O‘zbekiston doktorlari jahonning to‘rtinchi futbol jamoasiga aylandi

Avstriya mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

futbol shifokorlar

Morell Cup nomini olgan musobaqaning yarim finalida o‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyaga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Qayd etish kerak, chexlar turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Biroz oldin musobaqaning 3-o‘rni uchun O‘zbekiston va Shvetsiya termalari saf tortdi. Bellashuv shvedlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirning “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, ilk turda AQShni 4:1 hisobida mag‘lub etgan, keyinroq mezbon Avstriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Braziliya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga guruh peshqadamligini taqdim etdi.

Chorak finalda esa Buyuk Britaniya termasi ortda qoldirilgandi — 1:0.

© CA

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Close