasi-boladigan-dard/
PROSTATITNI YANGICHA DAVOLASH USULLARI
Hozirgi kunga kelib, prostatitdan aziyat chekayotgan bemorlar og‘riqsiz va
samarali davolash usullari yordamida shifo topmoqdalar. Buning uchun avval
ularni quyidagi tekshiruvlardan o‘tkazish lozim:
kompyuter orqali skaner qilish;
uch tomonlama ultratovush tashxisi;
Immunofermentli muolaja – PSA (prostata maxsus antigeni).
Bemorning yakuniy natijalarini o‘rganib chiqqach, unga prostatit, adenoma,
ya’ni giperplaziya (bez to‘qimadan vujudga kelgan o‘sma) yoki prostata bezi
saratoni deb aniq tashxis qo‘yish mumkin.
Ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan bemorlarning tushkunlikka
tushishlariga hojat yo‘q. Chunki olimlar allaqachon bunday bemorlarning
dardiga ham shifo topish usulini ishlab chiqishgan. Prostata bezi saratoni
kasalligini boshlang‘ich davrida davolash ijobiy natija beradi. Lekin xavfli
o‘sma hujayralarining boshlang‘ich o‘chog‘idan boshqa a’zolarga qon yoki lifa
oqimi bilan o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi o‘sma (metastaz)
paydo bo‘lgan bo‘lsa, kasallikni davolash mushkul kechadi. Shuning uchun
erkaklarga vaqti-vaqti bilan shifokor ko‘rigidan o‘tib turishni maslahat
beraman.
Sistitni uy waroitida davolasa boladimi
Uy sharoitida davolash mumkin emas. Faqatgina vrach tavsiyasi asosida oilaviy hmashira nazorati ostida davolash olib borish lozim. Maqolada ham bunga qisqacha to’xtalib o’tilgan ya’ni nazoratsiz, o’zi bilguncha davolanishga urinish kasallikka qo’shimcha kasalliklar ham qo’shilishiga olib kelishi mumkin.
Iltimos yuqoridagi savollarga javob bering admin…
Sistitni qanday uy sharoitida davolash mumkin.
Javoblar kechikkani uchun uzr so’raymiz. Iltimos kelgusida savollaringizni «Savol-Javob» bo’limi orqali bering!
https://avitsenna.uz/savol/
7 8 yoshdagi qizlada sestit 4akroran kuzatilsa nima qilish kere
Sestetni qanday giyoxlar bn davolasa buladi
Jinsiy azom borgan sari kattalashib kemoqda uyalyapman Nina qilish zarur
Vrach androlog qabuliga boring. Boshqacha chora qidirish mumkin emas.
Mansur aka bollada jinsiy organ normada necha santimetr bolishi kere
Bu haqida saytda ma’lumot bor.
Sistit bulganimda belimga va qovuqqa kuchli ogriq beradi bu nimadan va davosi qanday???
salom mani judayam siygim keladi lekin ozgina siyaman siygandan keyinham qovoqim tiqilb ogriydi yana siydik bordek tuyulAdi nima uchun iltimos ayting
Xozirda xomiladorman 9 xaftalik lekin belimda va qovug’imda og’riqlar bor. Qizg’ich rangda suv yoki suyuqlik kelyapti. Siydik kelishi ba’zida tez tez bazida kunda ikki marta. Jinsiy a’zoda xam sal achishish bor. Utt tekshiruvi xomila tushish xafvi yo’qligini, muammo siydik qopchasida ligini aytdi. Genikologla tayinli gap aytishmayapti. Xomila xisobiga deb qo’ya qolishyapti. Bu sistit bo’lishi mumkinmi va nima qilsam bo’ladi. Qandaydir damlamalarmi bormi. Iltimos yordam bering
bu juda og’ir siz tezro davo yo’llarini toping