Quloq shovqinlansa…

Inson hayoti davomida bir marta bo‘lsa ham “Qulog‘imda shovqin eshityapman, nega bunday bo‘lyapti?” degan savolga duch keladi. Avvalo, bu o‘ta noyob hodisa yoki kasallik emas, ko‘pincha tanamizdagi biron a’zoning kasallanishiga aloqador  bo‘ladi.

Quloq kasalliklari

Quloqdagi shovqin ilmiy tilda “tinnitus” deb ataladi. Bunga shang‘illash, g‘uvillash, shitirlash, vizillashlar ham kiradi. Bu holat tinch, ortiqcha shovqinlar yo‘q paytda kuzatiladi. Ko‘pincha quloqdagi shovqin eshitish qobiliyatining pasayishi alomati hisoblanadi.
Agar shovqinga og‘riq va quloq qizarishi qo‘shilgan bo‘lsa hamda shovqin juda ichkaridan kelayotganini sezsangiz, bu oltingugurt tiqilmasi sabablidir. Ba’zan shovqin sababchisi quloq pardasining qattiq tovush yoki qattiq kavlab tozalash natijasida shikastlangani yoki yallig‘langani ham bo‘lishi mumkin. Shang‘illash va g‘ala-g‘ovur ovozlar baland musiqa tinglashni yoqtiruvchi va o‘ta shovqinli sharoitda ishlovchilarda kuzatiladi.

Quloq shovqinining kasallik bilan bog‘liq tomonlari

Quloq shang‘illashini keltirib chiqaruvchi kasalliklar ham bor:

  1. Migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh og‘rig‘i) — odatda boshning chap yoki o‘ng tomoni qattiq og‘rib, o‘sha tomon quloqda g‘alati tovushlar eshitiladi.
  2. Yurak-tomir kasalliklarida quloq tizimidagi shovqin yurak yurishi kabi dukillash tovushida bo‘ladi.
  3. Bo‘yin osteoxondrozida ham quloqda dukillash eshitiladi.
  4. Kamdan-kam holatlarda bu shovqinlar nevrinoma (eshitish nervida o‘sma) kasalligi alomati bo‘lishi mumkin.

Sababini aniqlash uchun birinchi navbatda LOR shifokorga murojaat qiling. U eshitish yo‘lini tekshirib, tiqilma yo  boshqa biron narsa bor-yo‘qligini aniqlaydi.  Bundan tashqari, audiometriya (eshitishning sezuvchanlik darajasi) kabi qo‘shimcha tekshiruvlar ham o‘tkaziladi. Agar quloqdagi shovqin boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, shifokor sizni shu yo‘nalishdagi mutaxassis — kardiolog yoki nevropatolog huzuriga yuboradi.

Asoratlari

Agar qulog‘ingizdagi shovqinlar tez-tez paydo bo‘layotgan bo‘lsa-yu o‘z vaqtida tekshirtirib davolamasangiz, quyidagi asoratlar yuzaga keladi:

  • tiniqib uxlashga halal beradi;
  • ishdan chalg‘itib, faolligingizni susaytiradi;
  •  xavotir va stressni keltirib chiqaradi;
  • ba’zan depressiyaga ham olib keladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Frontit - sabablari, belgilari, asoratlari, tashxislash va davolash usullari

Bu quloq saratoni kabi og‘ir kasallik bo‘lishi mumkin. Shu sabab eshitish va quloq bilan bog‘liq noxushliklarni sezishingiz bilan shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Muolaja o‘tkazishdan bosh tortish natijasida miyaning eshitishga javob beruvchi qismi shikastlanishi va eshitish qobiliyati butunlay yo‘qolishi mumkin.

Shifokorga murojaat qilishingiz shart:

  1. Quloqda hech qanday sababsiz shovqin paydo bo‘lib, kuchayib borsa.
  2. Uxlashingiz va diqqatingizni jamlashingizga xalaqit berayotgan bo‘lsa.
  3. Shovqin bilan birga doimiy bosh og‘rig‘i, yurak sohasida sanchiq va og‘riqlar kuzatilsa.
  4. Eshitish qobiliyati susaysa.
  5. Bosh aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilashsa.
  6. Ko‘ngil aynishi paydo bo‘lsa.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

47 ta izoh

  1. Qulog’imdan kuchli zarb yegandim qulogim shovqinlanib qulogim eshitmay qoldi uyga kelib ko’z dorisini tomg’izgandim quloqning pardasidan shimib otganda bir oz quloqim ochildi keyin yana yopilb qoldi hozirda esa qulogimdan toqdamay iring chiqayapdi uy sharoitida biron tashhis qoysam boladimi yoki yoq javobingiz ucun rahmat

  2. Salomalaykum Avetsena. Qulogimda 10 yildirki shovqin bor yoshim 29 da. Boshdayam shumlik har hil uzgarishlar. Tanada lanjlik. Ertalab uyqudan juda charchoq holda uygonish. Buyin toliqishi kabi hastaliklar bezovta qiladi. Qaysi klinikada qayerda tuliq davolanishdi iloji bor. Juda kup tekshirtirdm. Foydasi bulmadi. Oldindan raxmat.

  3. Assolomu aleykum 2yil oldin chap tomon quloģim teshilib quloģim chiyillab qolgandi LORga borib licheniya olib qoloģim pardasii bitgandi lekin chiyillash toxtamagandii oldin unchalik eshitilmasdii hozirr chiyillash kuchayib shovqinli joydayam ewit vomman qologimmi ewitichiyam pasaygann chiyillashni yoqotsa boladimii javob uchin oldindan raxmat

  4. Менинг чап кулогим шангилап огиряпди чап козим юмилмайди тинмай йош акяпди гапирсам огзим бир тарафга кийшайип гапиришга халал беряпди нимадан болади нима килишим керак

  5. Salom men dushga kirib chiqib uxlagandim tursam quloqim bitib yotipti quloqimdan sarq narsa chiqandi Barbir ochilmadi quloqim ochilmayotkaniga 4kun buldi past eshityapman Nima qilsam buladi jovob uchun oldindan Raxmar

  6. Shifokorga murojaat qilishingiz shart:
    1. Quloqda hech qanday sababsiz shovqin paydo bo‘lib, kuchayib borsa.
    2. Uxlashingiz va diqqatingizni jamlashingizga xalaqit berayotgan bo‘lsa.
    5. Bosh aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilashsa.

    Menda shu muammolar 8 yildan beri bor. Ko‘p doktorlarga ko‘rindim foydasi bo‘lmadi. O‘zbekistonda bu kasallikni davolay oladigan birorta kasalxona bormi? Sankt-Peterburgda-chi? Javobingiz uchun oldindan raxmat…

  7. Menda ham 4 yildan beri shang’illash bor hozir 2 yildan beri nevroz bo’lib qoldim. Shu maqolani o’qib nevroz shu quloq shang’illashidan chiqdimikan deb o’ylab qoldim. Shindaymikin?

  8. Samol doktir men maskvadaman boshim aylanaveerganga wu yirda doktirga kurindim doktir mrt kurigidan utkazib buyin astyaxanderozi bor deb tawxiz qoydi dorilar yozib berdi va mashqlar ham tafsiya qildi men doktir aytgandek qildim bowim aylanishi tuxtadi endi 7 kundan beri qulog’im shang’illayabdi dori ichishni tuxtatdim notug’ri tasir qildimi deb siz nima deysiz nimaga bunday boldi, javobiz uchun oldindan raxmat.

  9. Assalomu aleykum! Man o’ng qulog’imda shovqin paydo bo’lib qoldi shu 2-3 oydan beri, eshitishim ham yomonlashdi. LORga bordim Audiogrammani maslahat berdi.Audiogrammaga tushdim O’ng qulog’imga Tugouxost 3-stepeni berishdi. Yana LORga bordim, ukol qilishdi sal yaxshilandi undan keyin Zuluk oldim eshitishim ancha yaxshilandi lekin shovqin butunlay yo’qolib ketmayapti. Internetda narodnoye lecheniyalarni yozibdi. Masalan, chesnok soki va olivkovoyo masla aralashmasini 1-2 tomchi tomizish yaxshi foyda berarkan shunga nima deysizlar uy sharoitida qilsam bo’ladimi??? Bu shovqinni butunlay yo’qotsa bo’ladimi???

  10. Salom,meni savolim shundan iborat dadamlarni un kunlardan beri quloq shang’illashi bezovta qilobdi kechalari uhlolmay bezovta buladilar,doktirlarga kurindilar audiometriyaga ham tushdilar hech qanday muammo yuq deb aytishgan va 3 kun qatnab bizda davolaning diyishgan 2 kun 3bordilar 3 kun foydasini sezmadim deb bormay ham quydilar duhtirlar shu 2 kun davomida burunlarini yuvishgan va shunga ushqagan bir ikkita muolaja qilishgan.

  11. assalomu alekum meni ismim fayzulla onamni quloqlarida ovoz 2 yilcha bo’lib qoldi
    sovuqqa boshlari og’riydi nmadan bo’ladi shu va nma qilishlari kerak

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button