Qalblarni qo‘zg‘atgan jarayon
2015 – yilda juda ko‘plab voqealarga boy bo‘ldi. Shu jumladan, bu yil ham avvalgilaridek, eng yaxshi insoniylik namunalaridan holi bo‘lgani yo‘q, albatta. Yilning ana shunday namunalarini, o‘rnakli jihatlarini Kun.uz nashri omma e’tiboriga havola etgan. Biz ham o‘sha insoniy holatlarning fotosuratlardagi aksini, yurtimizdagi e’tiborga sazovor xayriya aksiyalarini ham qo‘shgan holatda sizning e’tiboringizga qayta namoyish etmoqdamiz. Marhamat, tamosh qiling «Yilning eng yaxshi insoniylik namunalari!»
Mundarija
Mehrga to‘la shifokor
Kardiojarroh jiddiy operatsiya oldidan qizaloqni tinchlantirmoqda. Bu hamma shifokorning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Boshlangan ishni yakuniga yetkazishdi
Qariya hovlisini qordan tozalayotgan paytda yuragi xuruj qilib qoldi. Shifokorlar uni kasalxonaga olib ketishdi. Bir soatdan keyin esa qariyaning uyiga kelishib, uning boshlagan ishini oxiriga yetkazib qo‘yishdi.
Haqiqiy muhabbat
Er-xotin Tom va Arnistan keyingi 50 yil davomida bir kun ham bir-birlarisiz yashashmagan. Lekin ular kasalxonaga tushib qolishdi va turli palatalarda yotishga majbur bo‘lishdi. Bu ularni tashvishga soldi. Shifokorlar ularga yordam berishga qaror qilishdi va Tom suyukli xotini bilan “uchrashdi”.
Shifokorlik hiylasi
Shifokorlar bemor bolalarni operatsiya oldidan shunday tarzda chalg‘itishadi. Yosh bemorlar o‘zlarini oldinda kutayotgan azoblarni esdan chiqarishadi. (Bizning shifokorlar ham bu borada ancha malakali 🙂 )
Biz hamma uchun javobgarmiz…
Oltoy o‘lkasilik politsiyachi Sergey Sharauxov ikkita bolani qutqarib qoldi, keyin esa ularni farzand sifatida asrab oldi.
Faxrli inson
Sayyod.com nashri tomonidan har oyning ilk jumasida o‘tkaziladigan «Faxrli inson» loyihasini ta
Hasanjon uchun!
Yurak xastaligiga chalingan Hasanjon Ergashevga yordam berish aksiyasi haqiqiy o‘zbekona insoniylik namunasi bo‘ldi, desak yanglishmagan bo’lamiz, albatta. Bu aksiya doirasida Chempionat.asia nashri hamda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev tomonidan «Xayriya o‘yini» o‘tkazildi, unda Odil Ahmedov do‘stlariga qarshi Temur Kapadze do‘stlari bahs olib borishdi. Xayriya o‘yinidan tushgan pullar Hasanjon Ergashevning Hindistonda jarrohlik amaliyotini o‘tash uchun taqdim etildi. Quvonarli tomoni shundaki, jarrohlik uchun zarur pullar xayriya o‘yinidan oldin sahovatli insonlar tomonidan yig‘ib bo‘lingan.