Ayollar jinsiy a’zosi qichishi sabablari va davolash

Ayollar jinsiy a’zosi qichishi sabablari nafaqat ko’plab qin kasalliklarning o’ziga xos belgisi, balki, hashorot chaqishi natijasi, sochlar o’sish jarayoni va allergik mahsulotlar iste’moli sababli bo’lishi mumkin.

Qin qichishishi
Foto: fabiosa.ru

Qichishishni gigiena uchun yaroqsiz yuvinish vositasi, sintetik ichki kiyim, bakteriyalar va zamburug’ kasalliklar qo’zg’atishi mumkin. Chot qismi jinsiy infeksiyalar va gormonal o’zgarishlar tufayli ham qichishi mumkin. Har bir holatlarda qichishishning aniq nima sabab bo’lganligi testlar va shifokor tekshiruvi ko’rsatadi.

Disbakterioz — ayollar jinsiy a’zosi qichishi sabablaridan biri

Ayollar jinsiy a’zosi qichishi umumiy sababi ko’pincha disbakterioz bo’ladi

Ko’pincha antibiotiklarni qabul qilish natijasida kelib chiqadigan disbakterioz qin mikroflorasining buzilishiga olib keladi. Antibiotiklar sababli foydali laktobakteriyalar kamayib, patogen bakteriyalar va zamburug’lar ko’payadi. Natijada, yallig’lanish boshlanadi, uning alomatlari qichima va yonish hissi bilan kechadi.

Disbakterioz natijalaridan biri molochnitsa, ilmiy tilda aytganda kandidoz bo’lishi mumkin. Bu holat Candida zamburug’lari qin mikroflorasida faol tarqalishni boshlaganda paydo bo’ladi. 

Jinsiy infeksiyalar — qin qichishishi sababi

Qin qichishishga quyidagi jinsiy a’zolar infeksiyalari sabab bo’lishi mumkin:

  • xlamidiya,
  • trixomoniaz,
  • mikoplazmoz,
  • sifilis,
  • gonoreya.

Har qanday jinsiy a’zolar infeksiyasida o’ziga xos bo’lmagan alomatlar mavjud, ulardan biri — jinsiy a’zolar qichishishdir

Kasalliklarning har biri o’ziga xos asoratlarga ega, shuning uchun bu holatda shifokorga borishni kechiktirmaslik kerak. Shunday qilib, xlamidiya va trixomoniaz endometrit, bachadon naychalari va qo’shimchalari yallig’lanishi, bepushtlik, mikoplazmoz — homila tushishi va homilaning rivojlanishining buzilishi, gonoreya — bachadon atrofidagi bo’shliqning yallig’lanishi va tos suyagi yallig’lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Sifilis esa deyarli butun tana muammolariga olib kelishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy munosabat va hayot

Kasallik va stress — qin qichishishi sababi

Ba’zida ayollar jinsiy a’zosi qichishi boshqa bir jiddiy kasallikning natijasi bo’lishi mumkin. Masalan, bu zararsiz ko’rinadigan alomat qandli diabet kasalligini ko’rsatishi mumkin. Jinsiy sohalarda qichishish gepatit yoki kamqonlikning birinchi belgisi bo’lishi ham mumkin.

Jinsiy sohalardagi kuchli qichishishning rivojlanishining yana bir sababi bu qin va ichki jinsiy a’zolardagi yallig’lanishdir. Yallig’lanish jarayoni sekretsiyani keltirib chiqaradi va bu nozik terini bezovta qiladi.

Teri kasalliklari ham jinsiy a’zolar atrofidagi qichishishni qo’zg’atishga qodir. Masalan, ekzema yoki psoriaz kasalligi, shuningdek skleroatrofik temiratki.

Stress holatlari ham, ba’zida qashinish uchun istakka sabab bo’ladi. Surunkali stress holatida zaif asab tizimiga ega odamlar biron bir narsani yeyishi, nimanidir kemirishi yoki qattiq qichishi mumkin. Bu tanani stress beruvchi narsadan chalg’itadi va odamga muammolardan biroz uzilish imkoniyatini beradi. Ko’pincha asabiy odamlar o’z harakatlarining oqibatlari unchalik sezilmaydigan jinsiy a’zolarni qashishni afzal ko’rishadi.

Yosh o’zgarishi — qin qichishishi sababi

Hamma odamlar abadiy yosh bo’lishni istashlari mumkin, lekin tanamiz bizning haqiqiy yoshimizdan ishora qiladi. Yosh o’tgan sari gormonal o’zgarishlar terining va mikrofloraning holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Katta yoshda qin qichishishi
Foto: fabiosa.ru

Yillar o’tgan sari ayollarning jinsiy a’zolaridagi atrofik jarayonlar shilliq qavatining qurishini va shu sababli nozik joylardagi qichishishni keltirib chiqaradi.

Ayollar jinsiy a’zosi qichishini davolash

Qin qichishishini sababiga ko’ra davolash kerak.

Agar qichishish ichki kiyim yoki dush geliga allergiya tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, ularni o’zgartirish muammoni hal etish uchun yetarli bo’ladi. Lekin gigienik choralar ko’rilsa ham, qichishish davom etsa, shifokor qabuliga yozilgan afzalroq.

Ginekolog kerakli testlarni o’tkazadi va qanday qo’zg’atuvchi qichishish istagiga sabab bo’lganini aniqlaydi. Buning uchun, mazok tahlilini o’tkazish kifoya.

Ayollar jinsiy a’zosi qichishida dorilar

Muammoning manbai allergiya bo’lmasa, qichishishni bartaraf etish uchun dorilar kerak bo’lishi mumkin. Uning sababiga qarab, turli xil shaklidagi antibakterial dorilar buyurilishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Asablarni tinchlantirish uchun 10 ta samarali usul

Agar jinsiy sohadagi qichishishni disbakterioz va uning hosilalarini keltirib chiqargan bo’lsa, shifokor parhez, probiotiklar va prebiotiklar, shuningdek zamburug’larga qarshi yoki antibakterial preparatlarni buyuradi.

Kandidozga qarshi vositalar imidazollarga (faol moddalar klotrimazol, mikonazol, izokonazol va boshqalar), polienlarga (nistatin, natamitsin va boshqalar) va triazollarga (flukonazol, itrakonazol) bo’linadi.

Qichishishning sababi infeksiyali kasalliklar bo’lsa, ikkala sherikni davolash kerak bo’ladi, aks holda har bir jinsiy aloqadan keyin qichishish takrorlanadi

Qichishish yoshga bog’liq o’zgarishlarning oqibati bo’lsa, shifokor ayol uchun tashqi ta’sir ko’rsatish uchun gormon kremini buyurishi mumkin.

Ayollar jinsiy a’zosi qichishini uy sharoitida davolash

Uy sharoitida xalq tabobatidan romashkada tayyorlangan suv vannalardan foydalanishingiz mumkin, ular yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Ammo qin ichidagi mikroflorani bezovta qilmaslik uchun bunday vannalardan shifokor bilan maslahatlashganidan keyin foydalanish yaxshiroqdir.

Ayollar jinsiy a’zolarining qichishishni aniq nima sabab bo’lishini mustaqil ravishda aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, shifokorga bormasdan o’zboshimcha davolanishni qo’llash kerak emas

Muammoni yechish uchun har tomonlama ta’sir qichishishdan xalos bo’lishga yordam beradi. Ginekolog sizga mos dori-darmonlarni buyuradi va agar kerak bo’lsa, dori-darmon bilan davolanishga qo’shimcha sifatida xalq tabobati usullarini ham tavsiya qiladi.

Ayollar jinsiy a’zosi qichishi shifokor ko’rigi

Agar siz o’zingizning jinsiy a’zolaringizda qichishishni his qilsangiz, avvalambor kir yuvish vositasini o’zgartirganmisiz, sintetik ichki kiyimdan foydalanganmisiz yoki boshqa jinsiy a’zolaringizga ta’sir qiladigan muolajalar o’tkazganmisiz, barchasini eslashingiz kerak. Boshlanishiga tanaga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan voz kechishga harakat qiish kerak: yumshoqroq gellardan foydalaning va paxta yoki boshqa tabiiy matodan tikilgan ichki kiyimlarni kiying.

Agar bu yordam bermasa va qichishish davom etsa, yoki kuchliroq bo’lsa, yuqorida aytib o’tganimizdek, ginekologga murojaat qiling.

Ayollar jinsiy a’zosi qichishi — oldini olish

Jinsiy a’zolardagii qichishishdan aziyat chekmaslik uchun gigiena qoidalariga rioya qiling, har kuni toza iliq suv bilan yuvining, haftasiga 2-3 marta gigiena uchun gel bilan yuvining. Paxtadan ichki kiyim kiyamiz. Har kunlik prokladkalardan foydalanmaslikka harakat qiling, ularni faqat hayzdan oldingi va keyingi davrlarda qo’llash mumkin, shunda ichki kiyimlaringizga dog ‘tushmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolaning asab sistemasi va psixologik testlar

Va, albatta, har olti oyda bir ginekologga tashrif buyurishni va kerakli testlarni topshirishni unutmaymiz.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

manba: kp.ru

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button