Quloq shovqinlansa…

Inson hayoti davomida bir marta bo‘lsa ham “Qulog‘imda shovqin eshityapman, nega bunday bo‘lyapti?” degan savolga duch keladi. Avvalo, bu o‘ta noyob hodisa yoki kasallik emas, ko‘pincha tanamizdagi biron a’zoning kasallanishiga aloqador  bo‘ladi.

Quloq kasalliklari

Quloqdagi shovqin ilmiy tilda “tinnitus” deb ataladi. Bunga shang‘illash, g‘uvillash, shitirlash, vizillashlar ham kiradi. Bu holat tinch, ortiqcha shovqinlar yo‘q paytda kuzatiladi. Ko‘pincha quloqdagi shovqin eshitish qobiliyatining pasayishi alomati hisoblanadi.
Agar shovqinga og‘riq va quloq qizarishi qo‘shilgan bo‘lsa hamda shovqin juda ichkaridan kelayotganini sezsangiz, bu oltingugurt tiqilmasi sabablidir. Ba’zan shovqin sababchisi quloq pardasining qattiq tovush yoki qattiq kavlab tozalash natijasida shikastlangani yoki yallig‘langani ham bo‘lishi mumkin. Shang‘illash va g‘ala-g‘ovur ovozlar baland musiqa tinglashni yoqtiruvchi va o‘ta shovqinli sharoitda ishlovchilarda kuzatiladi.

Quloq shovqinining kasallik bilan bog‘liq tomonlari

Quloq shang‘illashini keltirib chiqaruvchi kasalliklar ham bor:

  1. Migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh og‘rig‘i) — odatda boshning chap yoki o‘ng tomoni qattiq og‘rib, o‘sha tomon quloqda g‘alati tovushlar eshitiladi.
  2. Yurak-tomir kasalliklarida quloq tizimidagi shovqin yurak yurishi kabi dukillash tovushida bo‘ladi.
  3. Bo‘yin osteoxondrozida ham quloqda dukillash eshitiladi.
  4. Kamdan-kam holatlarda bu shovqinlar nevrinoma (eshitish nervida o‘sma) kasalligi alomati bo‘lishi mumkin.

Sababini aniqlash uchun birinchi navbatda LOR shifokorga murojaat qiling. U eshitish yo‘lini tekshirib, tiqilma yo  boshqa biron narsa bor-yo‘qligini aniqlaydi.  Bundan tashqari, audiometriya (eshitishning sezuvchanlik darajasi) kabi qo‘shimcha tekshiruvlar ham o‘tkaziladi. Agar quloqdagi shovqin boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, shifokor sizni shu yo‘nalishdagi mutaxassis — kardiolog yoki nevropatolog huzuriga yuboradi.

Asoratlari

Agar qulog‘ingizdagi shovqinlar tez-tez paydo bo‘layotgan bo‘lsa-yu o‘z vaqtida tekshirtirib davolamasangiz, quyidagi asoratlar yuzaga keladi:

  • tiniqib uxlashga halal beradi;
  • ishdan chalg‘itib, faolligingizni susaytiradi;
  •  xavotir va stressni keltirib chiqaradi;
  • ba’zan depressiyaga ham olib keladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Metabolik sindrom - majmuali ofat

Bu quloq saratoni kabi og‘ir kasallik bo‘lishi mumkin. Shu sabab eshitish va quloq bilan bog‘liq noxushliklarni sezishingiz bilan shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Muolaja o‘tkazishdan bosh tortish natijasida miyaning eshitishga javob beruvchi qismi shikastlanishi va eshitish qobiliyati butunlay yo‘qolishi mumkin.

Shifokorga murojaat qilishingiz shart:

  1. Quloqda hech qanday sababsiz shovqin paydo bo‘lib, kuchayib borsa.
  2. Uxlashingiz va diqqatingizni jamlashingizga xalaqit berayotgan bo‘lsa.
  3. Shovqin bilan birga doimiy bosh og‘rig‘i, yurak sohasida sanchiq va og‘riqlar kuzatilsa.
  4. Eshitish qobiliyati susaysa.
  5. Bosh aylanib, ko‘z oldi qorong‘ilashsa.
  6. Ko‘ngil aynishi paydo bo‘lsa.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

47 ta izoh

  1. Burun qoqqanimda qulogimga nimadir tiqilib yaxshi eshitmay qolardim, ammo bu ikki yoki uch daqiqa davom etardi. Bir oqshom qattiq aksirdim va qulogmda nmadr buldi ertalab ogrib wangillab chiqdi. Lorga bordim hechnarsa aniqlawolmadi dori yozib bergandi foydasi bulmadi,ogriq qoldi ammo gungillayapti. Maslaxat bering nima qilay.

  2. Quloqda shovqin bor ko’lim aynidi bosh aylanadi ko’zimni oldi qoronglashadi boshning chap tomoni qattiq og‘ribdi quloqimda g‘alati tovushlar eshitiladi.

  3. shifokorga ko’ringan edim Migren deb aytdi. Bu kasallikdan forig’ bo’lish mumkinmi quloq shovqinim hech toxtamaydi. Javob uchun oldindan raxmat

  4. menda ham shovqin bor. Taxminan 2 yarim yildan beri tinimsiz shovqin eshitiladi. Yurak urishi qon aylanishi eshitilib turadi. Lekin oģriq yòq. Shifokor tomir kengaygan deyapti. Nima qilishim kerak. Qaysi shifokorga murojaat qilay

  5. Кулок пардасини тиклашни имкони борми.?
    Ёшим 57 да диагноз левостороный средный отит

  6. Qulogimga lidakain spreyini tomizgandim yarim soat otgach uyqumdan qattiq quloq ogrigi bilan turdim 2 4 buyon qulogim shangillayapti pis degan shangilash tinmay davom etayapti

    1. Sababini aniq tashxislay olmaganlik yoki bemorning davolanish jarayonida muolajalarni to’la bajarmaslik, bunday holatga sabab bo’lishi mumkin.

  7. Kulogimni pardasini virachlar teshik deyishyapti qulogimni eshtishi pas va shovqin shu sabab yahwi uhlolmayman qulog aparatdan foydalansam boladimi

    1. Aynan tekshiruv o’tqazgan vrach bilan maslahatlashing. Barcha savollarga tekshiruv natijasidan olingan xulosaga qarab javob beriladi.

  8. salom mening qulogim taxminan 4 5 yildan beri chingillab turadi eshtish qobilyati juda zur faqata tinch joyga chiqsam chingillab turadi yurak urushim zur sanchmaydi iltimos tushuntirsangiz

    1. Migren sababli yuzaga kelga nbolishi mumkin. Yoki yana bir tahminni aytish mumkinki, u sizning turmush tarzingiz. Ya’ni doimiy ravishda shovqinlar ostida bo’lganingizdir. Masalan, doimo baland musiqa eshitish, shovqinli joyda ishlash va hokozolar. Agar shular sabab bo’layotgan bo’lsa, ulardan voz kechishingiz lozim.

      Diqqat, hozirgi paytda quloq shovqinlanishiga doimiy ravishda naushnikdan foydalanish sabab bo’lmoqda!

  9. Кулогимни нерфларда шамоллаш бор деб айтишди хар олти ойда даволаниб турмасам ештишим янада пасайиб кетаркан. Бунинг давлси йокми

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button