Qon aylanish sistemasi, umumiy tushunchalar

Qon aylanish sistemasiga yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.

Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to‘qima hamda hujayralariga tarqalib, so‘ngra mayda, o‘rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi.

Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo‘lgan arterial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, o‘rta, mayda arteriya tomirlari orqali to‘qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o‘tadi.

Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o‘tib, so‘ngra o‘rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi. Shunday qilib, yurak-qon tomir sistemasi tananing hamma to‘qma-hujayralariga oziq moddalar va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurak – qon tomir sistemasi «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.

Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak qisqa vaqt to‘xtab qolsa, odamning hayoti ham to‘xtaydi.

Turli mamlakatlarida aholining qon gruppasi tekskirilganda quyidagi o‘rtacha ma’lumotlar olingan: I gruppa – 40% kishilar mansub, II gruppa – 39 %, III gruppa 15%, IV gruppa -6%.

Qon gruppalaridan tashqari podgruppalari ham aniqlangan. Masalan: A1, A2, A3, A4. Qon quyganda buni e’tiborga olish kerak.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Close