Tadqiqot: Selfi bolalar bitlashining sabablaridan biri

Smartfonlar bolalar o‘rtasida bitlar tarqalishiga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda Oksford universiteti ekspertlari: bolalar selfi tushish uchun yaqinlashganda bitlar bir boshdan boshqasiga o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabariga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

selfi tushish

O‘z smartfoni va plansheti bo‘lgan bolalarda boshqalarga qaraganda bitlarni orttirib olish xavfi yuqoriroq. Oksford universiteti mutaxassislari bolalar kasalxonasida o‘tkazgan tadqiqotdan keyin shunday xulosaga keldi.

Bir oy davomida kasalxonaning pediatriya bo‘limiga murojaat qilgan ota-onalar maxsus so‘rovnoma to‘ldirgan. Hammasi bo‘lib 92 ta so‘rovnoma to‘ldirilgan va ularga 202 nafar bola haqida ma’lumot kiritilgan.

Bolalarning 45 foizi so‘nggi besh yilda bitlardan jabrlangan. Ko‘pincha bular 6—9 yoshli aka-uka va opa-singillari bor qizlar bo‘lgan.

Smartfonlar bolalarning qariyb yarmida bo‘lgan. Beshtadan ikkitasi selfi qilishni yaxshi ko‘rgan.

Tadqiqotchilarning tushuntirishicha, smartfonsiz bolalar orasida bitlaganlar 29,5 foizni tashkil qilgan. Smarfoni bor bolalarning 62,5 foizi pedikulyozdan qiynalgan. Yosh selfi ishqibozlari orasida “bitlaganlik” 55 foizni tashkil qilgan.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Close